84-расм. Доимий токнинг компенсацияланган осмалари учун қаттиқ кўндаланг темир



Download 83,69 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi83,69 Kb.
#274624
Bog'liq
19-mavzu joskiy poperichniy


7.2. Қаттиқ кўндаланг темир ва эгилувчан тўсиқлар
Qattik temir koʼndalanglar (rigellar) parallel qavat (poyas) va raskosli panjarasi boʼlgan metall fermadan iborat. Uzellarni kuchaytirish maqsadida diagonal boʼylab yana bitta rasporka oʼrnatiladi. Аlohida bloklar oʼzaro burchakli poʼlatdan ishlangan qoʼshimcha qatlam (nakladka) yordamida birlashtiriladi.
Qattik temir koʼndalang ustun choʼqqisiga mahkamlanganida u temir-beton ustunlar bilan metall kallaklar yordamida, ammo ushbu choʼqqidan pastroqqa oʼrnatilganida esa maxsus tayanch maydoncha(stolik)lariga mahkamlanadi. Mahkamlash maydonchalari ustunlarda xomutlar bilan ulansa, toʼsin maydonchada bolt-skoba yordamida mahkamlanadi.
Qattik temir koʼndalang qoplaydigan yoʼl(iz)lar miqdoriga bogʼliq ravishda ular 16,1 dan 44,2 m ga qadar uzunlikda boʼlishi, ikki, uch va hatto toʼrt bloklardan yigʼilishi mumkin. Koʼrsatilgan meʼyorlarda temir toʼsinlar sakkizta asosiy uzunlik oʼlchamlariga ega. Temir yoʼl izlarining joylashuvi sharoitiga koʼra asosiylaridan farq qiladigan oraliq uzunlikdagi temir toʼsinlar talab etilganida, ularni asosiy toʼsinlardan chekka bloklardagi panellar sonini kamaytirish bilan hosil qiladilar.

84–расм. Доимий токнинг компенсацияланган осмалари учун қаттиқ кўндаланг темир:
1–таянч; 2–қаттиқ кўндаланг тўсиқ ; 3–фиксациялашувчи трос; 4–фиксатор; 5–уч бурчакли осилма
Г–қатиқ кўндаланг темир таянч урнатиш габарити; а–ёндош жойлашган йуллар ўқл орасининг мосафа
Аsosiy yoki qisqartirilgan kattik koʼndalang temir koʼtarish qobiliyatiga koʼra ikki yoki uch xil boʼlishi mumkin. Kattik koʼndalang temirning turli koʼtarish qobiliyatiga belbogʼ (poyas) burchaklari kesimini oʼzgartirish bilan erishiladi.
Kattik koʼndalang temir (P) (poperechina) harfi va raqamlar bilan belgilanadi. Dastlabki raqamlar toʼsinning tonna-kuch-metrlarda (ts-m) ifodalangan koʼtarish qobiliyatini belgilasa, keyingisi – hisobiy proletning metrlardagi uzunligini anglatadi. Misol sifatida uzunligi 17,7 va 30,3 m boʼlib, mos ravishda ikki va uch blokdan iborat boʼlgan, hamda koʼtarish qobiliyati oʼzaro farq qiladigan ikki qoʼzgʼalmas toʼsinning belgilanishini keltiraylik: P15-17,7; P13-17,7; P29-30,3; P26-30,3; P23-30,3.
Ustiga stantsiya yoʼllarini yoritish maqsadida projektorlar oʼrnatiladigan va hisobiy uzunligi 29,1 m dan ortiq boʼlgan qoʼzgʼalmas kattik koʼndalang temirlar tub qoplama va tutqichlar bilan jihozlanadi. Bu kabi toʼsin va mos ravishda bloklarni ifodalashda P dan oldin O harfi qoʼyiladi, masalan: OP29-30,3.
Peregon hamda stantsiyalardagi doimiy tok kompensatsiyalangan kontakt osmalarining ushlab turuvchi (koʼtaruvchi) troslari hamda stantsiyalardagi oʼzgaruvchan tok kontakt osmalari, odatda, roliklarga oʼrnatiladi. Montax ishlari qiymatini arzonlashtirish maqsadida tros osilish nuqtalari doimiy tokda oʼrta yoki qoʼzgʼalmas ankerlashdan koʼpi bilan 200-300 m va oʼzgaruvchan tokda 250-450 m masofada joylashganida kompensatsiyalangan trosni rolik emas, balki “egar”larga mahkamlanishiga yoʼl qoʼyiladi.
Egiluvchan toʼsiqlar elektrlashtirilgan yoʼllar ustida joylashib, bir necha yoʼlning kontakt osmalarini mahkamlash uchun moʼljallangan troslar tizimidan iboratdir. Egiluvchan toʼsiqlarning barcha troslari oʼzlari mahkamlangan tayanchlardan izolyatsiyalangan boʼlishi mumkin va bu holda ushbu toʼsin izolyatsiyalangan deb ataladi. Izolyatorlar faqat quyi asosiy ushlab turuvchi trosga oʼrnatilsa, unda bu toʼsin izolyatsiyalanmagan deb nomlanadi. Egiluvchan toʼsin izolyatsiyalangan boʼlsa, kontakt osmalari va egiluchan toʼsinning barcha detal va qismlarini kuchlanishni oʼchirmay turib ham koʼzdan kechirish va ularga xizmat koʼrsatish mumkin. Shu sababli asosan izolyatsiyalangan egiluvchan temir toʼsinlar montaj qilinadi (oʼrnatiladi) (85-rasm).

85–расм. Узгарувчан токнинг компенсацияланган осмалари учун изаляцияланган эгувчан тўсиқ:
1–таянч; 2–кўндаланг ушлаб турувчи трослар; 3–юкоридаги фиксациялашувчи трос; 4–пастги фиксациялашувчи трос; 5–фиксатор; 6–эгувчанли осилма; 7–эгувчан тўсиқнинг тор; 8–нейтрал киргизма;
9–электр улаштирувчи
Egiluvchan toʼsinning koʼndalang ushlab turuvchi deb nomlanadigan yuqori troslari bir muncha koʼproq osilma bilan (katta strelali) (toʼsin tayanchlari orasidagi masofadan kam boʼlmagan holda) montaj qilinib, bu kontakt osmalarining harorat oʼzgarishidagi vertikal koʼchishlari sezilmas boʼlishi maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur troslar kontakt osmalari simlari hamda egiluvchan toʼsinning oʼz massasi vaznini koʼtarib turadilar.
Koʼndalang ushlab tushuvchi troslardan quyiroqda mahkamlaydigan yuqorigi va quyi troslar oʼrnatilib, ular kontakt osmasi simlarining shamol taʼsirida yoki sim yoʼnalishi oʼzgarishi (egri uchastkalar, havo strelkalarida) oqibatida gorizontal siljishiga yoʼl qoʼymaydi.
Egiluvchan toʼsinlar ikki yoki toʼrtta bimetall (poʼlat-mis, poʼlat-alyumin), kesimi 70 yoki 95 mm2 ga teng simdan iborat boʼlgan koʼndalang yuk tushuvchi troslari bilan birga ishlanadi. Fiksatsiya etuvchi tros sifatida esa 50 yoki 70 mm2 kesimli bimetall simlar qoʼllanadi.
Pastki fiksatsiya etuvchi trosda tayanchlar oldida neytral kiritmalar (85-rasmga qar.) oʼrnatilib, ular elektr ulagichlar 9 yordamida yuqori qayd etuvchi tros bilan ulangan. Bu kontakt tarmogʼi kuchlanishini oʼchirmay turib, barcha izolyatorlarni koʼzdan kechirish va tozalash imkonini beradi.
Download 83,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish