NODAR DUMBADZE (1928 - 1984)
1. Nodar Dumbadzening qaysi asarlari o’ztek tiliga tar- jima qilingan? J: «Kukaracha» qissasi, «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» romanlari
2. Nodar Dumbadzening asarlarini o’zbek tiliga kim tar- jima qilgan? J: Nizom Komil
3. Qaysi asari asosida o‘zbek sao’atkorlari tomonidan ko‘p qismli videofilm yaratilgan?
J: «Abadiyat qonuni» romani
4. Ilk hikoyalar to‘plami qanady nomlanadi?
J: «Qishloq bolalari» (1958)
5. Dastlabki yirik qissasi qachon qanday nom bilan nashr etilgan?
J: «Men, buvim, iiiko va lllarion» qissasi 1960-yilda
6. Dastlabki romani qanday ataladi va nechanchi yilda yaratilgan? J: 1962-yilda «Quyoshni ko‘ryapman» nomi bilan nashr etilgan
7. Dumbadzening qaysi asarlarida Ikkinchi jahon uru- shi yillarida gruzin qishloqlaridagi og‘ir va mashaqqati hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan? J: «Men, buvim, lliko va lllar- ion» qissasi, «Quyoshni ko‘ryapman» romanlarida
8. Dumbadze qaysi zamonaviy asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazi- latlarni ulugiaydi?
J: «Quyosh kechasi» (1967), «Oq bayroqlar» (1972) romanlarida
9. Qaysi asarida insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xusu- siyatlari to‘g‘risida keng mushohada yuritilgan?
J: 1978-yilda yaratilgan «Abadiyat qonuni»
10. Nodar Dumbadzening «Hellados» nomli hikoyasi- dagi Yanguli qayerda yashaydi?
J: Venetsian ko‘chasida, Chalbash daryosi bo‘yida
11. Yanguli necha yoshda edi? J: 14 yoshda
12. Jamol xolavachchasining ismi? J: Koka
13. Yanguli otasining ismi? J: Xrista Aleksandrid
14. Jamolning singan skripkasini kim uyiga olib borib beradi? J: Yangulining o‘ng qoli Petya
15. Jamolning onasining ismi? J: Aniko
16. Yangulining ko‘kragiga qanday so‘z o‘yib yozilgan- di? J: Hellados
17. Jamolning hayotida yangi davr, ya’ni yashash uchun kurash davri qaysi voqeadan keyin boshlandi?
J: Yanguli uning skripkasini sindirgandan keyin
18. Jamol qayerlik edi? J: Tbilisilik
19. Yanguli bilan Jamol necha marta mushtlashadi?
J: 3 marta
20. Yanguli bilan Jamolning olishuvida kim g‘olib chiqa- di? J: 1- va 3-sida Jamol, 2-da Yanguli
21. Yanguli Jamoldan yengilgandan keyin olishuvning qaysi turiga o‘tishlari haqida kelishib oladi?
J: So‘kishish haqida
22. Jamol bilan Yanguli o‘rtasidagi so‘kishish muso- baqasi qancha davom etdi? J: Yarim yil
24. Jamollarnikiga sut olib kelgan Yangulining yuzi mo- mataloq edi. Uni kim urgandi? J: Otasi
25. Yanguli nima uchun kaltak yegandi?
J: Greklar o‘z yurtlari Elladaga qaytmoqchi bolish- ganda, Yanguli ular bilan birga ketishni xohlamagani uchun
26. Yanguli nima uchun o‘z yurti Elladaga qaytishdan bosh tortadi? J: Chunki u Suxumida tug‘ilgandi. Uning uchun vatan shu joy edi
27. Yanguli kimni sevardi? J: Mida ismli qizni
28. Jamol Yangulining ko‘kragidagi grekcha yozilgan «Hellados» so’zini ko’rsatib bu nima deb so’raganida u qanday javob beradi? J: «Bu naqsh, Jamol. Vatan ich- kariroqda, naqd yurakning o‘zida»
29. Greklar o‘z yurtlariga qaysi kemada jo‘nab ketishdi?
J: «Poseydon» nomli kemada
30. Yangulining murdasi qayerdan topiladi?
J: Kelasuri daryosining quyilish joyidan
31. Jamol xolasining ismi? J: Nina xola
32. «Onasini eslolmaydi - chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yo‘q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko‘k, sut-qatiq sotib kun ko‘rishadi». Ushbu ta’rif kimning ollasi haqida?
J: Yangulining
33. Xarakter so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
J: Yunoncha so‘z boMib, «xususiyat», «belgi» ma’nolarini bildiradi
34. Badiiy asar qahramonlari o‘zining tasvir va talqin darajasi, voqealardagi ishtiroki, asarda ko’taradigan «yuki»ga ko’ra qanday turga bolinadi?
J: 4 turga: personaj, obraz, xarakter, tip
35. Abdulla Qahhor xarakterning yaratilishi haqida nima degan? J: Adabiyot uy daftarida bir odamning paydo boMishi
36. Badiiy xarakterda insonga xos qanday xislatlar aks etadi? J: Insonning muhim tug‘ma xususiyatlari, bosh- qalarnikiga o‘xshamagan irodasi, tashqi ta’sirlar bilan o‘zgarishi qiyin bolgan tabiati
Do'stlaringiz bilan baham: |