8- mavzu: Boshqaruv va yetakchilik


Murakkab rahbar bilan “chiqishish” yoʻllari



Download 164,27 Kb.
bet16/20
Sana19.06.2021
Hajmi164,27 Kb.
#70928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5287290971157954580

Murakkab rahbar bilan “chiqishish” yoʻllari

T/r

Rahbar feʻl-atvori

Rahbarga xos jihatlar

Xodimlarning oʻzini tutishi, munosabati

1.

Janjalkash, urishqoq

•poʻpisachi;

•bukilmaydigan;

•uning eng sevgan narsasi boshqalarni nazorat qilish;

•hayot u uchun tuganmas kurash maydoni. Ammo u oʻzining mukammal emasligidan qoʻrquvda yuradi.

•muomala qilishda oʻzingizni astoydil va toʻgʻri tuting;

•ikkilanmasdan gapiring;

•hayojonlanayotganingizni hech ham aytmang va sezdirmang.

2.

Kurashchan

•bu yuradigan bomba;

•juda koʻp baqiradi;

•doimo hujum qiladi;

•nishonga olmasdan tez-tez gap “otib turish” unga yoqadi;

•uning bosh maqsadi adolatni tiklash va qasos olish.

•unga hushmuomalik, konstruktiv yoʻl bilan yondoshib tushuntirishga harakat qiling;

•shaxsiy uchrashuvga ruxsat soʻrang;

•salga jahl chiqib oʻzini nazorat qila olmaydigan kishi bilan ishlash juda qiyinligini ayting.

3.

Gʻiybatchi

•doimo kulib turadi;

•hazillashadi;

•doʻstona muomalasini namoyish etadi;

•u nayrang ishlatishga ustasi farang;

•u toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashishdan qoʻrqadi;

•qoʻllab-quvvatlanishga muhtoj.

•real boʻlmagan majburiyatlarni qabul qilishga yoʻl qoʻymang;

•hazillariga muvofiq kuling;

•gaplaridan miriqing, orom oling.

4.

Umidsiz

•hayotda baxtsiz;

•oʻzidan ham, boshqalardan ham mamnun emas;

•u har doim noliydi, kishilarni aybdor qiladi;

•oʻzini eʻzozlaydi;

•navbatdagi umidsizlikka aminlik mavjud.

•u bilan bahslashish oʻrinsiz;

•uning qarashlarini qoʻllab-quvvatlab boʻlmaydi.

5.

Bilagʻon

•koʻp narsani biladi;

•juda ham sabrsiz;

•eshitish, quloq solishni bilmaydi;

•omadsizlik hollarida boshqalarga aybini toʻnkaydi; guruhda ishlashni koʻra olmaydi.

•u bilan kurashmang;

• uning muxolifi boʻlishni xayolingizga ham keltirmang, muammo yechimiga uni juda ustalik bilan jalb qiling, soʻrang, quloq soling va minnatdorchiligingizni izhor qiling, muqobil yechimni doʻstona, iltifot bilan taklif qiling.



4-ustundagilarga rioya qilgan taqdirdagina siz rahbaringiz bilan “chiqishishingiz” va faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkin. Aks holda egallagan lavozimingiz bilan xayrlashasiz.

Rahbar madaniyati deganda, rahbar odobi va iqtidori oʻrtasidagi dialektik bogʻlanish tushuniladi. Bu bogʻlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʻz aksini topadi:

Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor.

Odob - aqlning suyanchigʻi, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan odob – egizak” deyishmaydi. Odob - yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglash. Odob vositasida kishi oʻz jonini yomon hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.

Odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada, aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi boʻladilar. Odobli rahbar esa kundan-kunga obroʻ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.

Baʻzi hakimlar odobni eng masʻum va koʻrkam feʻlga ega boʻlish desalar, baʻzilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi odobning mavjudligi, bu noyob neʻmatning mavjudligidir.

Umuman, odob ikki xil boʻladi:



  • hikmat odobi;

  • xizmat odobi.


Download 164,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish