Adabiyot fanidan savol – javob


Savdo markazlari vasavdo yo’llari



Download 140,22 Kb.
bet8/11
Sana16.01.2022
Hajmi140,22 Kb.
#375308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rivojlangan o’rta asrlar g’arbiy yevropasida savdo ittifoqlari tarixidan

1.2. Savdo markazlari vasavdo yo’llari.

Iqtisodiy markaz bo`lgan shaharning, vaqt o`tishi bilan, atrofdagi rayonlar uchun ahamiyati tobora ortib bordi. Shahar hunarmandlari shahar bozoriga muntazam kelib turadigan dehqonlarni o`z sanoat buyumlari bilan ta`minlab tupardilar. Shaharliklar esa, dehqonlardan qishloq xo`jalik xom ashyosi sotib olardi. Shunday qilib, shahar bilan qishloq o`rtasidagi mehnat taqsimoti doimo davom qilib turadigan uzviy bir holat kasb etdi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo`lgan shahar qishloqni savdo oborotiga tortib, unda ham tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga yopdam qildi.

XI asrga kelib shaharlar faqat qo`shni qishloqlar bilangina savdo-sotiqqilmay, balki ularniig ko`plari ancha keng savdo-sotiq, alohalari ham bo`ladilar. Bu shaxarlar bir-birovlari bilan zo`p berib aloqa qilishlaridan tashqari, Vizantiya va Arab Sharqining ayrim savdo markazlari bilan ham savdo-sotiq aloqalari bog`ladilar. O`rta dengiz bo`yida katta savdo-sotiq ishlari olib borgan shaharlar orasida ayniqsa Italiyaning Genuya, Amal'fi, Piva, Benediya singari shaharlari alohida ajralib turardi. Venetsiya bilan Genuya avvalroq katta savdo rasti qurdilar. Bu shaharlapning aholisi tez o`cib bordi. Bu shaharlarda boy savdogarlarning yukori tabaqasi maydonga kelib, u hokimiyatni o`z qo`liga kiritib oldi.XI-asrdan boshlab turli mamlakatlarda shaharlar savdo markazi sifatida rivojlanib bordi. Xususan, Janubiy Fransiyashaharlari: Marsel', Arl', Narbonnahamqatnashdilar. KataloniyamarkaziBarselonashahariO`rtadengizbo`yisavdosidafaolrolo`ynadi. O`rtadengizbo`yirayonidantashqari, XIasrdaYevropasavdosiningikkinchibirrayoni–Shimoliydengizbo`yidamarkaziNiderlandiyabo`lganmamlakathamaajralibchiqdi. Agarital'yan, janubiyfransuzvaKataloniyasavdogarlarisavdo- sotiqdaasosanvositachilikro`linio`ynaganbo`lsalar (italyan, fransuzvaispansavdogarlariSharqdankelgantovarlarnisotibolib, so`ngraularniYevropamamlakatlarigaolibboribpullardilar), Niderlandiya, shimoliyfrantsuzvaReynbo`yidagiNemissavdogarlari, shuningdek, ShimoliyItaliyashaharlarikengxalqarosavdo-sotiqolib boorish uchunhunarmandchilikmahsulotiishlabchiqaradiganmaxsusbazalarigaegaedilar. NiderlandiyadavaGermaniyada - Gent, Bryugge, Ipr, Arras, Bryussel', Kyol'nshaharlari, Italiyada – Milan va Florensiyashaharlaribumasalada yetakchilikrolinio`ynadilar. AmmoShimoliydengizvaBaltikadengizibo`yidagishaharlarganisbatanO`rtadengizbo`yishaharlaribuilkdavrda, ya`niX-XIvahattoki XII asrlardasavdo-sotiqishlaridahukmronvaziyatniegallaganedilar. Sharqdankeladiganmahsulotlarqimmatbahotovarlarbo`lib, ularningbirqisminiyuqorisifatlibuyumsifatidayaqinSharqmamlakatlari yetkazibturardivau mahaldaG`arbiyYevropabubuyumlarniishlabchiqarabilmasdi.Ichkisavdo-sotiqrivojlanishihukmronsinflarqo’lidabo’lgan, feodallarqariybo’zini-o’zita’minlagan.

Biroqsavdo – sotiqrivojlanishigajudako’pomillarxalaqitbergan, masalanyo’lmasalasiog’irbo’lib, yo’llarningahvolijudayomonbo’lgan. Yo’llarnita’mirlatmasdan, aksinchafeodallarbundanfoydalanganlar, buzuqyo’llardaaravalarsinibqolibichidagitovarlarnio’zlarinikiqilibolganlarvaaravalarnita’mirlasho’shajoydagitemirchilargafoydabo’lgan. Bosqinchilardanqo’rqibsavdogarlarkatta-kattaguruhlargabo’libchiqqanlar, yonlaridaqurollanganqo’riqchilarbilano’tganlar. Feodallar quruqliklarda ham ko’priklar quganlar, shu joydan o’tgan savdogarlardan pul undirganlar. Daryolarda ataylab kemalarni cho’ktirishni uyushtirganlar, qirg’oqlarda qolgan mollarni o’zlariniki qilib olganlar.29 To’g’ri mehnat taqsimoti yo’lga qo’yilishi bilan, ichki savdo-sotiq rivoj topgan. Bunday savdolarda ishchi, hunarmand, shahar aholisi qatnashganlar.

Ijtimoy mehnat taqsimoti XI asrga kelib tajribali sotuvchilar, savdogarlardan iborat guruhi paydo bo’lichiga zamin hozirladi. Savdogarlar hunarmandlar bilan mustahkam aloqa qila boshlagadi, savdogarlar mayda-chuyda sotadigan do’kondorlar bo’lganlar.Yangi tarkib topayotgan savdogar aholisini bir qismi savdo-sotiq ishlari bilan band bo`lardi. Ammo, savdo-sotiq ishlariga to`siq bo`lib turgan muammolarni hal qilish uchun birgalikda harakat qilish lozim edi. Sharahlar savdo markazlari vazifasini o`tab borishi bilan, savdo-sotiq bilan shug`ullanuvchi vakillar o`z faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan birlashmalaр tashkil etdilar. Xususan, mazkur birlashmaga gildiyani misol qilish mumkin.

Savdo-sotiq va birlashmalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan nizomda bozorda tovarni reklama qilish, xaridorlar erkinligi cheklangan. Savdogarlar shaharga qimmatbaho xomashyo olib kelsa, birinchi o’rinda hunarmandlarga tarqatib berishi kerak bo’lgan. O’tib ketayotgan savdogar shaharga kirib, 3 kunga o’zining molini sotuvga qo’yishi, hattoki shu mollar unga foyda keltirmasa ham, 3 kun sotishga majbur bo’lgan30.

Shuningdekhunarmandlar oila a’zolaridan iborat savdogarlar kompaniyasini tashkil qilgan. Asta-sekin shahar hunarmand va qishloq aholisi savdo markaziga aylanadi. Yillar o’tib, milliy bozorlar Yevropaning barcha mamlakatlarida paydo bo’ladi. Muayyan hududlarda ma’lum mahsulot turini ishlab chiqarish uchun imkoniyatning yuqoriligi, ishlab chiqarishni ixtisoslashuviga xizmat qilgan. Shimoliy Fransiya va Flandriya o’zlarining jun gazlamalari, Shampan va Reyn bo’yi viloyatlari zig’ir poya tolasidan to’qilgan matolari, Shimoliy Italiya va Toskana shaharlari-paxtadan to’qilgan gazlamalri, bo’zi bilan, Ispaniya-rangli charmlari, Milan, Nyurenberglar qurol-aslahalari bilan nom qozongan.31 Ayrim hududlar qishloq xo’jalik mahsulotlari: g’alla, musallas va boshqalarga ixtisoslashgan. Turli hududda o’zarosavdo aloqalari yo’lga qo’yilishi mamalakatlarda ichki bozor shakllantirdi.

Savdo-sotiq esa, o’z navbatida, hunarmandchilikning taraqqiyotiga yo’l ochadi. Xususan, Flandriyadagi movut to’qish sexlari Angliyadan keltiriladigan junda ishlansa, Yevropa yengil sanoati Yaqin va O’rta Sharqdan keltiriladigan bo’yoqlar va ularni mustahkamlaydigan ashyolar bilan bevosita bog’liq edi. Dastlab, ipak va paxta Sharqdan keltirilgan. Sharqqa rangli movut chiqarish imkoniyati Fransiyaning janubida jun gazlama ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Ayni shu sabab musallas, zaytun yog’i, mevalar va bo’yoq olinadigan o’simliklarni ham yetishtirishga turtki bo’ldi. O’rta asrlarda tashqi savdo jonlandi. XI asr oxirlaridan boshlab Bu davrda Yevropaning janubida yirik savdo markazlari vujudga keldi.

Levant (Kichik Osiyo) savdosi rivojlangan, bunday savdoni italyanlar, janubiy fransuzlar va katalonlar savdogarlari olib borganlar. O’rta yer dengizi, Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo orqali savdogarlar karvoni Yaqin Sharq mamkalatlariga kelib tovar sotib olganlar.32 Ushbu tovarlarni arab savdogarlari Hindiston, Xitoy va boshqa sharqiy mamlakatlardan olib kelganlar. 400 yil mobaynida Genuya, Venetsiyashaharlari savdogarlari sharqdan keladigan tovarlarni Yevropaga yetkazish bilan shug’ullanganlar. Levantiya savdosi tranzid xarakterga ega bo’lgan. O’rta yer dengizi havzasi shaharlari Sharq va G’arbiy Yevropamamlakatlari o’rtasida vositachilik vazifasini bajargan. Asosan Sharq mamlakatlaridan qurol, ipak, porox, shisha, qog’oz, paxta matolar, parfumeriya, quritilgan mevalar kabi tovarlar olib kelingan. Shuningdek, Levantiy savdosi tufayli XI-XIII asrlarda Sharqdan yevropa mamlakatlariga turli iste’mol tovarlarni: guruch, limon, tarvuz, shakar va boshqalar keltirilgan. Keltiriladigan mahsulotlar juda qimmat bo’lib, faqat boy feodallar uchun mo’ljallangan.33 Natijada feodal pulga ehtiyoj seza boshladi. Ayni shu sabab, feodal dehqondan rentani pul bilan to’lashni talab qildi o’rta asrlarda renta mahsulot, ishlab berish, pul shakllarida bo’lgan.

Rivojlangan o`rta asrlarda Yevropaning ikkinchi yirik savdo markazi Shimoliy va Baltika dengizi havzasi mamlakatlari hisoblanadi.Yevropaning boshqa qismida-Shimoliy Germaniya shaharlarini Niderlandiya, Skandinaviya mamlakatlari va Novgorod bilan bog’lagan. Shimoliy va Boltiq dengizlarda ham savdo-sotiq ishlari keng ko’lamda rivojlandi. Nemis ganzasi(savdo ittifoqi) deb ataladigan ittifoqqa qarashli bo’lib, o’zlarining katta-katta savdo aylanmasiga ega bo’lgan shaharlar bular orasida ayniqsa ajralib turardi. Germaniyaning Lyubek, Gamburg, Bremen va boshqa shaharlari ana shu Nemis ganzasi ittifoqiga kirar edi.34 XIII-XV asrlar davrida Ganza(jami bo’lib bunga 80 ga yaqin shahar kirgan edi) Yevropaning shimoli-sharqi bilan, Skandinaviya, Polsha va Rossiya bilankeng savdo-sotiq olib borardi. Ganza bilan intensiv ravishda savdo-sotiq olib brogan shaharlar orasida yirik rus shahri Novgorod bor edi. Boshqa rus shaharlaridan Pskov, Smolensk va Polotsk Ganza bilan savdo-sotiq munosabatlarida bo’lgan edilar.35 Shimoliy va Sharqiy Yevropadan olib ketiladigan o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlari(g’alla, baliq, asal, kanop losi, yog’och, smola, arava moyi, mo’yna va boshqalar) evaziga ganzaliklar G’arbiy Yevropa hunarmandlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (Flandriya va ingliz movutlari nemislarning metal buyumlari, fransuz vinolari va hokazolar) shuningdek, qisman Levantdan keltiriladigan tovarlarni (dorivorlar, janubning quruq mevalari, sharqning zeb-ziynat buyumlari va boshqalarni) bu yerlarga olib kelardilar. Shimoliy(Boltiq bo’yi nemis) va janubiy(O’rta dengizdagi) savdo markazlari, asosan, suv(daryo) yo’llari orqali bir-birlari bilan bog’langan. Germaniyada Reyn va Elba, Fransiyada Sena va Rona asosiy daryo yo’llari orqali bir-birlari bilan aloqa qilardilar. Alp tog’lari orqali o’tgan Sen-Bernar, Sen-Gotard va Brenner singari bir qancha dovonlar quruqlikdagi muhim savdo-sotiq yo’llari rolini o’ynardi36.

XIII asrda va XIV asrning birinchi yarmida Yevropadagi yirik savdo markazini yarmarklar misolida ko`rish mumkin. Yarmarka so’zining asl ma’nosi “yilda bir marta bo’ladigan savdo”37 demakdir. X asrda G’arbiy Yevropada ulgurji savdo qilinadigan bozori hisoblangan. Ammo X asrga qadar Yevropada yarmarkalar faoliyat ko’rsatgan, yarmarka uchun tanlanadigan joy mol ayriboshlash uchun xavfsiz va himoyalangan, tabiiy-geografik qulay hududda joylashgan, shaharlarning ichki imkoniyatlari yarmarka talablariga javob bera oladigan bo’lishi lozim edi. Masalan: Shampan, Bryugge va Antverpen kabi yarmarkalar Yevropaning turli qismlari bilan bog’laydigan muhim savdo yo’llari kesishgan nuqtada joylashgan, buning natijasida mazkur yarmarkalar xalqaro yarmarka maqomiga erishgan.

Xalqaro savdo faol olib borilgan hududlarda yarmarkalar tashkil qilinib, ular ko’pincha yilda 1-2 hafta faoliyat ko’rsatgan.O’rta asrlarda savdo-sotiqning alohida shakli rivojlangan bu yarmarkalar aniq muddatda savdo chorrahalarida o’tkazilgan, cherkovlar yonlarida, katta bayramlarda, dala ishlari tugagan paytlarda. Bu yarmarkalarga barcha shaharlardan katta-katta savdogarlar tashrif buyurganlar, kelganlar feodallarga, cherkovlarga to’lovlar to’laganlar. Vaqt o’tishi bilan savdo-sotiqning alohida qoidasi-yarmarka qoidasi shakllangan. Shunday paytlarda har qayerdan kelgan savdogarlar o’rtasidagi munosabatlar to’g’rilab olingan. Masalan yarmarkadan puli to’lanmagan tovarlarni olib ketish man etilgan, savdogarlarning qoida buzilishlariga yo’l qo’yilmagan. XII asr boshlarida Flandriyadagi Lill, Ipr yarmarkalari mashhur bo’lgan. XII-XIII asrlardan yarmarkalar Sharqiy Fransiyaning to’rtta shaharida navbat bilan o’tkazilib turilgan.38

XIIIasrda XIV asrning birinchi yarmida Yevropadagi turli mamlakatlarning tovarlari kelib yig’iladigan eng gavjum savdo joyi-Shampan yarmarkasi edi. Shampan Angliya, Italiya, Flandriya, Germaniyaning sanoati rivojlangan hududlari va Flandriya bilan bog’langan edi. Shampan shahri orqali yirik Senna va Mass daryolari oqib o’tgan bo’lib, janub tomondan Sonna va sharq tomonidan Mozel daryolari Shampan chegarasigacha yetib kelgan. Shampanning asosan oltita yarmarkasi bo’lib, butun yil davomida to’rtta shaharda faoliyat ko’rsatgan. Yarmarkalar bir-birovidan uncha yiroq bo’lmagan Trua, Bar, Bri va Lan’ida bo’lib, haqiqatda butun yil bo’yi savdo davom qilardi. Yarmarka iyun oyida Trua shahrida boshlanib, Bar, Bri, Lan’i shaharlarida ketma-ket davom etib, so’ngra yana Trua shahriga qaytgan.39 Yarmarkaning birinchi to’qqiz kunida mol ishlab chiqaruvchi o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni ajratilgan hududga joylashtirish, qadoqlarni ochish, molni tarqatish bilan shug’ullangan. Yarmarkalarni o’tkazish tartibi bir xil o’zgarmas edi. O’ninchi kuni erta tongdan movut yarmarka ish boshlagan. Yarmarkada flandriya va pikardiyadan keltirilgan gilamlar, fransuz va nemis matolari, janubdan keltirilgan zar qog’oz, Venetsiya va Lombardiya ipak tolasi, Hind dag’al gilamlari, Flandriyadan keltirilgan nafis movut mahsulotlari bilan savdo qilingan. O’ninchi kuni kechga borib, movut yarmarkasi yopilib, ertasi kuni charm-mo’yna mahsulotlari yarmarkasi ochilib amalda yarmarka oxirigacha davom etgan. Yarmarkada savdo qilinadigan tovarlar ichida chorva mollari va otlar qimmat va katta ahamiyatga ega tovarlar hisoblangan. Savdo qonuniga ko’ra yarmarkada qatnashgan savdogarlar maxsus savdo bojini to’lashlari shart bo’lgan, boj graflik xazinasiga borib tushar edi. Grafning vakillari yarmarkalarda turli ishlarni bajargan. Ammo yarmarkalarda barcha muhim masalalarni savdogarlaro’zaro hal qilganlar. Muammoli holatlar yuzaga kelguday bo’lsa, savdogarlardan tanlab qo’yilgan yarmarka sudiga murojat qilingan va shu orqali muammo hal etilgan.40 Yuz yillik urush munosabati bilan XIV asrning ikkinchi yarmida Shampan yarmarkalari o’z ahamiyatini yo’qotdi. Fransiya Angliya o’rtasidagi Yuz yillik urush davridagi harbiy to’qnashuvlar Shampan hududlarida ham olib borildi. Natijada Shampanga olib boradigan savdo yo’llari savdogarlar uchun xavfli bo’lib qoldi. Yuz yillik urush graflikning iqtisodiy qudratiga kuchli saliy ta'sir qildi. Shampan yarmarkalari o’rta asrlardagi vaqti-vaqti bilan bo’ladigan savdoda yangi zamon savdosi uchun xarakterli bo’lgan doimiy, muntazam, kundalik savdo oborotiga ko’chish shakli edi. Shampan grafligidagi yarmarkalar, butun Yevropada nom qozongan. Shimoliy va Janubiy savdo yo’llari kesishgan joydagi Shampan yarmarkasiga ko’plab mamlakatlardan savdogarlar kelib, yirik savdo bitimlari tuzishgan.

Shampan xalqaro yarmarkasining o’z ahamiyatini yo’qotishi bilan italyan va nemis savdogarlari Italiya va Flandriya o’rtasida kunlik qatnovlarni amalga oshira boshladilar. Buning oqibatida XIV asrning o’rtalaridan yarmarka markazi Shampandan shimolroqqa-Flandriyaning Bryugge shahriga o’tadi. Atlantika okeani Shimoliy dengiz bilan birlashtirilgan kanal sohilida joylashgan Bryuggeda savdo yil bo’yi davom etgan. Boshqa shaharlardagi cheklashlar taqiqlarning bo’lmasligi sababli, chet el savdogarlari-italiyaliklar, ispanlar, fransuzlar, shimoliy germaniyaliklar Bryuggeda erkin savdo qilganlar. Bryugge yarmarkasining birlashuviga Flandriya shaharlari mustaqil savdo qilishga intilishlari kuchli salbiy ta’sir qildi. Flamad shaharlari molni Bryuggedan olmasdan to’g’ridan-to’g’ri chet elliklardan olib o’z shaharlariga yig’a boshladilar. Bu o’zgarish ikki tomonlama port hisoblangan Belgiya uchun juda halokatli hodisa edi.41 Lekin Bryugge uchun bu o’zgarishlarning ahamiyati yo’q sababi Bryugge chet el savdo kemalari uchrashadigan hududda joylashgan. Bryuggening geografik qulay joylashuvi uning uzoq-uzoqlarga kemalarida suzib borishdan ko’ra, chet eldan o’zlari kelgan savdogarlardan molni qabul qilib olishi afzalroq edi. Ushbu o’zaro munosabat chet ellik savdogarlar bilan o’rtada vositachilik qiladigan maklerlarning aralashuvini cheklanishi ham chet eliklar uchun foydali edi.

Bryugge xalqaro yarmarkasi oyning to’rtinchi dushanbasidan Pasxa (xristianlarda:afsonaviy isoning tirilishi xotirasiga bag’ishlangan diniy bayram)dan so’ng boshlanib amalda yil bo’yi davom etgan. Bryugge yarmarkasida turli hududlardan kelgan juda ko’plab mo’l-ko’l mahsulotlar bilan savdo qilingan. Turli-tuman mahsulotlar: fransuz vinosi, ingliz juni, O’rta dengizdan keltirilgan ziravorlar, rangli daraxt, zeb-ziynat buyumlari. Shuningdek, Ganza kemalari Germaniya, Rossiya va Shvetsiyadan keltirgan g’alla, qurilish materiallari, quritilgan baliq, mo’yna va metal buyumlar butun savdo ahlini diqqatini tortgan. XIII asr oxirida yaratilgan bir gramotada Bryugge yarmarkasida savdo ishlari bilan qatnashgan o’ttizdan ortiq mamlakat savdogarlari qayd qilingan. XIV asr boshlaridan Bryugge yarmarkasi Flandriya, Genuya va Venetsiya o’rtasidagi kundalik qatnovlar boshqaruv dastagini qo’lga olishi bilan o’zinig taraqqiyot cho’qqisiga erishdi. XV asr oxiriga borib, shahar aholisining o’zaro urushlari oqibatida Bryugge yarmarkasiinqirozga uchray boshladi. Filipp II saroyida boshlangan o’zaro kurash va fitnalar ham Bryugge yarmarkasi mavqeini tushishiga sabab bo’ldi. Natijada Bryugge xalqaro yarmarkasi maqomi Antverpenga ko’chadi.

XIV asrning birinchi yarmi XV asrlarda Shampan va Bryugge yarmarkasiga o’xshagan Jeneva yarmarkasi shakllana boshladi. Jeneva janubiy yevropaning muhim savdo markazida joylashgan bo’lib, Italiya, Fransiya, Janubiy Germaniya bilan bog’langan edi. Jenevaning xalqaro yarmarka sifatida e’tirof etilishiga uning qulay geografik joylashuvi imkon bergan. Jeneva orqali Lion, Ron vodiysi, Bazel va Janubiy Germaniya, Flandriyaga boradigan savdo yo’llari o’tgan. Jeneva yarmarkalari diniy bayramlar arafasida tashkil etilgan. XI asrdan boshlab, Jenevada Lombardiyadan keltirilgan g’alla, fransuz va flamand matolari, ingliz movuti, sovuq o’qotar qurollar, qimmatbaho taqinchoqlar, toshlar, Ispaniya va Langedokdan zig’ir poya, Rossiyadan mo’yna va asal, nemis shaharlaridan metal idish-tovoqlar va qurollar keltirib savdo qilingan. XV asrda Leypsig, Lion, Frankfurt shaharlari Jeneva yarmarkasi tovar ayirboshlashiga tortildi. Bu davrda Jeneva ko’plab chet el savdogarlari kelar, ularning ba’zilari shaharda istiqomat qilib qolib, shahar aholisiga aralashib ketardi.42 Jenevaga kelgan ko’pgina savdogarlar fuqarolik huquqini qo’lga kiritib, shaharning doimiy aholisiga aylangan. Bu Jeneva shahrini doimiy gavjum bo’lishini ta’minlab turgan. Ammo Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi, turli aralash va yangi savdo yo’llarining paydo bo’lishi, xristian davlatlarining ko’pchiligi Jeneva bilan aloqasining uzishi oqibatida Jeneva yarmarkasi inqirozga uchradi.

Yuz yillik urush munosabati bilan XIV asrning yarmida Shampan yarmarkalari o’z ahamiyatini yo’qotdi. XV asrga borib Fransiya, Italiya, Janubiy Germaniya o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlaydigan joy Jenevadan Lionga ko’chdi. Lion yarmarkasi Lyudovik XI hukmronlik faoliyatida Jeneva yarmarkasini sindirish siyosatini qo’lladi. XVI asrda Lion xalqaro savdo markaziga aylandi. Lionning gullab yashnashiga italyan bankirlari juda muhim rol o’ynaganlar. Italyan bankirlari Lion orqali Fransiya xazinasiga boradigan pullarni qo’lga kiritib juda katta foyda ko’rardilar. Shu sababdan saksondan ortiq italyan oilalari birlashib Lionni Italiyaga tegishli ekanligini asoslashga uringan. XVI asrning ikkinchi yarmida Lion yarmarkasi inqirozga uchray boshlagan.

Dastkabki nemis yarmarkasi Frankfurt va Mayn hisoblanadi. XIV asr oxirlaridan janubiy-g’arbiy Germaniya va Shimoliy va Janubiy Germaniya hatto Italiya ham savdogarlar ko’chib ketishgan. Frankfurt va Maynning xalqaro savdo ahamiyatiga ega geografik holati bilan asoslanadi. Germaniyada Frankfurt-Mayn shahridagi bahorgi va kuzgi yarmarkalar hamda Leypsig shahridagi yarmarka (1165-yildan buyon davom etib keladi) xalqaro yarmarkalar sifatida ajralib chiqdi. Frankfurtdan Shvetsariya, Fransiya va Janubiy Germaniya, sharqda Gale va Erfutrga boradigan savdo yo’llari o’tgan. Frankfurt va Mayn yarmarkasining xalqaro ahamiyatga ega bo’lishida shaharning erkin va shahar respublika maqomiga ega ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etgan. 1257-yilda shahar Burgministir tomonidan boshqarilib, o’z politsiyasi va shahar kengashiga ega bo’lgan.43

XVI-XVII asrlarda Frankfurt yarmarkasi Kyoln, Nyurenberg, Augsburg, Ulm, Myunxen, Jeneva, Bazel, Strasburg va Metsa genuyaliklar va niderland savdogarlari o’zaro mol ayirboshlaganlar.44 Frankfurt yarmarkasida ingliz, niderland jun movuti, Italiya ipak matolari, Niderlandiyadan keltirilgan tuz, baliq (seld) va pishloq, mustamlakalardan Vengriyadan asal, Nyurenbergdan keltirilgan metal buyumlar bilan savdo qilingan.

O’rta asrlar yarmarka savdosi rivojlangan davr hisoblanadi. Lekin yangi davr boshlanishi bilan katta xalqaro yarmarkalar o’z ahamiyatini yo’qota borgan. Agarda yarmarkalar Germaniya, Avstriya va Skandinaviya mamlakatlari XIX asr o’rtalariga kelib shahar qishloq o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlashining zaiflashishi natijasida inqirozga uchragan bo’lsa, Angliya va Fransiya esa o’troq savdo o’rnini allaqachon ko’chib yuruvchi savdo savdo shakli siqib chiqara boshlagan edi. Yarmarka savdosi keyingi davrlarda ham savdo-sotiq munosabatlariga muhimahamiyat kasb etib keldi. Bunga yarmarkalarning hududiy jihatdan mavqeyini yoki bo’lmasam turli ko’rgazmalar shaklida yangi mazmunda qayta tashkil etilishini ko’rishimiz mumkin.

Yevropada rivojlangan o`rta asrlarda xalqaro savdoning asosiy ikki dengiz yo’li shakllanadi. Levant-O’rta yer dengizi havzasidagi mamlakatlarni bog’lagan.Sharqiy Yevropaga Hindiston va Osiyodan o’tuvchi quruqlik yo’llari ham, shuningdek, Suvaysh qo’ltig’ini ham qo’lga kiritishlari arablarning Yevropa bilan Osiyo va Afrika qit’asida asosiy vositachi bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Eng qadimgi zamonlardayoq Finikiya savdogarlari Shimoliy Afrika sohillarida, O’rta yer dengizini ko’pdan ko’p orollardan, shuningdek qadimgi Gretsiya, Rim, Ispaniya hududlarida savdo aloqalari boshlaganlar. Ushbu qadimiy savdo yo’lini o’rta asrlarda Yevropaliklar Levant savdo yo’li deb atadilar.45 VII asrda Levant savdo yo’li janubiy tarmog’i arablar qo’li ostiga ketdi va Afrikadan yevropaga keltiriladigan tovarlar kamayib, ularning narxi oshdi. Savdo-sotiqning rivojlanishi markazlashuv jarayonida va kuchli markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan sharoitdagina bog’liq bo’ladi.

Savdo yo’llari haqida Yevropa adabiyotlarida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Asosan musulmon sayyoh va geograflarida suv va quruqlik yo’llari haqida ma’lumotlar mavjud. Ibn Xordadbeh ma’lumotlariga ko’ra Faronlar (Yevropa davlatlarini barchasini (Vizantiyadan tashqari) arablar shunday ataganlar) dengiz yo’li orqali Misrga, Aleksandriyaga qul, parga, hayvon mo’ynalari, qilichlar olib kelganlar va qizil dengizgacha 25 farsax (150-200km) yurib qizil dengizga, u yerdan kemalarda shara, jidda suv yo’llari orqali Hindiston va Xitoyga ushbu tovarlar olib borilgan.46

Yevropaliklar asosan arablar bilan Yaqin Sharqda – Levantda (Yaqin Sharqni yevropaliklar keying vaqtlarda Levant deb, yurita boshlagan edilar), ayniqsa qizg’in savdo olib bordilar. Suriya Misr, Kichik Osiyoarablar savdosining asosiy hududlari bo’lib, arablar bu yarlarda Vizantiya savdogarlari bilan raqobat qilardilar va tovarlarni shu yerlardan G’arbiy Yevropaga yuborardilar. Sharq bilan savdo aloqalariItaliya, Fransiya, Germaniya mamlakatlari IX asrlardan boshlangan diniy kelishmovchiliklar va o’zaro harbiy to’qnashuvlarga qaramay to’xtab qolmadi, aksincha rivojlanib bordi. Akademik Bartoldning fikricha bunga sabablardan biri bo’lib savdo-sotiqlarda yahudiylarning vositachiligidir. Nima bo’lgan taqdirda ham arablar va yevropaliklar VII-IX asrlarda O’rta yer dengizi chegarasi(Levant) doirasida qizg’in savdo munosabatlarini boshlab yubordilar. Lekin ushbu aloqalar Yevropada feodal tarqoqlik jarayonida nihoyatda cheklangan bo’lib undan keying savdo aloqalari haqida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina dengiz bo’yi shahr respublikalari eng avvalo Venetsiya va Genuya, keyinroqAmalfi, Piza, Marsel, Narbon shaharlari X-XI asrlardan boshlab G’arbiy Yevropada sharq bilan savdo qiluvchi va Vizantiya- Arab savdo markazlari bilan iqtisodiy bog’langan shaharlar qatoriga qo’shilgan edi.

XI asrlardan boshlab esa Kataloniyaning markazi bo’lmish Barselona shahri ham Levant savdosida asosiy vositachi shaharlardan biriga aylanib ulgurdi.47Musulmonlar Ispaniyasi iqtisodiy jihatdan ilk o’rta asr Yevropasining gullab-yashnagan hududi bo’lgan. Islom dunyosi bilan bo’lgan murakkab munosabatlarga qaramasdan, arablar Ispaniyasi O’rtayer dengizida qizg’in savdo olib bordi, uning tanga pullari Hindistondan Irlandiyagacha bo’lgan ulkan hududda muomalada bo’lgan. XV asrda xristianlar tomonidan butkul egallangangunga qadar al-Andalus iqtisodiy jihatdan farovonligi bilan ajralib turgan, uning shaharlarini harbiy yurishlar uchun o’ziga jalb etuvchi nishonga aylantirgan.

Yevropada salib yurishlarini boshlanishi va salibchilarning Falastinni istilo qilishlari Yevropani Sharq mamlakatlari bilan savdo qilishiga deyarli ta’sir ko’rsatmadi. Diniy urushlar davrida savdo-sotiq yanada avj oldi. Hattoki to’rtinchi salib yurishida salibchilar Misrga hujum qilmoqchi edilar. Vizantiya savdogarlari Misr bilan qizg’in savdo qilar edi. Salibchilarni Osiyogacha keltirib qo’yish vazifasini o’z zimmasiga olgan Venetsiya ularni o’zining savdodagi raqibi Konstantinopol (Vizantiyaga) yurish qilishga ko’ndiradi. Venetsiya dochi Enriko Dondalo Vizantiyani kuchsizlantirib bo’lib boorish dasturini ilgari surdi va Levant savdosida yetakchi bo’lib olishga intildi.48 Harbiy muvafaqiyatsizliklarga qaramay har qanday salib yurishlarining G’arbiy Yevropa davlatlari uchun ahamiyati katta bo’ldi. Avvalo, O’rtayer dengizi mamlakatlarida Yevropa savdo-sotig’ining rivojlanishiga yordam beradi. Endilikda Italiya, Fransiyaning janubidagi va Kataloniya shaharlari Levant savdosida gegemonlikni o’z qo’llariga kiritdilar. Salib yurishlari vaqtida G’arbiy Yevropaning Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari muntazam yo’lga qo’yildi.

Levant savdosi yevropa iqtisodiyotining uzviy bir qismi bo’lib qoldi. Venetsiya bilan Genuya o’rta dengizning sharqiy qismida va hatto qora dengiz sohillarigacha kirib bordilar va u yerlarda ko’pdan ko’p faktoriyalar barpo qildilar. Qora dengizida eng muhim tayanch Kofa shahri uzoq vaqt Venetsiya va Genuyada yirik markaz vazifasini o’tadi.49

Yevropaliklar Yaqin Sharqdan ipak, paxta, va ulardan to’qilgan matolar, baxmal, gilamlar, qimmatbaho toshlar, noyob madanlardan tayyorlangan buyumlar, xushbo’y ziravorlar, dorivor giyohlar, qant, janub mevalarini keltirishgan. Savdoda ziravorlar alohida o’rin tutgan. Go’sht va baliqni (ba’zida quritilgan) ko’p iste’mol qiladigan yevropaliklar achchiq va ziravorlarga, hazm qiluvchi vosita sifatida, katta ehtiyoj sezganlar. Bu borada qalampir ayniqsa qadrlanib, undan to’lov vositasi sifatida: yer-mulk sotib olish, qarzlarni to’lashda, hatto qizlariga sep sifatida ham foydalanishgan.Tunis, Jazoir va Marokash bozorlaridan yevropalik savdogarlar sifatli jun olib qaytganlar. Yevropadan Sharqqa-yog’och, qatron(smola), temir, keyinchalik movut olib borilgan.50 Sharqdan keltirilgan molar uchun G’arbda oltin va kumush pullar to’lashga majbur bo’lganlar. Sharq va G’arb orasidagi tranzit savdo asosan Italiya shaharlari- Venetsiya, Genuya, Piza orqali olib borilgan. Bu vositachilik savdosida qisman Marsel, Monpelli, Narbonn(Janubiy Fransiya) va Barselona (Ispaniya) shaharlari ham qatnashganlar.

Bu 3 gigant Yevropa mamlakatlari Ispaniya, Fransiya, Germaniyadan tashqari boshqa dengiz savdosi shaharlari bor edi – Amalgi, Ankona, Marsel, Barselona. Bu mamlakatlar ba’zilari bozorda endigina ish boshlagan edi. Birortasi O’rta yer dengizi porti bilan tenglasha olmasdi. Pizaning idoralari Anpada, Tirda, Tripolda, Konstantinopolda edi. Genuya Paleloglarga Lotin imperiyasining ag’darilishiga yordam bergan va Arxipelagda, Xiosda, Mitilanda, Tenedosda, Smirnada punktlari bo’lgan. Genuyaning raqibi Venetsiya yanada boyroq bo’lgan.

Agar XII asrda Boltiq bo’yida savdo markazi Gotland orolidagi Visbi shahri bo’lgan bo’lsa, XIII asrga kelib, birinchilik Lyubek shahriga o’tdi. Bu davrga kelib nemis Ganzasiga Lyubek, Bremen, Gamburg va boshqa 70 ga yaqin shaharlar kirgan.51 Nemis va Novgorod shaharlari o’rtasida savdo-sotiq va iqtisodiy masalalar bilan bog’liq munosabatlarturli shartnomalar bilan aniqlashtirilgan. Ganza bilan Novgorod o’rtasida 5 ta shartnoma tuzilgan:


  1. 1195-yil Novgorod knyazi Yaroslav Vladimirovich bilan;

  2. 1257-1255-yillar Aleksandr Yaroslavich bilan;

  3. 1270-yil Yaroslav Yaroslavich bilan;

  4. 1301-1302-yillar Andrey Aleksandrovich bilan;

  5. 1371-yilgi shartnomaga esa novgorodliklar imzo chekmaganlar.

XI asrda muloqot yo’llaridan Dunay eng katta savdo yo’li edi. Vaqt o’tib, dunayliklar yo’l haqi deb savdogarlarni tunay boshlaydilar. Keyinchalik Venetsiya katta rol o’ynay boshladi.Savdo mollari Alp tog’lari dovonlari orqali olib o’tilib, so’ng Rona, Elba, Reyn daryolari bo’ylab qayiqlarda tarqalgan. Kemasozlikning yuksalishi tufayli, XIII-XIV asrlardan savdo mollari Yevropaning shimoliga, aylana dengiz yo’li orqali, Pireneya yarim oroli, Fransiyaning g’arbiy sohillaridan Atlantika bo’ylab Angliyaga, Flandriyaga, Shimoliy Fransiyaga olib borilgan.52

Baltika va Shimoliy dengiz savdogarlari nemis, skandinaviya, rus bozorlari uchun imkoniyat edi. Bu Shimoliy va Baltika dengizi edi. Lyubek, Gamburg, Bremen va Amsterdamliklar Angliyaga teri uchun, Bergenga Norvegiya o’rmoni uchun, Novgorod, Rigaga rus mexi, teri va mis uchun kelardilar.53 Yevropaning shimolida ishlab chiqarish kuchlarining yuksalishi, qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning rivojlanib borishi davomida hududning savdodagi mavqei ham oshib boradi.

ShimolidaBoltiq va Shimoliy dengizlar bo’ylab shakllanadi. Bu yo’ldagi asosiy yirik shaharlar-London, Bryugge, Lyubek, Novgorodlar bo’lgan.Xususan, Rus yerlarining Yevropa bilan muhim savdo markazi-Novgoroddan mo’yna, teri, zig’irpoya, shamlar; Volga daryosi orqali keltirilgan Sharq mollari; Norvegiyadan-yog’och, treska va seld balig’i;Shvetsiyadan-temir va mis; Angliyadan-jun(XV asrdan-movut); Flandriyadan-turli rangli yupqa movut gazlamalar; Germaniyadan-temir, tuz va don; Fransiyadan-musallas, tuz va hokazolarni olib ketishgan. Shimoliy dengiz yo’lidagi savdoda don yetakchi o’rinni egallab, unga yirik shaharlarda talab katta bo’lgan.

O’rta asrlar dunyosida savdogar o’z faoliyatida ko’plab xavf-xatar, qiyinchiliklarga duch kelgan. Savdogarlar qaroqchilar, yo’lto’sarlardan asranish uchun gildiyalar tuzib, qurolli qo’riqchilar bo’linmalarini yollashgan. Ular ko’plab kemalardan iborat flotiliya tuzib dengiz safarlariga chiqishgan. Shunga qaramasdan, ma’lum darajadagi xavf doimo bo’lgan bu haqda biz o’sha davrlarda yozilgan yilnomalardan qaroqchilar talagan va cho’ktirgan kemalar haqidagi xabarlardan ham bilib olishimiz mumkin.

Savdo-sotiqqa to’sqinlik qilgan omillardan biri yo’llarning yaroqsizligi -bo’lgan. Tog’ so’qmoqlaridan molni faqat ot-ulovda olib o’tish mumkin bo’lgan. G’alla, yog’ochva boshqa og’ir mahsulot va buyumlarni uzoq masofalarga faqat kemalarda tashilsagina daromad keltirgan. Boj to’lovlarining ko’pligi mol qiymatini oshirgan. Har bir senor, har bir shahar o’z hududidan o’tayotgan savdogarlar molidan boj olgan. To’lov ko’prikdan o’tilganda, portda molni kemadan tushirganda, ularni bozorda sotganida va hokazolarda olingan. Dengiz to’fonida halokatga uchragan egasinikiga aylangan. Bu senorlarga foydali bo’lgani uchun ba’zida chalg’ituvchi soxta belgilar qo’yilib, kemalarni halokatga uchratishga ham harakat qilingan.54 Savdogar mahalliy aholi vakillaridan birortasini hamiyatiga tegsa, bu qilmishiga ushbu shahardagi barcha hamyurtlari bilan birgalikda javob berishi ko’zda tutilgan.

Savdo markazlari shakllanish tarixida ularni faoliyati yzasidan qonunchilik bazasini alohida takidlash lozim. Boltiq bo’yining barcha mamlakatlarida XIV asrning o’rtalariga mansub Visbi qonunlari juda katta nufuzga ega bo’lgan. Unda dengizda yuk tashish va dengiz savdosi masalari tartibga solingan. Bu port shaharda german, shved, latviyalik va novgorodlik savdogarlar o’z assotsiyalariga ega bo’lishgan, biroq Visbi huquqining rivojlanishiga hammadan avval Gamburg va Lyubek shahar statuslari ko’proq ta’sir o’tkazgan. German imperiyasining shimoliy italyan o’lkalarida ham shahar huquqi ancha rivojlangan. Bu yerda Lombard ligasi deb atalgan uyushmaga birlashgan shahar kommunalari tashkil topgan edi. Unga Verona, Venetsiya, Bergamo, Milsi, Parmo, Bolonya va boshqalar kirardi. Aynan shu yerda birinchi marta savdo odatlari muayyan bir tizimga solingan {1216-yilgi Milanning “Odatlar kitobi”} va turli xil {dengiz, yarmarkaga oid va hokazo} dengiz sudlarining qarorlarini yozish amalga oshirilgan.55

Germaniya savdo huquqining muhim manbalaridan biri xalqaro shartnomalardir. Bunday shartnomalar boshqa shaharlar bilan, ularning ittifoqlari bilan va hatto xorijiy monarxlar bilan ham tuzilishi mumkin edi. Ularda savdo ishlari yuritish uchun qulay shart-sharoitlar ta’minlanishi haqida kelishib olinardi. Msalan, Kyoln shaharlari bilan ingliz qiroli Genrix II o’rtasida xuddi shunday shartnoma tuzilganligi ma’lum. Unga binoan, qirol Kyoln savdogarlariga Angliyada savdo ishlari bilan shug’ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni va’da qilgan edi.56

Yevropadagi siyosiy tarqoqlik oqibatida turli mamlakatlardagina emas, har bir gersoglik, graflik yoki yirik shaharda pul zarb qilinishi ham savdo-sotiqni rivojlanishiga to’siq bo’lgan. Bu borada tanga pullar tarkibidagi kumush yoki oltinni miqdori me’yoridan kam bo’lishi, muammoni yanada chigallashtirgan. Oqibatda, xalqaro savdoda Vizantiya puli (numatsiya), XIII asrdan Venetsiya dukati va Florensiya flori eng ishonchli tanga pullarga aylangan. Yevropa mamlakatlarida aksari uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovlarining turlicha bo’lishi} ham savdodagi to’siqlardan biri bo’lgan.




Download 140,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish