8-mavzu: Uyushiq bo’laklar. Ajratilgan bo’laklar Reja



Download 29,05 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi29,05 Kb.
#87235
  1   2   3   4
Bog'liq
8-maruza


8-mavzu: Uyushiq bo’laklar. Ajratilgan bo’laklar
Reja:
1. Uyushiq bo’laklar, ularning qo’llanish usullari va ko’rinishlari.

2. Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’zlar.

3. Uyushiq bo’lakli gaplarda tinish belgilari.

4. Ajratilgan bo’laklar va ularning ajralishidagi sintaktik holatlar.

5. Ajratilgan bosh bo’laklar.

6. Ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklar.

7. Ajratilgan bo’lakli gaplarda tinish belgilari.

Gap tarkibida bir turdagi bo’laklar birdan ortiq holda qator keladi. Bir turdagi bo’laklar gapning uyushiq bo’laklarini tashkil qiladi. Bunday bo’laklar ishtirok etgan gap uyushiq bo’lakli gap sanaladi : O’tmishda xalqimiz orasidan Beruniy va Navoiy, Ulug’bek va Furqatlar yetishib chiqqan (Ya.).

Uyushgan bo’laklar bir xil so’roqqa javob bo’lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog’lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida birikadi.

Uyushgan bo’laklar o’zaro tenglanish, boshqa gap bo’laklari bilan ergashish hamda tobelanish asosida sintaktik aloqaga kirishadilar: Sen menga havodan, suvdan ham zarursan, sen mening quvonchimsan, fikrim va orzu -umidim, baxtimsan, Po’lat! (Sh.R.). Bu gapda havodan, suvdan, quvonchimsan, fikrim va orzu - umidimsan, baxtimsan tenglanish asosida, birinchi guruh uyushgan bo’laklar zarursan bilan ergashish, ikkinchi guruh uyushgan bo’laklar esa mening bilan munosabatlashish, sen bilan moslashuv yo’li bilan sintaktik aloqaga kirishgan.

Uyushiq bo’lak komponentlari, odatda, bir xil grammatik shaklda bo’ladi va bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Uyushiq bo’laklar biror morfologik shakl yoki ko’makchi bilan kelishi kerak bo’lsa, ular ba’zan har bir komponentga alohida – alohida qo’shiladi, ba’zan esa eng oxirgi komponentga qo’shiladi: Odamlar qorda ham, bo’ronda ham ayni fidokorlik bilan ishlar edilar (O.). Aka bilan ukani bir - biridan judo qilasan (S.A.).

Uyushiq bo’laklar ifodalagan narsa - predmetlarga alohida diqqat qilinganda, har bir komponenti grammatik formani oladi. Bunday vaqtda har bir komponent mantiqiy urg’uli bo’lib, kuchli ta’kid bilan aytiladi: Na otasini, na akasini taniydi.

Shuningdek, grammatik shaklning uyushiq bo’laklarning har biriga yoki faqat oxirgisiga qo’shilishi bog’lovchilarning turiga, ularning qo’llanish xususiyatiga ham bog’liqdir: Ibodulla ayvonga chiqqach, Bo’ronbek bilan o’tapning yo’lini to’sdi (H.G’.).

Uyushiq bo’laklar quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:

1. Uyushiq bo’lak gapda bir xil sintaktik vazifani bajaradi.

2. Uyushiq bo’lak komponentlari o’zaro teng aloqada bo’ladi va teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi.

3. Uyushiq bo’lak o’zi uchun umumiy hisoblangan bo’lak bilan bir xil munosabatda bo’ladi.

4. Uyushiq bo’laklar sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi.

5. Uyushiq bo’laklar, odatda, bir xil so’z turkumlaridan ifodalanadi.

Uyushiq bo’laklarning ma’no munosabatlari. Uyushiq bo’laklar gapda o’zaro teng bog’lovchilar bilan, pauza va sanash intonatsiyasi bilan aloqaga kirishadi. O’zaro bir - biri bilan teng bog’langan uyushiq bo’laklar o’rtasida, asosan, quyidagi ma’no munosabatlari mavjud bo’ladi:

1. Uyushiq bo’laklar o’rin, joy jihati bilan o’zaro munosabatda bo’lgan predmet va hodisalarni ko’rsatadi: U yerda jilg’alar, daryolar, o’tib bo’lmaydigan botqoqlar, kishi oyoq bosmagan changalzorlar bor (Asq. M.).

2. Uyushiq bo’laklar payt jihatidan birlashgan voqea, hodisalarni, predmetlarni ifodalaydi: Kechki soat bir yarimgacha o’tirdim, yotdim, uxladim (A.Q.).

3. Uyushiq bo’laklar umumiy jins tushunchani tashkil qiluvchi tur tushunchalarni atab keladilar: Pastlikda bahor gullari: lolalar, chuchmomalar, boychechaklar, binafshalar qiyg’os ochilib yotardi (P.T.).

4. Uyushiq bo’laklar bir predmet yoki hodisaning turli belgilarini ko’rsatib keladi. Bunda sinonim va antonimlar ham uyushib keladi: Qiz yosh, kamtarin va go’zal edi. Ota o’ta ko’ngilchan va xushfe’l odam edi.

5. Uyushiq bo’laklar butunning bo’laklarini ko’rsatadi: Ertaga respublikamizning viloyat, shahar, tuman, qishloq va ovul kengashlariga saylovlar kuni ("Xalq so’zi").

6. Uyushiq bo’laklar so’zlovchining predmet yoki hodisalarga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi emotsionallikka ham asoslanadi. Bunda mantiqiy jihatdan har xil bo’lgan tushuncha va tasavvurlarni bildiruvchi so’zlar ham uyushib kelishlari va bir hodisani gavdalantirishlari mumkin: Rasuljonning qo’shig’i hayotday shirin, muhabbatday kuchli edi ("Sh.Yu. ").

Gap bo’laklarining barchasi uyushib kela oladi:

Uyushiq ega: O’zining kechmish bolaligi, qishlog’i, o’rtoqlari yodiga tushdi (O.).

Uyushiq kesim: Olimjon singlisiga tikildi – da, darhol tushundi (Sh.R.).

Uyushiq to’ldiruvchi: Botirali ular uchun, xalq uchun, ozodlik uchun jonini fido qilganini bilib qo’yishsin (H.G’.). Oyqizning barcha harakatlarini kuzatgan Lola uning jasorati va mardligiga, chidam va sadoqatiga qoyil qoldi (Sh.R.).

Uyushiq aniqlovchi: To’g’onbek iyagidagi qizg’ish, siyrak, dag’al soqolini qashib, sukut etdi (O.). O’n minglarcha xalqning, mashinalarning suroni bilan to’la qurilishda hayot qaynar edi (O.).

Gap tarkibida qator kelgan sifatlovchilar uyushgan va uyushmagan holda bo’lishi mumkin.

Sifatlovchilar predmetni bir tomondan aniqlab, uning bir yoki turli belgilarini bildirsa va o’zaro teng holatda bo’lsa, uyushib keladi.

Uyushgan sifatlovchilar sifatlanmishga ayrim - ayrim holda bitishuv usuli bilan birikadi: Quyuq, bahaybat, badjahl bulutlardan yirik tomchilar savalab turardi (O.).

Sifatlovchilar predmetni turli tomondan, ya’ni rang, shakl, material, vaqt, hajm, tus kabi belgi - xususiyatlar tomonidan aniqlasa, uyushmagan bo’ladi.

Uyushmagan sifatlovchilar o’z sifatlanmishi bilan murakkab so’z birikmasi hosil qiladi: tobe bo’lagi oddiy gap bo’lagi, hokim bo’lagi esa so’z birikmasi shaklida bo’ladi. Tobe bo’lak hokim bo’lak bilan bitishuv asosida birikadi: Bahodir ota oppoq uzun soqolini salobat bilan silardi (Sh.R.).

Uyushgan izohlovchi: ... filologiya fanlari doktori, professor A.N.Kononov - turkologlarning otaxoni.

Uyushgan hol: Andijonda, Marg’ilonda, Qo’qonda picha sargardon bo’lib yurdi (M.I.). Adolat qo’rqib, qaltirab, jahl ustida yonib, tez - tez yurardi (Sh.R.).

Uyushgan bo’laklar yoyiq yoki yig’iq holda bo’ladi: bir gap bo’lagining o’zi uyushib kelsa, yig’iq, bular o’ziga oid so’zlar bilan kengayib kelsa, yoyiq bo’ladi.

Gap bo’laklari quyidagi vositalar yordamida uyushadilar:

1. Sanash intonatsiyasi yordamida: Xushmuomalalik gapirganda, biror xatti - harakatda o’zini tuta bilishlikni talab qiladi. Botiralining aniq va sodda so’zlari xonadagilarning qalbiga o’t yoqdi (H.G’.).

2. Teng bog’lovchilar yordamida:

a) biriktiruv bog’lovchilari (va, ham, hamda) yordamida va bog’lovchi vazifasida kelgan bilan ko’makchisi, -u, -yu, -da yuklamalari yordamida: Abdurasul bilan Xolmurod bir oz kitob varaqladilar (P.T.). Usta Hazratqul - yangi posyolkaning tashabbuskori va rahbari – Oyqiz kelayotganini ko’rdi - yu, tezgina yurib qarshisiga chiqdi (Sh.R.).

b) zidlov bog’lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki) uyushgan bo’laklarni bir - biriga zid qo’yish yo’li bilan bog’laydi: Butun kuchimni ikki ko’zimga yig’dimda uning bevafo, biroq g’amgin, sho’x, lekin ma’yus ko’zlariga tikildim (G’.G’.). Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki ko’paydi (Sh.R.).

Zidlov bog’lovchilari vazifasida ba’zan -u, -yu yuklamalari ham keladi: Efim Danilovich xuddi gapiradigan bir qiyofada turib, xalqqa qaradi-yu, gapirmadi (Asq.M.).

v) ayiruv bog’lovchilari yordamida: yo, yoki, yohud, dam, goho, goh, ba’zan, bir, hali. Ayiruv bog’lovchilaridan dam, goh, goho, ba’zan , bir hamma vaqt uyushiq bo’laklar oldidan takrorlanib keladi va uyushiq bo’laklarda ifodalangan hodisalarning galma - gal yuz berishini ko’rsatadi: Gulnor ko’zlarini dam ochib, dam yumib, uyquga qarshilik ko’rsatadi (O.). Yo’lchi goh bunga shubhalanadi, goh ishonadi (O.).

Yo, yoki, yoxud ayiruv bog’lovchilari uyushgan bo’laklarning birini ikkinchisidan ajratib ko’rsatish yo’li bilan bog’laydi: Ovqat puli yo tegar, yo tegmas edi (S.A.). Aftidan xurjunda yo qatlama, yo yong’oq yoki holva bo’lishi kerak (M.X.).

g) inkor bog’lovchisi (na, na) yordamida gap bo’laklari uyushib keladi va shu bo’laklar orqali anglashilgan voqelikning bo’lishsizligini anglatadi: Bu yerda na g’urbat, na g’am. Bunda bor: harorat, muhabbat, shafqat (G’.G’.).

Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z. Uyushiq bo’laklarda ifodalanuvchi tushunchalarni o’zida birlashtiruvchi, bir umumiy nom bilan atovchi bo’lak umumlashtiruvchi so’z deb ataladi. Umumlashtiruvchi so’z jins tushunchasini, uyushiq bo’laklar tur tushunchasini ifodalaydi.

Uyushiq bo’laklar qanday gap bo’lagi bo’lsalar, ularni yakunlovchi umumlashtiruvchi so’z ham shu gap bo’lagi bo’lib hisoblanadi: Elmurodning do’stlari - Ergash, Jo’ra va Omonboy ham birin - ketin ta’tildan qaytishdi (P.T.). Ba’zan Semyonni, Madali akani, o’smir Vasyatkani - hammasini ko’z oldimga keltiraman (Asq.M.).

Umumlashtiruvchi so’zlar ko’pincha hamma, hamma narsa, hech kim, hech nima, hamma vaqt, hech qachon, hamma joyda, hech qayerda kabi so’zlar va otlar bilan ifodalanadi: Bog’ning turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, o’rik, jiyda va hokazo anchagina (O.). Quyosh, havo, suv - hammasi bizning eng qadrli do’stimiz (O.).

Umumlashtiruvchi so’zlar takror qo’llaniladi. Bunda ma’no kuchaytiriladi: O’sha vaqtlarda ham qaynab chiqqan suvning jildirab oqishi, yaproqlarning shivirlashi, buloq ostidagi toshlarning qimirlashi – hamma, hammasi dilga orom beradi (O.).

Bir gap tarkibida ikkita umumlashtiruvchi so’z keladi. Ulardan biri uyushiq bo’laklardan oldin, ikkinchisi keyin keladi: Xo’jalikdagi bu yilgi ishlar – go’za parvarishi, yangi uchastkani o’zlashtirib, paxta ekish, uy - joy binolari, gidrostantsiya qurilishi - bularning hammasi mehnat talab qiladi (R. F.).

Uyushiq bo’laklarda tinish belgilari. Quyidagi holatlarda uyushiq bo’laklarda vergul ishlatiladi:

1. Uyushiq bo’laklar sanash intonatsiyasi bilan birikkanda.

2. Uyushiq bo’laklar zidlov bog’lovchilari yordamida birikkanda.

3. Uyushiq bo’laklar takrorlanuvchi bog’lovchilar yordamida birikkanda.

Quyidagi holatlarda uyushiq bo’laklarda ikki nuqta va tire ishlatiladi:

1. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan so’ng kelsa, uyushiq bo’laklardan keyin tire qo’yiladi: Bu uyda na Ashirdan, na Saxat cho’loqdan - hech kimdan darak yo’q (B. K.).

2. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan avval kelganda, uyushiq bo’laklardan oldin ikki nuqta qo’yiladi: Farg’ona vodiysining o’zida: Namanganda ham,Qo’qonda ham, Andijonda ham masterovoylar bosh ko’tarishayapti (M .I.).



Download 29,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish