Қадимги юнон-рим тарихи



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

 
 
Haqiqatdan,  barcha    osiyoliklar  misrliklarga  o`xshadilar,  misrliklar  (1)  yo`lga  chiqarib 
tashlangan  begona  yurtliklarga  o`xshash  (bo`ldilar).  Haqiqatan:  to`q  odamlar  qo`l  tegirmonlari 
ustida  ishga  qo`yilganlar.  Nafis  mato  kiyganlar  (9),  ular  tayoqlar  bilan  kaltaklanadilar.    Qaysiki 
(yorug`) kunni  ko`rmaganlar, ular hech qanday  to`siqsiz chiqyaptilar…  
Haqiqatan:  g`alla  hamma  yo`llarda    halok  bo`lmoqda.  Odamlar  ko`ylak,  malham  va  moydan 
mahrumlar.  Hamma  (4)  aytmoqda:    hech  nima  yo`q.  Ombor  buzilgan.  Uni  qo`riqchilari  yerga 
yiqitilgan.  Bu mening qalbimni baxtsizligi…  
Haqiqatan:  ajoyib  sud  palatasi.  Uning  aktlari  o`g`ir(6)langan,  uni  sirlarini  saqlovchi  joylar  o`z 
mazmunidan mahrum qilingan. 
 
Haqiqatan:  Arxivlar  ochilgan.  Uni  o`lpon  deklaratsiyalari  o`g`irlangan.  Qullar  qullarni  (8) 
mulkdor egalari bo`ldilar.  
Haqiqatan: (amaldorlar) o`ldirildi. Ularni hujjatlari olindi.   
Haqiqatan:  (9)  hosilni    hisobi  bo`yicha  kotiblar,  ularni  ro`yxatlari  yo`q  qilingan.  Misrning 
g`allasi hammani mulki bo`lib qoldi.  
Haqiqattan:  sud  palatasining  (10)  qonunlar  bog`lami  tashlab  yuborilgan,  ular  bo`yicha  
chorrahalarda yuribdilar.  Kambag`al odamla ko`chalarda uni  (11) muhrlarini sindiryaptilar…  
                                                 
3
 L
otos   gullari shaklidagi  ustunlarni yuqori qismi
 


 
 10 
 
 
Haqiqatan:  ulug`  sud  palatasi    unga  kirib  chiqadigan  (joy)  bo`ldi.  Kambag`al  odamlar  ulug` 
saroylarga  kirmoqdalar  va  chiqmoqdalar.  Haqiqatan:    zodagonlarni  bolalari  ko`chaga  (13) 
haydalganlar… 
 
(1)  Qarang:  olov  baland  ko`tarildi;  uning  alangasi  mamlakat  dushmanlaridan  kelmoqda. 
Qaranglar:  hech  qachon  sodir  bo`lishi  mumkin  bo`lmaydi  deb  ko`ringan  ishlar  sodir  bo`ldi.  (2) 
Podshoni  kambag`al  kishilar  bosib  olingan…  Qarang:  qonunlarni  bilmagan  ozgina  kishilar  bilan 
mamlakatni (3)  podsho hokimiyatidan mahrum qilishga  kirishilgan edi.  Poytaxt, u bir soat ichida 
vayron qilingan. Qarang Misrni (o`zi) suv quya (5) boshladi
4

 
Qarang:  bu  (endi)  odamlar  bilan    yuz  berdi.  Kim,  o`ziga    (hatto)    kulba  qura  olmagan  kishi  
(endi) uy egasi bo`ldi. Qarang: saroy  ayonlari podshoning (10) uyidan haydab yuborildilar. Qarang 
oliyjanob ayollar shedu-barjalarda turibdilar. Zodagonlar omborlarda turibdilar. Kim  (hatto) devor 
yonida  uxlamagan,  u    (endi)  lojaning  egasi  bo`ldi.  Qarang:  boylik  egasi  (II)  kechani  (endi)  
chanqovdan azob chekib o`tkazmoqda. Qarang: hashamatli kiyimlar egalari (endi) juldir kiyimlarda. 
Kim o`zi uchun (12) hech nima to`qimagan, endi nafis gazlama egasi. Qarang: o`ziga hech qachon 
(hatto) qayiq yasamagan, (endi) kemalarni egalari bo`ldi. Ularni haqiqiy egalari ularga qaramoqda, 
lekin endi ular unga qarashli emas… 
(14)  Qarang:  o`z  mulkiga  ega  bolmagan  (endi)  boyliklar  egasi  bo`ldi.  (2).  Zodagonlar  uni 
maqtaydilar. Qarang: mamlakatni oddiy odamlari boy bo`ldilar. Boylik egalari kambag`al bo`ldilar. 
[O`zi xabarchi  bo`lgan, boshqani yubormoqda. Qarang:] o`z g`allasiga ega bo`lmagan ombor egasi 
(bo`ldi)… Qarang: mamlakat boshliqlari qochib qutulmoqda, ular (hatto) yo`qchilikdan sadaqa ham 
topa  olmaydilar  …  Qarang:  to`shak  egalari  yerda  uxlamoqdalar,  tunni  iflos  joyda  o`tkazganlar, 
o`ziga  charm  lojani  tayyorlamoqda.  Qarang:    oliyjanob  ayollar  och,  qassoblar  esa  o`zi  boshqalar 
uchun  suyganlari  bilan  to`qlar.  Qarang:  barcha  lavozimlar  o`z  o`rnida  emas,  go`yoki  o`z 
cho`ponlarisiz    qo`rqib  qolgan  poda  kabi.Qarang:  Poda  har  tarafga  qochib  ketmoqda.  Uni  (3) 
yig`adigan hech kim yo`q. har kim uni o`ziga olib kelib o`z  ismi bilan  belgi qo`ymoqda. Qarang: 
odamni  o`z  akasi  oldida  o`ldirmoqda.  U  o`zini  qutqarish    uchun      uni      qoldirmoqda.  Qarang: 
(Hatto)  o`z  aravasi  (2  ho`kizi)  bo`lmagan,  podani  egasi  bo`ldi.  Yer  haydash  uchun  o`ziga    ho`kiz 
topa  olmagan  kishi    katta  miqdordagi  mollarni  egasi  bo`ldi.  Qarang:  o`z  g`allasi  bo`lmagan 
omborlar egasi bo`ldi. Qarang: (Hatto) vaqtinchalik qullarga ega bo`lmagan, (endi)  merosiy qullar 
egasi  bo`ldi.  “Zodagon”  bo`lgan  kishi,    (endi)  o`zi  topshiriqni  bajarmoqda.  Qarang:  Kuchlilarga 
(zodagonlarga)  (6)  xalqni  ahvoli  to`g`risida  hisobot  berilmayapti.  (Hamma)  halokatga 
yaqinlashmoqda.  Qarang:  barcha  hunarmandlar,  ular  ishlamayaptilar.  Mamlakat  dushmanlari  uni 
hunarlarini  o`g`irladilar. (7) Qarang: hosilni yig`ishtirgan uni olmayapti. (o`zi uchun) haydamagan 
(u hosilni olmoqda). (Hosil) yetilmoqda, (lekin) u to`g`risida (hech kim) xabar qilmoqda. Kotib (8)  
o`z kanselyariyasida o`tiribdi, uni qo`li unda harakatsiz qolmoqda. 
 
Хрестоматия по истории  древнего мира. М., 1991. 30-32 стр 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish