Abdulla qodiriy



Download 31,5 Kb.
Sana31.01.2022
Hajmi31,5 Kb.
#420204
Bog'liq
91 ABDULLA QODIRIY


ABDULLA QODIRIY
(1894 - 1938)
«... Yozmoqqa niyatlanganim yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir».
Abdulla Qodiriy («O’tkan kunlar»)
O’zbek tarixiy romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida bog‘bon oilasida tug‘ilgan. U moddiy muhtojliklar sababli 9-10 yoshlarida maktabga boradi, bir boyga xizmatkor bo‘ladi, toqichilik hunarini o‘rganadi, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi.
1912 yilda Abdulla rus-tuzem maktabini tugatib, ikki yil o‘tgach, Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o‘qishga kiradi. U 1912 yilda Rasulmuhammadboy ismli savdogarga prikazchik bo‘lib ishga kiradi, 1914 yilda boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi va Nafisa, Habibulla, Adiba, Anisa, Mas’ud nomli farzandlarni tarbiyalaydi.
Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o‘sha davrga to‘g‘ri keladi. «Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg‘on gazetalarni o‘qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‘iga imon keltirdim. 1913 yilda o‘zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag‘och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‘ondi». Abdulla Qodiriy 1919 yilda «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo‘ladi, so‘ngra «Ro‘sta» gazetasiga muxbir, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida xodim, «Inqilob», «Kommunist yo‘ldoshi» majmualarida sarkotib va xodim bo‘lib ishlaydi.
Adib o‘z asarlarini «Qodiriy», «Julqunboy», «Kalvak Maxzum», «Toshpo‘lat», «Ovsar», «Dumbul», «Shig‘oy» degan imzo-taxalluslar bilan e’lon qilgan. Abdulla Qodiriy 1926 yilda «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘sizlantirdi» degan tuhmat bilan sudlanadi, 1927 yilda qatag‘onga uchraydi va 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlanadi. 1958 yildan boshlab Qodiriyning qutlug‘ nomi, asarlari xalqqa qaytarila boshlandi.
Qodiriyning katta o‘g‘li Habibulla Qodiriy (1919-1987) shifokor, yozuvchi bo‘lib yetishdi, «Otam haqida», «Abdulla Qodiriyning so‘nggi kunlari» kabi asarlar muallifi sifatida tanilgan.
Abdulla Qodiriy «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o‘g‘ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida ham bo‘lgan.
Asarlari: «Jinlar bazmi» (mavhum hikoya), «Baxtsiz kuyov» («Padarkush» p’esasidan ta’sirlanib yozilgan. Qodiriy o‘z tarjimai holida bu haqda quyidagicha yozgan: «1913 yillarda chiqqan «Padarkush» pesasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni bilmay qoldim (1915 yilda)». Bu dramada amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko‘tarib dabdabali to‘y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay, garovga qo‘yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o‘zini-o‘zi o‘ldiradi, sadoqatli umr yo‘ldoshi ham o‘ziga pichoq uradi), «Juvonboz» («Padarkush» pesasiga taqlidan yozilgan, bu hikoyada o‘qishni tashlab buzuq, shaltoq yo‘llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; oxiri jinoyatga qo‘l uradi, qamaladi), «Obid ketmon» (1934, qahramonlari: Obid ketmon, Berdi tatar, Xatib domla, mulla Muhsin va boshq. Asarda mulla Obid qaynotasi in’om etgan besh tanob yerda tadbirkorlik bilan halol ishlab, katta boylik, shuhrat topadi. Oybek yezuvchining mahoratiga tan berib shunday yozadi: «Domlalarning obrazini chizishda yozuvchi san’atkor. Domlalarning yurish - turishi, so‘zlari, fikr yuritishi, xalqni aldaish va hokazo butun sifatlari o‘quvchining ko‘z oldida jonlanadi. Asarda domlalarni yozuvchi yetaklamaydi, ular o‘zlari domlalarcha yuradilar. Ularning og‘ziga yoeuvchi o‘z so‘zlarini tiqmaydi, ular o‘zlaricha so‘zlaydilar... »), «O’tkan kunlar» romani (1926), «Mehrobdan chayon» (1928), «O’tgan kunlar» ham «O’tgan kunlar» tanqidi ostida ba’zi mulohazalar» (Sotti Xusaynga javob), «Yig‘indi gaplar», «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan» (1923-27), «Toshpo‘lat tajang nima deydi?», «Uloqda» (1915, bosh qahramoni Turg‘un. Muallif bu asar haqida «Bolalik davrimning yodgori bo‘lganligi uchun ortiqcha o‘zgartirishlar kiritmadim» deb yozgan. Bu hikoya oktyabr inqilobigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi bo‘lib, unda uloq voqeasi tasvirlangan. Oybek bu asarga yuksak baho berib: «Uloqda» hikoyasida tashviqotchining, voizning o‘g‘lini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustidan muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi» - degan. «Ahvolimiz», «To‘y» va «Millatimga» she’rlari, «Ravot qashqirlari», «1918 yil yodgori», «Yangi masjid va maktab» («Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida bosilgan).
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish