A ahronqulov, A. Rahmonqulov jahon bolalar adabiyoti namoyondalari



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana14.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#360457
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
jahon bolalar adabiyoti namoyondalari

XVII 

 

Ba’zan  haddan  tashqari  suxandonlik  qilging  kelib  qolganda  ozmi-ko’pmi 

mubolag’a  qilasan  kishi.  Mana,  men  ham  charog’bonlar  haqida  so’zlayturib, 

haqiqatga 

birmuncha 

xilofishtutdim. 

Ishqilib, 

sayyoramizni 

yaxshi 

bilmaydiganlarda u haqda noto’g’ri tushuncha paydo bo’lmasa bas! Aslida odamlar 

Yer  yuzida  unchalik  ko’p  joyni  egallamaydi.  Agar  unda  istiqomat  qiladigan  ikki 

milliard  odam  to’planib,  xuddi  mitingdagidek  yelkama-yelka  tursa,  ular  ortiqcha 

qiynalib-netmay,  uzunasi  va  kengligi  yigirma  mil  keladigan  maydonga  bemalol 



78 

 

joylashgan bo’lur edi. Butun insoniyatni Tinch okeandagi tangadekkina orolchaga 



ham sig’dirib yuborish mumkin. 

Kattalar,  albatta,  bu  gapingizga  ishonmaydilar.  Ular  o’zlarini  juda  ko’p  joyni 

egallaydigan  chog’laydilar,  o’zlarini  xuddi  baobablardek  bahaybat  va  ulug’vor 

hisoblaydilar.  Siz  shunda  ularga  aniq  hisob-kitob  qilib  chiqishni  taklif  eting.  Bu 

gap  ularga  ma’qul  bo’ladi,  axir  ular  raqam  desa  o’lib  qolishadi-ku.  Siz  esa  bu 

bo’lmag’ur  arifmetika  bilan  boshingizni  qotirib  yotmang.  Uning  sariq  chaqalik 

ham foydasi yo’q. Bilaman, siz shundoq ham menga ishonasiz. 

Alqissa,  Kichkina  shahzoda  Yerga  tushgach,  atrof-javonibda  biror  tirik  jonni 

ko’rmay,  behad  hayron  bo’ldi.  Hatto,  adashib  boshqa  sayyoraga  kelib 

qoldimmikan,  degan  xayolga  ham  bordi.  Biroq  shu  payt  oyog’i  ostida  qum  uzra 

kulcha bo’lib yotgan allaqanday kulrang narsa qo’zg’alib qo’ydi. 

— Salom, — dedi Kichkina shahzoda har ehtimolga qarshi. 

— Salom, — deb javob berdi ilon. 

— Men qanday sayyoraga kelib qoldim? 

— Yerga, — dedi ilon. — Afrikada turibsan hozir. 

— Shunaqami? Nima, Yerda odam yashamaydimi? 

— Bu joy — sahro. Sahroda hech kim yashamaydi. Ammo Yer katta. Kichkina 

shahzoda tosh ustiga o’tirib, osmonga tikildi. 

—  Qani  endi,  yulduzlarning  nega  charaqlashini  bilsam,  —  dedi  u  o’ychan 

ohangda. — Chamasi, ular, ertami-kechmi har kim o’z yulduzini topib olishi uchun 

charaqlab  tursa  kerak.  Ko’ryapsanmi,  huv  ana  mening  sayyoram  —  shundoqqina 

tepamizda... Ammo u qanchalar uzoqda, eh-he! 

— Chiroyli sayyora ekan, — dedi ilon. — Yerga nega kelding, nima qilasan bu 

yerda? 


—  Men  feruza  gulim  bilan  urishib  qoldim,  —  deya  iqror  bo’ldi  Kichkina 

shahzoda. 

— E, shunday degin... Ikkovi ham jim qoldi. 

—  Odamlar  qayoqda,  odamlar?  —  deb  tag’in  so’radi  nihoyat  Kichkina 

shahzoda. — Sahroda, har qalay, o’zingni yolg’iz sezarkansan kishi... 

— Odamlar orasida ham o’zingni yolg’iz sezaverasan, — deb qo’ydi ilon. 

Kichkina shahzoda unga sinchiklab tikildi. 

— G’alati jonivor ekansan, — dedi u. — Yo’g’onliging barmoqdek kelmaydi-

yu... 

— Ammo men qirolning barmog’idan ko’ra ko’proq qudratga egaman, — deb 



e’tiroz bildirdi ilon. 

Kichkina shahzoda kulimsiradi: 

— Nahotki sen shu qadar qudratli bo’lsang? Loaqal panjang ham yo’q-ku. Sen 

hatto sayohat qilishga ham yaramaysan... 

—  Men  seni  birorta  kema  eltolmaydigan  ohs  manzillarga  olib  ketishim 

mumkin,  —  dedi  ilon,  so’ng  Kichkina  shahzodaning  boldiriga  xalqa  bo’lib 

chirmashdi. 

— Kimgaki tegsam, uni asliga — tuproqqa aylantiraman, — dedi u. — Ammo 

sen yulduzdan tushib kelgansan, yulduzdek poksan... 

Kichkina shahzoda indamay turaverdi. 




79 

 

— Senga rahmim keladi, — deya davom etdi ilon. — Tosh-metin bu zaminda 



sen  shu  qadar  zaif,  ojizsan-ki...  Yodingda  bo’lsin,  qachonki  olisda  qolgan 

sayyorangni eslab yuraging g’ussaga to’lsa, men senga yordam qilishim  mumkin. 

Men... 

—  Gapingni  juda  yaxshi  tushundim,  —  dedi  Kichkina  shahzoda.  —  Ammo 

nega doim jumboq bilan so’zlaysan? 

—  Men  hamma  jumboqlarni  hal  etaman,  —  dedi  ilon.  Ikkalasi  tag’in  jimib 

qoldi. 

 


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish