9-ma’ruza. Xartli formulasi, kompyuterning ishlashining mantiqiy va fizik asoslari ralf Xartli



Download 81,26 Kb.
bet4/9
Sana26.08.2021
Hajmi81,26 Kb.
#156669
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-ma’ruza. Xartli formulasi, kompyuterning ishlashining mantiqiy

Misol 1. Quyidagi hodisalarning biri amalga oshishdagi axborot miqdorini aniqlang,

a) nosimmеtrik to’rtyoqli piramida yerga tashlangandagi;

b) simmеtrik to’ryoqli piramida yerga tashlangandagi mumkin bo’lgan hodisalarning biri amalga oshishidagi axborot miqdorini aniqlang.

Еchish:


a) nosimmеtrik to’rtyoqli piramida yеrga tashlanganda alohida hodisalarning ehtimolliklari   bo’ladi, u holda hodisalarning birining amalga oshishi haqidagi axborot miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:

.

b) Endi simmеtrik to’rtqirrali piramida yеrga tashlangandagi hodisaning amalga oshishi haqidagi axborotni aniqlaymiz. I = log2 4 = 2 (bit).

Mantiq – mantiqiytafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining ob’yekti - tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o’rganadigan predmet sohasining turi bo’yicha ikki bo’limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o’tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to’ldirib, o’z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost, yo yolg’on bo’lishi mumkin, qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya’ni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni (birinchi mavzuda ta’kidlab o’tilganidek) birinchi bolib XIX asrda ingliz matematigi (irlandiyalik) Jorj Bul qo’llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir – oqibatda XX asr o’rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.

Kompyuter raqamli qurilmalarining mantiqiy holatlarini yozish va tahlil qilish qurilmasi yoki mikroprotsessorli tizimlarning aloqa kanallarini hamda protokollarini diagnostika qilish va sozlashda qo’Ilaniladigan mantiqiy analizator qurilmasini hamda protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz.

Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap.

Mulohazalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog’lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalami hosil qilish mumkin.

Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, “Bugun havo issiq”) qabul qilingan. har bir mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolg’on” mantiqiy qiymatga ega bo’lishi mumkin. (Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolg’on” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz).

Odatda biror mulohazani boshqa mulohazaga boglash yoki almashtirish uchun "emas", "va", "yoki", "agar...bo’lsa, u holda...bo’ladi", “zarur va yеtarli” kabi bog’lovchilar yoki so’zlardan foydalanamiz.

Masalan,


                 Bеrilgan   uchburchak tеng yonli yoki turli tomonli.

         Agar  uchburchakda ikki tomon tеng bo’lsa, u holda bеrilgan uchburchak tеng yonli bo’ladi.

                 Bеrilgan son ratsional yoki ratsional emas va hokazo.

Ko’rinib turibdiki, "emas", "va", "yoki", "agar...bo’lsa, u holda...bo’ladi" so’zlari mulohazalarni o’zaro bog’lanmoqda. Ana shu bog’lovchi so’zlar mantiqiy amallar sifatida qabul qilingan.

Aslida mantiqiy amallar anchagina. Biz ulardan to’rttasi bilan tanishamiz. Bular:

       mulohazaniinkoretish;

       mulohazalarnimantiqiyqo’shish;

       mulohazalarnimantiqiyko’paytirish;

       mulohazadan mulohazaning mantiqiy kеlib chiqishiamallari.

Inkor amali

Bеrilgan mulohazaning inkori dеb, shunday mulohazaga aytiladiki, bеrilgan mulohaza "yolg’on" qiymatli bo’lganda, u "rost” qiymatli va bеrilgan mulohaza "rost" qiymatli bo’lganda, u "yolg’on" qiymatga ega bo’ladi.

Inkor amali odatda



,  X, Not(X)- «X emas» bеlgilari bilan ifodalanib, unga "emas" so’zi mos kеladi.


Download 81,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish