A h o L i g e o g r a f I y a s I v a d e m o g r a f I y a a s o s L a r I



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/71
Sana17.01.2023
Hajmi1,77 Mb.
#900061
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
солиев и р . ахоли географияси мажмуа (1)

 
deganda individning nikoh institutiga nisbatan holati tushuniladi; mazkur 
holat u yoki bu mamlakatning urf-odatlari va huquqiy normalariga muofiq belgilanadi. Hozirgi vaqtda 
aksari mamlakatlarning statistik idoralari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistik komissiyasi 
tavsiyanomalariga muofiq nikoh statusi qoidalarini belgilashga harakat qiladilar. Bunga ko’ra nikoh 
holati yoki nikoh statusining quyidagi kategoriyalari nazarda tutilgan: nikohda bo’lmagan shaxslar; 
nikohda bo’lgan va birga yashovchi shaxslar; bevalar qolib yangi nikohga kirmaganlar; ajralib yangi 
nikohga kirmaganlar; nikohda bo’lib birga yashamaydiganlar; u yoki bu kategoriyaga kiritishning iloji 
bo’lmaganlar. Bu olti kategoriya nikoh holatining asosiy kategoriyalari bo’lib, jahonning ko’pgina 
mamlakatlaridagi demografik statistika tomonidanhisobga olinadi. Yuqorida sanab o’tilgan asosiy 
nikoh statuslaridan tashqari ayrim mamlakatlarning statistikasida uning boshqa xillarini ham uchratish 
mumkin. Masalan, ba’zan qayd qilingan va qayd qilinmagan nikohdagilarni alohida ajratib 
ko’rsatishadi va keyingi vaqtda bu ikki kategoriyaga, nikohsiz tug’ilganlarning soni ortib borishi bilan, 
qiziqish ko’paymoqda. 
Ajralish 
– er-xotinning xayotlik davrida nikohning bekor etilishidir. Ajralish-murakkab sotsial 
jarayon bo’lib, qator omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o’rni, nikoh 
turlari, har bir davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila 
mustahkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, 
farzandsizlik, oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va narkomaniya kabilarni kiritish 
mumkin. Ushbu omillar ta’sirida jamiyat taraqqiyotining turlicha bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda 
va aholi guruhlarida ajralish darajasi turlicha bo’ladi. Ajralish jarayonini o’rganishda qator 
koeffitsientlardan foydalaniladi. 
Migrtsiya so’zi lotincha “migratio” so’zidan olingan bo’lib, ko’chib yurish, ya’ni bir hududdan 
ikkinchi bir hududga chegaralardan o’tib aholining almashinishini bildiradi. Aholining turli 


maqsadlarda, yangi yerlarni o’zlashtirish, daraomad topish, o’qish, yashash hamda siyosiy nuqtai-
nazardan yashash joyini doimiy yoki vaqtincha o’zgartirishiga uning mexanik harakati deyiladi. 
Aholi migratsiyasi ikki shaklda ichki migratsiya va tashqi migratsiya shaklida ro’y beradi. Agar 
aholi mamlakat ichida hududlar bo’ylab (shahar-qishloq, qishloq-shahar, tuman-viloyat va hokazo) 
ko’chishni amalga oshirsa bunday migratsiya ichki migratsiya deyiladi. Aksincha, aholi o’zi yashab 
turgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarga, qit’alarga ko’chib borsa bunday migratsiyani tashqi yoki 
xalqaro migratsiya deb ataymiz. Migratsiyaning har qanday turida ishtirok etgan kishilar migrantlar 
deyiladi. Tashqi migratsiya ikkig bo’linadi: emigratsiya va immigratsiya. 
Emigratsiya- kishilarning doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o’z vatanidan boshqa 
mamlakatlarga ko’chib ketishi. Emigratsiyada qatnashgan aholi emigrantlar deb ataladi. 
Immigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashashi uchun biron bir 
mamlakatga boshqa davlatlardan ko’chib kelishi. Imigratsiyada qatnashgan aholi “immigrantlar” 
deyiladi. 
Reemigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o’z vatnidan 
boshqa mamlakatga ko’chib ketib, muayyan muddatdan so’ng yana kaytib ko’chib kelishidir. 
Reemigratsiyada qatnashgan kishilar “reemigrantlar” deyildi. 
Shuningdek, aholi migratsiyasi o’z mohiyatiga ko’ra uch turga, ya’ni doimiy, vaqtincha 
(mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo’linadi. Sabablariga qarab ixtiyoriy hamda 
majburiy migratsiya turlari ham mavjud. 
Doimiy migratsiya- aholining uzoq muddatga (bir yildan oshiq) bir joydan ikkinchi bir joyga 
ko’chib yana qaytishidir. 
Mavsumiy migratsiya- aholining ma’lum bir vaqtga (mavsumga) bir joydan ikkinchi bir joyga 
ko’chib yana qaytishidir. 
Tebranma migratsiya- aholining bir joydan ikkinchi bir joyga har kuni yoki har haftada borib 
qaytishi. Bunga misol tariqasida Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan aholining poytaxtimiz Toshkent 
shahriga turli maqsadlarda har kuni yoki bir haftaga kelib qatnaydiganlarni keltirish mumkin. Demak, 
tebranma migratsiya urbanizatsiya xarakteriga ega desak hato bo’lmaydi. Sababi, tebranma 
migratsiyada ishtirok etganlarning aksariyati, qishloqdan tuman yoki viloyat markaziga, qishloq-
shahar, kichik shaharlardan yirik shaharlarga tomon harakat qilishadi. Mayatniksimon migratsiyada 
ba’zan aholi bir davlat hududida yashab ikkinchi bir davlat hududiga ishlash, o’qish uchun har kuni 
yoki haftada chegaradan o’tib borib kelishadi. Bu G’arb davlatlarida yaqqol kuzatiladi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish