A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekistonda koronavirusni qanday kutib olishdi?



Download 6,84 Mb.
bet89/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

O‘zbekistonda koronavirusni qanday kutib olishdi? O‘zbekiston tarixida 2020-yil 15-mart sanasini uzoq vaqtgacha unutishmasa kerak. Sababi, aynan shu kuni O‘zbekiston hududida koronavirus kasalligi bilan bog‘liq ilk holat aniqlangani e’lon qilindi. Bemor 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan O‘zbekiston fuqarosi ekani aytildi.
Har xil yolg‘on ma’lumotlarning tarqalib ketishi, aholi orasida vahima tarqalishining oldini olish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Koronavirus Info kanali ishga tushirildi. O‘zbekistonda kasallik haqidagi barcha rasmiy ma’lumotlar ushbu kanalda berib borilmoqda.
O‘zbekiston hukumati 16-martdan boshlab barcha yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarni bekor qildi. Temiryo‘l orqali kirib keladigan poyezdlar uchun uch kunlik muhlat berildi. Mamlakatda barcha ommaviy tadbirlar, bayram dasturlari, konsertlar, diniy tadbirlar, to‘ylar o‘tkazilishi bekor qilindi. Barcha ta’lim muassasalari ta’tilga chiqarildi. Viloyatlardan poytaxtda o‘qiydigan talabalar o‘z uylariga qaytarildi.
Xorijda qolayotgan O‘zbekiston vatandoshlarini ortga qaytarish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. Mart oyining boshlarida kasallikning yangi o‘choqlaridan biri Janubiy Koreyaning Seul shahridan o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reys amalga oshirildi.
Shuningdek, yana bir qator xorij davlatlarida qolayotgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinib, maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kunlik karantinga olindi. Kasallik kirib kelishining oldini olish maqsadida 4-mart kuni O‘zbekistonga 14 ta davlatdan kelgan xorij fuqarolarini karantinga olish haqidagi qaror e’lon qilindi.
COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sari qo‘shimcha choralar ham ko‘rildi. Jumladan, 25-martdan boshlab ko‘chaga himoya niqobisiz chiqqan fuqarolar jarimaga tortila boshlandi.
Shuningdek, dastlab Toshkent shahri yopilgan bo‘lsa, uning ortidan birin-ketin boshqa shaharlar ham yopila boshladi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi keng miqyosda tarqalishining oldini olish maqsadida 27-mart, juma kuni, soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.
Koronavirusga chalinganlarni davolash va karantinda saqlanayotgan fuqarolarni joylashtirish uchun Respublika hududida o‘ndan ortiq kasalxona qurilishi ham ma’lum qilindi.
Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.
Bir kishi vafot etgani haqida 27-mart kuni ma’lum qilindi. SSV xabariga ko‘ra, bemor yurak xurujidan vafot etdi. 28-mart kuni esa yana bir bemor mazkur kasallikdan vafot etdi. Mamlakatda qayd etilgan ilk rasmiy bemor bilan muloqotda bo‘lgan marhum o‘zi tibbiyot xodimi bo‘lgani va kasalini yashirib uyida davolanishga harakat qilgani, ahvoli og‘irlashgandan keyingina Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga murojaat etgani ma’lum qilindi.
27-mart kuni koronavirus kasalligi bilan chalingan bemorlar va karantindagilarni saqlash uchun qurilishi va’da qilingan shifoxonalarning ilk partiyasi ishga tushirildi. Shu kuni 650 nafar chet eldan olib kelinganlar mazkur muassasalarga joylashtirildi.
Hamma kutgan yaxshi yangilik 29-mart kuni e’lon qilindi. Shu kuni kasallikka chalingan bemorlardan yetti nafari tuzalib, virusologiya markazidan chiqarildi.
Mamlakatda 30-martdan boshlab maxsus ruxsatnomasiz shaxsiy transport vositasidan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. 2020-yil 30-mart kuni soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Bu narsa esa fuqarolarda yana sarosimali vaziyatni keltirib chiqardi. Kimlardir davlat xizmatlari markazlariga shoshgan bo‘lsa, boshqalar uydan chiqa olmasligi sababidan bozorlik qilish maqsadida bozorga shoshildi. Natijada, kasallikning oldini olish uchun odamlar yig‘ilmasligi aytilganiga qaramay, bozorlar va davlat xizmatlari markazlarida uzundan uzoq navbatlar paydo bo‘ldi. 15-martdan buyon ilk mana shunday gavjum holat kuzatildi.
O‘zbekistonda COVID-19 kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni 30-mart holatiga ko‘ra 150 tani tashkil qildi. Ikki nafar bemor vafot etgan bo‘lsa, yetti kishi tuzalib ketdi.
Bugungi kunda hammani qiziqtirayotgan savol, kasallik qachon bartaraf etiladi? Dunyoning bir qator davlatlarida koronavirus kasalligiga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu narsa aniqki, bundan oldingi tojli virus turkumiga kiruvchi SARS kasalligiga qarshi ham vaksina hamon ishlab chiqilgan emas. Bugungi kunda havo haroratining yuqoriligi virus tarqalishining oldini olishi mumkinligi haqida bahslar ketmoqda. Bu fikrga qarshi bo‘lganlar ham bor. Ularning aytishicha, virus har qanday ob-havo sharoitiga moslashish qobiliyatiga ega.



  1. Karantin choralari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida pandemiyaga qarshi kurashish borasida qo’yilgan muhim vazifalari. Davlat miqyosida maxsus komissiyaning tuzilishi, uning faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mahalla va oila masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining boshida koronavirus muammosiga to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi kunga kelib ushbu xavfli infeksiya 160 dan ortiq mamlakatda tarqaldi. Dunyo miqyosida kasallanganlar soni 190 ming nafarga yetdi, 7,5 ming o‘lim holati qayd etildi, 81 mingdan ziyod bemor tuzaldi. Epidemiya keng yoyilib ketgani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uni pandemiya deb e’lon qildi. Ming afsuski, bu yuqumli xastalik mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Bugungi kunda yurtmizda unga chalingan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.
Bu vaziyat oldindan to‘g‘ri baholanib, Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq Respublika maxsus komissiyasi tuzilgan edi. Shu bois O‘zbekistonga kasallikning ommaviy kirib kelishi va keng tarqalishining oldi olindi. Hozirda 6 mingga yaqin kishi karantinga olingan. Odamlar gavjum joylarda ommaviy tadbirlar cheklangan. 16-martdan boshlab barcha ta’lim dargohlarida ta’til e’lon qilindi. 80 ming talaba markazlashgan holda uylariga jo‘natildi.
Har bir hududda hokimlar rahbarligida maxsus shtablar tashkil etilgan. Epidemiologik vaziyat bo‘yicha har soatlik va kunlik ma’lumot tahlil qilinib, tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga o‘tkazildi. Sihatgoh va oromgohlar karantin muassasalari sifatida moslashtirildi. Tibbiyot maskanlari dori-darmon, himoya va diagnostika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlandi. Buning uchun byudjetdan zarur mablag‘lar ajratildi.
Xorijdagi yurtdoshlarimiz charter aviareyslari orqali Vatanimizga qaytarilmoqda. Chegaralarda harakat cheklandi, ammo transportda yuk tashish to‘xtatilgani yo‘q. Mamlakatimizga ko‘plab xorijiy va mahalliy yuk tashuvchilar kirmoqda hamda chiqib ketmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini alohida ta’kidlab, xalqimizga murojaat qildi. 
– Bu hayotning ko‘p og‘ir sinovlarini va yaxshi-yomon kunlarini boshidan kechirgan xalqimiz hammasini to‘g‘ri tushunib, masalaga ongli yondashmoqda. Muftiyat rahbarligida diniy ulamolar yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, bemorlarga shifo tilab, duoi fotihalar qilishmoqda. Millati, tili va dinidan qat’i nazar, hammamiz yakdilmiz va, ishonamizki, bu qiyinchiliklar, albatta, o‘tib ketadi.
Buning uchun birinchi navbatda shifokorlar tavsiyalariga amal qilib, shaxsiy gigiyena va sanitariya qoidalariga har birimiz o‘z oilamiz, bolalarimiz bilan uyimizda, ishxonamizda va boradigan joylarimizda qat’iy amal qilishimiz zarur. Kasallikni yashirmasdan, o‘z vaqtida murojaat qilish uning oldini olishda eng samarali choradir.
Ikkinchidan, oziq-ovqat va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi oshib ketmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament bu boradagi ishlarni kuchaytirishi kerak.
Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q. Ammo ko‘pga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim. Barcha davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlar, muhtaram nuroniylarimiz, mahalla va xotin-qizlar, yoshlar birlashmalari faollari ommaviy axborot vositalari orqali xolis va haqqoniy, keng tushuntirish ishlarini kuchaytirishiga ishonaman.
Uchinchidan, majburiy ta’til paytida farzandlarimiz o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirishlari uchun O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda videodarslar turkumi yo‘lga qo‘yildi. Teleradiokanallarimiz yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun tariximiz, boy madaniyatimizga oid ko‘rsatuv va eshittirishlar, yoshlarimiz uchun foydali va qiziqarli badiiy dasturlar, kinofilmlarni ko‘paytirishi lozim. Hurmatli ota-onalarimiz o‘z farzandlarini jahon va milliy adabiyotimizning eng yorqin namunalari bilan tanishtirishga harakat qilsalar ayni muddao bo‘lardi. Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi vaziyatda ayrim mas’uliyatsiz, haqiqiy holatdan bexabar va o‘zini “piar qilish”ni yaxshi ko‘radigan odamlar turli mish-mish va uydirmalarni tarqatishga urinadi. Shu munosabat bilan jamoatchiligimizdan iltimos qilaman: sarosima yoki vahima kayfiyatiga berilmaslik kerak. Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatishga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Bu masalani huquq-tartibot idoralari ham alohida nazoratga olishi lozim.
Aziz vatandoshlar!
Koronavirus pandemiyasining butun dunyo mamlakatlari qatori bizning ham iqtisodiyotimizga salbiy ta’siri bo‘lishi tabiiy. So‘nggi ikki haftada jahon bozorida neftning narxi (bir barrel 60 dollardan qariyb 30 dollarga) keskin pasayib ketgani oqibatida gaz eksportimiz tushumlari qisqarishi mumkin. Xorijdagi asosiy savdo hamkorlarimizning milliy valyutalari qadrsizlanishi respublikamizga ham, albatta, valyuta tushumini kamaytiradi.
Xorijiy turistlar soni va tushum miqdori kamayishi mumkin. Bular, tabiiyki, yalpi ichki mahsulot va eksport hajmiga ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Mening topshirig‘imga muvofiq, Maxsus ishchi guruh turizm, transport, farmatsevtika va yengil sanoat kabi sohalarga soliq ta’tillari berish, kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish, kechiktirilgan tashqi qarzdorlik uchun jarima qo‘llamaslik tartibini joriy qilish choralarini ko‘rmoqda. Hukumat qiyin ahvolga tushishi mumkin bo‘lgan soha va tarmoqlarni, yirik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirishi zarur. Bu jarayonda, avvalo, moliya va xomashyo bozorida beqarorlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Ikkinchidan, moliyaviy barqarorlikni saqlash hamda bozorlarda narx-navoning o‘sishini oldini olish zarur.
Uchinchidan, iqtisodiyotimizning bazaviy va hal qiluvchi tarmoqlari uzluksiz ishlashini saqlab qolish kerak. Buning uchun har bir tarmoq, korxona va hudud kesimida manzilli va aniq tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan, markazdan hududiy byudjetlarni va aholimizni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalarimiz bo‘lishi shart.
Butun xalqimiz aniq bilishi kerak: biz koronavirusga qarshi kurash faoliyatini oshkoralik tamoyillari asosida olib boryapmiz. Jahon jamoatchiligini ham, xalqimizni ham vaqtida xabardor etib boryapmiz. Kerakli choralarni yanada kuchaytiramiz.
Bugun men ikki qo‘shni davlat – Qozog‘iston va Turkmaniston rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev hamda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, bu boradagi o‘zaro hamkorlik, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash borasidagi barcha masalalarni kelishib oldik.
Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz yanada jipslashib, ahil va hamjihat bo‘lib, bu murakkab sinovlarni ham yengib o‘tadi, deb ishonaman. Yana bir muhim masalaga barcha mutasaddilarning e’tiborini qaratmoqchiman. So‘nggi yillarda sanitariya-epidemiologiya masalasiga jiddiy ahamiyat bermoqdamiz. Hozirda yurtimizda 2 ta respublika darajasidagi shifoxona, 14 ta viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari, 216 ta hududiy sanitariya-epidemiologiya muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Biroq, keyingi 25 yil davomida umuman e’tibor bermaganimiz uchun aksariyatining moddiy-texnik bazasi, ayniqsa, laboratoriyasi, tibbiy anjom va jihozlari achinarli holatga kelib qolgani ham ayni haqiqatdir.
Shu sababli, bugungi kunda respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini tubdan isloh qilish va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan alohida qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Mazkur xizmatning asosiy faoliyati tibbiy va sanitar barqarorlik, jamoat salomatligini ta’minlash, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini tashkil etishga qaratiladi. Buning uchun viloyat hokimlari joylardagi sanitariya-epidemiologiya muassasalarini birma-bir aylanib, laboratoriya-diagnostika, tibbiy vosita va jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kadrlar salohiyati, oylik maoshi kabi muammolarni chuqur o‘rganishi zarur.
Ichki moliyaviy imkoniyatlar asosida ularni yil oxiriga qadar bartaraf etish, zaxiralar shakllantirish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqib, bajarish lozim.
Bosh vazir respublika darajasidagi va Toshkent shahridagi muassasalarni birma-bir joyiga chiqib o‘rganish va zarur chora-tadbirlar qabul qilinishi hamda ijrosi uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi. Asosiy masala – moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kadrlarni o‘qitish, ilm-fanni rivojlantirish, aholi salomatligi uchun mablag‘ni ayamasligimiz zarur.
3. Sinovli jarayonlarda aholini davlat ijtimoiy himoya tadbirlari bilan to’liq qamrab olish, sog’liqni saqlash va sanitariya-epidemiologia xizmatining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni o’z vaqtida aniqlash, ularga tibbiy yordam ko’rsatish.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:

  • Xitoy;

  • Tojikiston;

  • Armaniston;

  • O‘zbekistonda.


Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish