9-sinf ona tili Qaysi qatordagi gapda fe'l kesim mavjud?



Download 17,05 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi17,05 Kb.
#422482
Bog'liq
9-ona tili


9-sinf ona tili


1.Qaysi qatordagi gapda fe'l kesim mavjud?
A)Luqmoni Hakimning jahli chiqibdi.
B)Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta'sir qilibdi.
C)Boshqa xonada bolalar uxlab qolishibdi.
D)Berilgan barcha gaplarda fe'l kesim mavjud.
2. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida qo'llangan?
A)To'g'ri yursang murodingga oson yetarsan.
B)Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko'chaga otildi.
C)Bir xotin sabzavotlar solingan xaltasini ko'tarib kelayotgandi.
D)Har narsaga qiziqish _biz uchun eski odat.
3. Ravish bilan ifodalangan hol qo'llangan gapni toping.
A)Uy ichida odam ko'p edi.
B)Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushdan ketdi.
C)Yig'lab-yig'lab marza olsang, o'ynab-o'ynab sug'orasan
D)U o'ychan ko'zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi
4.Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi.
Ushbu gap qanday gap bo'laklaridan iborat?
A)Ega, kesim, ikkita ravish holi
B)ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi, sabab va ravish holidan.
C)ega, kesim ikkita ravish holi va bitta sabab holidan
D)ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi va ikkita ravish holidan.
5.Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan?
A)Xonaga kirgan avval salom beradi.
B)Manzilga mana shu yo'ldan boriladi.
C)Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak.
D)Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.
6.Ega +aniqlovchi+to'ldiruvchi+hol+kesim qolipidagi gapni aniqlang.
A)Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi.
B)Bog'bon ko'm-ko'k ajriq ustida o'tirib hordiq chiqardi.
C)Dadash mehribon odamlarning suhbatidan zavqlanar edi.
D)A'zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi.
7.Faqat ravish holi bilan kengaygan gapni toping.
A)Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi.
B)Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo'nda javob berdi.
C)Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
D)Quvvatsizligidan tez charchardi.
8.Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to'ldiruvchi qo'llangan gapni toping.
A)Uning kulib boqishlqrini bir zum ham unutmayman.
B)O'quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.
C)Mening borishimdan sizga nima foyda?
D)So'rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.
9. Qaysi gapda egasi yashiringan gap berilgan?
A)Xonaga kirgan avval salom beradi.
B)Manzilga mana shu yo'ldan boriladi.
C)Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak.
D)Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.
10. Qaysi gapda ega qo'llangan?
A)O'zboshimchalikka yo'l qo'yilmasin.
B)Uquvi yo'q har qadamda qoqiladi.
C)Tarbiyachi va o'qituvchi bo'lish uchun chidam bilan o'qiladi.
D)O'zinigina o'ylovchi kishini yaxshi odam deb bo'lmaydi
11. Uyushiq kesimli gapni toping.
A)Odamga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak.
B)Tomog'im qurib borar, suv ichgim kelar, lekin ko'nglim aynirdi.
C)Uning so'zlari sodda,samimiy, lekin aniq va ravshan edi.
D)Oygul bilan Qul Tarlon bo'ldilar yo'lga ravon.
12. Qaysi gapda uyushiq aniqlovchi qo'llangan?
A)Ba'zilari qayroqtoshday uzunchoq va silliq edi.
B)Ko'lninh atrofi o'siq tollar, qalin qamishlar bilan o'ralgan.
C)Quyosh yorug'ida ko'k, sariq, qizg'ish qum zarrachalari yaltirardi.
D)Hulkar kulib, quvnab o'yinga tushdi.
13.Ayiruv bog'lovchisi bilan birikkan uyishiq to'ldiruvchili gapni toping.
A)Goh oyim, goh buvim kelib turadi.
B)Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so'ng Turdiga qaradi.
C)Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi.
D)Dam yig'laydi, dam otasining bo'yniga osiladi.
14. Qaysi qatorda ritorik so'roq gap berilmagan?
A)Xo'sh, sen o'tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak.
B)Bilmayman, bu ijod kishilarisiz qanday olar edim qalbimga o'tni.
C)Nahotki Alimardonning shuncha mehnatlari bemaqsad ketsa?
D)Onang seni nahotki shu umid bilan katta qilgan bo'lsa?
15. Taqlid so'z qaysi gapda hol vazifasida kelgan?
A)Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda, g'o'ng'ir-g'o'ng'ir ovozdan uyg'onib ketdi.
B)Jigarim ostida tegardi jiz-jiz, Sochlarim oqargan shunda ehtimol.
C)Shunday bo'lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
D)Qo'qqisdan osmondagi kaptarlari g'uv-g'uvlab qolishdi.
Download 17,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish