A ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul, daromad topishni bildiradi



Download 36,92 Kb.
Sana23.11.2022
Hajmi36,92 Kb.
#870764
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи.txt


Biznes – bu:
A. ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul, daromad topishni bildiradi;
B. tadbirkorlikning eng asosiy unsuridir;
C. Ilmiy salohiyatini oshirish
D. Intellektidan foydalanish
0

Tadbirkorlik – bu:


A. yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati;
B. bozor iqtisodiyotida xo`jalik yuritishning asosiy sub`ekti hisoblanadi;
C. tadbir bilan, puxta o`ylab ish tutadigan kishi;
D. ilmiy sohada ish qilish
0

Biznesmen – bu:


A. biznes bilan shug’ullanuvchi shaxs
B. biznes bilan shug’ullanuvchi tashkilot
C. yerni ijaraga berib, renta orqali pul topuvchi shaxs
D. pulni bankka qo`yib, foiz orqali pul topuvchi shaxs
0

Tadbirkor – bu:


A. yuridik shaxs bo`lmasdan doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxs
B. doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jamoa
C. puxta o`ylab ish qiladigan kishi
D. javoblarning hammasi to`g’ri
0

Biznes qilishdan maqsad:


A. A va B javoblar to`g’ri
B. xarajatdan ko`ra ko`proq daromad olishdir
C. biznesni rivojlantirish va sotsial ehtiyojlarni qondirish
D. foyda olish va uni muttasil oshirib borishdir
0

Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri biznes qilishning g’ayri qonuniy usullari hisoblanadi?


A. hamma javoblar to`g’ri
B. poraxo`rlik va o`g’rilik
C. narkotik moddalar bilan shug’ullanib pul topish
D. qalloblik va tovlamachilik.
0

Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri tadbirkorlik tamoyillari bo`lib hisoblanadi?


A. hamma javoblar to`g’ri
B. iqtisodiy erkinlik va mas`uliyat
C. iqtisodiy tavakkalchilik
D. mulk sohibi bo`lish.
0

Tadbirkorlik siri deganda tadbirkorning:


A. yangi texnologiyani qo`llashni mahfiy tutishi tushuniladi
B. xalq orasida obro`-e`tiborli bo`lishga bo`lgan xarakati tushuniladi
C. o`z sha`nini avaylash tushuniladi
D. firma nomini e`zozlash, unga dog’ tushurmaslik tushuniladi
0

Tadbirkorlik nufuzi deganda tadbirkorlikning:


A. tadbirkorlik doirasida obro`-e`tiborli bo`lish tushuniladi
B. yangi tovar yaratishdagi sirning saqlanishi tushuniladi
C. narxlarni belgilash tushuniladi
D. shartnoma tuzish siri tushuniladi
0

Quyida qayd qilingan pul topish yo`llarining qaysi biri tadbirkorlikka kirmaydi?


A. hamma javoblar to`g’ri
B. yerni ijaraga berib, renta orqali pul topish
C. pulni bankka qo`yib, foiz orqali pul topish
D. yollanib ishlash orqali pul topish
0

Yuridik shaxs – bu:


A. o`z mulki, balansi, muhri, nomi, ta`sischilari, ustaviga ega bo`lgan korxona
B. fuqarolik huquqi sub`ekti bo`lgan fuqaro
C. mamlakatning huquqli bo`lish qobiliyatiga ega bo`lgan fuqarosidir
D. yuridik ma’lumotga ega bolgan shaxs
0

Mulk shakllariga qarab korxona quyidagi turlarga bo`linadi:


A. xususiy korxona, jamoa korxonalar, davlat korxonalari, aralash korxonalar
B. davlat buyurtmasi saqlangan korxona
C. ham buyurtma, ham bozorga ishlovchi korxona
D. faqat bozorga ishlovchi korxona
0

Ish ko`lamiga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi:


A. yirik korxonalar, o`rta korxonalar, kichik korxonalar
B. xissadorlik korxonalari
C. jamoa korxonalari
D. xususiy korxona.
0

Faoliyat sohasi va ixtisoslashuviga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi:


A. qishloq xo`jaligi korxonalari, sanoat korxonalari, qurilish korxonalari, xizmat ko`rsatish korxonalari
B. kichik korxonalar
C. yirik korxonalar
D. faqat bozorga ishlovchi korxonalar
0

Xolding kompaniyasi – bu:


A. Mulk egalari tomonidan bir nechta mustaqil aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilishi maqsadida tashkil etilgan xissadorlik jamiyatidir
B. ko`p taraflama qo`shma korxona
C. kooperatsiyaning birlamchi bo`g’ini
D. monopolistik birlashmaning bir shakli
0

Konsalting firma deganda:


A. ishlab chiqarishga ish yuzasidan maslahat xizmati ko`rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan shug’ullanuvchi korxonalari tushuniladi
B. muxandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiruvchi korxonalari tushuniladi
C. yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratuvchi korxonalar tushuniladi
D. xo`jalik faoliyatini tekshirish, taftish va tahlil etish bilan shug’ullanuvchi korxonalar tushuniladi
0

Tadbirkorlik subyektlari to’g’ri ko’rastilgan qatorni toping


A. MChJ, AJ, Holding, Xususiy korxona
B. Siyosiy partiya, Prokuratura, Sud
C. Davlat xizmatlarini ko’rsatish markazi
D. Barcha subyektlar vaziyatga qarab tadbirkorlik subyekti bo’lishi mumkin
0

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) belgilari tog’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang


A. Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o’zi tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
B. Daromad olishga qaratilgan har qanday faoliyat.
C. Tadbirkorning faqat o’z mulkiga asoslangan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyat
D. Tadbirkorning o’z mulkiy javobgarligiga asoslangan har qanday faoliyati
0

Mol-mulk turlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.


A. Xususiy, jamoa, davlat, aralash, qo'shma.
B. aksiyadorlik, oila, xususiy, jamoa, mahalla.
C. qo'shma, aralash, mas'uliyati cheklangan, qo'shimcha mas'uliyatli.
D. mahalla mulkiga asoslangan, shirkatlar, aktsionerlik jamiyatlari.
0

Korxona qachondan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi?


A. davlat ro'yxatidan o'tgan kundan
B. ustav tasdiqlangan kundan
C. bankdan hisob raqamini ochib, muhrni tayyorlagan kundan boshlab
D. korxona faoliyat ko'rsatgan kundan boshlab
0

Tadbirkorlik huquqi tushunchasi


A. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning huquqiy maqomi, ularni tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi
B. Tadbirkorlik munosabatlarini tartibga soluvchi normalardan tashkil topgan huquq tarmog'i
C. mulkiy, shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalardan tashkil topgan kichik huquq tarmog'i
D. davlatni tadbirkorligini tartibga soladi
0

Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarining tashkil qilinishidagi usullar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang


A. ta'sis-farmoyish, ta'sis, shartnomaviy-ta'sis
B. ariza berish.
C. xabardor qilish
D. to’g’ri javob yo’q
0

Qaysi paytdan boshlab yuridik shaxsning huquqiy layoqati paydo bo‘ladi?


A. Firma nomi belgilanganda va litsenziya olganida
B. Ta'sischilarning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilgandan boshlab
C. Tugatilganida
D. Qayta tashkil etilganidan boshlab
0

Ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladigan jamiyat bu ...


A. MChJ
B. QMJ
C. AJ
D. Sho‘ba jamiyatlari
0

Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra mulkning qanday shakllari mavjud?


A. xususiy mulk, davlat mulki, aralash mulk, shirkat (jamoa) mulki, aralash mulk, boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki
B. Aralash mulk
C. xususiy mulk
D. ma'muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;
0

Tadbirkorlik sub'ektlari kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qaysi hujjatda belgilanadi?


A. Kredit shartnomasida.
B. Kafillik shartnomasida.
C. Garov shartnomasida.
D. Kafolat shartnomasida.
0

Qimmatli qog‘ozlarning qanday turlari mavjud?


A. barcha javoblar to‘g‘ri.
B. xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari.
C. veksellar, aksiyalar, obligasiyalar.
D. aksiyalar, obligasiyalar.
0

Oferta nima?


A. shartnoma tuzish haqida taklif;
B. shartnoma tuzish haqidagi taklifni qabul qilish;
C. shartnomani bekor qilish;
D. neustoykaning bir turi.
0

Aksept nima?


A. shartnoma tuzish haqidagi taklifni qabul qilish;
B. shartnoma tuzish haqida taklif;
C. shartnomani bekor qilish;
D. neustoykaning bir turi.
0

Biznes shartnomasi tuzilish jihatdan shartli ravishda nechta qismga bo‘linadi?


A. to‘rtta.
B. ikkita;
C. uchta;
D. bitta
0

Biznes shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya etmaslik qanday huquqiy oqibatni keltirib chiqaradi?


A. uning haqiqiy emasligiga olib keladi;
B. shartnoma yuridik kuchga ega bo‘ladi;
C. mazkur shartnoma sud tartibida bekor qilinadi;
D. to‘g‘ri javob yo‘q.
0

Biznes shartnomasi qachondan boshlab kuchga kiradi?


A. tuzilgan paytdan boshlab;
B. ijro etilishi boshlangan paytdan boshlab;
C. shartnoma davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng;
D. shartnoma ijro etilib bo‘lingandan so‘ng;
0

Shartnomaviy javobgarlik bu-


A. shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikka aytiladi;
B. yetkazilgan zararni to‘lash;
C. boy berilgan foydani to‘lash;
D. haqiqiy zararni to‘lash.
0

Davlat tassarufidan chiqarish nima?


A. Davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
B. shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilishi
C. O‘z shaxsiy manfaatlari uchun narsalar tayyorlashi
D. jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulk ob'ektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olishidir.
0

Xususiylashtirish nima?


A. Jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulk ob'ektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olishidir.
B. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni mulkini xususiy mulkka aylantirish
C. Xususiy mulkni ijaraga berish
D. Davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
0

Biznes faoliyatining shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. Davlat tadbirkorligi, aralash tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, shaxsiy tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi
B. Davlat va xususiy tadbirkorlik
C. Sherikchilik
D. Yakka tadbirkorlik
0

Biznes huquqining manbai bo’lib nimalar hisoblanadi?


A. Bu tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida vujudga keladigan tadbirkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ish muomala odatlaridir.
B. Ish yuritish xujjatlari
C. O‘z tajribasi
D. Qarorlar.
0

Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektining faoliyatini tugatish kimning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.


A. Iqtisodiy sud qaroriga ko‘ra
B. Tadbirkorlik sub'ekti bo‘lgan jismoniy shaxsning
C. Tuman hokimining
D. A va B javoblar to‘g‘ri
0

Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan nechchi yilda amalga oshiriladi?


A. 2 yilda
B. 1 yilda
C. 3 yilda
D. 4 yilda
0

Yakka tartibdagi tadbirkorlikka berilgan to‘g‘ri ta'rifni toping?


A. Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshirishdir.
B. Sherik bo‘luvchilarning umumiy mol-mulki asoslangan jamiyat
C. O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.
D. Davlat korxonasi
0
Unitar korxona nima?
A. o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
B. Uning Nizom (ustav) fondi nominal qiymati ma'lum aksiyalar soniga taqsimlangan bo‘ladi va jamiyat fondi aksiyalarni sotish yo‘li bilan shakllanadi.
C. Hunarmand YaTTlar.
D. Ikki yoki undan ortiq yuridik shaxs, ya'ni korxonalar mulkini qo‘shishi yo‘li bilan tashkil qilinadi.
0

Bankrotlik alomatlari deb nimaga aytiladi?


A. Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi
B. Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga qodir emasligi uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi
C. Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran olti oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi
D. Qarzdorning majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi
0

Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida qancha miqdorini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin?


A. 300
B. 800
C. 600
D. 500
0

Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga kimlar ega?


A. qarzdor, kreditor va prokuror
B. kreditor, soliq organi va prokuror
C. qarzdor, kreditor, mahalliy davlat hokimyati va prokuror
D. kreditor va prokuror
0

Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga ega?


A. qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar
B. qarzdor, kreditor, mahalliy davlat hokimyati va prokuror
C. kreditor va prokuror
D. qarzdor, kreditor va prokuror
0

Ikkitadan-toʼrtagacha xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyat yuritayotgan bozor turi qanday nomlanadi?


A. Oligopoliya.
B. Monopoliya
C. .Duopoliya
D. Mukammal raqobat
0

Xususiy korxona nima?


A. Xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va o‘z faoliyatidan kelgan daromadga to‘liq egalik qiladi.
B. Korxonalarning rivojlanib borishi davomida bosh korxona tomonidan tashkil etiladi va to‘la mustaqillikka ega bo‘lgan yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
C. Fanning salmog‘i yuqori bo‘lgan sohalarga oid kichik korxona bo‘lib, ular ilmiy-muhandislik ishlar bo‘yicha yangiliklar yaratish va uning tadbiq etishga asoslangan bo‘ladi.
D. xo‘jalik yuritishning shakli bo‘lib, unda barcha mulk va olinadigan foyda uning mehnat jamoasiga tegishli bo‘ladi.
0

Oʼzbeksiton Respublikasining amaldagi “Raqobat toʼgʼrisida”gi qonuni qachon qabul qilingan?


A. 2012 yil
B. 2010 yil
C. 2011 yil
D. 2019 yil
0

Bozor iqtisodiyotida mahsulot(tovar) narxi oshib ketadi, agar:


A. Talab taklifdan yuqori bo’lsa
B. Talab taklifdan past boʼlsa
C. Talab taklifni paydo qilsa
D. Talab va taklif bir xil boʼlsa
0

Kartel shartnomalariga bozorning qaysi turi ko‘proq moyil?


A. oligopoliya
B. mukammal(mutlaq) raqobat
C. monopsoniya
D. monopoliya
0

Bozorda raqobatga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida qanday raqobat turlari mavjud?


A. Gorizontal va vertikal
B. yuqori
C. parallel
D. insofli
0

Teng huquqli xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar o‘rtasidagi munosabatlar qanday ataladi:


A. gorizontal
B. vertikal
C. tovar
D. moliyaviy
0

Bozor iqtisodiyotida mahsulot(tovar) narxi oshib ketadi, agar:


A. Talab taklifdan yuqori boʼlsa
B. Talab taklifdan past boʼlsa
C. Talab taklifni paydo qilsa
D. Talab va taklif bir xil boʼlsa
0
Monopol past narx nima?
A. tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx.
B. bunday tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar foydaning miqdoridan oshadigan tovar narxi
C. tovar sifatini kamaytirish orqali asossiz xarajatlarni qoplash yoki foydani oshirishga qaratilgan tovar narxi
D. raqobatchi tomonidan belgilangan narxdan past bo‘lgan tovar narxi
0

Tabiiy monopoliyalar –bu:


A. texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda muayyan tovar turiga bo‘lgan talabni qondirish uchun raqobat sharoitini yaratish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan tovar bozorining holati.
B. yuridik shaxs, shu jumladan chet el, xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek tovar ishlab chiqarish, sotib olish va realizasiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor
C. xo‘jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlardan mustaqil ravishda o‘z faoliyatini amalga oshirishi va raqobat holatiga qat'iy ta'sir ko‘rsatishi, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun tegishli bozorga kirishga to‘sqinlik qilishi yoki ularning xo‘jalik faoliyati erkinligini cheklashi mumkin.
D. xo‘jalik yurituvchi sub'ektning yoki bir guruh shaxslarning xo‘jalik faoliyati davomida qonunchilikka, tadbirkorlik amaliyotiga zid keladigan va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga (raqobatchilarga) ziyon yetkazadigan yoki ularning tadbirkorlik obro‘siga zarar yetkazadigan afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan harakatlari
0

Quyidagi tarmoqlardan qaysi biri tabiiy monopoliya emas?


A. avtomobil sanoati
B. temir yo‘l transportida tashuvlar
C. davlat pochta xizmatlari
D. suv quvurlari va kanalizasiya xizmati
0

Iqtisodiy konsentratsiya bu:


A. xo‘jalik yurituvchi sub'ektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta'sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish
B. ikkilamchi va birlamchi bozorlardagi raqobat holatiga ta'sir etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan bitimlar va (yoki) boshqa harakatlar.
C. tovarlar yoki moliya bozoridagi raqobat holatiga ta'sir etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhining mutlaq monopoliyasiga olib keladigan bitimlar va (yoki) boshqa harakatlarning amalga oshirilishi.
D. tovar yoki moliya bozorida raqobat holatiga ta'sir qiluvchi kartel bitimlariga olib keladigan bitimlar va (yoki) boshqa harakatlar
0

Distibyutor korxona nima?


A. Savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi, vositachi korxona bo‘lib, kompaniyalarning tovarlarini ustama haq qo‘ygan holda o‘z nomidan sotish bilan shug‘ullanadi.
B. xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va o‘z faoliyatidan kelgan daromadga to‘liq egalik qiladi.
C. fanning salmog‘i yuqori bo‘lgan sohalarga oid kichik korxona bo‘lib, ular ilmiy-muhandislik ishlar bo‘yicha yangiliklar yaratish va uning tadbiq etishga asoslangan bo‘ladi.
D. Firmalarga turli sohalarda maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan jamiyatlardir. Ular maslahat bozorini tashkil etish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotiga katta yordam beradi.
0

Konsalting birlashmalari nima?


A. Firmalarga turli sohalarda maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan jamiyatlardir. Ular maslahat bozorini tashkil etish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotiga katta yordam beradi.
B. Mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etiladigan jamiyatdir.
C. fanning salmog‘i yuqori bo‘lgan sohalarga oid kichik korxona bo‘lib, ular ilmiy-muhandislik ishlar bo‘yicha yangiliklar yaratish va uning tadbiq etishga asoslangan bo‘ladi.
D. korxonalarning rivojlanib borishi davomida bosh korxona tomonidan tashkil etiladi va to‘la mustaqillikka ega bo‘lgan yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
0

Jamoa korxonasi nima?


A. Xo‘jalik yuritishning shakli bo‘lib, unda barcha mulk va olinadigan foyda uning mehnat jamoasiga tegishli bo‘ladi.
B. xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va o‘z faoliyatidan kelgan daromadga to‘liq egalik qiladi.
C. korxonalarning rivojlanib borishi davomida bosh korxona tomonidan tashkil etiladi va to‘la mustaqillikka ega bo‘lgan yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
D. fanning salmog‘i yuqori bo‘lgan sohalarga oid kichik korxona bo‘lib, ular ilmiy-muhandislik ishlar bo‘yicha yangiliklar yaratish va uning tadbiq etishga asoslangan bo‘ladi.
0

Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarining o‘ziga xos belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishligi, tadbirkorlik huquqi sub'ekti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (lisenziya)ga ega bo‘lishlari lozimligi, o‘z mol-mulkiga ega bo‘lishligi, tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo‘lishligi, mustaqil javobgarligi, o‘zlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanligi hisoblanadi.
B. o‘zlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanligi hisoblanadi.
C. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishligi
D. o‘z mol-mulkiga ega bo‘lishligi
0

Bankrotlik taomillari to’g’ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. Kuzatuv, sud sanasiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish, kelishuv bitimi.
B. Sudgacha sanasiya, kelishuv bitimi
C. Tashqi boshqaruv va tugatish
D. kelishuv bitimi
0

Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda qanday taomillar qo‘llaniladi?


A. Kelishuv bitimi va tugatishga doir ish yuritish
B. Kuzatuv, sud sanasiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish, kelishuv bitimi
C. Tashqi boshqaruv
D. Tugatish
0

Sudgacha sanasiya qilish nima?


A. Qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlardir.
B. iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e'tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
C. iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanasiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
D. iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
0

Biznes huquqi sub'ektlarining mulk shakllariga ko'ra turlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.


A. xususiy, jamoa, davlat, aralash, qo'shma.
B. aksiyadorlik, oila, xususiy, jamoa, mahalla.
C. qo'shma, aralash, mas'uliyati cheklangan, qo'shimcha mas'uliyatli.
D. mahalla mulkiga asoslangan, shirkatlar, aktsionerlik jamiyatlari
0

Korxona qachondan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi.


A. davlat ro'yxatidan o'tgan kundan.
B. ustav tasdiqlangan kundan.
C. bankdan hisob raqamini ochib, muhrni tayyorlagan kundan boshlab
D. korxona faoliyat ko'rsatgan kundan boshlab
0

Raqobat – bu:


A. bozor iqtisodiyoti sharoitida o`z mavqeini mustahkamlash uchun kurash
B. Majburiy safarbarlik
C. “sotsialistik musobaqa”
D. tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta`minlab beruvchi dastak
0

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini nazorat tartibida tekshirish nechchi kun davomida amalga oshiriladi?


A. 1 kun
B. 3 kun
C. 5 kun
D. 10 kun
0

Birjaning qanday turlari mavjud?


A. tovar birjasi, fond birjasi, mehnat birjasi, valyuta birjasi
B. tovar birjasi, fond birjasi
C. qimmatbaxo qogozlar birjasi, valyuta birjasi
D. fond birjasi, valyuta birjasi
0

Kuzatuv nima?


A. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e'tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
B. Qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlardir.
C. iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanasiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
D. iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
0

Sud sanasiyasi nima?


A. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanasiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
B. iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
C. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e'tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
D. Qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlardir.
0

Tashqi boshqaruv nima?


A. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
B. Qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlardir.
C. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e'tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
D. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanasiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
0

O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan?


A. 1990 yil 31 oktyabrda
B. 1991 yil 19 noyabrda
C. 1992 yil 8 dekabrda
D. 1992 yil 10 dekabrda
0

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilindi?


A. 1991 yil 19 noyabrda
B. 1990 yil 31 oktyabrda
C. 1992 yil 10 dekabrda
D. 1995 yil 12 aprelda
0

Kimlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sub'ektlari bo‘lib hisoblanadi?


A. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslari.
B. Faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
C. Ijaraga oluvchilar
D. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
E. 0

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi nechta bosqichda amalga oshirilgan?


A. 5 ta bosqichda
B. 1 ta bosqichda
C. 2 ta bosqichda
D. 4 ta bosqichda
0

Xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday ob'ektlar xususiylashtirildi?


A. umumiy uy-joy fondi, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash tizimlari.
B. ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalarning aksiyalarini muomalaga chiqarish
C. ko‘chmas mulk hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, sanoat, qurilish va transport sohasidagi hamda agrosanoat kompleksi
D. yirik industriya gigantlari
0

Davlat mulki ob'ektlarini tanlov asosida sotishda qanday tanlov shartlari belgilandi?


A. Ijtimoiy va investision shartlar
B. Ijtimoiy va iqtisodiy shartlar
C. Ma'naviy va ma'rifiy shartlar
D. mukammal va loyihaviy shartlar
0

Mulkni nasionalizasiya qilish deganda nimani tushunasiz?


A. fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli mol-mulkka nisbatan bo‘lgan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazish.
B. Davlat ixtiyoridagi mulkni sotish
C. Fuqarolar o‘z mulkini auksionlarga qo‘yishi
D. Davlat tomonidan fuqarolar mulkini musodara qilishi
0

Natsionalizasiyaning o‘tkazish turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A. Erkin va majburiy
B. Ixtiyoriy
C. Majburiy
D. Qonunga ko‘ra
0

Mulk huquqi nima?


A. Shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
B. Xo‘jalik boshqaruvi natijasida mulkka egalikni qo‘lga kiritish.
C. O‘z shaxsiy manfaatlari uchun narsalar tayyorlash
D. Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi natijasida huquqiy vorislik
0

Mulk huquqini qo‘lga kiritishning umumiy asoslari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. O‘z shaxsiy manfaatlari uchun narsalar tayyorlash, xo‘jalik boshqaruvi natijasida mulkka egalikni qo‘lga kiritish, egasiz mulk va topilmalar orqali mulkka egalikni qo‘lga kiritish, oldi-sotdi shartnomasi, mahsulot yetkazib berish shartnomasi, hadya shartnomasi va boshqa shartnomalar asosida mulkka egalik qilish huquqining qo‘lga kiritilishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi natijasida huquqiy vorislik asosida
B. O‘z shaxsiy manfaatlari uchun narsalar tayyorlash, xo‘jalik boshqaruvi natijasida mulkka egalikni qo‘lga kiritish,
C. hadya shartnomasi va boshqa shartnomalar asosida
D. yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi natijasida huquqiy vorislik asosida.
0

Servitut nima?


A. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi
B. Xususiylashtirib olish
C. Sotib olish va ijaraga berish
D. yerni ijaraga berish.
0

Ulushli mol-mulk nima?


A. Mulk huquqi egalari har birining, ularga tegishli bo‘lgan umumiy mol-mulkdagi ulushlari (hissalari) aniq belgilab qo‘yiladigan mulk.
B. ommaviy mulk
C. Musodara qilingan mulk
D. xammaga taqsimlanib bo‘lingan mulk
0

Mulklar yuridik asosiga ko‘ra turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A. Ko‘char va ko‘chmas, aylanmaga qodir, aylanma qobiliyati cheklangan va aylanmadan chiqarilgan mulklar.
B. Aylanmaga qodir bo‘lgan mulklar
C. xususiylashtirilgan mulklar
D. ko‘char va ko‘chmas mulklar
0

Iqtisodiy belgilariga ko‘ra mulklar turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. Asosiy va aylanma vositalar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan mulklar, moddiy va nomoddiy aktivlar, turli maqsaddagi jamg‘armalar.
B. Asosiy va aylanma vositalar
C. moddiy va nomoddiy aktivlar
D. turli maqsaddagi jamg‘armalar.
0

Mulkiy huquq ob'ektlari nimalardan iborat?


A. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
B. Yer osti va yer usti boyliklari
C. Ishchanlik qobiliyati
D. Madaniyat buyumlari
0

Munisipal mulk nimalardan tashkil topadi?


A. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, kommunal xo‘jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, munisipal uy-joy fondi, madaniyat muassasalari, xalq ta'limi muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqa mol-mulklardan.
B. Davlat va maxalliy byudjet mablag‘laridan
C. Umumiy uy joy fondi yerlaridan
D. Fuqarolarning intelektual qobiliyatidan
0

Tadbirkorlikka jalb etilgan mol-mulk deganda nimalar tushuniladi?


A. Olingan qarz, kredit mablag‘lari, ijaraga olingan binolar, transport vositalari va shunga o‘xshash boshqa narsalarni tushunish mumkin.
B. Oldi –sotdi qilinishi mumkin bo‘lgan narsalar
C. Intelektual boylik
D. Investisiya
0

Xususiy mulk nima?


A. Ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk, bozor iqtisodiyotidagi xilma xil mulklar orasida yetakchi mulk shakli.
B. Jamoaga tegishli mulk
C. Bitta shaxsga tegishli mulk
D. Davlatga tegishli mulk
0

Rekvizisiya nima?


A. Mulkni haq to‘lab majburiy ravishda davlat egaligiga to‘la yoki vaqtincha foydalanish uchun olish.
B. Ijaraga berish
C. Auksionda sotish
D. Musodara qilish
0

Biznes shartnomalarining o‘ziga xos xususiyalari to‘liq ko‘rsatilgan javobni toping?


A. shartnoma faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida - ya'ni foyda olish maqsadida tuziladi, shartnoma yuridik shaxslar va yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o‘rtasida tuziladi, shartnoma tovarlar berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tuziladi, shartnoma faqat yozma tarzda tuziladi.
B. ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tuziladi
C. Fuqarolar bilan fuqarolar o‘rtasida tuziladi
D. Faqat yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladi
0

Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?


A. O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati.
B. Chet el yuridik shaxslarini O‘zbekistonda faoliyat yuritishi
C. Fuqarolarning chet elga safarga chiqishlari
D. Xalqaro munosabatlar
0

Import nima?


A. Bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu yerda doimiy qolishi. Eksport – tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqilishi.
B. Bojxona xududidan olib chiqilishi
C. Tovarlarni chet elga sotish
D. Katta transportda yuk tashish
0

Konsessiya nima?


A. Chet ellik investorga xo‘jalik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, davlat chet ellik investorga konsessiya shartnomasi asosida mol-mulk, yer va yer osti uchastkalarini topshirishi.
B. Topshiriladigan xujjat
C. Maxsus ruxsatnoma
D. Ma'lumotnoma
0

A. Barter shartnomasi qanday shartnoma?


B. Kelishib olingan miqdordagi bir tovarni boshqa bir tovarga o‘zaro hisob-kitoblarni valyutada amalga oshirmasdan almashtirishni nazarda tutuvchi shartnoma.
C. Ijaraga berishni nazarda tutuvchi shartnoma
D. Tassarruf etish huquqini beruvchi shartnoma
E. Xalqaro shartnoma
0

INCOTERMS nima?


A. Xalqaro savdo palatasi tomonidan tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari bilan bog‘liq tadbirkorlik amaliyotlarni o‘z ichiga olgan savdo atamalarining birinchi uchta xarflarining qisqartmasini ifodalovchi qoidalar. Inkoterms qoidalari asosan tovarni sotuvchidan sotib oluvchiga yetkazib berishdagi majburiyat, baho va tavakkalchilik shartlarini belgilab beradi.
B. Xalqaro munosabatlar
C. Shartnomalarni tuzish bo‘yicha taklif
D. Shartnomani bekor qilish
0

“Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari Ro‘yxati”ga asosan qanday mahsulotlar majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim?


A. Kofe, choy, shakar, tuz, alkogol' ichimliklar, farmasevtika mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlari kabi mahsulotlar
B. Non va non maxsulotlari
C. Spirtli ichimliklar
D. Dori vositalari
0

Qimmatli qog‘ozlar nima?


A. Hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
B. Ekvivalentga ega qog‘oz
C. Huquq beradigan qog‘oz
D. Tashqi iqtisodiy aloqalarda foydalaniladigan qog‘oz
0

Qimmatli qog‘ozlarning qanday turlari mavjud?


A. Aksiyalar, obligasiyalar, g‘azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog‘ozlar hosilalari,veksellar.
B. Aksiya va veksellar
C. Valyuta va cheklar
D. Pullar va hisob raqamlar
0

Aksiya nima?


A. O‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
B. veksel' beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel' egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
C. bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
D. aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar.
0

Veksel nima?


A. Veksel' beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel' egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
B. aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qog‘oz.
C. O‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
D. ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar.
0

Depozit sertifikati nima?


A. Bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
B. ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar.
C. aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qog‘oz.
D. Ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar.
0

Obligasiya nima?


A. Obligatsiyani saqlovchining obligasiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligasiyani chiqargan shaxsdan obligasiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligasiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz
B. emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zRning Davlat byudjetiga pul mablag‘lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat'iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar.
C. aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qog‘oz.
D. ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar.
0

Soliqlar nima?


A. Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari.
B. Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki lisenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji;
C. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i.
D. Mol-mulk solig‘i.
0

Majburiy to‘lovlar nima?


A. Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki lisenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji;
B. Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari.
C. Byudjetga tushadigan har qanday pul summasi
D. Fuqarolardan va chet el fuqarolaridan yig‘iladigan pul summasi.
0

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq Kodeksi qachon qabul qilindi?


A. 2019 yil 30 dekabrda qabul qilindi.
B. 2003 yil 23 apreldaqabul qilindi
C. 2020 yil 20 dekabrda qabul qilindi
D. 2021 yil 30 martda qabul qilindi
0

O‘zbekiston Respublikasi hududida qanday soliqlar turlari amal qiladi


A. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ijtimoiy soliq.
B. Faqat ijtimoiy to‘lovlar va soliqlar
C. Yer solig‘i, suv solig‘i
D. Daromad va foyda solig‘i.
0

Kimlar foyda solig‘i to‘lovchilari deb e'tirof etiladi?


A. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari.
B. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar
C. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar,
D. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
0

Soliqning qanday funksiyalari bor?


A. Fiskal, tartibga solish va qayta taqsimlash.
B. Uzaytirish va tartibga solish
C. G‘aznani boyitish va investisiya kiritish
D. Faqat qayta taqsimlash.
0

Soliq organlari qanday soliq tekshiruvlarini o‘tkazadi?


A. kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi.
B. Fiskal tekshiruv sayyor tekshiruv.
C. Soliq auditi va kameral tekshiruv
D. NKM ishlashini tekshirish.
0

Sayyor soliq tekshiruvi qancha muddatda o‘tkaziladi?


A. 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
B. 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda
C. 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda
D. Muddat belgilanmagan.
0

Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?


A. 2019 yil 25 dekabr
B. 2012 yil 25 dekabr
C. 2013 yil 20 may
D. 2020 yil 21 may
0

Investor kim?


A. Foyda olish maqsadida investisiya faoliyati ob'ektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investisiya resurslarini investisiya qilishni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati sub'ekti.
B. Chet ellik fuqarolar
C. Qarz bergan har qanday yuridik va jismoniy shaxs
D. Maxalliy korxonalar
0

Mahalliy investor kim?


A. Investisiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari.
B. Qarz bergan har qanday yuridik va jismoniy shaxs.
C. Foyda olish maqsadida investisiya faoliyati ob'ektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investisiya resurslarini investisiya qilishni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati sub'ekti.
D. Chet ellik fuqarolar
0

Investisiya turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. Reinvestisiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalari, chet el investisiyalari.
B. Markazlashgan, chet el va xorijiy
C. To‘g‘ridan to‘g‘ri va xususiy
D. Reinvestisiyalar
0

Investisiyalar mo‘ljallangan ob'ektiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?


A. Kapital, moliyaviy va ijtimoiy.
B. Xususiy va xorijiy
C. Chet el va maxalliy
D. Turlarga bo‘linmaydi
0

Investisiyalarni va investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A. O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi
B. Tashqi ishlar vazirligi
C. Moliya vazirligi
D. Savdo sanoat palatasi
0

Fond birjasi nima?


A. Qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
B. Moliya bozori
C. Qurilish va oziq ovqat maxsulotlari sotiladigan joy
D. Bunday birja yo‘q
0

Qanday xalqaro moliya tashkilotlarini bilasiz?


A. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, jaxon banki guruhi, ko‘p tarmoqli taraqqiyot banklari.
B. Birlashgan Millatlar tashkiloti
C. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
D. Jaxon fond birjasi
0

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun qachon kuchga kirgan?


A. 2012 yilning 7 yanvar
B. 2011yil 22 yanvar
C. 2004 yil 3 aprel
D. 2009 yil 12 aprel
0

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qachon tuzildi?


A. 2019 yil 24 yanvar
B. 2020 yil 15 yanvar
C. 2019 yil 23 yanvar
D. 2003 yil 15 avgust
0

Tabiiy monopoliya nima?


A. Bu tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
B. Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish.
C. tovar-homashyo birjalarini lisenziyalash
D. Monopoliyaniing eng yuqori cho‘qqisi
0

Qaysi sohalarda davlat tabiiy monopoliya sub'ektlarining faoliyatini tartibga solib turadi?


A. Neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish, temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanish hisobga olingan holda temir yo‘llarda tashish, umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari, suv quvurlari va kanalizasiya xizmati, aeronavigasiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari.
B. Ta'lim fan sog‘liqni saqlash sohalarida
C. Ishlab chiqarish va sanoat soahasida
D. Qurilish va savdo sotiq sohasida.
0

Moliya bozori nima?


A. Banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib hisoblanadi.
B. Bank sohasida amalga oshiriladigan xarakatlarni mujassamlashtiradigan joy
C. Pul va qimmatli qog‘ozlar bozori
D. Banklar Assosiasiyasi
0

Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organni ko‘rsating?


A. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari.
B. Tovar moliya bozorlari
C. Moliya vazirligi
D. Vazirlar Mahkamasi
0

Yurist kim?


A. Yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan, yuridik bilimli, qonunchilikni biluvchi, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan shaxs.
B. Oliy ma'lumotli xuquqni biluvchi shaxs
C. Qonunlarni yaratuvchi inson
D. Qonunlarni himoya qiluvchi inson
0

Yuriskonsul't kim va u nima ish bilan shug‘ullanadi?


A. Yuridik mutaxassisliklardan biri bo‘lib, u davlat organlari, xo‘jalik boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar)da huquqiy ishlarni amalga oshiruvchi yuridik xizmat xodimi hisoblanadi.
B. Yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan, yuridik bilimli, qonunchilikni biluvchi, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan shaxs.
C. Oliy ma'lumotli xuquqni biluvchi shaxs
D. Qonunlarni yaratuvchi inson
0

Yuridik xizmat nima?


A. Davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta'minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me'yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
B. Yuridik mutaxassisliklardan biri bo‘lib, u davlat organlari, xo‘jalik boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar)da huquqiy ishlarni amalga oshiruvchi yuridik xizmat xodimi hisoblanadi.
C. Yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan, lisenziyaga ega, qonunchilikni biluvchi, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan tashkilot.
D. Bunday xizmat turi mavjud emas
0

Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qachon qabul qilingan?


A. 2017 yil 19 yanvar
B. 2017 yil 20 yanvar
C. 2018 yil 20 aprel
D. 2021 yil 25 mart
0

Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qachon qabul qilindi?


A. 2020 yil 17 sentyabr
B. 2020 yil 17 oktyabr
C. 2019 yil 23 mart
D. 2017 yil 22 iyun
0

Yuridik xizmat qanday shakllarda tashkil etiladi?


A. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsul't, yetakchi yuriskonsul't, katta yuriskonsul't yoki yuriskonsul'tdan iborat bo‘lishi mumkin.
B. Yuridik xizmat bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi va ular xoxlagancha tashkil etiladi.
C. Bitta yurist lavozimidan iborat bo‘ladi.
D. Bunday lavozim yoki shtatlar tashkil etish mumkin emas.
0

Yuridik xizmat korxona tashkilotlarga qanday masalalarda ko‘maklashadi?


A. Qonunchilikka rioya etishda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari ko‘maklashadi.
B. Sud-huquq tizimini isloh qilishda qatnashadi
C. Korxonani ximoya qiladi
D. Korxonaga moddiy yordam beradi.
0

Korxonada yuridik xizmat funksiyalari nimalardan iborat?


A. Tashkiliy, nazorat, huquqiy tarbiya, axborot-ma'lumotnoma.
B. Axloqiy ma'naviy tarbiya
C. Tashkiliy huquqiy tarbiya
D. Xech qanday funksiyalarni bajarmaydi.
0

Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish shakllari qaysilar?


A. Idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish.
B. Statistika va hisobot orqali
C. Moliyaviy nazorat
D. Bunday nazorat shakllari mavjud emas
0

Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish ko‘pi bilan necha yilda bir marta amalga oshiriladi?


A. Ko’pi bilan 2 yilda
B. Ko’pi bilan 4 yilda
C. Har yilda
D. Umuman tekshirilmaydi
0

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar qancha muddatda o‘tkaziladi?


A. 4 yilda bir marta
B. 3 yilda
C. 1 yilda bir marta
D. Umuman o‘tkazilmaydi.
0

Xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar qancha muddatda o‘tkaziladi?


A. 5 yilda bir marta
B. 3 yilda bir marta
C. 1 yilda bir marta
D. Umuman o‘tkazilmaydi
0

“Moratoriy” atamasi nimani anglatadi?


A. Qonunchilikning qaysidir normasining, qabul qilingan qarorning yoki majburiyatning ijro etilishini kechiktirish.
B. Qonunning kech xabardor qilinishi
C. Javobgarlikdan ozod qilish.
D. Muddatidan oldin ijro etish.
0

Raqobat nima?


A. Bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori darajaga yetkazish maqsadida bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidir.
B. Mukammallikka intilish
C. Bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish va unga intilishning g‘ayriodatiy ko‘rinishi
D. Ishlab chiqaruvchilarning kurashi.
0

Raqobat turlari


A. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat, resurs egalari o‘rtasidagi raqobat, iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat
B. Bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori darajaga yetkazish maqsadida bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidir.
C. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat
D. Iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat
0

O’z miqiyosiga ko‘ra raqobat turlari?


A. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat.
B. Iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat
C. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat
D. Iqtisodiy va ma'naviy
0

Bir tarmoq ichidagi raqobatning nechta turi bor?


A. Erkin, monopolistik raqobat va monopoliya
B. Erkin va mukammal raqobat
C. Oligopoliya va monopoliya
D. Raqobat va monopoliya
0

Raqobatning nechta vazifasi bor?


A. 6 ta
B. 2 ta
C. 4 ta
D. 8 ta
0

Bozor turlari to’g’ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. Monopoliya, oligopoliya va mukammal raqobat rivojlangan bozor
B. Monopoliya va logistik
C. Monopsoniya va mukammallik
D. Erkin va mukammal bozor
0

Kimlar monopolist (ustun mavqega ega) deb tan olinadi?


A. Bozordagi ulushi 50 % dan yuqori, 35 dan 50% gacha ulushni bir yil mobaynida barqaror ushlab turishi.
B. Bozorda 25 % gacha ulushni saqlab qolsa
C. Bozorda 100% mavqeini ushlab qolsa
D. Bozorda mukammal raqobat ta'minlangan bo‘lsa
0

Raqobat to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan?


A. 2012 yil 6 yanvar qabul qilingan
B. 2015 yil 2 fevralda qabul qilingan
C. 2018 yil 5 noyabrda qabul qilingan
D. 2019 yil 4 dekabrda qabul qilingan.
0

Xo‘jalik nizolari nima?


A. Xo‘jalik nizolari deganda, har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar-xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining buzilishi natijasida ular o‘rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tushuniladi.
B. Xo‘jalik nizolari deganda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o‘rtasidagi nizolar tushuniladi.
C. Yuridik shaxslar va davlat organlari o‘rtasidagi nizolar
D. Nizolar iste'molchilar va fuqarolarning manfaati buzilganda kelib chiqadi.
0

Iqtisodiy prosessual kodeksi qachon qabul qilingan?


A. 2018 yil 24 yanvar.
B. 2019 yil 12 yanvar
C. 2020 yil 1 aprel
D. 2003 yil 30 mart
0

Qanday ishlar iqtisodiy sudga taalluqli?


A. bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar, hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar, korporativ nizolar, chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish bo‘yicha ishlar.
B. Korporativ nizolar va shaxsiy nizolar
C. Korxonalar o‘rtasidagi nizolar
D. Bankrotlik ishlari.
0

Javobgarlik nima?


A. Qonun yoki shartnomaga asosan bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda vujudga keladigan huquqiy oqibat.
B. Jazodan ozod bo‘lish maqsadida belgilangan kelishuv
C. Qonun asosida javob berish
D. Jarima to‘lash
0

Javobgarlikning chegarasiga ko‘ra turlari?


A. Solidar javobgarlik, subsidiar, mutlaq va cheklangan
B. Cheklangan va mutlaq
C. Solidar javobgarlik
D. Javobgarlik belgilanmagan.
0

Neustoyka nima?


A. Bu qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi
B. Bajarishi kerak bo‘lgan majburiyat
C. Sud tomonidan belgilangan jazo
D. Jazoni ijro etish.
0

Zarar nimalardan tashkil topadi?


A. zarar ko‘rgan shaxsning huquqbuzarlik oqibatini bartaraf etish uchun amalga oshirgan yoki amalga oshirishi lozim bo‘lgan sarf-xarajatlar, zarar tarkibiga jabrlangan shaxsning yo‘qotilgan yoki shikastlangan mol-mulki bahosidan, jabrlangan taraf huquqbuzarlik holati yuz bermaganda olishi mumkin bo‘lgan olinmagan daromadlardan tashkil topadi.
B. Faqat boy berilgan foydadan tashkil topadi
C. Zararni qoplash uchun qilingan sarf xarajatlardan
D. Shikastlangan mol-mulkdan
0

Biznes faoliyatida moliyaviy javobgarlik nimalardan iborat?


A. Penya va jarima
B. Faqat jarimadan
C. Penyani o‘zi belgilanadi
D. Moliyaviy javobgarlikda xech narsa undirilmaydi
0

Penya nima?


A. Majburiyat bajarilishi kechiktirilishining har bir kuni uchun foiz hisobida undiriladigan moliyaviy javobgarlik.
B. majburiyat bajarilmaganligi uchun qat'iy belgilangan miqdorda undiriladigan moliyaviy javobgarlik
C. Jarima
D. Qarz
0

Jarima nima?


A. Majburiyat bajarilmaganligi uchun qat'iy belgilangan miqdorda undiriladigan moliyaviy javobgarlik.
B. Majburiyat bajarilishi kechiktirilishining har bir kuni uchun foiz hisobida undiriladigan moliyaviy javobgarlik.
C. Sud belgilaydigan jazo
D. Bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyat
0

Vertikal munosabatlardagi javobgarlik kimlar o‘rtasida kelib chiqadi?


A. Tadbirkor bilan uni yuqori turuvchi organi yoki davlat organlari o‘rtasida
B. Tadbirkor bilan tadbirkor o‘rtasida
C. Biznes sub'ektlari o‘rtasidagi shartnomalardan
D. Normativ xujjatlardan
0

Gorizontal munosabatlarda javobgarlik kimlar o‘rtasida kelib chiqadi?


A. Tadbirkor bilan tadbirkor o‘rtasida
B. Davlat organi bilan tadbirkor o‘rtasida
C. Qonunlardan
D. Majburiyatlardan
0

Shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik qaysi qonunda belgilangan?


A. «Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunda
B. Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda
C. Jinoyat Kodeksida
D. Bunday qonun yo‘q
0

Biznes faoliyatida ma'muriy javobgarlik asoslari qaysi qonun bilan belgilanadi?


A. Ma'muriy javobgarlik Kodeksida
B. Jinoyat Kodeksida
C. Fuqarolik Kodeksida
D. Mehnat Kodeksida
0

Biznes faoliyatida jinoiy javobgarlik asoslari qaysi qonunda belgilangan?


A. Jinoyat Kodeksida
B. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda
C. Fuqarolik Kodeksida
D. Oila Kodeksida
0

Javobgarlikning asosiga ko’ra javobgarlik turlari necha turga bo‘linadi?


A. Qonundan kelib chiqadigan va shartnomalardan kelib chiqadigan javobgarlik
B. Kodekslardan kelib chiqadigan javobgarlik
C. Shartnomalardan kelib chiqadigan
D. O’zaro kelishuvlardan kelib chiqadigan javobgarlik
0

Amir Temurning tadbirkorga bergan ta'rifini belgilang?


A. ishbilarmon, mard, shijoat sohibi, azmi qat'iy, hushyor bir kishi
B. foyda olish maqsadida tavakkalchilik qilgan shaxs
C. o‘z manfaatini ko‘zlab kema surgan odam
D. yer, kapital, mehnatning yaxlitligini keltirib chiqargan odam
0

Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey tadbirkorlik faoliyati haqida qanday fikr bildirgan?


A. yer, kapital, mehnatning yaxlitligi
B. foyda olish maqsadida tavakkalchilik qilgan shaxs
C. o‘z manfaatini ko‘zlab kema surgan odam
D. ishbilarmon, mard, shijoat sohibi, azmi qat'iy, hushyor bir kishi
0
Bozor munosabati nima?
A. tovarlar bilan pullarning xarakatini ta'minlovchi ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi munosabat tizimi
B. tovar birlashtiradgan har qanday mexanizm
C. uy xo‘jaligini boshqarishdagi jarayon
D. huquqiy sub'ektlar o‘rtasidagi munosabat
0

Tadbirkor va tadbirkorlik tushunchasini kim birinchi bo‘lib qo‘llagan?


A. XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan
B. Er avvalgi V-III asrlarda yashashagan qadimgi yunon olimi Aflotun
C. Markaziy Osiyo o‘rta asrlarida yashagan mutafakkir Abu Nasr Farobiy
D. XIX asrda yashagan iqtisodchi, dindor Mal'tus
0

Tadbirkor kim?


A. tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir
B. faqatgina diniy manbalar asosida ish yurituvchi
C. nazariy manbalarni o‘quvchiga o‘rgatuvchi
D. faqatgina insonni ruxiy xolati va moddiy boyligi to‘g‘risida o‘ylaydigan shaxs.
0

Biznesmen so‘zi qachon paydo bo‘lgan va qanday ma'noni anglatadi?


A. Birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “mulk egasi degan ma'noni anglatadi.
B. Birinchi marotaba XVIII asrda paydo bo‘lga lingvistika ta'limotida paydo bo‘lib, “yangi til boyligi” degan ma'noni bildiradi
C. Birinchi marotaba XVIII asrda paydo bo‘lib, u “ma'naviy mulk egasi” degan ma'noni bildiradi.
D. Birinchi marotaba XIX asrda paydo bo‘lib, u “ma'rifatparvar” degan ma'noni bildiradi.
0

Biznes huquqi fani nimani o‘rganadi?


A. tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni davlatning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va tadbirkorlik faoliyatidagi ish muomala odatlari asosida tartibga solinishini
B. Dialektik qonun va kategoriyalarni inson tafakkuri angagan va ongida aks etgan qismini
C. insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni, madaniy taraqqiyot qonunlarini, iqtisodiy qonunlarni, siyosiy qonunlarni xuquqiy normalar asosida tartibga keltirishni o‘rganadi
D. Axloq normalarini tartibga solib, uni boshqaradi
0

Biznes huquqi bu -...?


A. tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va u bilan bog‘liq munosabatlarda davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisi
B. bozorni tashkil etish, uni qurish, yuritish, taqsimlash va tarkiblash va boshqarish
C. tarixiy voqelikka asoslanib taraqqiyot qonunlarini hayotga tadbiq etadigan soha
D. Axloq normalarini tartibga solib, uni boshqaradi
0

Biznes huquqi huquqning qanday sohasi hisoblanadi?


A. xuquqning mustaqil sohasi, qonunchilik tarmog‘i, fan sohasi, o‘quv predmeti
B. Axloq normalarini tartibga solib, uni boshqaradi
C. tarixiy voqelikka asoslanib taraqqiyot qonunlarini hayotga tadbiq etadigan soha
D. kelajakni oldindan prognoz qiluvchi qoidalarga va qonunlarga asoslangan soha
0

Pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor – bu kim?


A. Qarzdor
B. Ishbilarmon
C. Kreditor
D. Firibgar
0

Xo’jalik yurituvchi sub'ektning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan e'lon berishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi – bu nima deb ataladi?


A. Soxta bankrotlik
B. To’liq bankrotlik
C. Xujjatlarni soxtalashtirish
D. Tovlamachilik
0

Qadimgi ital'yanchadan olingan, “singan kursi” ma'nosini anglatuvchi tushuncha ayni paytda qaysi atamaga to’g‘ri keladi?


A. Bankrot
B. Byurokrat
C. Biznesmen
D. Sanasiya
0

Mamlakatimizda bankrotlikni tartibga soluvchi asosiy normativ huquqiy hujjat qaysi javobda ko‘rsatilgan?


A. Bankrotlik to‘g‘risidagi Qonun
B. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi
C. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi
D. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlari
0

Qaysi holatda yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritishning butun davrida mol mulk solig’i, yer solig’i, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya va jarimalar hisoblash to‘xtatib turiladi?


A. Yuridik shaxs iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan taqdirda
B. B Yuridik shaxs iqtisodiy sud tomonidan soxta bankrot deb topilgan taqdirda
C. Yuridik shaxs soliq idorasiga yozma ariza kiritgan taqdirda
D. Yuridik shaxs muassisi sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan taqdirda
0

Bankrotlikka bag’ishlangan moddalar quyidagi kodekslarning qaysi birida mavjud?


A. Soliq kodeksida
B. Yer kodeksida
C. Havo kodeksida
D. Oila Kodeksida
0

Oferta – bu nima?


A. Taklif
B. Talab
C. So’rov
D. Ijro
0

Oferent – bu kim?


A. Taklifni kiritgan shaxs
B. Taklifni rad etgan shaxs
C. Taklifdan norozi shaxs
D. Taklifga rozi bo’lgan shaxs
0

Akseptant – bu kim?


A. Taklifni qabul qilgan shaxs
B. Taklifni rad qilgan shaxs
C. Taklifdan norozi shaxs
D. Taklif kiritgan shaxs
0

Yunon tilidan olingan “tanho sotaman” degan tushunchani anglatuvchi termin?


A. Monopoliya
B. Market
C. C Metropoliya
D. D menejer
0

“Raqobat” arabcha so‘z bo‘lib, qanday ma'noni anglatadi?


A. Nazorat, kuzatish
B. Iste'mol, uzatish
C. Bellashish, yo‘qotish
D. Qulatish, kamsitish
0

Iste'molchida tanlash imkoniyati qachon mavjud bo‘lmaydi?


A. Bozorda raqobat mavjud bo’lmasa
B. Bozorda adolat mavjud bo’lmasa
C. Bozorda hamiyat mavjud bo’lmasa
D. D Bozorda barqarorlik mavjud bo’lmasa
0

Iqtisodiy munosabatlarning sog’lom hamda barqaror bo‘lishini ta'minlab beruvchi omillardan biri bu – ...?


A. Raqobatdir
B. Ziddiyatdir
C. Ixtilofdir
D. Zaruratdir
0

Davlat nazorati kim tomonidan amalga oshiriladi?


A. Davlat organlari tomonidan
B. Nodavlat organlar tomonidan
C. Siyosiy partiyalar tomonidan
D. Xalq tomonidan
0

Tadbirkor faoliyatining gorizontal munosabatlari nima?


A. Teng huquqli sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar
B. Tadbirkorlik sub'ektlari o’rtasidagi oldi-sotdi munosabatlar
C. Tadbirkorlik sub'ektlarining ichki tuzilmalari o’rtasidagi munosabatlari
D. Tadbirkorlik sub'ektlari o’rtasidagi qarzdorlik munosabatlar
0

Tadbirkor faoliyatining vertikal munosabatlari nima?


A. Tadbirkorlik sub'ektlarining yuqori turuvchi organlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabati
B. Tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar
C. pul mablag‘i yo‘q odamlarning faoliyatlari
D. iqtisodiy xo‘jalik yuritgan odam faoliyatidagi munosabatlar
0

Biznes huquqining asosiy tamoyillari keltirilgan qatorni belgilang


A. erkinlik faoliyati, iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, narxlarni erkinlashtirish, raqobat, qonuniylik, davlatni ta'sir etishi
B. erkinlik faoliyati, ekstropolyativ, kommunikativ, narxlarni erkinlashtirish, raqobat
C. erkinlik faoliyati, iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, namoyishni tartibga solish, raqobat
D. erkinlik faoliyati, reklama bilan shug‘ullanish, yer ajratish, iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, narxlarni erkinlashtirish, raqobat
0

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyat olib borishiga xizmat qiluvchi va ular huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi, “Ijara to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar
B. Oila kodeksi, “Tabiatni asrash to‘g‘risida”gi qonun, “Er qazilma boyliklarni asrash to‘g‘risida”gi qonun, fuqarolik kodeksi, soliq kodeksi va boshqalar
C. “Ekologiyani asrash to‘g‘risida”gi qonun, soliq kodeksi, “fuqarolarni pasport rejimi to‘g‘risida”gi qonuni, yer kodeksi, “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari o‘g‘risida”, “fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” va boshqalar
D. fuqarolik kodeksi, soliq kodeksi, “fuqarolarni chet mamlakatlarga chiqishi va kirishi to‘g‘risida”gi qonuni, yer kodeksi, “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari o‘g‘risida”, “rassomchilik faoliyati to‘g‘risida” va boshqalar.
0
Biznes huquqi munosabatlari necha guruhga bo‘linadi?
A. tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tadbirkorlik sub'ektlarining boshqa sub'ektlar bilan bog‘liq va uni boshqarish munosabatlariga, tadbirkorlik sub'ektining ichki munosabatlari
B. Bozorni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
C. korxonani tuzish, tashkil etish va tugatish
D. raqobatbarbosh iqtisodiyotni shakllantirish va bozor infratuzilmasini tashkil etish.
0

Tabiiy monopoliyalarni tartibga solishning qaysi usullari davlat tomonidan qo‘llaniladi?


A. narx navo nazorati
B. lisenziya berish yo‘li bilan
C. ruxsat berish tartib-taomillari
D. Ma'muriy
0

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga quyidagi xarakatlardan qaysilari taqiqlanadi?


A. Ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi;
B. xo‘jalik yurituvchi sub'ektga shartnomalarni ustuvorlik bilan tuzish, tovarlarni muayyan xaridor doirasiga ustuvor ravishda sotish, moliyaviy manbalardan foydalanish yo‘nalishlarini tanlash va moliyaviy manbalardan foydalanish afzalliklari to‘g‘risida tavsiyalar berish, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno;
C. Faoliyatning har qanday sohasida yangi xo‘jalik sub'ektlarni yaratish;
D. barcha javoblar to‘g‘ri
0

Davlat idoralariga epidemiya va tabiiy ofatlar sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy faoliyatiga aralashishga ruxsat berilganmi?


A. ha
B. yo‘q
C. faqat monopoliyaga qarshi kurashish organining ruxsati bilan
D. Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘lsa
0

Davlat idoralari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunbuzarliklarni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifasiga bo‘lib hisoblanadimi?


A. ha, raqobatni cheklovchi har qanday harakatlar Monopoliyaga qarshi kurashish organining vakolatiga kiradi
B. yo‘q, Monopoliyaga qarshi organi faqat xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan sodir eitladigan noqonuniy hatti–harakat bo‘lganda unga javob beradi
C. ha, agar ular davlat korxonalari bo‘lsa
D. b va s javoblar to‘g‘ri
0

Davlat organlari bozorda raqobatni cheklay oladimi?


1. ha, mumkin
2. yo‘q, chunki davlat iqtisodiyotni nazoratchisi(boshqaruvchisi) hisoblanadi
3. yo‘q, davlat idoralari xo‘jalik yurituvchi sub'ekt emas
4. ha, lekin juda kamdan-kam hollarda
0
Insofsiz raqobat bu:
A. Iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan xo‘jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhining, qonun hujjatlariga zid bo‘lgan, biznes odatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki ularning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki ziyon yetkazishga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlar;
B. Tovarlar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning, har bir ko‘rsatilgan bozor ishtirokchilarining manfaatlarini qondiradigan va ularning har biri uchun oldindan ma'lum bo‘lgan, raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar.
C. Tovar yoki moliya bozorida alohida iqtisodiy sub'ekt uchun ustunlik yaratadigan yoki xo‘jalik sub'ekt (raqobatchi) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni kamsitadigan, raqobatchilar yoki boshqa shaxslardan kelib chiqadigan noto‘g‘ri, noaniq yoki buzib taqqoslash;
D. Tovarlar yoki moliya bozoridagi raqobat holatiga ta'sir etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan bitimlar va (yoki) boshqa harakatlar;
0

Insofsiz raqobatga tegishli Monopoliyaga qarshi kurashish organining qarorlari va ko‘rsatmalari tadbirkorlik sub'ektlari uchun ?


A. Ijro etilishi majburiydir
B. Tavsiyaviy xarakterga ega
C. Sud tomonidan tasdiqlanishi kerak
D. hamma javoblar to‘g‘ri
0

Tadbirkorlik sub'ektlari kimlardan iborat bo‘lishi mumkin?


A. FKning 24-moddasiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs, tegishli tartibda davlat ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs, ruxsatnoma (lisenziya) olganlar.
B. O‘z. R Konstitusiyasi 53- moddasida belgilab qo‘yilganidek, barcha fuqarolar mulkdor bo‘lishga haqli.
C. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 18 -moddasiga ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkorlar
D. Oila kodeksida ko‘rsatilgan qarindosh -urug‘chilik munosabatlari asosida
0

Biznes huquqining manbalari to’g’ri keltirilgan qatorni belgilang


A. Konstitusiya, Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun, qarorlar, farmon va farmoyishlar
B. Oila kodeksi, “tabiatni asrash to‘g‘risida”gi qonun, “er qazilma boyliklarni asrash to‘g‘risida”gi qonun,
C. “Ekologiyani asrash to‘g‘risida”gi qonun, soliq kodeksi, “fuqarolarni pasport rejimi to‘g‘risida”gi qonuni,
D. “rassomchilik faoliyati to‘g‘risida” qonun
0
Download 36,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish