8-март байрами муносабати билан қуйидаги онахонлар совға-саломлар билан табриклаб чиқилди



Download 4,68 Mb.
bet6/24
Sana13.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#785818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Eldor Ochilov dissertation1

I bob bo‘yicha xulosa
I bob fitonematodalarni o‘rganish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, ikkita kichik boblardan iborat. Birinchi kichik bob, tuproq fitonematodalarini o‘rganish tarixiga bag‘ishlangan. Bunda fitonematodalar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar O‘zbekistonda “Fitogelmintologiya” maktabiga asos solgan olim A.T.Tulaganov, uning shogirdlari tomonidan olib borilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. “O‘zbekistonning o‘simlikxo‘r va tuproq fitonematodalari” asari Zarafshon vodiysi turli xil ekin maydonlari o‘simlik va tuproq tadqiqotiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy ekspeditsiya natijalari asosida yuzaga kelgan.
A.T.Tulaganov va uning shogirdlari Qoraqalpog‘iston sharoitida g‘o‘za maydonlari tadqiqoti natijasida aniqlangan turlar ichida stilet formalaridan quyidagi turlar borligi aniqlangan: Aphelenchus avenae, Aphelenchoides parietinus.
A.T.Tulaganov va uning shogirdlari tomonidan ilmiy tadqiqotlar natijasida Amudaryo o‘ng qirg‘og‘i g‘o‘za maydonlari fitonematodafaunasi tur tarkibi, Amudaryoning chap qirg‘og‘i g‘o‘za maydonlari fitonematodafaunasi tur-tarkibidan turlarining xilma-xilligi, sonining kamligi bilan farqlanishi ilmiy isbotlangan.
A.T.Tulaganov va uning shogirdi O.Mavlonovlarning ishlari va ma’lumotlar keltirilgan va bu ma’lumotlar ilmiy izohlangan. Fitonematodalarning tuproqda tarqalishiga, tuproqqa beriladigan ishlov o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar muhimligi ilmiy yoritilgan.
A.T.Tulaganov va uning shogirdlari E.S.Kiryanova, K.V.Belyayeva, S.M.Karimova, Z.N.Norboyev va boshqalar turli ekin maydonlarida olib borilgan tadqiqot ishlari, tuproqda fitonematodalarning tarqalishida tuproq tarkibi, antropogen va biologik omillar bilan chambarchas bog‘liqligi isbot qilingan.
Fitonematodalar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar E.S.Kiryanovaga tegishli ekanligi, erkin yashaydigan vakillar bilan bir qatorda parazit turlar aniqlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Olima tomonidan haqiqiy parazitlardan Pratylenchus pratensisni o‘simliklarga keltiradigan zarari o‘rganilgan.
V.F.Maslennikova tomonidan Toshkent, Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilayotgan sholi maydonlarini o‘rganish natijasida 103 tur fitonematodalarni aniqlangani, aniqlangan fitonematodalarning uch turi fan uchun yangi tur deb e’lon qilingani: Dorylaymus mucronatus, Panagrolaimus congruensis, Aphelenchoides tridentifer to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadqiqotlar P.K.Erjanova ishlarida, Toshkent viloyatida xuddi shunday tadqiqot ishlari E.S.Strepkova tomonidan olib borilgani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
G.A.Abduraxmonova, O.M.Mavlonov ishlarida mineral va organik o‘g‘itlardan kompleks miqyosda foydalanish g‘o‘za o‘simligini parazit fitonematodalarga chidamliligini oshirishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
O‘zbekistonning janubiy tumanlarida olib borilgan fitogelmintologik tadqiqot ishlari bo‘yicha Sh.X.Xurramov, X.T.Tadjiyev, O.M.Mavlonovlarning ishlari, natijalari keltirilgan.
Tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ikkita kichik boblarga bo‘lingan. Birinchi kichik bob umumiy fitonematodalarni o‘rganish tarixiga bag‘ishlangan. ikkinchi kichik bob mevali daraxtlar fitonematodalarini o‘rganish ishlarini yoritishga bag‘ishlangan.
Ushbu kichik bobda asosan fitogelmintolog olimlar A.T.To‘laganov, S.M.Karimova, A.Z.Usmanova, S.M.Karimova, L.N.Arzumanova, F.K.Odilov O‘zbekistonning turli rayonlari mevali daraxtlari ildiz, ildiz atrofi tuprog‘larini o‘rganganligi, tadqiqot natijalari haqidagi ma’lumotlar berilgan. Tadqiqot ishlari asosan XX asrning 60-80-yillarida olib borilgan.
O‘zbekiston janubiy hududlaridagi subtropik mevali buta va daraxtlarning fitonematodalari o‘rganish ishlari Sh.X.Xurramov, E.T.To‘rayevlar tomonidan olib borilgan. Fitonematodalar asosan tuproqning chuqur qatlamlarida tur son tarkibi jihatidan xilma-xilligi kuzatilgan va bu o‘simlik ildiz sistemasi bilan bog‘liq ekanligi ilmiy izohlangan.
Olimlar tomonidan, subtropik daraxtlar, mevali daraxtlar ildizi va ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalarini tuproqda vertikal, gorizontal tarqalishi ildiz sistemasini rivojlanishi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan.
Zararli turlaridan Xiphinema americanum, X.diversicaudatum, X.index, Trichodorus christicilar keng tarqalganligi aniqlangan. Bu ektoparazitlar o‘simlikka kirmasdan tashqaridan o‘simlikka turli mikroorganizmlarni kirishiga yo‘l ochib berishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Toshkent shahar, Toshkent viloyati mevali daraxtlari fitonematodalarini ekologik xususiyatlari haqida E.P.Azizova, S.M.Rizayeva, Sh.J.Islomov, G.A.Abduraxmanovalarning tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan.
Ekologik guruhlardan pararizobiontlar o‘simliklarning ektoparazitlari ekanligi, ularning inokulyatorlik xossalari bizning sharoitda haligacha o‘rganilmayotgani, o‘simliklardagi virusli kasalliklarni kelib chiqishida ushbu ektoparazitlarning roli borligiga yetarlicha dalil, isbotlar mavjudligiga, xuddi shunday ma’lumotlar Respublika, hamdo‘stlik davlatlari yaqin va uzoq davlatlar fitogelmintolog olimlari ishlarida ham keltirilganligiga to‘xtalib o‘tilgan: Micoletzky, Raski, Kankina, Azizova, Abduraxmanova va boshqalar).



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish