Abdujabbor muhammadiyev


§1.  Axborot  tizimlari,  axborot  texnologiyalari  va



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/417
Sana06.07.2021
Hajmi6,82 Mb.
#110236
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   417
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

§1.  Axborot  tizimlari,  axborot  texnologiyalari  va 
ularni  ta ’minlash  vositalarining  yaratilish  va 
qoMlanish  sohasi
Bu  soha  obyektlari jumlasiga  quyidagilar  kiradi:  axborot  tizim­
lari va  axborot texnologiyalari,  ularni ta’minlash  vositalari.  «Axborot­
lashtirish  to‘g‘risida»gi  Qonunda  «axborot  tizimi»  tushunchasiga 
shunday ta’rif beriladi:  «axborot tizimi — axborotni  to'plash,  saqlash, 
izlash,  unga  ishlov  berish  hamda  undan  foydalanish  imkonini 
beradigan,  tashkiliy jihatdan  tartibga  solingan jami  axborot  resurs­
lari,  axborot  texnologiyalari  va  aloqa  vositalari»  (3-modda).
Axborot  tizimlari jumlasiga  har  xil  turdagi  avtomatlashtirilgan 
axborot  tizimlari  ham  kiradi.  Bu  birinchi  navbatda  Internet, 
shuningdek,  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimlari  (ABT),  av­
tomatlashtirilgan  ma’lumotlarga  ishlov  berish  tizimlari,  avtomatlash­
tirilgan  ilmiy-texnik  axborot  tizimlari  va  sh.k.,  ma’lumot  banklari, 
bilim  bazalari,  ekspert tizimlar,  axborot-hisoblash  tizimlari,  axborot- 
telekommunikatsiya  tizimlari  va  tarmoqlari,  aloqa  va  telekommu- 
nikatsiya  tizimlari  hamda  bu  tizimlar  va  texnologiyalami  ta’minlash 
vositalaridir.
Asosiy  texnik  vositalar -   hisoblash  texnikasi  vositalari,  nusxa 
ko'chirish  va  ko'paytirish  texnikasi,  tashkiliy  texnika,  aloqa  va 
telekommunikatsiya  vositalari  va  boshq.  Dasturiy  vositalar -  oper- 
atsion  tizimlar,  amaliy dasturlar,  telekommunikatsiyalaming  dastur­
iy vositalari,  boshqa  dasturiy vositalar.  Lingvistik vositalar — lug'atlar, 
tezauruslar,  klassifikatorlar va  boshqa  lingvistik vositalar.  Tashkiliy- 
huquqiy vositalar-normativ  huquqiy  va  huquqiy  hujjatlar,  norma- 
tiv-texnik  hujjatlar,  nizomlar,  ustavlar  va  lavozim  yo'riqnomalari. 
Axborot  texnologiyalari  va  ularni  ta’minlash  vositalarining  tasnifi
1-rasmda  keltirilgan.
Bu  soha  subyektlarini  ikki  guruhga  ajratish  mumkin:  axborot 
tizimlari,  axborot texnologiyalari  va  ulami  ta’minlash  vositalarining
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlab  chiqilishini  tashkil  etuvchi  va  amalga  oshiruvchi  subyektlar 
hamda  sanab  o'tilgan  obyektlardan  foydalanuvchi  subyektlar. 
Axborot  tizimlarining  ishlab  chiqilishini  tashkil  etuvchi  va  amalga 
oshiruvchi  subyektlar  sifatida  buyurtmachilar va  ishlab  chiquvchi- 
lar  qatnashadi.  Bular  —  davlat  hokimiyati  organlari,  yuridik  va 
jismoniy  shaxslar -   tashkilot  va  korxonalar  hamda  mutaxassis- 
lardir. Axborot  tizimlari,  axborot  texnologiyalari  va  ularni ta’minlash 
vositalaridan  foydalanuvchi  subyektlar jumlasiga  davlat  hokimiyati 
organlari,  ulaming  bo'linmalari,  yuridik va jismoniy  shaxslar  kiradi.
Bu  soha  subyektlarining  muhim  yo'nalishlaridan  biri  hozirgi 
zamon  informatsion  jamiyati  axborot  infratuzilmasining  dasturiy- 
texnik  qismini  shakllantirish  va  rivojlantirish  bo'lishi  lozim.  Bu 
o'rinda  axborot  infratuzilmasi  deganda  shaxs,  davlat  va jamiyat 
ehtiyojlarini  qondirish  uchun  axborot jarayonlari — axborotni  ishlab 
chiqarish,  to'plash, jamlash,  saqlash,  qidirish,  tarqatish  va  iste’mol 
qilish  jarayonlarining  samarali  va  sifatli  amalga  oshirilishini 
ta’minlaydigan  hisoblash  texnikasi,  aloqa  va  telekommunikatsiya 
vositalari,  shuningdek ommaviy axborot vositalari va axborot resurs- 
larining  tashkiliy  yig'indisi  tushuniladi.
Axborot infratuzilmasining  dasturiy-texnik qismida  hisoblash texni­
kasi,  aloqa  va  telekommunikatsiya  vositalarining  yaratilishi  va 
qo'llanishi,  shuningdek,  O'zbekistonda  chegaralararo  axborot  tar­
moqlari  va  Internetga  chiqiladigan  axborot tizimlarining  yaratilishi 
va  rivojlanishi  bilan  bog'liq  tadbirlar  o'z  aksini  topishi  lozim. 
Jumladan,  davlat quyidagi  asosiy  masalalar bo'yicha  o'z  pozitsiya- 
sini  belgilashi  zarur  respublikada  dasturiy-texnik  vositalar -  hisob­
lash  texnikasi,  aloqa  va  telekommunikatsiya  vositalarini  ishlab 
chiqarish  va  ulardan  foydalanishni  rivojlantirish,  ulaming  jahon 
miqyosida  raqobatbardoshligini  ta’minlash;  chet elda  ishlab  chiqar- 
ilgan  hisoblash  texnikasi,  aloqa  va  telekommunikatsiya  vositalari­
ning  O'zbekistonga  kelishi  va  joriy  qilinishini  davlat  manfaatlarini 
hisobga  olgan  holda  ta’minlash;  O'zbekistonda  davlat  budjeti, 
shaxsiy va  xorijiy  investitsiyalar hisobiga axborot tizimlarining  yara- 
tilishini  respublika  axborot xavfsizligining  davlat tomonidan  nazorat 
qilinishi  sharti  bilan  tashkil  etish;  O'zbekistondagi  axborot tizimlar­
ining  dunyo  miqyosidagi  hududlararo  axborot  tizimlari,  birinchi 
navbatda  Internet  bilan  integratsiyalashuvini  ta’minlash.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish