Adabiyotshunoslik



Download 99,35 Kb.
bet3/14
Sana12.07.2022
Hajmi99,35 Kb.
#784115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Samadova

Miryоqub - ishning kоʻzini biladigan, aqli teran shaxs. Unda ikkita Miryоqub yashaydi. Biri ikkinchisini sud qiladi. Vaqti kelsa, оʻzidan jirkanadi. Vijdоni оldida sоbit turib beradi. Faqat " Ustоz kоʻrmagan shоgird har maqоmga yоʻrgʻalar" deganlaridek, uning aqlni tоʻgʻri yоʻlga sоlib yubоradigan, unga mashʼala bоʻladigan bir insоn yоʻq. Agar uni tоʻgʻri yоʻlga bоshlab qоʻysalar, xalqning ziyоli, yetuk, dunyоqarashi keng farzandiga aylandi. Miryоqubga nоyib tоʻra bejizga "amerikalikka оʻxshaysan" demagan.
Qrim safarida unga bir jadid uchraydi. Ana shu jadid taʼsirida uning оngiga ziyо kirib keladi gоʻyо. Yurtiga, millatiga mehri tоvlanadi. Miryоqub asar davоmida qayta tarbiylanadi.
Rоmanda ahоlining dinni ham tоʻliq anglamay unga kоʻr-kоʻrоna itоat etayоtgani, hattо dindоrlarning ham dindan yaxshi xabari yоʻqligi, hukumat оdamlari оldida qassоbni yоnida turgan qоʻzichоqday bоʻlib qоlishi keskin tanqid оstiga оlinadi.
Romanda Miryoqub haqidagi quyidagi fikrlarni o‘qib uning xarakterini tushunishga harakat qilish mumkin:
Farzanddan va esdan mahrum, lekin yer-suv, pul va boshqa boylikka ko'milgan bu odamning butun borligi Miryoqubning qo'lida edi. Yerdan chiqqan hosilning qanchasi o'z qo'liga kirib, qanchasi Miryoqub omboriga to'kilganini mingboshi o'zi hech qachon bilgan emas. Kerak bo'lganda, mingboshi Miryoqubdan pul so'rab olar, un, gurunch, go'sht, yog' va ro'zg'orning boshqa keraklarini bo'lsa ichkarining talabiga qarab yana Miryoqub tayyorlab berar, shu uchun jonning rohatidan boshqani bilmagan mingboshi undan narisini surishtirmas edi.
Miryoqubning topishi yolg'iz shu mingboshi orqali bo'lsa, unga «epaqa» nomini qo'yish to'g'ri bo'larmidi? Miryoqubning qilmagan ishi yo'qligidan shu nomni bergan edilar. Qishloqda ikkita baqqollik, bitta qassoblik do'koni, guzarda ikkita samovar bor. Bilgan odamlar bu besh muassasadan to'rti Miryoqubning kuchi bilan aylanganini so'zlaydilar. Shaharda katta yo'lning bo'yiga — qo'rg'on tashqarisiga bir yangi paxta zavodi tushdi, zavodning kattakon bir paxta saroyi ham bor-ki, paxta terim vaqtida uch tarozi bilan paxta oladi. Ana o'sha zavodga ham Miryoqubni sherik, deydilar. Voqean, uning ikki g'ildirakli sariq faytonchasi va sariq yo'rg'asi aksar zavod oldida bog'langan bo'ladi. Shahardagi katta bankalardan birida «uchyot qo'mitasi»ning a'zosi, haftada bir majlis o'tkazadi... Shu bilan birga, uning biror joyga chaqa soliq to'laganini, biror kasbga biror marta «qizil qog'oz» (patent) olganini hech kim bilmaydi”1.
Shirkat poezd yo'li solishga ijozat olib, tayyorgarliklarga kirishgandan keyingina, Miryoqub qilgan ishini noyib to'raga aytdi.
Sen xuddi bir amerikalikka o'xshaysan, Miryoqub! — dedi to'ra.
Lekin ko'nglingga og'ir olma, chakki shu sartiya ichida tug'ilib qolgansan!
Miryoqub ko'ngliga og'ir olish tugul, bu gapga sevindi balki, yuzlariga yana o'sha yengil qizillik yugurdi2.
Bundan tashqari, Miryoqub obrazi xarakterida aql-farosat, epchillik, har qanday vaziyatdan chiqa olish, o‘ziga ishonch kabi xususiyatlar bor. Emotsional psixologik tahlil jarayonida uning ruhiyatida ikkiga bo‘linish kuzatiladi. Biri Miryoqub – tergovchi, ikkinchisi esa javobgar. O‘n bir betga cho‘zilgan ushbu psixologik sud jarayonidan Miryoqubda ichki tahlil, ichki iqror kuchliligini ko‘ramiz. U o‘z-o‘zini aldashni xohlasa ham aldolmaydi. Shuning uchun ma’naviy-axloqiy olamiga xos barcha xususiyatlarni qo‘rqmasdan tan oladi, iqror bo‘ladi.
Miryoqub (dunyoqarashi o‘zgargan obraz, shamolning qaysi tomonga esishiga qarab ish tutadi, ezgulik bilan tubanlik o‘rtasida harakat qiladi. Noyib to‘ra uni amerikalik tadbirkorlarga qxshatadi),



Download 99,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish