A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

«Qishloq
 
xo'jaligi ío'grisida»
 degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o ‘rin 
beradi,  qishloqdan  shaharga  intilganlami  qoralaydi.  U   dehqonchilik 
bilan  chorvachilikni  birga  rivojlantirishni  ma’qul  deb  biladi.  Varron 
ular  o‘rtasidagi 
«buyuk  ittifoq»
  tarafdori  edi.  Buning  asosiy  sababi 
shundaki,  Italiyada  don  nisbatan  arzon edi,  chorvachilikning  foydasi 
esa  ancha  yuqori  bo‘lgan.  Shu  bilan  birga,  Varronning  fikricha,  har 
bir  xo‘jalik  o ‘z-o‘zini  ta’minlashi  kerak,  u  bozor  munosabatlariga 
kam  e’tibor  qilgan,  qullar  ekspluatatsiyasi  tarafdori  bo ‘lgan  va  ulami 
«gapiruvchi  quroliar*
  deb  bilgan.  U  quUaming  siyosiy jihatdan  xavfli 
ekanligini tushungan va bir millatga tegishli qullami k o ‘p  saqlamaslik 
kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari  oson).
Kolumella  o ‘zining  qishloq  xo‘jaligiga  oid  yirik  asarida  qullar 
mehnatining  samarasi  pastligini  ta’kidlaydi.  Uning  fikricha,  qullar 
yemi  yaxshi  ishlamaydüar,  yer  yuqori  hosil  berishi  uchun  qayg‘ur- 
maydilar.  U  erkin  mayda ishlab chiqaruvchilaming m ehnati qullami- 
kidan yuqori bo'lishini isbotlab berdi,  yirik quldorlik latifundiyalariga 
nisbatan  mayda  dehqonchilikni  afzal  deb  hisobladi.  Bu  davrda  yirik 
latifundiyalaming inqirozi aniq bo‘lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv 
yo‘l bilan bordi, ya’ni hosil qo ‘shimcha yer hisobigagina oshdi.  Qullar 
imkoni boricha yemi ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlami 
erkin  kolonlarga bo‘lib berish  yaxshiroq  samara  beradi,  degan  to‘g‘ri 
xulosaga  keldi.  Uningcha,  mayda  ishlab  chiqarishga  o ‘tish  kerak  edi 
(hozirgi davrga solishtirib ko‘ring).
Sitseroo  Mark Tulliy  (m.av.  106-43-yillar) taniqli davlat arbobi va 
mashhur notiq bo‘lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan 
bo‘lib,  savdo-sotiq ancha o ‘sdi,  sudxo‘rlik boyish manbayiga aylandi. 
U  qishloq  xo‘jaligini  qo‘llagan  holda  (chunki  bu  soha  bozor  uchun 
ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va sudxo‘rlikni boyish manbayi 
deb hisobladi.  Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar 
bilan birga savdogar va sudxo‘rlaming manfaatini ham  himoya qildi.
Quldorlik  tuzumining  ichki  qarama-qarshiligi  tobora  o‘sdi,  qullar 
qo‘zg‘oloni  ro‘y berdi.  Tarixda  Spartak boshchiligidagi  (m.av.  73-71- 
yy.)  qullar  qo‘zg‘oloni  katta  ahamiyatga  ega,  u  beayov  bostirilgan 
bolsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo'ldi.  Lusiy  Sergey Katalina 
(m.av. 63-62-yy.) kambag‘al aholi yordamida hokimiyatni egailamoqchi,


qulchilikni yo‘q  qilmoqchi va boyimoqchi boldi, ammo uning harakatlari 
ham zoye ketdi.
Eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri 
bo‘ldi,  lekin  quldorlik  ekspluatatsiyasining  samarasizligi  tobora  ayon 
bo‘lib qoldi,  kolonat o ‘sdi.  Aristotel g‘oyalarida qulchilik tabiiy zarurat 
deyilgan b o‘lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kellngan, degan 
fikrlar yuzaga chiqa boshladi.
Lusiy Anney Seneka (m.av.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini 
tushundi  va  qullar  bilan  yumshoqroq  munosabatda  boUishni  taklif 
etdi,  ular ham   tabiatan ozod odam  ekanligini tan oldilar,
Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o'tish kuchaydi. Ana shunday 
bir paytda milodning I asrida (2-yaimida) yangi diniy mafkura - 
xristianlik
 
vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda berilgan. Oddiy xo‘jalik faoliyati 
(mehnat)  zarur va  ulug‘  ish  deb  qaraladi.  Dastlab qullar haq-huquqini 
himoya  qilgan bu  din,  bu  ahvoldan  qutulish yo‘Ii yuqoridan,  xudodan 
deb bilgan. 0 ‘sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afealligi shu bo‘ïdiki, 
xalqlar  o ‘rtasidagi  etnik  va  ijtimoiy  tafovutlar  inkor  etildi,  din  oldida 
hamma  barobar  deb  e’lon qilindi.  Keyinchalik bu  din  boshqa  toifalar 
orasida  ham   tarqaldi.  Dastlab  xristianlik  mulki  um um iy  b o ‘lib, 
ekspluatatsiya  inkor  etilgan,  odatda,  sadaqa  hisobiga  kun  ko‘riIgan, 
Birinchi xristianlar ta’qib ostiga olingan, ammo 325-yili Nikey Soborida 
xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomini berildi, oqibatda 
u quldorlik va bo‘lajak féodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g‘oyalari Àvreliy 
Avgustin  Blajenniy  (353-430)  asarlarida  ham berilgan.  U  hammaning 
m ehnat qilishi zarurligini,  «ishlamagan tishlamaydi» (avliyo Pavelning 
fikri)  g ‘oyasini  ilgari  surdi  (sotsializmning  asosiy  tamoyilini  eslang), 
dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi,  savdoni esa faqat foyda, 
naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy 
mehnat  kabi  baholash  muhim  edi.
Qisqacha  xulosalar
D astlabki  iqtisodiy  g‘oyalar  insoniyatning  paydo  bo ‘lishi  bilan 
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganiari m.av. 2-mingyillikka to‘g‘ri 
kelib, ko‘proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi. 
Antik  dunyoga  m a’lum  darajada  amaliyotni  nazariy  umumlashtirish,


abstraksiyalash  oqibatida  birinchi  iqtisodiy  m ushohadalar,  ayrim 
iqtisodiy  tushunchalar,  kategoriyalar  shakllana  boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llab- 
quwatlangan,  boylikning  asosiy  manbayi  mehnat  deb  hisoblangan 
Hindistonda  «buyumning  qiymati»ni  «ish  kunlari»  bilan  belgilab, 
mahsulotning  bozor bahosi  bilan  uning  tabiiy  qiymati  o'rtasidagi  farq 
aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan.  Davlatning 
iqtisodga aralashuvi qo‘llab-quwatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalar ancha  rivojlangan bo‘lib,  tabiiy huquq 
nazariyasi  ilgari  suriladi,  ularda  m ehnat  taqsimoti,  davlatning  roli, 
xalq  boyligi  va  hukmdorlar  mulki  o ‘rtasidagi  bog‘lanish,  iqtisod  va 
qonun masalalariga tegib o ‘tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda 
u  klassik  ravishda  ro‘y  bergan,  natural  hunarmandchilik,  dehqonchilik 
xo‘jaligi qo‘llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo‘rlik ham  qo‘llab- 
quw atlangan.  Pulning  asosan  almashuv  (Ksenofont  ja m g ‘arish) 
funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, boylik 
jamg‘arish  zararli  deb  hisoblangan.  «Ekonomika»,  «Xrematistika» 
tushunchalari  kiritilgan,  ular  bir-biriga  qarshi  q o ‘yilgan,  qiymat 
kategoriyasi, tovarlaming almashuv tamoyillari (ilk yo‘nalish) keltirilgan, 
ammo  buning  mezoni  (mehnat  miqdori,  foydalilik)  aniq berilmagan.
Rimda  quldorlik  yuksaldi,  lekin  tanazzulga  ham  uchray  boshladi 
(Osiyoda feodalizm munosabatlari  oldinroq ro‘y bergan).  Qulchilikka 
munosabat  o‘zgardi,  erkin  sohibkorlik  ustunligi  oydin  bo'lib  qoldi, 
dehqonchilik  bilan  chorvachilik,  yirik  savdo  va  sudxo‘rlik  faoliyati 
qo‘llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, islohotlar 
(Grakxlar)  yo‘li  boshlandi.
Katon  tomonidan  foyda  tushunchasi  kiritilgan,  am m o  un i  xato 
ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy 
g‘oyalarda natural xo‘jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish