Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot to`g`risidagi fandir. «Adabiyotshunoslik» atamasi «adabiyot» hamda «shinostan» so`zlaridan tarkib topgan bo`lib, «adabiyotni o`rganmoq, o`rgatmoq» ma’nolarini anglatadi



Download 64,41 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi64,41 Kb.
#255551
  1   2   3   4   5
Bog'liq
dilnoz 2


1

Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot to`g`risidagi fandir. «Adabiyotshunoslik» atamasi «adabiyot» hamda «shinostan» so`zlaridan tarkib topgan bo`lib, «adabiyotni o`rganmoq, o`rgatmoq» ma’nolarini anglatadi. Umuman, «adabiyot» so`zi arabcha «adab» so`zidan olingan bo`lib, ilk bosqichlarda ushbu so`z yaxshi xulq, yaxshi tarbiya, yurish-turish ma’nosida qo`llanilgan. X11 asrdan bu so`z poeziya, uni o`rganuvchi grammatika, ritorika kabilarni anglatgan. XIX asr oxirlariga kelibgina ushbu atama san’atning bir sohasi bo`lgan badiiy adabiyotni anglatadigan bo`lib qoldi. Darhaqiqat, adabiyotshunoslik fani badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kelib chiqishi va ijtimoiy aloqalarini o`rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik - badiiy so`z san’atining o`ziga xos xususiyatlari, badiiy ijodning zamini, tuzilishni o`rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik fani tarixiy-adabiy jarayonning ma’lum davr yoki joyga xos bo`lgan hamda umumiy qonuniyatlari to`g`risidagi fandir. Adabiyotshunoslik o`z ichiga badiiy so`z san’atining barcha sohalarini qamrab oladi. Adabiyotshunoslik talabalarga badiiy adabiyot to`g`risidagi dastlabki ma’lumotlar berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Mazkur kursda adabiyot nazariyasining qoidalari bilan tanishtiriladi. Bundan maqsad, talabalarda badiiy adabiyotni tushunish, uni ilmiy o`rganish va baholay olish malakasini orttirishdir. Adabiyotshunoslik atamasi 1842 yilda Olmoniyada paydo bo`ldi. Atama keyinchalik Rossiyaga o`tgan (literaturovedenie). Adabiyotshunoslikning ob’yekti - muayyan tarixiy Sharoit bilan bog`liq ravishda olinadigan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayonidir. Adabiyotshunoslikning predmeti - badiiy adabiyotdir. Adabiy jarayon adabiyotning rivojlanish yo`lidir. Adabiyotshunoslik adabiyotni o`rganar ekan, mumtoz yozuvchi va shoirlar ijodi, ularning adabiyot haqidagi fikrlariga asoslanadi. Adabiyotshunoslikka kirish umuman badiiy adabiyot to`g`risidagi dastlabki va umumiy ma’lumotlarni beradi. Adabiyotshunoslikka kirish adabiyot nazariyasidan soddaroqdir. O`zbek tilida «adabiyot» atamasi XX asr boshlarida paydo bo`ldi. Oldinlari badiiy adabiyotni anglatadigan yagona atama bo`lmagan. Uning o`rniga «nazm, so`z, sanoi nafisa, abyot, nasr, she’r, musannifot» kabi so`zlar ishlatilgan. Jumladan, Alisher Navoiy ham adabiyotga nisbatan «so`z» degan. SHunday qilib, she’riy va nasriy badiiy so`zni birlashtirib «adabiyot» deb atash odat tusiga kirmagan edi. Birinchi marotaba Abdulla Avloniy 1909 yilda «Adabiyot. Milliy she’rlardan birinchi juz’» nomli kitob bostirib chiqardi. SHu kitobdagina «adabiyot» so`zi hozirgi ma’noda ishlatiladi. SHundan keyin «Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 14 va 16 mart sonlarida A.Sa’diyning « O`zbek adabiyoti to`g`risida o`qiladigan dokladning asoslari» nomli maqolasi bosiladi. 1926 yilda S.Ayniyning «Namunai adabiyoti tojik», Fitratning «O`zbek adabiyoti namunalari» (1926) darslikmajmualari, shu yili «Adabiy parchalar» nomli to`plam nashr etiladi. Mana shular a d a b i yo t atamasining qaror topganligini ko`rsatdi. Lekin bu ham osonlikcha bo`lgan emas. O`zbek tiliga kirib qolgan barcha arabcha-forscha so`zlarni chiqarib, ularning o`rniga yasama so`zlarni qo`yish talabi bilan chiqqan puristlar bu atamaning qaror topishiga qarshilik qilganlar. Elbek «adabiyot» so`zini «yozg`ichlar» so`zi bilan almashtirmoqchi bo`ladi. A.Qodiriy, Oltoy, Botu, Oybek va boshqalarning asarlaridan tuzilgan to`plamni Elbek «Go`zal yozg`ichlar» deb nomlagan. Adabiyotshunoslik fanini anglatadigan atama o`rniga «ilmi qofiya, ilmi bayon, ilmi aruz, ilmi maoniy» atamalari va shularni o`z ichiga olgan «ilmi adab» atamalari ishlatilgan. Adabiyot so`zi arabcha bo`lib, odob so`zidan olingan.»A d a b i yo t» atamasi keng ma’noda umuman yozma adabiyot, yozilgan narsalar, bosilgan kitoblarni anglatadi. Tor ma’noda esa badiiy so`zni, san’at turlaridan biri, so`z san’ati bo`lgan badiiy adabiyotni anglatadi. Aslida XIX asrlargacha hozirgi ma’noda adabiyot bo`lmagan. Oldingi alabiyot namunalari ko`pincha ijro, deklamatsiya uchun va musiqaga mo`ljallab yozilgan bo`lib, ijro san’atiga mansub edi. Gegelp uchun ham adabiy asarlarning ijro uchun yozilishi tabiiy bo`lgan. XIX asrga kelibgina ijro etishga ehtiyoj bo`lmagan, ya’ni o`qish uchun adabiyot yaratildi. Badiiy asarlarni «poeziya» atamasi bilan yuritish sababi esa, oldinlari nasrning san’at hisoblanmaganligidir. CHunki oldinlari badiiy adabiyot to`la ma’noda badiiy so`zni qayta ishlash san’ati hisoblanardi. Qadimgi adabiyotda so`z san’ati unsurlari mifologiya, din, fan kurtaklari bilan aralash, uyg`un edi, unda turli amaliy maslahat va ahloqiy o`gitlar berilardi. «Adabiyot» atamasining «odob» ma’nosi ham shundandir. Biroq qadimgi adabiyotning sinkretik (aralash) xarakteri uning estetik qimmatini yo`qqa chiqarmaydi. O`rta asrlarda adabiyot normativlik, badiiy vositalarning turg`unligi bilan ajralib turardi. U davr adabiyotida san’atkor Shaxsi hali juda kuchsiz namoyon bo`lardi. Bu narsa u davr san’atidagi monumentallik (asoslilik, chuqur mazmunlilik)ni keltirib chiqaradi, lirikani esa falsafiy va aforistik qiladi. Hozirgi ma’nodagi adabiyotning paydo bo`lishiga texnika taraqqiyoti va kitob bosishning kelib chiqishi sabab bo`ldi. Natijada so`z san’ati bo`lgan adabiyot mustaqil san’atga aylandi. SHuning oqibatida nazmning o`ziga xos alohida qonunlari emirilib, so`z san’ati xalq tiliga yaqinlashdi. Shundan keyingina adabiyot to`g`risidagi fan ham, nazariy tushunchalar ham o`zgardi. Oldia.ngi nazariyachilar adabiyotga so`z san’ati sifatida qarab, uning Shakliy tomonlari (nutq, kompozitsiya, uslub va janr kabi) ga asosiy e’tiborni berganlar. Yangi adabiyotning paydo bo`lishi bilan badiiy adabiyotning mazmuniga e’tibor kuchaydi, mavzu, g`oya, xarakter, metod kabilarga katta e’tibor beriladigan bo`ldi. Adabiyotshunoslik fani tilshunoslik, tarix, estetika, psixologiya va boshqa fanlar bilan aloqada bo`ladi. Masalan, adabiyotshunoslik so`z bilan ifodalanadi, so`zni esa tilshunoslik o`rganadi. SHuningdek, tuyuq janri haqida gapirilsa, u omonimik qofiyada bo`ladi. Omonim so`zlar qoidasini esa tilshunoslikdan topishimiz mumkin. Adabiyotshunoslik tarix fani bilan ham bog`liq. Adabiyotshunoslik adabiy jarayonga, uning asarlariga baho beradi. SHunda tarix bilan bog`liq holda tahlil qiladi. Estetika bu barcha san’atlarning nazariyasidir. Bu rassomlik, haykaltaroshlik va kino san’atidir. Adabiyot ilmi o`z qoidalarini yaratishda estetikaga suyanadi. Bu unga obraz yaratishda kerak bo`ladi. Adabiyotshunoslik tibbiyot bilan ham aloqada bo`ladi. Masalan, adabiy asarlarda, jumladan, A.Qahhorning «DahShat» hikoyasida Unsinning o`limi, «Ming bir jon»da Masturaning kasalliklari. Bunday hollarda yozuvchi, albatta, kasallikni tasvirlash uchun avvalo, kasallik sirlarini o`rganadi. Psixologiya fani esa odamlarning xarakterini bilish, ularning ruhiy holatlarini tasvirlash uchun zarur. Adabiyotshunoslikning quyidagi tarkibiy qisml

2

Adabiyotshunoslik — «filologiya»(gr. phileo - sevaman va logos - so‘z), ya’ni «so‘zshunoslik» fanining katta bir sohasidir. Uning ikkinchi sohasi — tilshunoslik yoki lingvistika (lat. lingua — til)dir. Ikkalasi ham o ‘ziga xos tarzda so'zshunoslikning tabiatini o ‘rganadi. Adabiyotshunoslik - jahon adabiyoti durdonalarini o‘rganish asosida badiiy adabiyotning qonun-qoidalari, siru asrorlarini kashf etish bilan shug‘ullansa, tilshunoslik — tilning grammatik qurilishi (morfologik va sintaksis)ni, ya’ni so‘z shakllarini, ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zlaming morfema tarkibini, so‘z turkumlarini; so‘zlarining birikish yo‘llarini, gapning tuzilishi va tiplarini, gap bo‘laklarini o‘rganadi. Birgina jumla bilan aytsak, adabiyotshunoslik — so‘zning san’atini, tilshunoslik — so zning mag‘zini chaqadi. Bu fanlar doimiy aloqada bo‘ladilar va hamisha bir-birlarining kamoloti uchun xizmat qiladilar. Til va uning qonuniyatlari adabiyotning tug'ilishi va rivoji uchun qanchalik xizmat qilsa, adabiyotning poetik tili — tilning rivoji va qonuniyatlari mohiyatini ochish uchun shunchalik asos beradi. «Adabiyot» atamasi (ar. - adab) «odob» so‘zidan olingan. Odob-axloq jam iyat m a’naviyatining o ‘zagi, inson kam oloti(in so n iy lig i)n in g ko‘rsatkichidir. Axloq — m a’naviyatning amalidir, ma’naviyat esa o‘zlikni anglashdir. Uni o‘rganish — inson qalbiga sayqal berishdir. Shuning uchun ham adabiyot inson tuyg‘ularining adadsiz to‘lqinlarini ezgulik yaratish ishiga safarbar etadi. U turli xalqlar tilida turlicha ataladi. Chunonchi, ruslarda «literatura» (lat. litera — harf), nemislarda «wortkunst» (so‘zshunoslik), o ‘zbek va tojiklarda «adabiyot»... Bundan qat’i nazar «adabiyot» so‘zi uch xil ma’noda qo'llaniladi: з www.ziyouz.com kutubxonasi 1. Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmui: o‘zbek adabiyoti, antik adabiyot. 2. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohada yaratilgan asarlar majmui: she’r, proza, drama. 3. Muayyan bir fan yoki soha, masalaga oid kitoblar: siyosiy adabiyot, adabiyotshunoslikka oid kitoblar, terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlangan asarlar. Ko'rinadiki. «adabiyot» atamasi keng ma’noda qo‘llanilganda yozilgan barcha asarlami qamraydi va tor (professional, maxsus) m a’noda ishlatilganda faqatgina badiiy asar (romanlar, g‘azallar, dostonlar, balladalar, komediyalar kabi)larni ko‘zda tutadi. «Adabiyotshunoslik» atamasi «adabiyot» so‘ziga fors — tojikcha «shinohtan» («bilish», «tayin etish») fe’lining va o ‘zbekcha «Нк» affiksining qo‘shiluvidan yasalgan. «Shinohtan» singormonizmga uchrab, «shunos» shakliga kelib qolgan va u o ‘zbek tilida «biluvchi», «o‘rganuvchi» m a’nolarida ishlatiladi. Bundan ko'rinadiki, adabiyotshunoslikning o rganish manbai, asosi badiiy asarlar jamidir. Albatta, badiiy asarlar tabiatini o'rganish, o‘z navbatida ijodiy jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi obraz kitobxon muammolarini ham o‘rganishni kun tartibiga chiqaradi. Ayni paytda, mumtoz (klassik) asarlar tahlili jarayonida badiiy adabiyotning o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rgatish barobarida badiiy ijod namunalarini tahlil etish va bevosita turli-tuman janrlarda asarlar yaratish ko‘nikmalarini ham beradi. «Adabiyotshunoslikka kirish» fani badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlarini, badiiy asar tabiatini, ijodiy jarayonning eng muhim muammolarini, badiiy ijodning sehrini o rgatadi. Badiiy asarlar yaratish san’atidan xabar beradi va poetik asarlami mustaqil, obyektiv tahlil etish ko‘nikmalarini yaratadi. Filolog o'qituvchilar — bakalavr va badiiy ijod oshnalarini tayyorlaydi. Insoniyat va xalq hayoti taraqqiyoti bilan adabiyotning rivojlanish aloqalarini tushuntirish — metod (gr. meta — orqali, vositasida va hodos — yo‘l)ning vazifasiga kiradi, demak, bu muayyan muammoni o‘z predmeti, materiali vositasida tadqiq qilish yoMidir. Metodologiya esa metod haqidagi ilm, metod nazariyasidir1. Fan rivojini ta ’minlovchi umumiy mezonlar ta’rifidir, ularning asosiy tamoyil(prinsip)lari, ustuvor qoida(postulat)larini qamragan ilmiy tushunchalardir. 1 Введение в литературоведение, М., «Высшая школа», 1988, стр. 14. www.ziyouz.com kutubxonasi Shunga binoan adabiyotshunoslik doimo quyidagi asosiy muammolarga javob izlagan: Nega har bir xalqning, har bir davrning adabiyoti mavjud? U shu xalq hayotiga va ayni paytda, jahon xalqlariga qanchalik ta’sir ko‘rsatgan? Uning xususiyatlari, yuzaga kelish sabablari, falsafasi nimada? Nega har bir xalqning adabiyoti taraqqiyoti har bir davrda o ‘ziga xos boMadi? Davrlar adabiyotining farqli xususiyatlari, mohiyati nimada? Nega u tarixan o'zgaradi va yangilik tomon rivojlanadi?.. Adabiy rivojlanishning milliy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, hayot va mafkura (g‘oya)lar bilan bog'liqligini yaxlit tushuntirish uchun jamiyatning tarixiy rivojlanishini asosli tushuntiruvchi nazariyaga tayanish talab etiladi. Bu nazariya — milliy istiqlol mafkurasidir. U «o‘z mohiyatiga ko'ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o ‘tmish va kelajagini bir-biri bilan bog'laydigan, asriy orzu istaklarni amalga oshirishga xizmat qilgan g‘oyalar tizimidir» (I.Karimov). Ana shu g‘oya!ardan biri — komil inson g‘oyasidir va u ham milliy, ham umumbashariy mohiyat kasb etgan, hamisha odamzodni taraqqiyotga, ezgulikka yetaklagan. «Komil inson — ozod shaxs, erkin fikr qiluvchi, o‘z xalqining ideallari uchun kurashuvchi inson, o'z Vataniga halol xizmat qiluvchi kishidir»' ki, u adabiyotimizning yetuk qahramoni sifatida tasvirlangan, turli davrlarda turlicha talqin etilgan, tobora mazmuni chuqurlashib borgan. Jumladan, «Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy mezoni bo isa, «AIpomish»da jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlik bo'lgan. «Temur tuzuklari»da adolat va qudrat, birlashish va ezgulik yaratish kabi xislatlar bosh o‘lchov sanalgan... Milliy istiqlol mafkurasi — milliy o‘zlikni va umumbashariy vazifani aniq anglatadigan nurdir. O zlikni anglagangina insoniyatga tegishli bo ladi, bashar odamlari qalbidagi yaratuvchi kuch — mehr-muruwatning, adolat, or-nomus, iroda va matonatning, poklik va go‘za!likning qadrqimmatiga yetadi. Doimo faoliyatda, hushyorlikda, ogohlikda boladi. Eng asosiysi insoniyligini yo‘qotmaydi, Alloh yaratgan har qanday bandani o ziga do st tutadi, ulug‘laydi, e’zozlaydi. Va shu orqali o‘zi ham e’zozlanadi, ulug'lanadi. Demak, adabiyotshunoslik metodologiyasi milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslarini ishlab chiqqan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyiIlar»ga va Prezidentimiz I.Karimov asarlariga tayanadi. Shu asosda hayot va adabiyot taraqqiyotini asosli tushuntira oladi. Dsf

3


Download 64,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish