8-mavzu xo‘jalik faoliyatining pul-moliya sohasidagi iqtisodiy xavfsizlik reja: Mоliya muassasalarining iqtisоdiy manfaatlari, mоliyaviy оqimlarga tahdidlar. Pul muоmalasi sоhasidagi iqtisоdiy tahdidlar



Download 16,4 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi16,4 Kb.
#691483
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


8-MAVZU XO‘JALIK FAOLIYATINING PUL-MOLIYA SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK Reja: 1. Mоliya muassasalarining iqtisоdiy manfaatlari, mоliyaviy оqimlarga tahdidlar. 2. Pul muоmalasi sоhasidagi iqtisоdiy tahdidlar. 3. Mоliya, pul-kredit tizimida iqtisоdiy xavfsizlikni ta’minlash vоsitalari. 1. Mоliya muassasalarining iqtisоdiy manfaatlari, mоliyaviy оqimlarga tahdidlar Bоzоr munоsabatlariga o‘tish sharоitida tijоrat hisоbi asоsida faоliyat yurituvchi mоliyaviy muassasalar tizimi shakllanadi. Ular jumlasiga banklar, birjalar, sug’urta kоmpaniyalari, investitsiоn fоndlar va bоshqa iqtisоdiy-mоliyaviy muassasalar kiradi. Mоliya iqtisоdiy siyosatning va iqtisоdiyotni davlat tоmоnidan tartibga sоlishning dasturiga aylanadi. Mоliyaviy muassasalarning iqtisоdiy manfaatlari pul muammоsining barqarоrligi, milliy pul birligining qadrliligi, hisоb va sоliq intizоmiga riоya qilish, mоliyaviy оperatsiyalarning darоmadliligi, inflyatsiyaning qanоatlantiruvchi darajasi, investitsiоn talab va mijоzlarning kreditlarni to‘lash qоbiliyatiga yo‘naltirligan bo‘ladi. Davlat va xo‘jalik subyektlari pul mablag’lari fondlarining vujudga kelishi, taqsimlanishi va ishlatilish shakllari hamda usullari tizimi moliyaviy tizimni tashkil etadi. Ushubu tizim infrastrukturasini banklar, birjalar, kommunikatsiya vositalari, axborot-analitik va maslahat (konsalting) xizmatlari tashkil etadi. Ular pul muomalasi, moliyaviy oqimlarni ko‘plab instrument (vosita)lardan foydalanib tartibga soladilar. Moliyaviy tashkilotlarning ishonchliligini ikki muhim tamoyil belgilab beradi: 1) oqilona yuritiluvchi moliya-kredit siyosati; 2) samarali xavfsizlik tizimi. 90 Moliya tizimi moliyaviy resurslar oqimi bilan tavsiflanadi. Bozorlardagi tovarlar va xizmatlar oqimlari pul muomalasi vositasida sodir bo‘ladi hamda moliyaviy munosabatlarning subyektlarini bir-birlari bilan bog’laydi. 8.1-rasm. Moliya sohasini mustahkamlashdagi ustuvor vazifalar 40 Moliyaviy oqimlar xo‘jalik subyektlari jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi jarayonini ifodalaydi. Ammo kapitalning oquvchanligi oshkora, qonuniy yoki xufyona, noqonuniy shakllarda namoyon bo‘ladi. Ushbu moliyaviy oqimlar harakatida ikki xil noxush, salbiy holatlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Bir tomondan, mamlakatda investitsiya resurslari yetishmagan bir sharoitda capital qochib, chet mamlakat iqtisodiyotni investitsiyalsh manbaiga aylanishi mumkin. Bu esa 40Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akadеmiya, 2006, 111 – b. 91 mamlakatning ichki moliyalashtirish, investitsiyalash imkoniyatlarini zaiflashtiradi. Ikkinchi tomondan, noma’lum manbalar hisobiga capital to‘planib, iqtisodiyotning real va xufyona sektorlarida muomalaga tortiladi. Kapital “qochishi”ning sabablari tijorat foydasi olish emas, balki uni saqlash, undan foydalanishning ishonchli sharoitlarga ega bo‘lishiga intilishi bilan izohlanadi. Mamlakatdan kapital qochishining oldini olish va moliyaviy muhitni sog’lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:  mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash, investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishni rag’batlantirish tizimini takomillashtirish orqali investitsion jozibadorlikni yuksaltirish. Oqibatda, kapitalni chetga chiqarish kamayib, xorijdagi vatandoshlarimiz hisobidagi mablag’larning yurtimizga qaytish jarayoni yuz beradi;  aholining banklarga ishonchini tiklash va mustahkamlash choratadbirlarini amalga oshirish;  milliy valyutadagi jamg’armalarning ko‘payishi hamda ularni investitsiyalarga aylanishini rag’batlantirish tizimini yaratish;  moliyaviy oqimlarni – bojxona, valyuta, bank nazoratining shakl va vositalari, usullarini takomillashtirsh;  kapitalning eksport va importni tartibga solishning huquqiyme’yoriy bazasini takomillashtirish va kengaytirish. 2. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdilar Pul muomalasidagi qonunbuzarlik, jinoiy, o‘g’rilik holatlarining vujudga kelishiga quyidagilar qulay sharoit yaratadi:  inflyatsion jarayonlarning kuchayishi;  daromadlarni deklaratsiya qilish tizimining yetarli darajada rivojlanmanligi;  xorijiy valyutalar muomalasining tartibga solinmaganligi;  bank va moliyaviy muasasalar tomonidan pul mablag’larini huquqiy himoya qilish tizimining bo‘shligi; 92  hisob-kassa operatsiyalarining takomillashmaganligi hamda pul to‘lovlari muddatlarining atayin cho‘zib yuborilishi holatlari. Moliyaviy tovlamachilik o‘zga shaxslarning pulini o‘zlashtirish, ularni soxta firma hisobiga o‘tkazish, to‘plangan pullarni naqd pullarga aylantirish hamda keyinchalik yashirish, to‘lovsizlik inqirozini yuzaga keltirish namoyon bo‘ladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida ilgarigi kriminal, tashkiliy jinoiy guruhlar savdo sohasidan pul-kredit munosabatlari sohasiga o‘ta boshladilar. Soxta to‘lov hujjatlari, soxta bank kafolatlaridan foydalanish orqali pul mablag’larini o‘g’irlash ommaviy tus oldi. Shuningdek, imtiyozli kreditlarni noqonuniy olish va maqsadsiz ishlatish, kapitalning xufyona iqtisodiyotga, xorijiy banklarga nazoratsiz oqib o‘tishi, kriminal pullarning legallashtirilishi, shuningdek, moliyaviy hujjatlar o‘tishini tezlashtirish, naqd pul va kreditlar berish bilan bog’liq poraxo‘rlik holatlari o‘tish davrida yanada kengayib ketdi. Tijorat banklarining axborot tizimiga kirib, pul mablag’larini noqonuniy tarzda maxsus hisob raqamlariga ko‘chirish jinoyatchilikning yangi turlaridan biridir. Kreditlarni qasddan qaytarmaslik, ularni maxsus tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari hisob raqamiga o‘tkazib, naqd pulga aylantirish yoki konvertatsiya qilib, so‘ngra xufyona ish hollari ham so‘nggi yillarda ko‘p uchraydigan jinoiy harakatdir. Asossiz ravishda kredit olish va uni maqsadsiz ishlatishga tijorat banklari tomonidan kredit shartnomalari tuzishda yetarli darajada nazorat yo‘qligi, qarz oluvchi hujjatlarning sinchiklab tekshirilmasligi, uning to‘lov qobiliyatining o‘rganilmaganligi, kreditlashtiriladigan loyihalarning iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazmasligi yoki bu ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddi xodimlar tomonidan sovuqqonlik, suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yilganligi sabab bo‘ladi. 3. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash dastaklari Iqtisodiyot normal amal qilishi uchun moliyaviy mablag’lar uning sohalari, tarmoqlari, hududlari bo‘yicha taqsimlanadi. 93 Korxonaning tijorat sirlari va axborotlarini himoyalash choralari Tijorat siri bo’lgan hujjatlar bilan ishlash bo’yicha xodimlarni o’qitish, instruktaj o’tkazish Tijorat axborotini hisobga olish. Saqlash, ko’paytirish, yo’q qilish tartibini o’rnatish Axborot saqlash bo’yicha nazorat o’rnatish 8.2-rasm. Moliyaviy hujjatlarning umumo‘rnatilgan huquqiyme’yoriy talablari 41 Bularning barchasi hujjatlar aylanmasi, hisobotlar va iqtisodiy axborotlarda qayd etiladi hamda o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan moliya sohasidagi xavfsizlikni ta’minlash uchun, avvalambor, moliyaviy hujjatlarning umumo‘rnatilgan huquqiy-me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish lozim bo‘ladi. Biznes bo‘yicha hamkorlik qiluvchi xo‘jalik subyektlari, sheriklar, mijozlarni o‘rganish, ular to‘g’risida quyidagi obyektiv ma’lumolarga ega bolish lozim: - xo‘jalik subyektining ro‘yxatdan o‘tganligi, soliq va boshqa organlarda ro‘yxatga olinganligi to‘g’risidagi ma’lumotlarni tekshirish; - tashkilotning qaysi uyushmaga, xolding kompaniyaga kirishi, sho‘ba kompaniya, shirkatga ega yoki ega emasligi, ustav kapitali, xo‘jalik faoliyati, rekvizitlari, rahbarlari, boshqaruv tizimi to‘g’risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularning to‘g’riligini tekshirish; - tashkilot, mijozning manzilini aniqlash, agar ijarada turgan bo‘lsa, ijara haqini to‘lagan yoki to‘lamaganligi to‘g’risidagi ma’lumotlarni olish; - muassasalarning mulkdorlar-arendatorlar bilan o‘zaro munosabatini o‘rganish; 41Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akadеmiya, 2006, 111 – b. 94 - mijozning obro‘-e’tibor, mol-mulki holati, qarzi bor yoki yo‘qligi to‘g’risida ma’lumotlar to‘plash; - majburiyatlarning ta’minlanganligi to‘g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish, buxgalterlik ma’lumotlarini soliq inspeksiyasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash; - kafil bo‘lgan tashkilotning kreditni to‘lash qobiliyati, bank kafolatining haqqoniyligi to‘g’risidagi ma’lumotga ega bo‘lish; - qarz oluvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan hisob raqamlari, turdosh korxonalar hisob raqamlari, mijozga yaqin munosabatda bo‘lgan korxona va shaxslarni o‘rganish; - tashkilot muassasalari va rahbarlarining faoliyati, o‘zaro munosabatlarini aniqlash. Ushbu ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda xavfsizlikni ta’minlash uchun uning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa quyidagilar ko‘zda tutulishi lozim: - bank va uning har bir bo‘linma(filial)sida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirish; - axborotlarni o‘g’irlash, yo‘q qilish maqsadida uni olishning potensial imkoniyatlarini muntazam ravishda o‘rganish va baholash; - axborotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy, tashkiliyme’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini qabul qilish; - axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik, dasturiy choratadbirlari, vositalarini maxsus tashkilotlar yordamida ishlab chiqib, joriy etish; - axborotlarni himoyalash tizimini attestatsiya qilish, uning amal qilinishini muntazam nazorat qilish; - hujjatlar, blanklar, muhr, shtamplarni saqlashning himoya choralarini ko‘rish, rasmiylahshtirilmagan shartnoma loyihalari va boshqa hujjatlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash; - moliyaviy hujjatlar bo‘yicha ichki va tashqi auditorlik teshiruvlari o‘tkazish; - bank operatsiyalari bo‘yicha risklarni aniqlash va baholash. 95 Kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichi va har bir qarz oluvchi uchun riskni maksimal miqdorini aniqlash muhim hisoblanadi. Alohida mijozning riskini aniqlash uchun bank tomonidan xo‘jalik subyektlarining kredit kotirovkasi tuziladi. Shuningdek, banklar risklarni boshqarishlari kerak bo‘ladi. Respublikamizda pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish va so‘mni barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashga qaratilgan. Bu vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag’batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog’langan. Markaziy bank pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog’ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalarini ishga solmoqda. Ayniqsa, moliya-kredit sohasida banklar xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-boshqarish chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor qoidalariga binoan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda investitsiyalarni serfoyda sohalarga yuborilishi talab etiladi. Biroq davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi. Biroq, investitsiya masalasiga subyektiv yondashuv milliy iqtisodiyotni notekis rivojlanishiga olib keladi. Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Hududlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarini solishtirsak, ular kun va tundek bir-biridan farq qilayotganligi»42mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ichki va tashqi investitsiya resurslaridan samarali foydalanishni kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida belgilashga olib keldi
Download 16,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish