8-Mavzu. Fizik kimyo predmeti. Termodinamika asoslari. Termokimyo Reja



Download 462,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana29.04.2022
Hajmi462,55 Kb.
#591206
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-лексия

1. Fizikaviy Kimyoning vazifalari. 


Fizikaviy kimyo moddalarning xossalarini, ularning tuzilishini va kimyoviy 
reaksiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradigan fan bo‘lib, natijalarni, 
ko‘pincha, matematik usulda ifodalaydi. M. V. Lomonosov moddalarning saqlanish qonunini 
kashf etgandan keyin kimyo faniga tarozida tortish usuli kiritildi va kimyo bilan fizika o‘rtasida 
mustahkam aloqa bog’landi. Lomonosov 1752—1753 o‘quv yilida Peterburg universitetida
dunyoda birinchi bo‘lib fizikaviy kimyo kursidan ma ’ruza o‘qidi va laboratoriya tashkil qildi. U 
fizikaviy kimyoning asosiy vazifalarini k o‘rsatdi, gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi
va eritmalar haqidagi ta’limotga asos soldi. Lomonosov birinchi bo‘lib fizikaviy kimyodan 
asar yozdi va uni «chin fizikaviy kimyo kursi» deb atadi. Bu asarda fizikaviy kimyoga 
quyidagicha ta’rif’berdi: «Fizikaviy kimyo aralash (murakkab —avtor) jismlarda kimyoviy 
operatsiyalar vaqtida bo‘ladigan hodisalarni fizika qonun qoidalari va tajribalari asosida izohlab 
beruvchi fandir». 
Lomonosovning fizikaviy kimyo sohasidagi ilmiy ishlari uning materialistik dunyo 
qarashidan kelib chiqadi; u Rossiyada ilmiy materializmga birinchi bo‘lib asos soldi; u butun
olam materiyadan iborat va materiya harakatsiz bo‘lolmaydi, degan fikrni birinchi marta
bayon etgan, fan bilan amaliyot va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviy bog’lanish borligini 
ta’kidlagan edi. N. N. Beketov 1860 yildan boshlab Harkov universitetida «Fizikaviy va 
kimyoviy hodisalar o‘rtasidagi munosabat» degan kursdan, 1865 yilda esa «Fizikaviy kimyo» 
kursidan ma’ruza o‘qidi. Moddalarning kimyoviy tuzilishi haqidagi ta’limotni 
rivojlantirishda A. M. Butlerovning xizmati katta bo‘ldi. U 1861 yilda organik 
moddalarning tuzilish nazariyasini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab organik kimyo muayyan 
nazariya asosida rivojlanib kelmoqda. 
Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda mashhur rus olimi D. I. Mendelevning xizmati kattadir.
U elementlarning davriy sistemasini tuzdi, eritmalar nazariyasini yaratdi, moddalar kritik 
temperaturaga ega ekanligini oldindan aytib berdi. Fizikaviy kimyo faqat XIX asr oxiridan 
boshlab mustaqil fan sifatida rivojlandi, chunki ana shu davrga kelib fan bilan ishlab
chiqarish o‘rtasida mustahkam aloqa bog’landi. 
V.Gibbs, V. Nernst va G. L. Gelmgols XIX asrning oxirida termodinamika 
prinsiplarini kimyoviy jarayonlarga tatbiq qildilar. 1885 yilda Vant-Goff eritmalarning osmotik 
nazariyasini, 1887 yilda Arrenius elektrolitik dissotsilanish nazariyasini kashf etdilar. Xuddi
shu yili Ostvald bilan Vant-Goff nemis tilida «Fizikaviy kimyo» jurnalini chiqara 
boshladilar. Fizikaviy kimyoni rivojlantirishga rus olimlaridan N. A. Menshutkin, V. F. 
Aleksev, V. F. Luginin, D. P. Konovalov, V. A. Qistyakovskiy, T. Ye. Lovits, G. I. Gess va 
boshqalar ham o‘z hissalarini qo‘shdilar. XX asrning boshlarida N. S. Kurnakov, I. A. Kablukov, 
V. A. Kistyakovskiy, N. A. Shilov va L. V. Pisarjevskiy asarlari fizikaviy kimyoning
ayrim sohalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. 
Hozirgi zamon fizikaviy kimyosini taraqqiy ettirishda Nobel mukofoti laureati 
akademik N. N. Semyonov, akademik A. H. Frumkin, akademik P. A. Rebinder, akad. V. A. 
Kargin kabi sovet olimlarining xizmatlari katta bo‘ldi. Fizikaviy kimyo sohasida g’oyat katta
yutuqlar qo‘lga kiritildi. Talab qilingan xossalarga ega bo‘lgan materiallar olishda, aralash 
moddalarni bir -biridan ajratishda, chala o‘tkazgichlar sanoatining rivojlanishi bilan nihoyatda
toza moddalar olishda, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda, qishloq xo‘jaligini 
kimyolashtirishda fizikaviy kimyo katta rol o‘ynadi. 
Fizikaviy kimyo biologiyada ham katta axamiyatga ega, chunki biolog olimlar o‘z ilmiy
ishlarida fizikaviy kimyoning eksperimental metodlaridan va nazariyalaridan keng 
foydalanadilar. Metallurgiya agregatlarida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar nazariyasini 


yaratishda va bu jarayonlarning tezligini hisoblashda, ularning unumdorligini oshirishda 
fizikaviy kimyo katta rol o‘ynaydi. Barcha fanlar kabi, fizikaviy kimyo ham dialektik
materializmga tayanadi va kishilar ongida materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun 
zarur bo‘lgan ilmiy materiallar beradi. Fizikaviy kimyoning quyidagi asosiy bo‘limlari: 1)
moddalarning tuzilishi haqidagi ta’limot, 2) gaz, suyuqlik va qattiq jismlar haqidagi ta 
’limot, 3) eritmalar haqidagi ta’limot, 4) kimyoviy reaksiyalarning tezligi va kataliz, 5) 
elektrokimyo, 6) termokimyo va termodinamika, kimyoviy muvozanat, 7) fotoximiya, 8 )
adsorbsiya hodisalari haqidagi ta’limot bo‘limlari bor. Fizikaviy kimyo bilan bir qatorda kolloid 
kimyo ham rivojlanib bordi. 

Download 462,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish