7-sinf. Jahon tarixi. Mavzu: Kirish: O’rta asrlar tarixi nimani o’rgatadi? Darsning maqsadlari



Download 0,75 Mb.
bet4/13
Sana26.01.2020
Hajmi0,75 Mb.
#37140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5381949056769589313


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Arab – islom madaniyatining yuksalishiga katta hissa qo’shgan O’rta Osiyolik allomalar haqida so’zlab bering.

2.Arab sayyohlaridan kimlarni bilasiz?

3.“Bayt ul – hikma” qanday muassasa edi?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Kushonlar imperiyasining inqirozidan so’ng, Hindistonda hokimiyatni egallagan Chandragupta I (320-340) guptalar sulolasiga asos soladi. Guptalar davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo’lgan. IV asrning oxiri – V asr boshlarida guptalar imperiyasi gullab – yashnaydi. Ayni shu paytdan boshlab Hindistonda mulkchilik munosabatlari vujudga keladi.

Hukmdorlar o’z yaqinlari – amaldorlari, harbiy boshliqlariga yer – mulklar in’om etganlar. Natijada, IV – V asrlar davomida yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi. Ular dehqonlarning soliqlar to’lashidan tashqari, mehnat majburiyatlarini o’tashini ham joriy etadilar. Ilk o’rta asrlarda mamlakat aholisining kasta – varna (toifa)larga bo’linishi: braxmanlar, kshatriylar, vayshilar va shudralar saqlanib qoladi.

Ilk o’rta asrlarda Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko’rinishda bo’lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko’pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo’jayin qulni yegulik bilan ta’minlashdan tashqari unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Hindlarda mavjud qaysi varna – kastalarni bilasiz?

2.Yirik yer egaligi turlarini gapirib bering.

3.Hindistonni mashhur qilgan boylikning asosi nima edi?

4.Hindiston xalqlari madaniyatining qaysi xususiyatlari e’tiborga molik?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.




_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Xitoy V – XI asrlarda.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Xitoy davlati haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Hindlarda mavjud qaysi varna – kastalarni bilasiz?

2.Yirik yer egaligi turlarini gapirib bering.

3.Hindistonni mashhur qilgan boylikning asosi nima edi?

4.Hindiston xalqlari madaniyatining qaysi xususiyatlari e’tiborga molik?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab, uning o’rnida 3 ta mustaqil: Vey, Shu va U davlatlari vujudga keladi. Shu paytdan boshlab Xitoyda yerga egalik munosabatlari shakllana boshlaydi.

VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligining hujumlari Xitoyning birlashuviga turtki bo’ladi. Mamlakatni cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan Suy sulolasi (589-618) vakili boshqargan. Uning ixtiyorida kuchli qo’shindan tashqari, ko’p sonli sodiq amaldorlari ham bor edi. Mamlakatning markazlashuvi to’rt asr davom etgan o’zaro urushlarga chek qo’yib, iqtisod va madaniyatning rivojlanishiga olib keladi. Ekin maydonlari kengayib, aholi soni ko’payadi, savdo – sotiq jonlanib, shaharlar yuksala boshlaydi. Yangi hokimiyat soliqlarni tartiblashtirib, pul islohoti o’tkazadi.

Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yanszidaryolari oralig’idagi hududlarni savdo – sotiq munosabatlariga tortish maqsadida – Buyuk kanal quriladi. Bu tadbir mamlakat miqyosida yagona suv yo’lining barpo etilishidan tashqari, sharqiy viloyatlarning dengizga chiqishiga sharoit yaratadi. Lekin Suy sulolasining boshqaruvi uzoq davom etmaydi.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachondan vujudga kelgan?

2.Mamlakatda dehqonlar ahvoli qanday bo’lgan?

3.Xitoyda shaharlar, hunarmandchilik va savdoning rivojlana borishini misollar bilan ko’rsating.

4.Mamlakat tashqi siyosatidagi qaysi muhim voqealarni bilasiz?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Nazorat ishi – 2.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.

D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Nazorat ishi savollari:

1.Slavyan davlatlarining tashkil topishi.

2.Yangi din beshigi.

3.Hindiston ilk o’rta asrlarda.

1)Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan “slavyanlar” atamasi VI asrdan boshlab ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari haqida dastlabki ma’lumotlar yonon – rim tarixchilari asarlarida, germanlar bilan bir paytda, miloddan avvalgi II – I asrlarda tilga olinadi. Slavyan qabilalari VI – VII asrlarga kelib g’arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan, janubda Dunay daryosiga qadar cho’zilgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uch guruhga: g’arbiy, janubiy, va sharqiy slavyanlarga bo’lingan.

G’arbiy slavyanlar – chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar.

Janubiy slavyanlar – bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedonlar va bosniyaliklar.

Sharqiy slavyanlar – ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan.

Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Vizantiya tarixchisi Mavrikiyning yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko’proq arpa va tariq ekkanlar. Ular yig’ilgan g’allani alohida omborlarda saqlaganlar. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi bilan ham shug’ullana boshlaganlar.



2)Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda yashaganlar. Ular somiy (semit) xalqlaridan bo’lib, somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub bo’lishgan. Bu xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tashkil etgan. Ko’chmanchi arablar – badaviy (sahroyi)lar tuyachilik, qo’ychilik va yilqichilik bilan shug’ullanib kelganlar. Ular cho’l va yaylovlarda mollarini boqib, ko’chib yurganlar.

Arabistonning janubi va g’arbidagi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholisi soy va jilg’alar, quduqlar bo’ylarida xurmo bog’lari va uzumzorlar barpo etganlar. Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo’li o’tardi. Buyuk Ipak yo’li o’tgan mamlakatlarda notinchlik bo’lgan paytlarida karvon yo’llari Arabistonga siljirdi. Zamonlar o’tib bu karvon yo’llari bo’yida aholi qo’rg’onlari va shaharlar vujudga keladi. Ularda yashagan aholi esa karvon yo’llaridagi savdogarlar, sayyohlarga xizmat qilish bilan mashg’ul bo’lgan.



3)Kushonlar imperiyasining inqirozidan so’ng, Hindistonda hokimiyatni egallagan Chandragupta I (320-340) guptalar sulolasiga asos soladi. Guptalar davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo’lgan. IV asrning oxiri – V asr boshlarida guptalar imperiyasi gullab – yashnaydi. Ayni shu paytdan boshlab Hindistonda mulkchilik munosabatlari vujudga keladi.

Hukmdorlar o’z yaqinlari – amaldorlari, harbiy boshliqlariga yer – mulklar in’om etganlar. Natijada, IV – V asrlar davomida yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi. Ular dehqonlarning soliqlar to’lashidan tashqari, mehnat majburiyatlarini o’tashini ham joriy etadilar. Ilk o’rta asrlarda mamlakat aholisining kasta – varna (toifa)larga bo’linishi: braxmanlar, kshatriylar, vayshilar va shudralar saqlanib qoladi.

Ilk o’rta asrlarda Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko’rinishda bo’lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko’pincha uy yumushlarida foydalanishgan.

Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.



_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Yevropada o’rta asr shaharlarining shakllanishi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Yevropada o’rta asr shaharlarining shakllanishi haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachondan vujudga kelgan?

2.Mamlakatda dehqonlar ahvoli qanday bo’lgan?

3.Xitoyda shaharlar, hunarmandchilik va savdoning rivojlana borishini misollar bilan ko’rsating.

4.Mamlakat tashqi siyosatidagi qaysi muhim voqealarni bilasiz?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Yevropada X – XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalib, u eng avvalo, hunarmandchilikda kuzatiladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi.

Dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish o’rnini uch dalali almashlab ekish egallaydi. Unda ekinzor uchga bo’linib, birinchi qismiga kuzgi, ikkinchisiga bahorgi g’alla ekilsa, uchinchi maydon shudgor holida qoldirilib, yerga dam berilgan. Bu usulda yerning yarmi emas, uchdan ikki qismi band bo’lishi, mahsulot yetishtirishni ko’paytirish imkonini yaratadi.

Og’ir g’ildirakli plugning tarqalishi g’allani ekishdan oldin yerni 2 – 3 matra haydash uchun imkoniyat yaratadi. Bo’yinturuqning kashf etilishi esa plugni otga qo’shib yerni haydashni tezlashtiradi. Hosildorlikning oshishi dehqon xo’jaligida ortiqcha mahsulotning ko’payishiga va uni hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlashga yo’l ochadi.

Hunarmandlar tayyorlaydigan buyumlarning turi, soni, sifati oshib boradi. Lekin qishloqda feodal hukimronligi ta’sirida hunarmandning erkinligi cheklangan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi sabablarini ko’rsating.

2.Shaharlarning vujudga kelish sabablari nimada edi?

3.Ikki va uch dalali almashlab ekish orasidagi farqlarni qanday tushuntirasiz?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.




_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: O’rta asrlarda tovar ishlab chiqarishning yuksalishi. Bozorlar va yarmarkalar.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’rta asrlarda tovar ishlab chiqarishning yuksalishi haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi sabablarini ko’rsating.

2.Shaharlarning vujudga kelish sabablari nimada edi?

3.Ikki va uch dalali almashlab ekish orasidagi farqlarni qanday tushuntirasiz?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Sexlar nazoratiga qaramasdan hunarmandlar savdo uchun tayyorlagan buyumlar soni ko‘paygan. Natijada, xomashyo va qishloq xo'jalik mahsulotlariga talab ham oshib boradi. O‘z navbatida yirik yer egalari va dehqonlarning yetishtiradigan mahsulotlarini ko'payishidan manfaatdorligi oshib boradi. O‘z mahsulotlarini sotib, hunarmandchilik buyumlarini xarid qiluvchilar ko'paya boshlaydi. Yirik shaharlar faqat atrofdagi viloyatlar bilangina emas, chet mamlakatlar bilan ham savdo aloqalarini o'rnatadi. Ilk o‘rta asrlardagi natural xo'jalik o‘z o'rnini tovar xo'jaligiga bo'shata boshlaydi.

Tovar xo‘jaligi — mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqaruvchi xo'jalikdir.

Savdoning jonlanishi yo'llarni yaxshilashni talab etadi. Fransiyada qirol farmoniga binoan asosiy yo'llarga tosh yotqizila boshlanadi. Daryolar ustida yog'och va toshdan ko'priklar qurish ishlari yo'lga qo'yiladi. Suriya, Misr, Eron va O‘rta Osiyogacha borgan yevropalik savdogarlar sharq bozorlaridan shoyi gazlamalar, zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar xarid qilardilar. G‘arb va Sharq mamlakatlari orasidagi aloqalarning yuksalishida Xitoydan boshlanib, O‘rta Osiyodan o'tgan Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati beqiyos edi. Bu karvon yo‘li O‘rta dengizning sharqiy sohiliga qadar davom etgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Natural va tovar xo'jaliklari orasidagi farqlarni izohlab bering.

2.Yevropada asosiy savdo yo'llari haqida nimalarni eslab qoldingiz?

3.Bozor va yarmarkalar o‘rta asr shaharlari uchun qanday ahamiyatga ega bo'lgan?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.




_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari. Hunarmandchilik va savdo.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish