Abduhamid nurmonov



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/119
Sana30.12.2021
Hajmi5,54 Mb.
#196159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Struktur tilshunoslik Ildizlari va yo'nalishlari A Nurmonov-разблокирован

S O ‘Z B O S II I
Har qanday fan taraqqiyoti  muayyan bosqichlardan  iborat bo'lib, 
keyingi bosqich oldingi bosqich bag‘rida unmg vorisi sifatida dunyoga 
keladi.  Oldingi  bosqich  yo‘l  qo ‘ygan  kamchiliklarga  tanqidiy baho 
bergan  holda,  bunday  kam chiliklarni  bartaraf  qilishga  yordam 
beradigan  tadqiqot metodologiyasi va metodlarini qidirishga harakat 
qiladi.
XX  asrning  oxirgi  choragi  va  XXI  asr  boshlaridagi  o ‘zbek 
tilshunosligi  ham  ana  shunday  jarayonni  o ‘z  boshidan  kechira 
boshladi.  Ayyub  G ‘ulom  asos  solgan  o ‘zbek  ilrniy  tilshunosligi 
yutuqlarini  e ’tirof  etgan  va  unga  tayangan  holda,  o ‘zbek  tilining 
ichki struktur belgilarini yoritishga yordam beradigan yangi tadqiqot 
metodlarini  qo ‘llashga  intilish  kuchaydi.  Bunga  shu  davrda  ro ‘y 
bergan sotsiolingvistik jarayon  qulay imkoniyat yaratdi.  Sobiq sovet 
imperiyasining kuchsizlanishi va bu  imperiya tarkibiga zo‘rlik bilan 
birlashtirilgan  respubhkalarda  milliy  o ‘z -o ‘zini  anglash  hissining 
kuchayishi  h ar  b ir  respublikada  davlat  tili  u ch u n   kurashish 
harakatining  boshlanishiga,  ayni  paytda,  tilshunoslik  fanida  ham 
shu  kungacha  amalda  b o ‘lgan  tadqiqot  metodlariga  shubha  bilan 
qarash  kayfiyatining  tug'ilishiga  sababchi  bo ‘ldi.
Xususan,  sho‘rolar davrining  50—60-yiIlarida  dunyo  tillarining 
o ‘zaro  yaqinlashib,  oxir-oqibat  yagona  bir  tilga  aylanishi  haqidagi 
stalincha  til  siyosatining  amalga  oshirilishi,  bunday  siyosatning 
Stalindan  keyin  ham   davom   ettirilishi,  shuning  uchun  SSSR 
tarkibidagi  barcha tillarda  um umiy leksik  fondni  kengaytirib borish 
tillarning  asosiy  taraqqiyot  qonuni  b o ‘lishi  kerakligi  Haqidagi 
qarashlar  hukm  surdi.  0 ‘tish  davrida  milliy  o ‘zlikni  anglagan 
ziyolilar o ‘rtasida  ana  shunday til  siyosatiga katta  e ’tiroz uyg‘ondi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ikkinchi  to m o n d an ,  yuqoridagi  til  falsafasi  tam oyillariga 
sig‘magan  lingvistik  yo'nalishlarning  barchasini  60-yillarga  qadar 
burjua  lingvistikasi  dcb  c ’lon  qilindi  va  dunyo  tilshunosligi  qo ‘lga 
kiritgan  yutuqlari,  yangi-yangi  tckshirish  m ctodlarining  kirib 
kelishiga  yo‘l  qo‘yilmadi.
M ashhur  tilshunos  A.Martinc  1953-yil  yozgan  maqolasida  shu 
davr  tilsh u n o slari  va  tilshunosligi  haqida  fikr  y u ritar  ekan, 
«ko‘pchilik buyuk tilshunoslarning e ’tiqodli va  faol strukturalistlar» 
ekanligini  bayon  qiladi.  M .Koen  esa  tilshunoslikda  strukturalizm 
erasi  boshlanganligini  ta'kidlaydi1.
1953-  yilda  d u n y o   tilsh u n o slig id a   to b o ra   o b ro ‘- e ’tib o r 
qozonayotgan  struktur  tilshunoslikning  sho'rolar  tilshunosligiga 
ta'sir  etishining  oldini  olish  maqsadida  bu  yo‘nalishga  tanqidiy 
baho  beruvchi  qator  maqolalar c’lon  qilindi2.
O.Leshka  tom onidan  struktur  tilshunoslik  burjua  tilshunosligi 
deb  baholandi.  Praga  lingvistik  m aktabining  maydonga  kelishi 
ideallashtirilgan holda,  ishchilar sinfi ustidan burjuaziyaningg‘alaba 
qillsh  davri  bilan  bog‘la.idi  va  u  burju:  dyaning  g‘oyaviy  quroli 
ekanligi ta ’kidlandi.
Uning  fikricha,  «til  haqidagi  yangi  ta ’limot»  marksistik  tilshu- 
noslikning  shakllanishiga  to'sqinlik  qilibgina  qolm asdan,  tilshu- 
noslikdagi  reaksion  burjua  yo‘nalishni  tanqid  qilishga  ham  xalaqit 
berdi3.  Natijada  sho‘rolar  davrida  faqat  marksistik  falsafagina  fan 
metodologiyasiga aylandi.  Bu  metodologiyadan  tashqaridagi barcha 
fan  yo‘nalishlari  burjuaziya  fan  yo'nalishiari  deb  baholandi.
M illiy  respublikalardagi  milliy  tillarni  o ‘rganuvchi  xususiy 
tilshunoslik  uchun  ham  ana  shu  yo'nalish  metodologik  asos  qilib 
olindi.
8 0 -y illard an   boshlab  m illiy  o ‘z - o ‘zini  anglash  hissining 
kuchayishi esa yangi  tadqiqot metodologiyasi va  metodlarining kirib 
kelishiga  im koniyat  tug'dirdi.  Xususan,  o ‘zbek  tilshunosligiga
1  K
osh
  M.  CoFjpeMciiHaa  jim iiuncrnK a  n  M;icaan3M. 
— B5I,  1958,  N°;  c.  574.
2  AxMQHoea 
O.C. 
TaocccMaTHKa  JTyn  EabMcaeBa 
kbk
  nposiBJiciiHC  yniuiKa 
coBpcMeHiioio  6yp  xya3iioro  H3biK03iiaiiHH  -  
Bfl,  1953,  N°  3;  OJIeiuKa.  K 
Bonpocy 

CTpyKTypajiH3MC.  — 
BH,  1953,  N°  5.
3  Leshka  O. 
0 ‘sha asar,  88-bct.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


sistcmaviy  (struktur)  tadqiqot  mctodlari  kirib  kcla  boshladi.  Bu 
esa  sistcmaviy  (struktur)  tilshunoslikka  oid  terminologik  apparat- 
ning  kirib  kelishiga  olib  keldi.  Natijada  o ‘zbek  lingvistik  atamalari 
sistemasi  yangi  atam alar qatlami  bilan  boyidi.
Garchi  hozirgi  o'zbek  tilshunosligida  sistemaviy  tilshunoslikka 
oid  bir  qator  atam alar  faol  qo‘llanayotgan  bo ‘lsa  ham,  lekin  bu 
atamalarning qiymati  turlicha talqin  qilinmoqda.  Sababi  sistemaviy 
tilshunoslikning  turli  tarm oqlari  o'rtasida  bu  atam alar  turlicha 
m a'nolarda qo‘llaniladi.  Shuning uchun  sistemaviy tilshunoslikning 
kelib  chiqishi,  uning  tarmoqlari,  tarm oqlar  o ‘rtasidagi  um umiy  va 
o ‘ziga  xos  to m o n larn i,  har  qaysi  tarm oqqa  xos  term inologik 
apparatni  yoritish  zaruriyati  sczilmoqda.  Shundan  kelib  chiqqan 
holda,  quyida  ana  shu  masalalar  yuzasidan  bahs  yuritiladi.
Asar qoMyozmasining nashrga tayyorlanishida yaqindan yordam 
bergan Andijon  davlat universiteti tilshunoslik kafcdrasining kabinet 
mudiri  Umarov  Adhamjonga  muallif samimiy  minnatdorchlligini 
b ild ira d i  va  k ito b   y u z asid a n   b ild irilg a n   h a r  q a n d ay   fik r- 
mulohazalarni  m amnuniyat  bilan  qabul  qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish