A samatov, I. B. Rustamova


©сурь мар»" УДК: 338.24:63(075)



Download 0,77 Mb.
bet2/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

©сурь мар»" УДК: 338.24:63(075)

ISBN 978-9943-05-51



D6-3



© Q\A. Samatov, I.B. Rustamova, U.A. Sheripbayeva, 2012 © Cho‘1pon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2012

Darslikda «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining ilmiy-uslubiy asoslari, agrosanoat majmuasining mamlakat iqtisodivo- tining ko'p tarmoqli tizimidagi o'rni, qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatining tashkiliy iqtisodiy asoslari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini bashorat qilish va rejalashtirish, qishloq xo'jaligi infratuzilmasi, yer-suv resurslari, mehnat resurslari, mehnat bozori, qishloq xo'jaligining mod- diy-texnika resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi, qishloq xo‘jaligida shartnomaviy munosabatlami amalga oshirish asoslari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda investitsiyalar va ularning iqtisodiy mohiyati, dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy asoslari, ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi, qishloq xo'jaligi ishlab chiqari- shining samaradorligini oshirish yo'llari, qishloq xo'jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish, ixtisoslashtirish va integratsiya jarayon- larining iqtisodiy mohiyati, qishloq xo'jaligida menejment va boshqa muhim masalalar voritilean

KIRISH

Mamlakatimiz agrar tarmog'ida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi natijasida vujudga kelgan ko‘p ukladli iqtisodiyot, eng awalo, xususiy mulkka asoslanuvchi fermer va dehqon xo'jaliklarining rivojla- nishi hamda iqtisodiy barqaror xo‘jalik yuritish subyektlariga aylanishiga bog‘liq holda rivojlanmoqda. Chunki, bozor iqtisodiyotining asosini ko‘p ukladli iqtisodiyot tashkil etsa, ko‘p ukladlilik, o‘z navbatida, xususiy mulk ustuvorligiga tayanadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida qishloq xo‘jaligi korxo- nalari faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirishning ahamiyati ortib bormoqda.

Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi — moddiy resurslar, mehnat hamda mablag‘ni oqilona, tejamli sarflab, xaridorgir, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga o‘z vaqtida, sifatli holda yetkazib berish natijasida ko‘proq foyda olishdir. Bu maqsadlarga erishishda «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanini chuqur o'rganish zarur. Chunki qishloq xo'jaligi mutaxassislarining iqtisodiy va boshqaruv masalalariga tayyorgarlik darajasiga talab to'xtovsiz ortmoqda.

«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslari, yo'nalishlari va samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o'rganish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo'yicha iqtisodiy mushohada yuritish, uni rivojlantirishga oid muam- molarni qo'yish, hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yo'nalishlarini belgilab berish, ishlab chiqarishni to'g'ri boshqarishni tashkil etish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan agrar soha mutaxassislari va iqtisodchilarini tayyorlashga ko'maklashadi.

Bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilayotgan hozirgi sharoitda turli xo'jalik yuritish shakllarida faoliyat ko'rsatayotgan qishloq xo'jaligi korxonalari o‘z faoliyatlarini intensiv yo‘nalishda tashkil etar ekanlar, ular, albatta, iqtisodiy samaradorlik, samara, tannarx, foyda, inten- sivlashtirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, infratuzilma tu- shunchalarining mazmunini aniq bilishlari lozim va bu tushunchalar ular faoliyatining maqsadi bilan bevosita bog‘liq.

Mazkur darslikda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli ta’sir o'tkazishining, boshqanivchining o'zi boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasida qo‘yilgan maqsadlarga erishishi uchun faoliyatini muvofiqlashtirishini ta’minlash usullari keltirilgan.

Menejment usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya va mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib, yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiiadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko'p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to‘g‘ri shakllanganligi bilan uzviy bog'liqdir.

Fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muhim elementi hisoblanadi. Bu boradagi asosiy vazifalami amalga oshirishda «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» darsligida o‘z ifodasini topgan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va uning o'ziga xos xususiyatlari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida boshqaruv faoliyati va uning usullari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari, qishloq xo jaligida yetish- tirilgan mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish omillari, dehqonchilik va chorva- chihk iqtisodiyoti, uni boshqaruvi masalalari ustuvor ahamiyatga ega bo'lib, darslik zamonaviy qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida faoliyat yuritadigan bilimli mutaxassislami tayyorlashda va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti muam- molarini yechishda dasturiy asos bo'Hb xizmat qiladi.

Agroiqtisodiy fanlarga bo'lgan talab o'zgarib borayotgan bir davrda «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» darsligi islohotlaming hozirgi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishga qaratilgan ishlab chiqarish kuchiari va ishlab chiqarish munosabatlarini ilmiy asoslash, moddiy resurslarni tejashni ta’minlaydigan yangi texnologiyalami joriy etish, tuproq unumdorligini oshirish, o‘sim- liklarning serhosil navlarini yaratish, urug'chilik tizimini takomil- lashtirish, zotli chorva mollarini ko'paytirish, yer-suv munosabatlari va o'simliklarni himoya qilishni takomillashtirishning samaradorligi masalalarini o'zida mujassamlashtirgan.

Darslik bakalavrlar, magistrlar, aspirantlar, o‘qituvchilar va rahbar xodimlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu darslikni tayyorlashda qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlardan — R. Husanov, B.Sahmov, A.Qadiiov, Ch.Murodov, Q.Choriyev, A.Abdug'aniyev, OMJmrzoqov, S.G‘ulo- mov, T.Farmonov, A.Toshboyev tadqiqotlari natijalaridan, mahaliiy va xorijiy adabiyotlardan, makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlardan, qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatining natijalaridan keng foyda- lanilgan.

Mualliflar darslik bo‘yicha taklif, mulohaza va tanqidiy fikrlarni samimiyat bilan qabu! qiladilar.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish