Abiotik omillar. Iqlim omillari. Tuproq va topografik omillar. Tabiatda mavsumiylik



Download 19,5 Kb.
bet3/4
Sana18.07.2022
Hajmi19,5 Kb.
#818563
1   2   3   4
Bog'liq
ABIOTIK OMILLAR. IQLIM OMILLARI. TUPROQ VA TOPOGRAFIK OMILLAR. TABIATDA MAVSUMIYLIK

Tuproq omillari. Tuproqni tuproqshunoslik fani o‘rganadi.
Tuproqshunoslik ta’limotiga rus olimi V. V. Dokuchayev asos solgan. U o‘z asarlarida birinchi bo‘lib tuproqning o‘zgarishi va rivojlanishini, unda tinmasdan fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar kechishini isbotlab berdi.
V. V. Dokuchayev 5 ta asosiy tuproq hosil qiluvchi omillarni aniqladi:
1. Iqlim.
2. Geologik omillar (tog‘ jinslari).
3. Topografik omillar (relyef).
4. Tirik organizmlar.
5. Vaqt.
Tuproq quruqlikdagi ekologik sistemalarda abiotik va biotik omillarni bog‘lovchi eng muhim zanjirdir.
O‘simliklarning o‘sishi tuproqda zarur ozuqa moddalarining mavjudligiga va tuproqning tuzilishiga bog‘liq. Tuproqning noqulay holatga kelib qolishining oldini olish uchun undan foydalanishning ratsional ilmiy usullarini ishlab chiqish lozim.
Tuproqning tarkibi quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Mineral moddalar (tuproq umumiy tarkibining 50—60 foizigacha).
2. Organik moddalar (10 foizgacha).
3. Havo (15—25 foizgacha).
4. Suv (25—35 foizgacha).
Bulardan tashqari biotik tarkibiy qism (bakteriyalar, detritofaglar, zamburug‘lar) ham mavjud. Tuproqdagi organik moddalar har xil fizik-kimyoviy jarayonlar va tirik organizmlar (detritofaglar, bakteriyalar, zamburug‘lar) ta’sirida parchalanib gumusga aylanadi.
Gumus — organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti, u qancha ko‘p bo‘lsa, tuproq shuncha hosildor bo‘ladi.
Topografik omillar. Topografik omillar boshqa abiotik omillar bilan bog‘liq, ular iqlimga, tuproqqa ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy topografik omillardan biri — balandlik. O‘rtacha harorat, uning bir kecha-kunduzdagi o‘zgarishlari, yog‘ingarchilik miqdori, shamol tezligi, nurlanish miqdori, atmosfera bosimi, gazlar konsentratsiyasi balandlikka bog‘liq. Bu omillar esa o‘z navbatida o‘simlik va hayvonlarning hayot faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkinchi muhim topografik omil — qiyalikning joylashishidir. Shimoliy yarimsharlikda janubga qaragan qiyaliklarda yorug‘lik va harorat shimolga qaragan qiyaliklarga nisbatan yuqoriroq (janubiy yarimsharlikda esa buning aksi kuzatiladi). Bu esa o‘simliklarning va hayvonlar holatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Topografik omillardan yana biri — qiyalikning tikligi. Qiyalik qancha tik bo‘lsa, unda o‘simliklar shuncha kam o‘sadi, asosan kserofit o‘simliklar uchraydi.
Tabiatdagi mavsumiy o‘zgaruvchanlik. Tabiatning eng ajoyib xususiyatlaridan biri — uning mavsumiy o‘zgaruvchanligidir. Yil davomida harorat, namlik va boshqa ekologik omillar davriy o‘zgaruvchanlikka egadir. Abiotik ekologik omillarning mavsumiy o‘zgarishlari o‘z navbatida tirik organizmlar hayot faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har xil regionlarda hayot uchun qulay davr turlicha bo‘ladi.
Masalan, Markaziy Osiyo regionida bu davr 6—7 oygacha davom etadi. Bizning regionda ham qishki tinim davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Haroratning pasayishi, vegetatsiya davrining tugallanishi natijasida ko‘pchilik o‘simliklarda moddalar almashinuvi susayadi, o‘simliklar bargini to‘kadi. Qishki tinim davri hasharotlarda, suvda hamda quruqlikda yashovchilarda, sudralib yuruvchilarda va boshqa hayvonlarda kuzatiladi. Ko‘pgina qushlar issiq mamlakatlarga migratsiya qiladi.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liqdir. Bu hodisa fotoperiodizm deyiladi.

Download 19,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish