A. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul, kredit va banklar



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/225
Sana13.09.2021
Hajmi4,64 Mb.
#172965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   225
Bog'liq
2 5334951548931804185

1.2. Pulning mohiyati 

 

Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va 



talqinlar  mavjud  bo‘lib,  uning  mohiyatiga  nisbatan  yagona  yondoshuv  mavjud 

emas.  CHunki,  jamiyatda  xo‘jalik  yuritish  tuzumining  va  ijtimoiy  –  iqtisodiy 

sharoitning  o‘zgarishi  pulning  mohiyatini  turlicha  talqin  etilishini  talab  etmoqda. 

Jumladan,  iqtisodchi  olimlar  va  soha  mutaxassislari  pulni  –  iqtisodiy  kategoriya 

sifatida,  qiymat  o‘lchovi  vositasi,  umumekvivalent  tovar,  maxsus  tovar, 

ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof  etadi. 




 

12 


Pul  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy  –  iqtisodiy  munosabatlarda,  jami 

ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va 

taklif  asosida  tovarlar  bahosini  aniqlashda  bevosita  qatnashishi  uning  mohiyatini 

namoyon qiladi.  

Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida 

e’tibor  qaratgan  bo‘lmasalarada

1

,  iqtisodiy  nazariyachilarning  asarlarida  unga 



nisbatan  berilgan  fikrlarini  uchratish  mumkin.  Masalan,  A.Smit  pulni  iqtisodiy 

kategoriya  darajasiga  ko‘tarib,  unga  “pul  –  bu  muomalaning  buyuk  g‘ildiragi“, 

“savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif beradi

2

.  



D.YUm  A.Smitning  pul  xususidagi  qarashlariga  e’tiroz  bildirib,  “Pul  bu  – 

savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin 

va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir” degan fikrni bildiradi

3



Rossiyalik  iqtisodchi  olimlar  ham  pulning  iqtisodiy  mohiyatiga  alohida 

e’tibor  qaratishgan.  Jumladan,  iqtisod  fanlari  doktori,  professor  B.I.Sokolov 

pulning  mohiyatiga  “pul  mehnat  taqsimoti  chuqurlashib  borayotgan  ushbu 

jamiyatda  tovarlarni  ayirboshlash  va  to‘lovlarni  amalga  oshirish  ishlarini 

engillashtiradi” deya ta’kidlaydi

4



O‘zbekistonlik  iqtisodchi  olima  SH.Z.Abdullaeva  pul,  kredit  va  banklar 

masalasiga  bag‘ishlangan  iqtisodiy  adabiyotlarda  pulning  mohiyatini  ochishda 

uchta  jihatiga  e’tibor  qaratish  lozimligini  ta’kidlaydi.  “Birinchidan,  pulning 

iste’mol  qiymatida  boshqa  tovarlarning  qiymati  o‘z  aksini  topadi.  Ikkinchidan, 

pulda  ifodalanadigan  aniq  mehnat  asosini  abstrakt  mehnat  tashkil  etadi. 

Uchinchidan,  pulda  ifodalanuvchi  xususiy  mehnat  ijtimoiy  mehnat  sifatida 

namoyon  bo‘ladi.  SHunga  asoslangan  holda,  pul  ham  tovar,  lekin  boshqa 

                                                           

1

 Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: “Иқтисод – молия”, 2007, 8 – б.  



2

 Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. –С.418, 421.  

3

 Юм Д. Опыты. –М.: Издание К.Т.Солдатенкова, 1986. –С.20.    



4

 Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. –М.: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008. –С.8. 




 

13 


tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga 

kelish mumkin”

5

.   


Iqtisod  fanlari  doktori,  professor  O.YU.Rashidov  va  boshqalar  ishtirokida 

nashrdan  chiqarilgan  darslikda  “Pul    –    bu  umumiy  ekvivalent  sifatida 

ko‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning 

qiymati  u  orqali  ifodalanadi.  Pul  –  bu  boshqa  ne’matlarning  qimmatini  o‘lchash 

vositasi  (umumiy  ekvivalent)  yoki  ayirboshlashda  hisob  –  kitoblarni  amalga 

oshirish  vositasi  (ayirboshlash  vositasi)  funksiyalarini  bajaruvchi  ne’matdir.  Pul  – 

bu mutloq likvidlilikka ega bo‘lgan ne’matdir. Pul – bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, 

odamlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  unda  namoyon  bo‘ladi  va  uning  yordamida 

quriladi.  Pulning  maqsadi  bozorga  oid  o‘zaro  harakatlarning  transaksion 

xarajatlarini tejashdan iborat”

6



Pulning  iqtisodiy  mohiyati  xususida  fikrlarni  eramizdan  oldingi  davrda 



yashagan  Aristotel  (er.oldingi  384  –  322  yy.),  keyinchalik  sarkarda  Aleksandr 

Makedonskiy  kabi  buyuk  shaxslar  tomonidan  qoldirgan  manbalarda  ham  ko‘rish 

mumkin

7

.  



YUqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy 

va  mahalliy  iqtisodchi  olimlar,  mutaxassislar  va  nazariyachilar  o‘zlarining 

yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish 

maqsadidan yiroqmiz.  

Pul–iqtisodiy  kategoriya  bo‘lib,  barcha  tovarlar  uchun  umumekvivalent 

vazifasini  bajaradigan  maxsus  tovardir.  Pul  faqat  ayirboshlash  jarayonida  zarur 

bo‘ladigan,  hukumat  tomonidan  o‘rnatilgan  to‘lov  vositasidir.  Pul  –  qat’iy 

o‘rnatilgan  kafolatlangan  bahoni  aniqlaydigan  vosita  emas.  U  oddiy  tovar,  faqat 

boshqa  tovarlardan  unga  ehtiyojning  yuqoriligi  va  qolgan  barcha  tovarlar  uchun 

ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar 

                                                           

5

 Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: “Иқтисод – молия”, 2007, 7 – б.  



6

 Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 11 – б. (432б). 

7

 Аристотель. Сочинения: 4 т. –М.: 1983. Т. С.325.   




 

14 


singari  pul  ham  kishilar  tomonidan  jamg‘ariladi.  Kishilar  tovarlarni  sotish  va 

xizmatlarni  ko‘rsatish  orqali  uni  «sotib»  oladi  yoki  jamg‘aradi.  Tovarlarni  sotib 

olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi». 

Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon 

bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‘rin beriladi. 


Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish