Abdurahmon akbar


(S.  Inoyatovning  „Oyim  ishdan



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana13.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#354808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Abdurahmon Akbar. G'aroyib avtobus

(S.  Inoyatovning  „Oyim  ishdan
 
kelgan  p a y i“  she'rini  o ‘qib)
Oyisi  ishdan  kelsa,
Chopib  qolar  Sodiqjon.
0 ‘ziga  biror  yumush 
Topib  olar  Sodiqjon.
Artgan  bo‘lar  changlami, 
Quygan  bo‘lar  gulga  suv.
Sal  po‘kroq-da,
yuz-ko‘zin
Zumda  bosar  ter —  duv-duv.
Oyijoni  bu  safar 
Xursand  bo'lmas  negadir.
Sodiqvoyni  maqtamas,
Tin  olar  og‘ir-og‘ir.
Aytgan  gapi  shu  bo'lar 
Boshini  chayqab  xomush:
—  Shu  paytgacha  ne  qilding, 
Bor  ekan  shuncha  yumush?..
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


YULDUZOYNING  KULCHASI
Yulduz  loykulcha  yopti,
Yopib  ko‘chaga  chopti.
Chaqirdi  Salimani,
Chaqirdi  Halimani.
Yetib  kelguncha  qizlar 
0 ‘ynab  bo‘lishib  to ‘ptosh, 
Loykulchani  nuri-la 
Quritay  dedi  quyosh.
— Voy,  buncha  yaxshi,  —  dedi 
Uni  ko‘rib  Salima.
— Chiroyli  naqshi,  — dedi 
Uni  ko'rib  Halima.
Bosh-dumin  qimirlatib 
Mana  shu  tobda  qarang, 
Ma'qulladi  qizlarning 
Gaplarin  bir  chuvalchang:
—  Kulcha juda  chiroyli,
So‘zlarimga  ishon,  hoy,
Sal-pal  qotgan  bo‘lsa  ham 
Shirin  ekan,  Yulduzoy!
J O ‘N  SAVOLGA  J O ‘N  JAVOB
(Hazil)

  Mazah  qilmasang,  do‘stim, 
Bermoqchiman  bir  savol:
Nega  soqol  qo‘yadi
Otalar  bo ‘lishgach  chol?
—  Keksalaming  sovuqqa 
Yo‘qligini  bilasan.
Bila  turib  bu  holni 
So'rab nima qilasan?
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo‘p  ziyrag-u  xo‘p  dono, 
Otaxonlarning  bari.
Soqol  qo'ymasa...  qishda 
Sovuq  qotar  yuzlari!
KIM   Z O ‘R?
Sinfdoshlar  Mirazimni 
Botir,  polvon,  zo‘r,  deydi. 
Ishonmasang  oldiga  bor —
Bilagini  ko‘r,  deydi.
Begonamish  unga  qo'rquv, 
Vahm  cho'kar  emish  tiz — 
Yarim  tunda  mozorda  ham 
Yura  olarmish  yolg‘iz.
Bo‘lsa  bordir,  shu  qo‘rqmasni 
Kecha  sinab  atayin,
Bir  so‘z  bilan  zir  titratib,
Uchirdim  kapalagin.
Sinfda  yolg'iz  qolishini 
Sabr-u  bardosh-la  kutib, 
Yaqiniga  bordim  asta 
Nafasim  ichga  yutib.
Xayol  surib  o ‘tirardi 
U  doskaga  boqib  jim.
Men  payt  poylab  turib,  birdan 
Qulog‘iga  „Voh!“  dedim.
TOJIBOYEV
0 ‘ng  tomondan  ikkinchi  parta 
Qiyo  boqib  yana  qarayman. 
0 ‘girilsa  Ra’noxon,  shartta 
Ko‘rmaganday  sochim  tarayman. 
0 ‘qituvchi  degani  degan:
— Tojiboyev,
doska  bu  yoqda!
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday  o ‘tar  birinchi  soat,
Shunday  o 'tar  ikkinchi  soat.
Sinfdoshimning  achchiq  gapi  ko‘p,
Menda  esa  juda  m o‘l  toqat.
Muallimlar  takrorlar  tinmay:
— Tojiboyev,  doska  bu  yoqda!
Sinfdoshim,  sinfdoshim-a 
Ko‘nglim  senda,
nahot  bilmaysan?
Qulog'imga  kirmas  darslar,
Nazaringga  nega  ilmaysan?
Tanbeh  berar  muallim  yana:
— Tojiboyev,  doska  bu  yoqda!
Nima  qilay,  sakkizinchi  „B“,
Yo  olaymi  qolim ga  qalam?
Ich-etim ni  bosadi  titroq 
Uch  oy  ta'til  —  yozni  o ‘ylasam.
Sinf  rahbarim  uqtirar  takror:
— Tojiboyev,  doska  bu  yoqda!
XAYOLPARAST
Qarshimda  qordek  oppoq
to ‘rtburchak  tog‘  turardi, 
Undan  oshib  o'tm oqning  yo'q  edi  hech  iloji. 
C ho‘kich  bilan  ostini  asta  o'ya  boshladim, 
Ko‘rinmadi  ishimning  sal  bo‘lsa-da  rivoji.
Endi  nima  qildim,  deb,  o‘y!arga  tolib  tursam, 
Osmondan  sharros-sharros
quya  boshladi  yomg'ir.
0 ‘zimni  bir  chekkaga  zo‘r-bazo‘r  olib  qochdim, 
Rosayam  qaynoq  ekan  bu  yomg‘iri  tushmagur.
Bir  payt  tog‘ning  tepasi  yerga  sassiz  quladi, 
Atrofni  chang-to‘zonmas,
qopladi  oppoq  ko‘pik.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yomg'ir  ko‘l  hosil  qildi,
ko‘l  aylandi  dengizga, 
Barisini  kuzatdim  bir  chekkada  turib  tik.
Hovuchlab  ichib  ko'rsam  o'sha  dengiz  suvidan 
Shirin  edi  bag‘oyat,  bir  ajib  is  anqirdi...
— Ko‘p  xayol  suraverma,
qo‘ling  kuyib  qoladi! —
Piyolamga  choy  quyib,
oyimlar  shunday  derdi...
QIYIN  H ISO B
Yeldek  uchib  o'tayotgan 
Vagonlardan  uzolmay  ko‘z,
Odam  to‘la  shohbekatda 
Turib  qoldi  ukam  beso‘z.
Razm  solsam,  sanayapti 
Erinmasdan  bitta-bitta.
Asta  turtib  so‘radim  so‘ng:
-   Xo‘sh,
vagonlar  ekan  nechta?
Terga  botgan  peshanasin 
Qashlay-qashlay,  dedi  Hasan:
— Qanchaligin  bilmadim-u 
Ko‘chamizdan  uzun  ekan!
NODONLIK
—  Hech  bir  ariq  teng  kelmas,
Kichkina  Tezariqqa.
— Nima,  suvi  tozami,
Yo  to'lami  baliqqa?
— Yo‘q,  yo‘q,  suvi  tozamas,
BaligM  ham  yo‘q  uning.
Kecha-yu  kunduz  bir  xil —
Oqishi  shitob  suvning.
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu  ariq  bir  yumushim 
Hal  etar  shom  tushgan  kez — 
Supurindi  tashlasam,
Oqizib  ketadi  tez.
EHTIYOT 
BO‘L

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish