Abdulla Oripov, [22/03/2021 10: 51] [Переслано из Аслановдан иқтибослар +]



Download 66 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi66 Kb.
#487502
TuriИнтервью
Bog'liq
Abdulla Oripov


Abdulla Oripov, [22/03/2021 10:51]
[Переслано из Аслановдан иқтибослар +]
Бир неча йил олдин Хайрулла Ҳамидовнинг «Илдиз» лойиҳасида интервью берган Усмон Азим қизиқ ва жуда муҳим фикрни илгари сурганди. Худойберди Тўхтабоев ва Анвар Обиджон каби адибларни алоҳида эъзозлаш кераклигини таъкидлар экан, Усмон Азим бунинг сабабини қўйидагича изоҳлаган:

- Айнан болалар адабиётида ижод қиладиган ёзувчи ва шиорларнинг ўрни бошқача. Чунки уларнинг асарлари туфайли, инсон болалигидан китобга ошно тутинади. Китобхонларнинг пайдо бўлишида бу жуда аҳамиятли.

Ҳақиқатан ҳам, одатда, севимли ёзувчилар ҳақида сўралганда каттароқ фикр юритгандек бўламиз, Айтматов деймиз, Маркес деймиз, худдики юқорида номлари тилга олинган болалар адибларининг асарлари анча жўн, содда кўринади. Аммо бу асарлар бизнинг биринчи муҳаббатимиз каби жуда қадрли, ҳаммамиз Хошимжонни, Акромни, Мешполвонни, Том Сойерни ўқиб катта бўлганмиз. Агар бу қаҳрамонлар, бу ёзувчилар бўлмаганда, ким билади, биз бу сеҳрли оламга, китобхонликка кирармидик ёки йўқ.

Аслида анча содда кўринган, оддий воқеаларни ёзиш янада қийин, ёш болалардек беғубор фикрлаш, воқеаларга улардек қарай олиш, хуллас болаларни қизиқтириш осон иш эмас.

Ахир Маркеснинг асарини бир китобхон қўлига олади, Худойберди Тўхтабоевни эса, балки, илк бор қўлига китоб ушлаб турган болакай... Маркес ёқмаса, ирғитиб, бошқа китобга ўтилади, Худойберди Тўхтабоев эса, ўша янги ўқувчини шу оламда олиб қола билиш керак Масъулият каттароқ.

Хуллас. Болалигимизнинг яна бир бўлаги бизни тарк этди. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Худойберди вафот этди.

Аллоҳ охиратларини обод қилсин!

Abdulla Oripov, [28/03/2021 18:08]


Машраб осилганда қаёқда эдинг?
Чўлпон отилганда қаёқда эдинг?

Суриштирганмидинг Қодирийни ё


Қалқон бўлганмидинг келганда бало?

Ҳукмлар ўқилур сенинг номингдан,


Тарихлар тўқилур сенинг номингдан.

Нимасан? Қандайин сеҳрли кучсан?


Нечун томошага бунчалар ўчсан?

Қаршингда ҳасратли ўйга толаман,


Қачон халқ бўласан, эй сен, оломон?!

© Абдулла Орипов (https://t.me/joinchat/gx2Gr0sH6MdjZGVi)

Abdulla Oripov, [02/04/2021 20:18]
[ Фотография ]
Tuqqan xonadoning har kim yod etgan,
Sen ham mening uchun shundoq ma'vosan.
Tonib qayga bordim bobomdan o'tgan,
Tolimga bitgan Qashqadaryosan.

Abdulla Oripov (https://t.me/joinchat/gx2Gr0sH6MdjZGVi)

Abdulla Oripov, [05/04/2021 10:11]
YEVROPA

Muhabbat atalgan bir his bor edi,


Uni deb qavmlar bir-birin yegan.
Julyetta ismli bir qiz bor edi,
Bir yigit bor edi Romeo degan.

Bor edi muhabbat atalmish qo‘rg‘on,


Uchib kirolmasdi chivin ham hatto.
Sovg‘asin Yagoning qo‘lida ko‘rgan,
Bo‘g‘ib qo‘ya qolgan juftin Otello.

Endi bu yurtlarda dunyo teskari,


Muhabbat hislari badar ketganlar.
Jannatni madh etib yurganlar bari,
Jahannam komiga borib yetganlar.

Xo‘roz xo‘roz bilan o‘tkazsa to‘yin,


Buqalar buqa deb ipini uzsa.
Bu qanday tomosho, bu qanday o‘yin,
Sigirlar sigirga ko‘zini suzsa…

Inson mukarramdir unutma aslo,


Sha’niga yomon gap to‘qima, bolam.
Bu she’rni bir o‘zing o‘qiding, ammo
O‘qima birovga, o‘qima, bolam…

Abdulla Oripov (https://t.me/joinchat/gx2Gr0sH6MdjZGVi)

Abdulla Oripov, [10/04/2021 19:45]
[ Фотография ]
Абдулла Орипов

АБДУЛЛА ҚОДИРИЙНИНГ


СЎНГГИ САБОҒИ

Бирингиз Отабек, бирингиз Кумуш,


Доим яшнаб турсин севгингиз боғи.
Ҳақиқий муҳаббат билмасин сўлиш,
Устоз Қодирийнинг бу илк сабоғи.

Адиб юрагида аламлар қат-қат,


Лекин биттаси бор, ўчмасдир доғи:
Жонни тик озодлик йўлида фақат,
Бу эса устознинг сўнгги сабоғи.

1994


✍️ Абдулла Орипов (https://t.me/joinchat/gx2Gr0sH6MdjZGVi).

Abdulla Oripov, [10/04/2021 20:49]


Германияда болаларни дунёқарашини кенгайтириш учун масжидга экскурсия қилишди ва улардан сажда қилишни сўрашди.(фотосуратдаги каби)
Саждадан кейин улар немис болаларидан сажда пайти нималарни ҳис қилганликларини сўрадилар. Уларнинг жавоблари, экскурсияга олиб борганларни ҳайратда қолдирди.
Болалар шундай жавоб берди

-Мен Исони эшитдим;


-Мен Худо билан гаплашдим;
-Мен энди черковга бормайман;
-Мен дунё деразасидан Жаннатга қарадим;
-Агар мен энди мусулмон бўлсам мендан ғазабланмайсизми?;
-Бу ёга ва медитатсияга қараганда анча ёқимли экан;
-Мени пешонамдан оғриқ ерга оқиб тушди;
-Мен мусулмонларнинг Худосини кўрдим. У мени ҳам меҳр билан таклиф қилди;
-Юлдузлар менга яқинлашди ва мен уларни томоша қилдим;
-Мен ёрқин одамларни кўрдим, Худо уларни яхши кўрар эди;
-Биз осмонга енгил машинада бордик;
-Мусулмонларнинг Худоси немис тилини биладими?

Abdulla Oripov (https://t.me/joinchat/gx2Gr0sH6MdjZGVi)

Abdulla Oripov, [15/04/2021 09:00]

Abdulla Oripov — atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkor edi. Abdula Oripov oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.



Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yaʼni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning oʻzi shunday yozadi:
"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyon toʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"
Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.
Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami “Mitti yulduz” esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yoʻl” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qalʼasi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), toʻrt tomlik “Tanlangan asarlar” (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.) “Ilohiy komediya” asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan. Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan.
Uning „Bahor“, „Birinchi muhabbatim“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Munojotni tinglab“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Olomonga“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“, „Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Bu asarlar oʻzbek milliy sheʼriyatining mumtoz namunalari boʻlib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, joʻshqinligi, yoqimliligi va lirik tuygʻularga boyligi bilan ajralib turadi.
Mustaqillikka erishgan Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi. Millat maʼnaviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998- yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi.
1958- yilda o'rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, uni ham 1963 yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. «Yosh gvardiya» (1963-69), G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotlarida muharrir (1969-74), «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo'lim mudiri (1974-76), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976-82), masul kotib (1985-88), Toshkent viloyat bo'limida masul kotib (1982—83), «Gulxan» jurnalida muharrir (1983-85), 1996 yildan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shoir va jamoat arbobi, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O'zbekistonni» singari dastlabki sherlari talabalik yillarida yozilgan va o'zbek sheriyatiga yangi, istedodli, o'ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko'p utmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk sherlar to'plamining nashr etilishi sheriyat muxlislarida paydo bo'lgan shu dastlabki tasavvurning to'g'ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning «Ko'zlarim yo'lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O'zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qalasi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari sheriy kitoblari nashr etilgan.
Abdulla Oripov o'zbek sheriyatiga o'tgan asrning 60-yillarida sobiq sovet jamiyatida esa boshlagan yangi shabadaning elchisi sifatida kirib keldi. U dastlabki sherlaridan boshlab milliy sheriyatda yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo'lida ijod qildi; turmushda paydo bo'la boshlagan yangicha qarashlar, kishilarning ruhiy olamidagi evrilishlar, fikr va xatti-harakat erkinligiga bo'lgan ehtiyoj Oripov sherlarining g'oyaviy mundarijasini belgilab berdi.
Oripovning dastlabki sherlaridagi romantik kayfiyat asta-sekin o'z o'rnini falsafiy mushohadalarga bo'shatib, shoirning hayotda ro'y berayotgan voqea va hodisalarga munosabati faol tus oldi. Shu manoda «Tilla baliqcha», «Qo'riqxona», «Genetika», «Olomonga» kabi sherlar Oripovning lirik sheriyat ufqlarini hayot muammolari tasviri hisobiga kengaytirib borayotganidan darak berdi. Xuddi shu narsa Oripovning doston janriga murojaat etishi va liro-epik tasvir imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga sababchi bo'ldi. Abdulla Oripov «Jannatga yo'l» (1978), «Hakim va ajal» (1980), «Ranjkom» (1988) kabi dostonlarida manaviyat masalalariga alohida etibor berib, kishilarning ruhiy olamidagi ayrim qusurlar bilan ilmiy-texnik taraqqiyot va tafakkurning parvozi o'rtasidagi ziddiyatni ochib tashladi.
Umuman, Oripovning sher va dostonlarida olg'a surilgan manaviy muammolar mustaqillik davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etib, shoirning xuddi shu masalalar tasvirida o'z davriga nisbatan (ularning aksari 90-y.larga qadar yozilgan) ilg'orlab ketganini namoyish etdi. Uning ijodida, bir tomondan, G'afur G'ulom lirikasiga xos falsafiylik ko'zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon sherlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi. Mazkur 2 manba Oripov sherlarida o'zaro tutashgan holda orifona sheriyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi.
Shoirning so'nggi yillar lirikasida tuyg'u va kechinmalar tasviri susaymagan holda yana bir muhim fazilat bor. Bu, Oripov sherlariga liro-epik tasvir unsurlarining ko'plab kirib kelishidir. U mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta boshladi. Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o'tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining ezozlanishi Oripovni Amir Temurning O'rta Osiyo xalklari tarixiy taqdirida o'ynagan buyuk rolini ko'rsatuvchi «Sohibqiron» sheriy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi. Xalq shoiri bu asarida qariyb uch asr davomida hukm surgan qudratli Temuriylar saltanatining asoschisi va XV asr Sharq Uyg'onish davrining boshlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoit yaratgan Amir Temur obrazini yorqin gavdalantirib berdi. Mazkur asar respublikaning barcha yirik teatrlari va qardosh mamlakatlar sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan o'ynaldi.
Abdulla Oripov O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining matni muallifi ekani bilan ham xotiralarda saqlanib qoladi. U Navro'z va Mustaqillik bayramlarini o'tkazish bo'yicha yozilgan aksariyat ssenariylar muallifidir.
Oripov Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan kezlari O'zbekiston eng yangi tarixi adabiy jarayoniga rahbarlik qildi. Uning she`riyati Muhammad Yusuf kabi ko'plab shoirlar ijodining shakllanishiga tasir ko'rsatgan.
Abdulla Oripov jahon adabiyoti durdona asarlarini o'zbek kitobxonlariga yetkazishda ham samarali mehnat qildi. U Dante «Ilohiy komediya»sining «Do'zax» qismini, A. S. Pushkin, N. A.Nekrasov, T. G. Shevchenko, L. Ukrainka, R. Hamzatov, Q. Quliyev va M. Bayjiyev asarlarini o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. O'z navbatida, uning asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbay-jon kabi ko'plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. 1990 yilda O'zbekiston Oliy Kengashi, 1995 yilda O'zbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Abdulla Oripov Kaliforniya (Fan, ta`lim, sanoat va san`at xaqaro akademiyasining haqiqiy azosi. Soka universiteti (Yaponiya) professori. «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hay`ati a`zosi, Hamza nomidagi hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati edi.
Marhum shoir, O'zbek zamonaviy sheriyatining “Navoiy”si Abdulla Oripovni Alloh rahmat etsin, yaxshi amallarini o'ziga hamroh aylasin!

Manba: kun.uz

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Abdulla Oripov, [16/04/2021 15:26]

TIYRON KO'ZLAR

Sizga boqib turgan, bu tiyron ko'zlar. Menikimas do'stlar... !!!


Bir voqea so'ylay, siz biroz o'ylang.

Dunyoga ko'r bo'lib kelgan edim men,


Bechora derdilar qismatim ekan.
Bilmasdim kech nima yo kunduz nima,
Bahor o'zi nima yo yulduz nima.

Ertadan kechgacha o'tirardim jim,


Axir yumuq edi mening ko'zlarim.
Bir kun Toshkentdan dadam,
Doktor olib Keldi quvondim biram.

Professor ekan ko'rdi ko'zimni,


Tingladi hayratli mungli sozimni.
Davolayman dedi, ammo juda qiyin,
Dilim tug'yon urdi daqiqa sayin.

Buning bir yo'li bor yurtda bir odam,


O'z ko'zin bersin daxshat bo'lsa ham.
Gar ularni o'yib olaman va ko'zing uzra joylayman dedi.
Tezda do'stlarimni to'pladi dadam,

Va ulardan so'radi yordam.


Ammo kim kim ham o'z ko'zin bersin,
Dedilar ko'z berish daxshatku axir.
Qarindoshlarni ham to'pladi dadam,

Ko'z in'om etmadi qarindoshlar ham.


Bir kun sukunatda o'tirardim jim,
Hayxot uydan eshitildi achchiq bir faryod.
Voy onam faryodi nega chinqirdi,

Irg'ib turgandim kimdir qo'limdan tutdi.


Operatsiyadan song bir hafta o'tgach,
Ul rus tabibi ijozat etgach.
Dokani ko'zimdan oldim-u shartta,

Dunyoni ko'rdim man birinchi marta.


Oh dunyo, yer, osmon, oy,
Odamlarni ko'rdim hoynaxoy.
Onajon deb uyga yugurib borsam,

Ex men nodonga xarom bu dunyo.


Onamni kozlari ko'r edi,
Ingrardi dardi juda zo'r edi.
Paypaslanib qo'limdan tutdi,

Yangi ko'zlarimni mehr bilan o'pti.


Sizga boqib turgan bu tiyron ko'zlar,
Menikimas do'stlar ONAJONIMNIKI.

Abdulla Oripov

https://t.me/joinchat/gx2Gr0sH6MdjZGVi

***
Нолойиқ кимсанинг суғориб отин


Бу ишни беҳуда савоб дегайсан.
У дарҳол эслатар кимлигин, зотин,
Мутлақо сабабсиз қамчи егайсан.

Бошқаси кўролмас, дейлик, буюмни,


Балки арзимайди бир пулга ҳатто.
Қайдан олгансан деб янги кийимни,
Ечинтириб қарар шиминггача то.

@Abdulla_Oripov



Abdulla Oripov, [18/04/2021 00:23]
Ota oʻgʻliga ikki maktub qoldirdi:
“Birini vafot etgan kunim och, ikkinchisini dafn etganingdan keyin”, deb vasiyat qildi.
Vafot etgach oʻgʻil ilk maktubni ochdi.
Xatda: “Oʻgʻlim sendan bir istagim bor: meni paypoqlarim bilan koʻm”-deb yozilgan edi.
Imom uning yalinib-yolvorishiga qaramay, bu talabni qabul qilmadi. Marhumni istar-istamas paypoqsiz koʻmishdi.
Dafn marosimi tugagach o'g'li qo'liga ikkinchi xatni oldi va o'qiy boshladi:
"Ko'rdingmi o'g'lim men bu dunyodan xatto paypoqni ham olib ketolmadim. Sen ham bu dunyodan hech narsa olib ketolmaysan. Bu dunyodagi narsa bu dunyoda qoladi! Sen bilan faqatgina qilgan yaxshi amallaring ketishi mumkin...
Shunday ekan do'stlar mohi Ramazon oyida barchamizning ixlos ila tutayotgan ro'zamiz qabul bo'lishini tilab qolaman!
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish