8-ma’ruza. O‘rta osiyo xududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari reja


XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyo xonliklarining madaniy hayoti



Download 112,55 Kb.
bet5/9
Sana16.07.2021
Hajmi112,55 Kb.
#120852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-MA’RUZA. O‘RTA OSIYO XUDUDLARINING XONLIKLARGA BO‘LINIB KETISHI, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI

XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyo xonliklarining madaniy hayoti.

XVI-XIX asr birinchi yarmida mamlakatimizda parokandalik, tarqoqlik hukm surgan bo‘lsada, madaniy hayotda ma’lum siljishlar bo‘ldi. Xonliklarda diniyilmlar bilan birga dunyoviy bilimlarga ham e’tibor qaratildi. Matematika, astronomiya, ayniqsa tibbiyot, tarixnavislik va adabiyot sohasida bir qancha yangi asarlar yaratildiki, bular o‘zbek xalqi ma’naviy merosining buyuk namunalari bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa shaharlar madaniy markazlar bo‘lib qoladi. Matematik va astronom Miram Chalabiy, Muhammad ibn Husayn Abdusamad, Mulla Abdulali ibn Husayn Birichandiy, olim, shoir va sozanda amir Akbar Samarqandiy, tabib va jarroh Boqi Samarqandiy, mudarris Jaloliddin Xorazmiy, falasuf Yusuf Qorabog‘iy, Mirzo Bedil, Badriddin Xiloliy, shoir va yozuvchilar Muhammad Solih, Bobur, Sharafiddin Ali Yazdiy, Sayido Nasafiy, Turdiy, Mahmur, Gulxaniy, Uvaysiy, Lutfiy, Nodirabegim, Mashrab, Zebuniso va boshqalar shular jumlasidandir.

Bu olimu fuzalolar, shoiru yozuvchilar, feodal-klerikallik kuchaygan bir sharoitda katta jasorat va shijoat bilan o‘z iste’dodlarini namoyon qildilar. Natijada fanning qator tarmoqlari rivojlandi. Amin Ahmad Roziy «Xaft iqlim» (Yetti iqlim) nomli jo‘g‘rofiy-biologik lug‘at tuzdi. Mutribiy unga dunyo xaritasini ilova qildi. Ro‘zbehxon «Mehmonnomai Buxoro», Muhammad Solih «Shayboniy noma» asarlarini yozdi. Shayboniy lar davrida xalq og‘zaki ijodi rivojlandi. Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Kuntug‘mish kabi dostonlar yaratildi

Buxoro, Xiva va Samarqandda katta kutubxonalar tashkil etildi. Kitob ko‘chirish, hattotlik, miniatyura, musiqa san’ati rivojlandi. Hunarmandlar, quruvchi me’morlarning bunyodkorlik mehnati, yuksak muhandislik mahorati bilan me’moriy binolar, madrasalar qurildi, kanallar qazildi. Samarqandda Sherdor, Tillaqori va Shayboniy xon madrasalari, Xivada arab Muhammad madrasasi, Buxoroda Machiti Kalon, Ko‘kaldosh, Mirarab madrasalari va boshqalar qurildi. Umuman XIX asr birinchi yarmida Buxoroda 150 ta, Xivada 130 ta, qo‘qonda 60 ta madrasa bo‘lgan. Buxoro madrasalariga Xiva va qo‘qondan tashqari Volga bo‘ylari, Shimoliy­g‘arbiy Hindiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan talabalar kelib o‘qishgan.

Bu davrning ilg‘or madaniyat va adabiyot arboblari o‘z asarlarida xon, sulton, beklar va ruhoniylarning o‘zboshimchaliklarini, ochko‘zlik va zo‘ravonliklarini fosh qilib, mamlakatda adolat va qonun ustuvorligi, milliy totuvlik va birlikni kuyladilar. Xonliklarda islom diniga, ruhoniylarga katta e’tibor berildi. Buxoro islom dini tayanchi va markazlaridan biri bo‘lib qoldi. ayniqsa so‘fiy shayxlarga katta imtiyozlar berildi. Ular barcha davlat o‘lponlaridan ozod edilar. Zero, so‘fiylik ta’limotini bilish olimlikning oliy belgisi hisoblanar edi.

Xulosa qilib aytganda, XVI-XIX asr birinchi yarmi Movarounnahr hayotida og‘ir iqtisodiy­siyosiy va ma’naviy inqirozlarga qaramay, xalq orasidan otilib chiqqan ulug‘ siymolar o‘tmish ajdodlarimiz ishlarini davom ettirdilar. Durdona asarlar yaratib, fan va madaniyat ravnaqiga munosib ulush qo‘shdilar. Eng muhimi xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi. Uning tili adabiy til darajasiga ko‘tarildi, keyinchalik milliy birlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.




Download 112,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish