Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet143/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
3-qism

* * *

Shahzoda u yoq-bu yoqqa yugurib ko‘rdi, kema-qayiq topolmadi. Oxir ilojini topmay, ikki bolasini yo‘rgaklab, o‘zin suvga chog‘lab, daryodan yuzib (suzib) o‘tmoqchi bo‘ldi. Bittasini og‘ziga tishlab, u bittasini shu daryoning labiga qo‘yib, daryoga kirib biror o‘ttiz quloch urib edi.


Endi baxti qaytgan to‘rani ko‘ring, «Davlat ham egiz, mehnat ham egiz», shu bachchani qo‘ygan yeming oldi- da bir tup g‘isha bor edi, shuning ostida bir qizil iyak qari bo‘ri pisib yotib edi. Shahzodaning daryoga tushganini ko‘rib, to‘ra uzagandan keyin, bachchaning belidan tish- lab olib keta berdi. Bola qo‘rqib: «Ota!» - dedi. Shahzoda qarasa, bo‘ri tishlab olib borayotibdi. «Voh!» — deyman deb edi, og‘zidagisi ham suvga tushib ketdi, bir baliq yutib o‘ta chiqdi. Shahzoda aytdi: «Bu-ku o‘ldi, ana uni- siga yetar ekanmanmi?» - deb suvdan chiqib quvdi. Ikki oyoqliga to‘rt oyoqli nega yetqizsin, u ham qutulib ketdi...
Shahzoda farzand dog‘iga toqat keltirolmay, nolishiga osmon-yer tebranib, yig‘lab turib edi. Shu vaqtda to‘raning nolasini eshitib, bir cho‘pon kelib qoldi. Qarasa, bir odam, sher haybatli, yo‘lbars sifatli bir kishi, falakdan shiko- yat qilib yig‘laganiga tog‘-u toshlar suv bo‘lib turibdi. Cho‘pon bechora qo‘yni qo‘yib, to‘raning oldiga kelib: «Nega muncha yig‘laysan?» - deb bir so‘z dedi:
E, yori alam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il,
Ko‘p ranj-u sitam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Kim erding guli so‘lgan, shum paymonasi to‘lgan,
Yoki bolasi o‘lgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Diyoridan ayrilgan, qanotidan qayrilgan,
Yo yoridan ayrilgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Sen muncha bo‘lib shay do, muncha qilib vovaylo,
Yusufinisan, Zulayho, qaydin kelasan, ayg‘il.
Sen muncha bo‘lib purxun, ko‘z yoshing oqar Jayhun,
Yo Laylimisan, Majnun, qaydin kelasan, ayg‘il.
Yig‘laysan bozi-bozi, ko‘kka chiqar ovozi,
Yo Zebomisan, Yozi, qaydin kelasan, ayg‘il.
Yoinki, qalandarsan, yo mardi dilovarsan,
Qilgin buni bovar san, qaydin kelasan, ayg‘il.
Ayg‘il menga otingni, bergil bayon zotingni,
Qo‘y endi uyotingni, qaydin kelasan, ayg‘il.
Anda shahzoda dilovar cho‘pondan xabari yo‘q, o‘z hollariga yig‘lab turgan edi, ko‘zlarini ochib qarasa, bir qo‘y quvuvchi kelib, «Qaydan kelasan?» - deb so‘z so‘rab turibdi. Anda shahzodaning tutun-olovlari jo‘sh qilib, ko‘ngillari qaynab, bir dardmand topolmay, ichi g‘amga to‘lib turgan emasmi, cho‘ponni mungdosh bilib: «Е be- chora, beri kel», - deb cho‘ponga qarab, boshidan o‘tgan mashaqqatlarini aytib, bir-bir bayon qilib, bir so‘z dedi:
No‘g‘ay yurti - o‘sgan joyim,
Ko‘kka chiqar qilgan ohim,
Qoraxon der qiblagohim,
Otam elga sulton bo‘ldi.
No‘g‘aydadir mamlakatim,
Qayrilib sindi qanotim,
Kuntug‘mish der mening otim,
To‘ra nomi nishon bo‘ldi.
Quloq solgin nolishima,
Yo‘q savdo tushdi boshima,
Men kirdim o‘n to‘rt yoshima,
Bir kuygur tushdi tushima,
Xotirim parishon bo‘ldi.
Shul bo‘ldi Haqning taqdiri,
Ayrilmay manglayning sho‘ri,
Bittasin op ketdi bo‘ri,
Uni ko‘rmak gumon bo‘ldi.
Qarorim yo‘q, turay desam,
Madorim yo‘q, yuray desarn,
Uyim yo‘qdir, boray desam,
Vatanim yo‘q, kiray desam,
Yorim yo‘qdir, ко‘ray desam,
Qo‘zim yo‘q, o‘rgilay desam,
Ajal yetmas, о‘lay desam,
Cho‘pon, boshim sarson bo‘ldi.
Cho‘pon: «Е bechora», - deb o‘tib ketdi. Anda shahzo- da Xolbekani ham unutib, borayotgan yo‘lini ham qo‘yib, boshqa bir yomon yo‘lga tushib, ko‘ngli jo‘sh urib: «Bor dunyongdan kechdim», - dedi.
Shahzodani keta bermoqda qo‘ying, endi so‘zni kim- dan eshiting? To‘raning qo‘lidagi bolasini yutgan baliq mug‘dor o‘n gaz yer ham borgan yo‘q edi. Olim sayyod degan qatag‘anlik katta sayyod bir katta to‘mi yozib o‘tirib edi. Shu baliq boruvi bilan to‘riga tushdi. Ko‘tarib olsalar, bir katta baliq tushibdi. Ichini yordi, «Ota», - deb ichidan bir bola chiqa keldi. Olim sayyod hayron qolib: «Ajab qudratlaring bor», - deb bolani uyiga olib borib, farzandi yo‘q edi, tarbiya qilib boqa berdi.
Endi bo‘ri olib qochgan boladan so‘zni eshiting.
Bo‘ri to‘raning bolasini olib qochdi, bir, ikki qirdan oshdi. 0‘nta cho‘pon itiga osh pishirib yotib edi, bo‘ri- ning guzari ustidan tushdi. Cho‘ponlaming ko‘zi tushdi, itni qo‘shdi, bo‘ri shoshdi, bachchani tashlab qochdi. Cho‘pon- lar bolani tushirib olib, hayron qolib, birovi aytadi: «Qirga chiqqan xotinning bolasi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish