A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

13.3. Ustama xarajatlar hisobi
Ishlab chiqarish ustama xarajatlari (IUX) - bu ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq b o ig an , lekin odatda tayyor mahsulotning aniq bir turiga 
bevosita tegishli deb bo‘lmaydigan xilma-xil sarflaming yig'indisidir.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlari quyidagi sabablarga ko‘ra 
mahsulotga o ‘tkaziladi;
• Mahsulot birligidagi to ‘la xarajatlami aniqlash.
Agar narxning shakllanishi sarf-xarajatlarga asoslangan bo‘lsa, u 
holda ustama xarajatlami hisobga olmaslik narx belgilashda xatolarga 
olib kelishi mumkin.
• Zaxiralar tannarxini aniqlash.
Moliyaviy hisobotlaming milliy standartiga muvofiq «zaxiralar 
tannarxi zaxiralarni sotib olish, qayta ishlash xarajatlarini hamda joriy 
holatiga va joyiga keltirish maqsadida qilingan barcha xarajatlami o ‘z 
ichiga olishi kerak» ishlab chiqarish ustama xarajatlari qayta ishlash 
bilan bog‘liq xarajatlarga qo‘shiladi va shu sababli zaxiralaming 
tannarxiga kiritilishi lozim.
IUX taqsimlash bazasi
Ustama xarajatlami taqsimlash kompaniyada ishlab chiqarilgan 
barcha mahsulotlarga yoki kompaniya o ‘z mijozlariga ko‘rsatadigan 
xizmatlar uchun umumiy bazani tanlashi orqali amalga oshiriladi.
Taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish bo‘linmalarining 
ustama xarajatlariga to‘laroq 
mos keladigan omil tanlanishi lozim.
440


Bazaga ko‘pincha quyidagilar olinadi:
• Ishlab chiqarishda ishlagan ishchilami ish vaqti;
• Uskunalami ishlagan vaqti;
• Mehnat sarflari;
• Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi.
TTT„ . 
. . .
Ustama sarflar
IUXm taqsimlash 
—------ ;--------------
= Bazamng
stavkasi
qiymati
IUXni taqsimlashning yagona stavkasidan umuman korxona uchun 
foydalaniladi. Masalan, m a’lum davrda ustama sarflar 100 000 sh.b.ni 
tashkil qilgan, 50 000 soat ish qilingan b o isa , u holda ustama sarflami 
taqsimlash stavkasi 100000 sh.b./ 50 000 mehnat soati = 2 sh.b. mehnat 
soatini tashkil qiladi. Ustama sarflar shu stavka bo‘yicha mahsulotga 
tegishlidir. Masalan, mahsulotni tayyorlash 18 soat asosiy mehnatni 
talab qiladi, bunda ustama xarajatlaming 
36 sh.b. (18 soat x 
2sh.b./mehnat-soat) mahsulotga tegishli b oiadi.
Agar ishlab chiqarish bir necha boiinm ada amalga oshirilgan 
b o isa , u holda IUXni taqsimlashning alohida stavkalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq b o iad i.
A B o ii n m a В b o ii n m a V b o i i n m a
Jam i
U stam a xarajatlar, sh.b.
10000
60000
3 0 0 0 0
100000
M eh n at - soati
2 5000
15000
10000
50000
IU X stavkasi m eh n at-so a tg a
0,4
4
3
2
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun asosiy bo iin m ad a 10 
soat, В boiinm asida 5 soat va V boiinm asida 3 soat asosiy mehnat 
talab qilindi. Bu holda ustama xarajatlaming 33 sh.b. miqdori 
mahsulotga o ‘tkaziladi (10 soat x 0,4 sh.b./mehnat-soati + 5 soat x 4 
sh.b./mehnat-soati + 3 soat. x 3 sh.b./m ehnat-soati)
Ustama xarajatlam i taqsimlashning rejali stavkasidan foydalanish
Ustama xarajatlami amaldagi miqdoriga asoslanib taqsimlash 
stavkasini hisoblash ko ‘pincha bir qancha muammoni keltirib chiqaradi:
441


• buyurtmalaming tannarxini hisoblash hisobot davri tugaguncha 
kechiktirilishi lozim, chunki ustama xarajatlar va ishlab chiqarish 
hajmini bundan oldin hisoblab bo'lmaydi;
• ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy say in 
o ‘zgaradi va ustam a xarajatlami taqsimlash stavkalarining k o ‘p darajada 
o ‘zgarishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini 
hisoblash quyidagi harakatlami o‘z ichiga oladi:
1. Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash;
2. Ustama xarajatlami taqsimlash bazasini tanlash;
3. Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar 
miqdorini bazaning prognoz miqdoriga ajratish;
4. Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlami mahsulotning 
har bir turiga o ‘tkazish.
Reja stavkasini hisoblash uchun foydalaniladigan prognoz 
m a’lumotlari amalda haqiqiy m a’lumotlarga mos kelmaydi. Bunday 
holatda mahsulot tannarxiga o ‘tkazilgan ustama xarajatlar haqiqatda 
qilingan ustama xarajatlar summasidan farq qiladi, bu esa ustama 
xarajatlaming to ‘la taqsimlanmasligiga olib keladi yoki ustama 
xarajatlaming ortiqcha taqsimlanishiga sabab bo‘ladi:
T o i a taqsimlanmagan ustama xarajatlami yoki ortiqchasi bilan 
taqsimlangan ustam a xarajatlami ikki usul bilan hisobdan chiqarish 
mumkin:
1. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summasi "Realizatsiya 
qilingan mahsulot tannarxi" schyotiga o ‘tkazish orqali.
2. Tuzatish 
kiritilgan 
(korrektirovka) 
summani 
uchta 
"Tugallanmagan ishlab chiqarish", "Tayyor mahsulot" va "Sotilgan 
mahsulot tannarxi" schyotlari qoldig'iga mutanosib taqsimlash orqali.
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan ishlab chiqarish b o ‘linmalaridan tashqari ishlab chiqarish 
boiinm alariga va bir-biriga xizmat qiladigan bo iin m alar mavjud.
Xizmat ko ‘rsatuvchi bo ‘linmalaming xarajatlarini taqsimlashning 
eng ko‘p tarqalgan usuli to‘g ‘ri (bevosita) taqsimlash usulidir. Bu usulga
442


muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi b o ‘linm alaming xarajatlari bevosita ishlab 
chiqarish 
bo‘linmalariga 
o ‘tkaziladi. 
Bunda 
bir bo‘linmaning
ikkinchisiga qilgan xizmati hisobga olinmaydi, barcha xizmatlar asosiy 
(ishlab chiqarish) sexlariga o‘tkazilib, hisobdan chiqariladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish