8-bob. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 35-modda. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olish


-modda. Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish



Download 214,96 Kb.
bet10/11
Sana19.09.2021
Hajmi214,96 Kb.
#178254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
aholi bandligi to`g`risidagi qonun

104-modda. Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish

Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish (bundan buyon matnda uyushgan holda ishga qabul qilish deb yuritiladi) chet ellik ish beruvchilarning va (yoki) ular vakolat bergan, chet ellik xodimlarni ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi chet el tashkilotlarining talabnomalariga binoan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida uyushgan holda ishga joylashtirishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmuidir.

Uyushgan holda ishga qabul qilish vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida fuqarolar bandligining boshqa shakllariga nisbatan ustuvor shaklidir.

Uyushgan holda ishga qabul qilish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish uchun yuborish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy bandlik agentliklari (bundan buyon matnda yuboruvchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Yuboruvchi tashkilot fuqarolarni tanlashni amalga oshiradi hamda ularning o‘quv-tayyorgarlik, moslashtirish tadbirlaridan dastlabki tarzda o‘tkazilishini, shu jumladan:

chet ellik ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasi, yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishtirilishini;

fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini;

chiqish vizasini olish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishida ko‘maklashishni;

tegishli chet tilini, ishga joylashtiriladigan davlatning an’analari va qonun hujjatlarini o‘rganish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmni profilaktika qilish, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar amalga oshirilishini;

fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Xorijdagi ish beruvchilar reyestri yuritilib, u O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

Ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlar, mehnatga haq to‘lash shartlari borasidagi kelishib olingan talablar chet ellik ish beruvchi tomonidan ta’minlanmagan, ish beruvchi mehnat migrantini ishga joylashtirishni rad etgan taqdirda, yuboruvchi tashkilot fuqarolarning ijtimoiy va maishiy sharoitlarini, mehnatga haq to‘lash shartlarini yaxshilash, uni boshqa chet ellik ish beruvchiga ishga joylashtirish yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytarishni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.

Fuqarolarning xususiy bandlik agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishi ta’minlanmagan taqdirda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarning Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida mazkur xususiy bandlik agentligi tomonidan zaxiraga qo‘yilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi.


Download 214,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish