8 mavzu. Korxona (firma) iqtisodiy xavfsizligi


Korxona (firma)ning xavfsizlik xizmati, uning tuzilishi va vazifalari



Download 150,5 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi150,5 Kb.
#301914
1   2   3   4   5
Bog'liq
VIV

8.3. Korxona (firma)ning xavfsizlik xizmati,
uning tuzilishi va vazifalari

Xavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo‘lib, xavfsizlik tartibini ishlab chiqish, o‘matish va qo‘llab-quwatlash, shuningdek, unga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi. U o‘z faoliyatida quyidagilarga asoslanishi lozim:



  • qo'riqlash tartibini tashkil etish bo‘yicha qoidalar;

  • rahbar, mutaxassis va texnik xodimlar uchun maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi;

  • texnik muhandislik jihatidan himoya qilishni tashkil etish bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi;

  • xorijiy vakolatxonalar va vakillar bilan ishlash bo‘yicha lavozim

yo‘riqnomasi.

Korxona xavfsizlik xizmati tarkibida axborot-tahlil bo‘linmalari, xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha tashkiliy bo‘g‘inlar hamda muayyan vazifalami bajarish uchun vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin. Korxona rahbariyati yoki aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi qaroriga ko‘ra, muayyan maqsadlar va yuzaga keluvchi sharoitlarda xavfsizlikni ta’minlashning murakkab vazifalarini hal qilish uchun korxonaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.



Belgilangan vazifalami bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati quyidagilami amalga oshiradi:

  • ma’muriy taqsimlash vazifasi, xavfsizlik tartibini o‘matish va ta’minlash, mas’ul shaxslaming korxona xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, korxonaning vakolat vazifalarini bajarishga oid qarorlar tayyorlash yo‘li bilan amalga oshiriladi;

  • xo‘jalik-taqsimlash vazifasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavf­sizligini ta’minlashda zarur boMgan resurslami belgilashi. Korxona mulki va boyliklarini saqlash hamda ulardan oqilona foydalanishni

ta’minlash chora-tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

  • hisob-nazorat vazifasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi xavf-xataming oldini o‘z vaqtida olish, ulaming manbalarini baholash, xavfli holatlami nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish, korxona xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillami hisobga olish, shuningdek, korxonaning hayotiy ehtiyojlariga tahdid soluvchi g‘irrom raqiblar, ishonchsiz hamkorlar, shaxslar va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar yordamida amalga oshiriladi;

  • ijtimoiy-kadrlar vazifasi, xavfsizlik xizmatining kadrlami joy- lashtirish, mehnat jamoalaridagi salbiy fikrlar, janjallaming oldini olish, xodimlarga yo‘riqnoma berish, ularda belgilangan xavfsizlik me’yor- lariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg‘usini shakllantirishda ishtiroki orqali amalga oshiriladi;

  • tashkiliy-boshqaruv vazifasi, korxona xavfsizligini ta’minlash jarayonini boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yaratish, qo‘llab- quwatlash va o‘z vaqtida qayta tashkil etishga boshqaruv ta’sirini ko‘rsatish, faoliyatning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo‘g‘inlar o‘rtasida belgilangan dasturiy maqsadlarga erishish uchun o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirishni tashkil etish yordamida amalga oshiriladi;

  • rejali ishlab chiqarish vazifasi, korxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida maqsadli rejalar va dasturlar majmuini ishlab chiqish, ulami amalga oshirish, xavfsizlik tartibini o‘matish va qo‘llab-quwat- lashga oid chora-tadbirlami tayyorlash va bajarish yordamida amalga oshiriladi;

  • tashkiliy-texnik vazifa, korxonada xavfsizlik tartibini moddiy- texnik jihatdan ta’minlash, maxsus texnikalar hamda yangi, ilg‘or texno- logiyalar, maxfiy tartib va boshqa maxsus faoliyatlami o‘zlashtirish yordamida amalga oshiriladi;

  • umumiy uslubiy vazifa, korxona xavfsizligini ta minlashning ilg‘or tajribalarini to‘plash va yoyish, xodimlami o‘qitishni tashkil etish, korxona xavfsizligini ta’minlashga oid muammolami hal qilishni ilmiy

jihatdan ishlab chiqish va uning bu sohadagi faoliyatini uslubiy ko‘rsat- malar bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi;

  • axborot-tahlil vazifasi, xavfsizlikka oid ma’lumotlami maqsadli ravishda yig‘ish, to‘plash va uiar ustida ishlash, buning uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlami analitik tahlil qilishning texnik va uslubiy vositalarini yaratish va ulardan foydalanish, korxonaning manfaatdor boMinmalari va alohida shaxslami xavfsizlik xizmatida mavjud boMgan ma’lumotlar bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi.

Korxona xavfsizlik xizmati Nizomida uning maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, nazorat-taftish faoliyati belgilab beriladi. Xavf­sizlik xizmati o‘z faoliyatini korxona xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash va qoMlab-quvvatlash asosida olib borib, quyidagilami qamrab oladi:

  • maxfiy tartibdagi faoliyatni tashkil etish;

  • axborot xavfsizligini ta’minlash;

  • muhandislik-texnik muhofaza;

  • mehnat jamoalaridagi salbiy yo‘nalishlaming oldini olishga oid faoliyat.

Korxona xavfsizligini ta’minlash uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga olib keladi. Bu esa korxonaning nufuzini oshiradi. Jamoa va jamiyat farovonligiga xizmat qiladi.


Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish