8-mavzu. Buxoro xonligidafi tarixiy shaharlar. Reja


Shahrlarning ma’muriy-boshqaruv tizimi



Download 363 Kb.
bet4/6
Sana30.06.2022
Hajmi363 Kb.
#718505
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

Shahrlarning ma’muriy-boshqaruv tizimi.

Buxoro amirligining davlat tuzumi ashtarxoniylar hukmronhk qilgan Buxoro xonligining davlat tuzumidan kam farq qilgan. Bu davrda davlat boshlig'i — amirning hokimiyati tobora cheklanmagan xarakterga ega bo'lib borgan. Umuman XIX asrda Buxoro amirligi yakka hokim boshchiligidagi markazlashgan davlat edi. Davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo'lgan amir tomonidan idora etilardi. Davlat hayotiga taalluqli eng muhim siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa shu kabi masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh — Arkda hal etilardi. Arkda amir va uning oilasidan tashqari qushbegi, shig'ovul, to'pchiboshi, mirzaboshi va boshqa ba'zi saroy amaldorlari, ularning oilalari, xizmatkorlari yashaganlar. Vaqti-vaqti bilan Davlat Kengashi chaqirilib turilardi. Odatda 5 tadan 20 tagacha eng yuqori amaldorlar a'zo bo'lgan bu kengashda davlat hayotiga taalluqli o'ta muhim masalalar ko'rib chiqilardi.
Mang'itlar davrida ham davlat boshqaruvi asosan ikki bo'g'inli, ya'ni markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo'lib, ularning har biri musulmon davlatlariga xos bo'lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega edi. Markaziy ijroiya hokimiyat saroy a'yonlaridan tashkil topgan edi. Mang'itlar sulolasi davrida davlat boshqaruvida qushbegi mansabini egallagan kishining mavqeyi juda oshib ketdi. Bu mansab egasi amalda bosh vazir hisoblanardi. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxoh, xudoychi, mirzaboshi va boshqa saroy a'yonlarining hamda shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning ham ahamiyati yuqori edi.
Amir Shohmurod o'z hukmronligi davrida hokimiyatni boshqarish tartiblarini qayta tuzdi. Uning hukmronligi davrida moliya, sud, ma'muriy va harbiy ishlar sohalarida islohotlar o'tkazildi. Bu islohotlami Shohmurod xalqning norozilik qo'zg'olonlari tufayli o'tkazgan edi.
Rivoyatlarga ko'ra, Shohmurod mamlakatda tartib o'rnatish uchun manmanlikka berilib, amirni ham mensimaslikkacha borib yetgan, qushbegi va qozikalonni xalqning ko'zi oldida oidirtirgan. Davlatni boshqarish ishlarida dindorlar (ruhoniylar) ta'siri ancha kuchaytirildi. Amir Shohmurod o'z davlatida osoyishtalik o'rnatib, ichki tarqoqlikka qarshi kurashdi, suv inshootlarini tartibga solishda bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi.
Bu islohotlar ichida davlat boshlig'i unvonining o'zgartirilishi ham diqqatga sazovordir. Shohmurod turkiy xalqlarda udum bo'lib kelgan xonlik unvonidan voz kechib, amirlik unvonini oldi, ushbu yangilik Buxoroning islom davlati, uning hukmdori esa musulmonlar amiri ekanligiga hamda otasi Doniyolbiy xon emas, otaliq mansabida bo'lganligiga ishora edi. Shohmurodbiy joriy etgan bu unvonni so'nggi mang'it hukmdorlari 1920-yilgacha qo'llab keldilar.
Shohmurod soliqlardan ezilgan xalqning harakati kuchaygan vaqtda taxtga o'tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshladi. Butun Buxoro shahri aholisiga tarxon yorlig'i berib, o'zidan awalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to'g'ri kelmaydigan yorg'u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qildi.
Bu islohotlar ichida, ayniqsa, sud islohoti diqqatga sazovordir. Unga ko'ra, har bir musulmon, hatto qul ham qoziga o'z shikoyati bilan kelishga va g'ayriqonuniy ish qilayotgan o'z xo'jayinini javobgarlikka tortishga haqli edi.
Bunday qoida o'sha vaqtdagi Buxoro amirligidagina emas, butun Turkiston davlatlarida sudlovni ijobiylashtirish uchun tashlangan katta qadam bo'ldi. Bundan tashqari, qirq a'lamdan (qonunshunoslardan) iborat oliy sud (qozixona) palatasi tuzildi. Uning a'zolari shariat huquqi asosida Shohmurodning o'zi tuzib bergan to'plamni qoilariga olib, arz va shikoyatlarni hal etishda unga qarab ish ko'radigan bo'lganlar.
Bu oliy qozixonada ish ko'rilayotganda amirning o'zi bosh bo'lib turgan. Shu boisdan mazkur tashkilotni amirning oliy sudi deb atash mumkin. Bundan tashqari, sudda ish ko'rilayotganda da'vogarning shaxsan o'zi ishtirok etishi talab qilingan. Tumanlar va kattaroq qishloqlarga (qasabalarga) qozilar tayinlash ham u kiritgan yangiliklardan bo'ldi.
Shunday qilib, Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: qasaba, tuman, viloyat qozilari, Bosh qozi hamda qirq a'lam sudi vujudga kehb, eng oliy qozi amirning o'zi edi.
Mansablar tizimi borasida shuni aytish mumkinki, ularning yuqorida aytib o'tilgan bo'g'inlari, umuman, o'zgarishsiz saqlanib qolgan bo'lsa-da, ba'zilari o'z umrini tugatdi yoki o'rnini boshqa mansablarga bo'shatib berdi (masalan, arablar ishlari devoni, chig'atoy begi va boshqalar). Ilgari muayyan mansabdagi shaxs aynan shunga mos vazifani bajarishi lozim bo'lsa, endi unvonlar mansabsiz, ya'ni faxriy bo'la boshladi. Davlat mansablari ichida bu davrda qushbegining ma'muriy mavqeyi birinchi o'ringa chiqdi. Moliya, soliq, asosan, soliq undirish ishlarini boshqarib turuvchi amaldor undan keyin turib, qulli qushbegi deb ataladigan bo'ldi.
Barcha harbiy qismlar, jumladan, Buxoro shahar garnizoni boshlig'ining mansabi endi to'pchiboshi qo'liga o'tdi.
Mang'itlar sulolasi davrida o'tkazilgan ma'muriy islohotlar tufayli davlatning asosiy ma'muriy birligi bekliklar bo'lib qoldi. Amirlik hududi eng kengaygan Amir Nasrullo hukmronligi davrida Buxoro tarkibida asosan 30 ta beklik bor edi.
Mahalliy boshqaruv viloyat beklari qo'lida edi. Ularning ham, odatdagidek, o'z boshqaruv tizimi mavjud bo'lib, mirshabboshi, soliq yig'uvchi amaldorlar (tanobchi, zakotchi), qozi, rais kabi diniy mansabdorlar, qishloq oqsoqollari yordamida bekliklar idora qilinardi. Viloyat beklari odatda amir tomonidan tayinlanar, ko'p hollarda bu lavozimga mang'it urug'idan bo'lgan kishilar loyiq ko'rilardi.


  1. Download 363 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish