8-mavzu: Savollariga javoblar



Download 24,13 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi24,13 Kb.
#224487
Bog'liq
8- mavzu statistika


8-mavzu:Savollariga javoblar.

  1. Tanlanma kuzatish nima? Boshqa qisman kuzatish turlaridan nimalar bilan farq qiladi?

1.Tanlanma kuzatish - bu o‘rganiladigan to‘plamdan yetarli miqdorda birliklar maxsus yo‘llar bilan tanlanib, ularni kuzatish ma’lumotlari asosida boshlang‘ich to‘plam haqida qoniqarli axborot olish imkonini beruvchi statistik tekshirish usulidir.
2. Tanlanma tekshirishlar qanday maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi?

2.Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 1) vaqt va mablag‘ni tejash. Agar tanlanma kuzatishda bosh to‘plamning, masalan, faqat 2 foiz birliklari qatnashsa, u holda kuzatish ishlarining hajmi 50 marta (100:2) kamayadi, sarflanadigan vaqt va mablag‘ ham deyarli shuncha marta tejaladi; 2) tekshirish jarayonida sifati buziladigan yoki foydalanish uchun butunlay yaroqsiz shaklga keladigan predmetlar (to‘plam birliklari) sonini qisqartirish; 3) kuzatish obyektini kengroq va to‘laroq o‘rganish, bu holda bevosita tekshiriladigan to‘plam hajmi qisqarishi hisobiga kuzatish dasturini obyektlarning yangi muhim belgilari bilan boyitish va har bir birlik haqida to‘la va batafsilroq ma’lumotlar to‘plash imkoniyati tug‘iladi; 4) yoppasiga kuzatish natijalarini nazorat qilish.


3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday hodisa va jarayonlar tanlanma kuzatish yo‘li bilan o‘rganiladi? Misollar keltiring.

3. Bozor iqtisodiyoti xususiy mulkchilikka, ko‘p ukladli ho‘jalikka tayanadi. Bunday sharoitda muhim iqtisodiy hodisa va jarayonlar ustida yoppasiga statistik kuzatish tashkil qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bozor baholari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, uy ho‘jaliklari budjeti, taklif va talablarning o‘zgarishi va boshqa shunga o‘xshash jarayonlarni tekshirishni har bir birlikda amalga oshirish amrimaholdir, chunki umumiy to‘plam hajmi odatda noma’lumdir (masalan, xufiyona iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi subyektlar soni, ularning faoliyat natijalari va h.k. larning aniq hisobi yo‘q). Bunday hollarda tekshiruvchi uchun eng yaxshi yo‘l - cheklangan sonli birliklarni shunday olib tekshirishki, natijada umumiy o‘rganilayotgan to‘plam haqida amaliy jihatdan yetarli darajada to‘la va aniq axborotlarni olish imkoni tug‘ilsin. Tanlama tekshirish nazariyasi bu maqsad uchun xizmat qiladi.


4. Bosh va tanlanma to‘plam deganda nimani tushunasiz? Ular qanday umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?

4. Bosh to‘plam-bu o‘rganiladigan ko‘p hajmli birliklar majmuasidir. Tanlanma to‘plam yoki qisqacha tanlanma - bosh to‘plamdan kuzatish uchun tanlab olingan birliklar yig‘indisi.


5. Reprezentativlik xatosi nima?U qayd qilish xatosidan nimalar bilan farq qiladi?

5.Tanlanma o‘zida bosh to‘plamning muhim jihatlarini ifodala-shi reprezentativlik deb ataladi. Tanlanma qanchalik reprezentativ bo‘lishidan qat’i nazar bosh va tanlanma ko‘rsatkichlar o‘rtasida doimo tafovutlar bo‘ladi. Chunki bosh to‘plamda tanlanmaga kiritilmagan boshqa birliklar ham bor. Ana shu tafovutlar tanlanmaning reprezentativlik xatolari deyiladi.


6. Reprezentativlik xatosining qanday turlarini bilasiz? Ular orasidagi farqlarni tushuntirib bering.

6. Reprezentativlik xatolari ikki turga bo‘linadi: 1) tasodifiy xatolar; 2) sistematik (muntazam) xatolar. Kuzatish jarayonida ko‘rsatkichlarning miqdorlarini o‘zgartirish ko‘zlanmasdan, shuningdek, kuzatish usullari va asboblarining kamchiliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda yo‘l qo‘yilgan xatolar tasodifiydir. O‘lchash asboblarining noaniqligidan, tanlash va kuzatish usullarining kamchiliklaridan ko‘zlanmagan muntazam xatolar kelib chiqadi. Kuzatish natijalarini o‘zgartirib ko‘rsatish maqsadida qilingan xatolar ko‘zlangan muntazam xatolardir.


7. Qanday tanlash usullari tanlanmaning reprezentativ bo‘lishi ta’minlanadi?

7.Statistikada tanlanmaning reprezentativligini ta’minlaydigan turlicha tanlash usullari mavjud bo‘lib, ular avvalo individual va seriyalab (yoki guruhlab) tanlashga bo‘linadi. Individual tanlashda bosh to‘plamdan birliklar alohidaalohida, seriyalab tanlashda esa ular seriyasi (guruhi) bilan olinadi.


8. Asl ma’noda tasodifiy tanlash deganda nimani tushunasiz? U qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?

8.Asl ma’noda tasodifiy tanlash deb, bosh to‘plamning birliklari uchun babbarobar tanlanish ehtimolini ta’minlovchi usulga aytiladi. Tasodifiy tanlash chek yoki qura tashlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.


9. Siz Universitet talabalari statistika fanini o‘zlashtirish darajasini baholash maqsadida tanlanma kuzatish o‘tkazmoqchisiz. Buning uchun talabalarni qanday tartibda tanlab olasiz? Matematika yoki iqtisodiy nazariyani yaxshi biladigan talabalarni ko‘proq tanlab olish mumkinmi? Universitetga kirish test sinovlarida talabalardan eng yuqori ballar olgan talabalarni-chi?

9. Agarda men statistika fanidan talabalarning o’zlashtirish darajasini baholash maqsadida tanlanma kuzatish o’tkazsam, matematika va iqtisodiyot nazariyasini yaxshi biladigan talabalarni ko’proq tanlab olishim mumkin. Ijtimoiy -iqtisodiyot fakulteti, iqtisodiyot yo’nalishi talabalari va boshqa fakultet talabalalari o’rtasida tanlanma kuzatish olib borardim. Bu aniq xulosalar chiqarishga samarali imkon beradi.


10. Tanlanmaga tushgan har bir talabani og‘zaki so‘roq-javob yo‘li bilan o‘zlashtirish haqidagi ma’lumotlarni to‘plash mumkinmi? Bu holda qanday xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin?

10.Tanlanmaga tushgan har bir talabani o’g’zaki savol-javob yo’li bilan o’zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni to’liq to’play olmaymiz. Talabalarni kuzatish jarayonida ko’proq testlar olish kerak. Bu holda tasodifiy xato kuzatilishi mumkin. Kuzatish jarayonida ko'rsatkichlaming miqdorlarini o’zgartirish ko’zlanmasdan, shuningdek, kuzatish usullari va asboblarining kamchiliklari bilan bog'liq bo'lmagan holda yo'l qo 'yilgan xatolar tasodifiydir.

11. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchilar bo‘lishi shak-shubhasizdir. Bu iqtisodiyot miqyosining tanlanma usulda baholab bo‘ladimi? Siz bunday tanlanma kuzatish tashkil etish yo‘llari haqida qanday fikrlarni bildira olasiz?

11.Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashirin iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchilar albatta mavjud. Fikrimcha bu iqtisodiyot miqyosida tanlanma usulda baholab bo’lmaydi. Men bunga tanlanma kuzatish tashkil etish uchun avvalo, aniq statistik ma’lumotlar kerak bo’ladi deb o’ylayman. Kuzatishni amalga oshirish uchun bizga yashirin iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchi korxona va shaxslaning soni kerak bo’ladi. Ularning sonini aniqlash birmuncha mushkul va yetarli darajada qiyin.


12. Mexanik tanlash nima? Qanday hollarda uning natijalari tasodifiy tanlanmaga mos keladi va qanday hollarda farq qiladi?

12.Mexanik tanlash deb bosh to‘plam bir-liklarini ma’lum tartibda yozib chiqib, so‘ngra belgilangan oraliqlarda bitta-dan birliklarni tanlab olishga aytiladi.


13. Tiplarga (guruhlarga) ajratib tanlash deganda nimani tushunasiz? Talabalar bilim darajasini o‘rganish maqsadida bu usuldan qanday tartibda foydalanish mumkin yoki butunlay mumkin emasmi?

13.Tipologik tanlash-bu bosh to‘plamni muhim guruhlarga bo‘lib, ular-ning har biri ichidan ma’lum birliklarni tasodifiy yoki mexanik usulda tanlab olishdir.

14. Seriyalab tanlash deganda nimani tushunasiz? Qanday hollarda bu usuldan foydalanish mumkin?

14. Statistikada tanlanmaning reprezentativligini ta’minlaydigan turlicha tanlash usullari mavjud bo‘lib, ular avvalo individual va seriyalab (yoki guruhlab) tanlashga bo‘linadi. Individual tanlashda bosh to‘plamdan birliklar alohidaalohida, seriyalab tanlashda esa ular seriyasi (guruhi) bilan olinadi.


15. Tanlanma ko‘rsatkichning o‘rtacha kvadratik xatosi va uning ishonchli chegarasi qanday aniqlanadi?

15.Tanlanma ko‘rsatkichning o‘rtacha xatosi - bu bosh to‘plamdan u yoki bu usulda ko‘p tanlamalar tashkil etib, ularning xatolaridan hisoblangan o‘rtacha kvadratik xatodir. Tanlanma kuzatish ma’lumotlari bosh ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun yetarli bo‘lmaganligi sababli uning reprezentativlik xatolarini hisoblash mumkin emas. Ammo statistikada ma’lum p(t) ehtimol (ishonch darajasi) bilan xatolarning yuqori chegaralarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.


16. t - ishonch koeffitsiyentining mohiyati va vazifasi haqida nima deya olasiz?

16.Ishonch koeffitsiyentini aniqlash. P(t) ehtimol bilan ishonch koeffitsiyenti (t) o‘rtasidagi bog‘lanish ushbu integral bilan ifodalanadi: P t e dz z t t ( ) = − −  1 2 2 2  .

17. Ishonch ehtimoli va muhimlik darajasi deganda nimani tushunasiz?

17.Ishonch koeffitsiyentining berilgan qiymatlari uchun ehtimollarni hisoblash jarayonini qulaylashtirish maqsadida ular o‘rtasidagi bog‘lanishni xarakterlaydigan jadval tuzilgan. Bu jadval berilgan ishonch koeffitsiyentiga ko‘ra ehtimolni va aksincha istalgan ehtimolga mos keladigan ishonch koeffitsiyentini aniqlash imkonini beradi. Amaliy yoki o‘quv masalalari yechilganda ishonch koeffitsiyentining asosan quyidagi qiymatlari keng qo‘llaniladi:




t

1.00

1.96

2.00

2.58

3.00

P(t)

0.683

0.950

0.954

0.997



Jadvaldan tanlanmaning miqdori (n) yetarlicha katta bo‘lgan hollardagina 30 bo‘lsa, u kichikfoydalanish mumkin. Agar tanlanmaning miqdori n tanlanma deb yuritiladi. Kichik tanlanmalar uchun ehtimol faqat ishonch koeffitsiyentiga emas, balki tanlanmaning miqdoriga ham bog‘liq ravishda aniqlanadi.



Masalan, n =10 bo‘lganda:


t

1

2

3

P(t)

0.657

0.923

0.985

Download 24,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish