Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti karimov davron akulovich kredit-modul tizimida modulli ta



Download 0,74 Mb.
bet10/26
Sana19.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#457338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
avek oken

2. Fanlarni tanlash imkoniyati
Oʻqishning dastlabki yillarida soha boʻyicha umumiy bilimga ega boʻlgandan soʻng talabalarda ayrim yoʻnalish va fanlar boʻyicha chuqurroq bilimga ega boʻlish va kelajakda shu yoʻnalishda ishlashga ishtiyoq paydo boʻlishi tabiiy. Talabalar yildan yilga mutaxassis sifatida shakllanib borar ekan, ular uchun oʻqish dasturidagi ayrim fanlarning ahamiyati ortib, ayrim fanlarning ahamiyati kamayib boradi.
Hozirda universitetlar qat’iy belgilab qoʻyilgan oʻquv dasturlari asosida ish yuritadi. Ya’ni, talabalar oʻqishga kirgandan boshlab to bitirgunga qadar dasturda belgilangan barcha fanlarni oʻrganishga majbur. Bu qay darajada toʻg‘ri? OTMda ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan standart oʻquv dasturi asosida ta’lim olishi shartmi? Dasturdagi barcha fanlar har bir talabaning qiziqishlari, kelajak rejalariga toʻg‘ri kelmasa-chi?
Aslida, har bir talaba oʻz qiziqishlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni egallashi va bu uchun kerakli fanlarni universitet ma’muriyatidan koʻra yaxshiroq biladi. Talabani majburlab xonada olib oʻtirish mumkin, lekin uning fikr va e’tiborini xonada ushlab oʻtirib boʻlmaydi.
Kredit-modul tizimiga oʻtishning muhim jihatlaridan yana biri bu — oʻquv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishidir. Unga koʻra, talabalar oʻqishning dastlabki yillarida sohaga oid asosiy, umumkasbiy fanlarni oʻzlashtirib, soha boʻyicha umumiy bilimni egallab olganlaridan soʻng, sohaga oid maxsus fanlarni oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib oʻzlari tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bunda OTM talabalarga oʻquv yili davomida taklif qilinayotgan tanlov fanlarning roʻyxatini va ular haqida batafsil ma’lumot taqdim etadi. Talabalar esa ushbu roʻyxat va ma’lumotlar asosida oʻzlari qiziqqan fanlarni tanlaydilar. Bu jarayon har bir talaba oʻzining bakalavriat yoki magistratura oʻqish dasturini ma’lum ma’noda oʻzi shakllantirishiga imkon yaratadi. Ya’ni, guruhda 50 nafar talaba boʻlsa, ularning har biri oʻz qiziqishlariga koʻra oʻz oʻqish dasturlariga ega boʻlishadi.
Tanlov fanlari soni kursdan kursga koʻpayib borishi zarur boʻladi. Chunki talaba kursdan kursga oʻtgani sari mutaxassis sifatida shakllanib boradi va unda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati ham shakllanib boradi. OTMlar esa asta-sekinlik bilan talabalarga oʻz fakultetlaridan tashqarida, ya’ni boshqa fakultetlardan ham tanlov fanlari olishga imkoniyat yaratishlari zarur.
Fanlarni tanlash amaliyoti nafaqat talabalar uchun oʻzlari xohlagan yoʻnalish boʻyicha chuqurroq bilim olishlariga imkoniyat yaratadi, balki OTM oʻquv dasturidagi fanlar tarkibi tabiiy ravishda saralanib borishiga ham xizmat qiladi. Chunki talabalar qiziqish va ehtiyojlariga javob bermaydigan fanlar dasturini tark etib borishadi, oʻrganayotgan fanlari roʻyxatini davr talablari va qiziqishlariga moslashtirishadi.
Bunda oʻqituvchi uning fani oʻziga yetarli miqdorda talabalarni jalb qila olishi uchun doimiy ravishda oʻz ustida ishlashi, fanning talabalar uchun ahamiyatini saqlab qolish uchun darslar sifatini doimiy ravishda yaxshilab borishi zarur boʻladi. Aks holda ushbu fan oʻquv dasturidan chiqib ketishi va oʻqituvchi oʻz ishini yoʻqotib qoʻyishi mumkin boʻladi. Bu jarayon darslar sifati yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.
Fanlari tanlash amaliyoti rivojlangan davlatlarda oʻzining foydasini isbotlagan amaliyotdir. Ulardagi fan taraqqiyoti, rivojlangan iqtisodiyot, mutaxassislarning salohiyati xususan ta’limdagi aynan shu jihat bilan ham bog‘liq.
Shunisi aniqki, kredit-modul tizimi tarixi, uning paydo boʻlishi fanlarni tanlash amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, kredit-modul tizimining yuzaga kelishiga tanlov fanlari amaliyoti sabab boʻlgan. Shunday ekan, agar OTM oʻzida kredit-modul tizimini joriy etsa-yu, oʻquv dasturlariga fanlarni tanlash imkoniyatini olib kirmasa, ushbu OTM tom ma’noda kredit-modul tizimida faoliyat yurityapti, deb boʻlmaydi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish