Abdulla Oripov (1941-yilda tug’ilgan)


«O’ZBEKISTON» QASIDASI HAQIDA



Download 19,47 Kb.
bet3/4
Sana31.05.2022
Hajmi19,47 Kb.
#621730
1   2   3   4
Bog'liq
Abdulla Oripo1

«O’ZBEKISTON» QASIDASI HAQIDA

Qasida hajman salmoqli, har biri 10 satrlik 14 banddan iborat. Jami 140 satr. Banddagi toq va juft satrlar o’zaro qofiyalanib keladi. Har bandning so’nggi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi. She’r g’oyat muhim mavzuga ona - vatanimiz sha’niga bag’ishlangan. Xo’sh, shoir Vatandek muqaddas mavzuni qanday yoritadi? Uning bu haqda aytadigan yangi gapi bormi?


Birgalikda ko’raylik.
Mana, shoir yurti haqida she’r bitmoqchi. Uni dunyoning eng go’zal maskanlariga qiyoslab ko’rsatmoqchi. Yo’q, unday joy yo’q ekan. Hatto behishtni ham unga o’xshatib bo’lmaydi. Bu yurt beqiyos. U bitilmagan doston. Uni ta’rif qilmoqqa qalam ojizlik qiladi. Har bir band «O’zbekiston, Vatanim manim!» degan g’ururbaxsh satr bilan yakunlanadi. Shuni aytish kerakki, bu fikrlar 1968- yilda aytilgan edi. U paytlari «SSSR - bizning Vatanimiz!» degan soxta shior million-million insonlar ongiga singdirilgan edi. Abdulla Oripov shunday bir sharoitda «O’zbekiston Vatanim manim!» deb chiqdi. Bu jasorat edi.
She’rni tahlil qilishda davom etamiz. Ha, bu yurtning o’xshashi yo’q. Ustoz Hamid Olimjon bu yurtning ko’klamini qalamga olgan edi dovrug’i olamga yoyildi. Uning yurti shunchalar go’zal, shunchalar sehrli.

Tarixichi?! Tarixi ham sharaflarga burkangan tarixdir. Shoir yurti-ning kechmishiga nazar tashlaydi. Olis tarix qa’ridagi buyuk ajdodlarni ko’radi. Ana, yarim dunyoni zabt etib, ulug’ saltanat o’rnatgan sohibqiron. Beriroqda, 1018 yulduzni aniqlab bergan, «osmon ilmi»ni yaratib ketgan nabirasi Ulug’bek.


Shoir xayolidan asrlar «nuqs-u chiroyini ko’z-ko’z etib» o’tadilar. Ana, muallif bir zot ustida to’xtab qoldi. U Beruniy! Ming yil oldingi kashfiyotlari bilan hali-hanuz dunyoni hayratga solib kelayotgan buyuk ajdodimiz. U Xristofor Kolumbdan salkam besh yuz yil oldin Amerika qit’asini bashorat qilgan edi. Hind okeani sohillarida uzoq tekshirishlar olib borib, bu suvlarning olis bir materikdan qaytishini taxmin etgan edi. Va bu Amerika bo’lib chiqdi. Uning kashf etilishi shuhrati esa Kolumbga o’tib ketdi. Shoirning Kolumbda alami borligi shundan.
Vatan tarixida yana bir porloq siymo borki, uni chetlab o’tib bo’lmaydi. Bu Navoiy. Bu ko’hna dunyo juda ko’p jahongirlarni ko’rdi. Lekin so’z mulkining jahongirlari kam keldilar. Alisher Navoiy dunyoni o’z qalami bilan zabt etgan va dunyoni chamanzorga ay Ian-tirgan siymo edi. Bular bilan faxrlanmaslik mumkinmi?!
Bu buyuk shaxsiyatlarning yaratuvchisi «baridan buyuk», «baridan suyuk» xalqdir. Shoir keyingi bandlarda mana shu buyuk va suyuk ona xalqining timsolini yaratadi. Bunday buyuk farzandlarni jahonga yetkazib bergan, ularning shon-sharaflni asrlardan asrlarga olib o’tgan mana shu xalqdir. Uning birinchi fazilati farzandlariga bo’lgan cheksiz mehridir. Shoir xalq tarixiga shu jihatdan bir nazar tashlaydi. Ko’z oldimizda xalqimizning o’tda kuymas, suvda cho’kmas timsoli pay do bo’ladi. Kimlar uning tepasiga ot o’ynatib kelmadilar. Dovrug’ingga hasad qilib Chingiz keldi. Seni dunyodan yo’qotmoq qasdi bilan keldi. Jaloliddin samani bo’lib, daryodan sakrab o’tding, omon qolding. So’ng inqilob keldi. U ham of at edi. Chora is tab faryod qilding. Shahidlarning
qirmiz qonidan qora tunlaring alvon bo’ldi. So’ng fashist keldi. Yana qonlaring oqdi. Lekin sen o’lmading, o’chmading. Seni hech qanday dushman yo’qota olmadi. Yondirib kultepaga aylantirilgan Vatan xarobalari ostidan har gal afsonaviy samandardek chiqib kelaverding. Shu tariqa Vatan va Millat tushunchasi biri-biriga o’tib, biri-birini to’ldirib boraveradi. Darhaqiqat, o’zbek degani bu O’zbekistondir, O’zbekiston deganda esa o’zbek ko’z oldimizga keladi.

Bu yurtning mehnatkashligichi?


Shoir bir farzand sifatida unga iqbol, porloq istiqbol tilaydi. Birgina o’tinchi bor, o’zligini unutmasa bo’lgani.
Qasida ona yurtni baland pardalarda madh etuvchi satrlar bilan yakun topadi.
Bu she’r yana bir mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning «O’z-begim» qasidasi bilan deyarli bir vaqtda yozildi va ikkala asar xalqimizning o’zligini anglashida sezilarli rol o’ynadi.

Download 19,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish