Abdulla sher axloqshunoslik


Axloqshunoslik va dinshunoslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

Axloqshunoslik va dinshunoslik. 
A xloqshunoslikning dinshu no slik
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan aloqasi shundaki, h ar ikkala fan ham bir xil m uam m o — axloqiy 
mezon m uam m osini hal etishga qaratilgan. Chunki, um um jahoniy dinlar 
vujudga kelg u nig a q a d a r m avjud b o ‘lgan m a ’lum u rf-o d a tla r va 
qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, m uqaddas diniy kitoblarga 
katta t a ’sir k o ‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday 
ta ’sir o ‘tkazganlar.
C h u n o n ch i, islom dinini oladigan bo ‘lsak, Q u r’oni karim , Hadisi 
sh arif, Ijm o ’ va m uayyan fatv o lard ag i m ez o n lar h a m d a tala b la r 
m usulm on Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta 
aham iyat kasb etgan. T a sa w u f ta ’lim otini esa rosm ana islomiy axloq 
falsafasi deyish mumkin. Shuningdek, komil inson m uam m osi har ikkala 
fan uch un um um iy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu 
m uam m oga zam onaviy tarbiya nuqtayi nazaridan yondashadi.
A x lo q s h u n o s lik va h u q u q s h u n o s li k . A x lo q s h u n o s lik n in g
huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. M a’lum ki, juda ko ‘p 
h o lla rd a ax lo q m e ’y o rlari b ila n h u q u q m e ’yorlari m o h iy a ta n va 
m azm u n an b ir xil b o ‘ladi. Shunga ko‘ra, axloqni jam oatchilik asosidagi 
huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash m um kin. Zero, 
axloqshun o slik bilan h u q u q sh u n o slik n in g tadqiqot obyektlari k o ‘p 
jihatdan o ‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtayi nazaridan farq 
qiladi, y a’ni huquq m e’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya 
idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida 
y o ‘lga qo'yiladi; axloq m e ’yorlari esa um um iy qabul qilingan milliy 
u rf-o d atlar, jam oatchilik fikri yordam ida, alohida belgilangan kishilar 
to m o n id an em as, balki m uayyan ijtimoiy guruh, jam iyat tom onidan 
am alga oshiriladi.
S huningdek, huquqshunoslik kasbi uchun m uhim b o ‘lgan amaliy 
axloq jih atlarin i axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan 
m axsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.
Axloqshunoslik va pedagogika. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham 
cham barchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, 
t a ’lim berish jarayonlarini p and-nasihatlarsiz, odobnom a darslarisiz 
ta s a w u r qilib boMmaydi. Shu bois axloqshunoslik o'zin ing nazariy va
ayniqsa, am aliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, 
m a o rif tizim idagi ta'lim -tarb iy a o 'z in i har bir qadam da axloqiy tarbiya 
sifatida nam oyon qiladi.
Axloqshunoslik va ruhshunoslik. Q adim dayoq axloqshunoslikning 
ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida aham iyatga ega b o ‘lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-harakati, fe’l-atvori va m ayl-istaklarini 
o ‘rganadi. Lekin bu o ‘rganish ikki xil nuqtayi nazardan olib boriladi: 
ru h sh u n o s lik u yoki bu x a tt i- h a r a k a t , f e ’l- a tv o r , s a b a b iy asos 
(m otiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish sh a rt-sh a ro itla rin i ochib 
beradi, axloqshunosiik esa ru hshunoslik tadqiq etg an hodisalarning 
axloqiy aham iy atini tu sh u n tira d i. R uhshunoslik h issiy o tla r sifatida 
o ‘rganadigan insondagi k o ‘pgina m a ’naviy hodisalar axloqshunosiik 
tom onidan falsafiy-axloqiy tu sh u n c h a lar tarzida tad q iq etiladi.
A x lo q s h u n o s iik
va 
s o t s i o l o g i y a .
A x l o q s h u n o s l i k n i n g
ijtim oiyshunoslik (sotsiologiya) bilan aloqasi o ‘ziga xos. Bu ikkala 
fan inson faoliyatini b o sh q arish n in g ijtim oiy m u rv a tla rid a n b o ‘lmish 
axloqni o ‘rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu b o rad a keng. 
M a’lumki, sotsiologiya insonlarning om m aviy x atti-harakati va ularning 
qonuniyatlarini faqat m uayyan ijtim oiy tuzum d o ira sid a g in a tadqiq 
etadi. A xloqshunosiik esa, o ‘z m ohiyatiga k o‘ra, lozim b o ‘lganda, 
m uayyan ijtim oiy tuzum yoki davr d oirasid an chiqib, inson axloqining 
yuksak yutug‘i sifatida kelgusi d av rlar uchu n ham tarix iy va axloqiy 
aham iyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni h a m d a ularning 
sababiy asoslarini o 'rg an ad i.
A x lo q s h u n o s iik va s i y o s a t s h u n o s l i k . A x l o q s h u n o s l i k n i n g
siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o ‘ziga xos va m urakkab. C hunki 
siyosiy kurash qaram a-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo 
etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jam iyat m anfaatlarining mosligi, 
m aqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi m u am m o lari o ‘rtaga 
ch iq ad i. L ekin, aslida siyosat q ay d a ra jad a a x lo q iy lik kasb etsa, 
shunchalik u oqilona b o ‘ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunosiik ham , 
siyosatshunoslik h am jid d iy tad q iq etad ig an eng m u h im u m u m iy
m uam m olardan biridir. S huningdek, rahbarlik odobi, partiyaviy odob, 
etiket singari axloqshunoslikning axloqiy m adaniyat d oirasiga kiruvchi 
maxsus sohalari ham siyosatshunoslik bilan ch am b arch as b o g ‘liq.
Axloqshunosiik va ekologiya. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning 
ekologiya bilan aloqasi to b o ra m ustahkam lanib b o rm o q d a . T arixan 
axloqshunosiik k o'p ro q insonning o ‘zi, o ‘zgalar va ja m iy a t oldidagi 
m ajburiyatlarini tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga b o ‘lgan 
m unosabati diqqat m arkazidan c h e td a qolib kelgan. L ekin keyingi 
d a v r la r d a , a y n iq s a , XX va X X I a s r d a t a b i a tg a n i s b a t a n t o r
m anfaatparastlik doirasidagi y o n d ashu v lar o q ib atid a p a y d o boMgan 
ekologik b u h ro n m an zaran i o 'z g a rtird i. E n d ilikda global ekologik
www.ziyouz.com kutubxonasi


m u am m o lar k o ‘proq odam larning ijtimoiy-axloqiy nuqtayi nazarlariga 
bog‘liq ekanligi m a’lum b o ‘lib qoldi.
S hunday qilib, hozirgi kundagi ekologik m uam m olarni hal etishning 
k o ‘p jih a tla ri axloqshunoslik k o ‘magiga borib taqalm oqda. XX asrda 
ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, 
bu — axloqshunoslik ekologiyani to ‘liq o ‘z ichiga oladi, degan so‘z 
em as. C hunki axfoqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish obyekti 
sifatida tabiatning o ‘zi emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati 
m aydonga chiqadi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish