Afsona va doston munosabati



Download 59,07 Kb.
bet7/9
Sana01.02.2022
Hajmi59,07 Kb.
#424531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Inson dunyoda paydo bo

Anonimlik. Anonimlik deganda, asar yaratuvchisi nomining noma’lum ekanligi nazarda tutiladi. Biz og‘zakilik haqida fikr yuritganimizda, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz og‘zaki ijod namunalarini yaratishlarida o‘z nomlarining yashirin qolishini ma’qul ko‘rishlarini aytib o‘tdik. Bu yurtdoshlarimiz o‘z ijodlarini xalq og‘zaki ijodi an’anasida yaratganliklari uchun ham (an’anaviylikning matnda
namoyon bo‘lishi haqidagi fikrlarga qarang) o‘z ismlarini baralla aytishga iymangan bo‘lishlari mumkin. Ammo yozma ijod namunasi muallifining nomi yo‘qolganligi bilan og‘zaki ijoddagi anonimlikning farqi bor. Bunday vaziyatda
masalani mavjud asarning yaratilishi an’anasiga qarab belgilash mumkin. Agar asar og‘zaki ijod an’anasi bilan yaratilgan bo‘lsa, anonimlik oddiy holat hisoblanadi. Agar asar yozma ijod an’anasida yaratilgan bo‘lsa, tasodif hisoblanadi. Masalan, «Farhod va Shirin», «Gul va Navro‘z» kabi dostonlarini yozgan shoirlar nomi ma’lum bo‘lmasa ham an’anaviylik jihatdan ularni og‘zaki ijod namunasiga mansub deb bilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunday qilib, anonimlik xalq og‘zaki ijodida xalq vakillarining o‘z xalqiga xolis, beminnat xizmat qilishi namunasi sifatida qadrlanadi. Faraz qilaylik, siz yaqin kishingiz bilan biron joyda uchrashishga kelishgansiz. Ammo kutgan odamingiz vaqtida oldingizga kelmadi. Shundan keyin xayolingizni har xil shubhalar egallaydi. Avvalo, tez orada kelib qolar, deysiz.
Bir oz o‘tgach, kelishilgan joyda anglashil movchilik bo‘ldimikan, deb o‘ylaysiz. Vaqt yana o‘tavergach, taxminiy sabablar soni ham ko‘payaveradi. Oxiri fikringiz-
dan ko‘ngilsiz voqealar tizimi o‘ta boshlaydi. Xullas, uchrashuvga yetib kelmagan kimsaning kechga qolish sababini bilmaguningizgacha tinchimaysiz. Qadim-qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizga dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar ham ana shunday tinchlik bermagan. Masalan, o‘ta qattiq yer silkinishi sodir
bo‘lsa, yer o‘rtasida magma deb atalmish cho‘g‘ borligini, uning harakatga kelish oqibatida yer qimirlashlari bo‘lishini ilmiy asoslay olmagan bechora odamlar yerimizni ho‘kiz shoxida ko‘tarib turgan bo‘lsa kerak, ho‘kiz charchaganida
shoxlarini qimirlatib, dam olsa kerak, oqibatda yer qimirlaydi, deb faraz qilganlar. Chunki bular u paytlarda hatto yerning dumaloq ekanini ham bilishmas edi. Bunday faraziy mulohazalar shunday ko‘p bo‘lgan-ki, o‘tmishdagi odamlar ularga javob topishga ham ulgurmaganlar. Ammo fikr yuritish, taxminiy sabablar topish xususiyatlari hozirgi dunyo kishisida ham ajdodlar dunyo qarashiga yaqin holda
saqlanib qolgan, deyish mumkin. Inson hamisha har bir hodisadan o‘ziga manfaatli jihatlarini topishga urinadi. Xayolan bu manfaatlarni asoslashga sabablar axtaradi. Zamonlar o‘tgani sari turmush tajribasi mazkur hodisalarni turlarga bo‘lish, ulardan foydali v zararlilarni ajratish imkonini beradi. Oqibatda xalq tasavvurida bunday bo‘lsa yaxshi, bunday bo‘lsa, yomon degan tushunchalar paydo bo‘ladi.
Masalan, safarga chiqqan odam yo‘lda oq tuyasi bor karvonni uchratsa, uning maqsadi amalga oshgan bo‘lishi mumkin. Yo‘lovchi uzoqdan bo‘rini ko‘rib qolsa, uning hayo tida ijobiy o‘zgarish ro‘y bergandir. Tulkini uchratsa, aksincha bo‘lgandir. Tushida bash ang kiyinib, egarlangan oq otda chavandozlik qilgan yigitning ishlari yurishib ketgandir. Xonadoniga qal dirg‘och in qo‘ygan oila tez orada oyoqqa turib, mushkullari osonlashgandir. Aksincha, biron sabab bilan qaldirg‘och inini buzgan xonadon tushkunlikka uchragandir. Ukki sayragan hovli xonavayron bo‘lgan dir. Bu misollarning har biri o‘nlab, yuzlab marta tajribada sinalgan. Ularning izohini har kim har xil sharhlagan. Ayrimlari o‘sha kutilgan natijani bermagan hamdir. Lekin xalq ongida yillar o‘tgani sari o‘ziga xos hukmlar paydo bo‘lib borgan. Bu hukmlar son jihatidan ko‘payib urf-odatlarga, rasm-rusumlarga asos: suvga tupurma, qaldirg‘och inini buzma, qarg‘ishga qoladigan ish qilma, birovga tamasiz yaxshilik qil, hatto bir sochiqqa bir paytda ikki kishi qo‘l artmasin, yoki shaftolini bo‘lib yeb bo‘lmaydi, kabi tushunchalar ana shun-
day hodisalarning ro‘y berishi natijasida asrlar davomida o‘zbeklar ongida shakllanib kelgan. Xalqimizning tabiati shu darajada nozik bo‘lganki, uning tasavvurida raqamlar, ranglar ham yangi-yangi mulohazalar hosil qilgan. Akademik shoir G‘afur G‘ulom Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini to‘liq
sharh bilan nashrga tayyorlashda Xoqon farzandli bo‘lgan kuni mamlakatidagi hamma devorlarni qora rangli ipak matolar bilan bezash buyrug‘ini berganini aytadi. Tabiiyki, nima uchun podsho farzand ko‘rgan kuni butun yurtini qora harir libosda ko‘rishni xohlagan, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, Navoiy yashagan paytda qora rang buyuklik, ulug‘lik ramzi hisoblangan. Bu tushuncha hozir ham ayrim viloyatlarda saqlangan. O‘zbeklarda Qoravoy, Qorajon, Qora botir, Qoraxon degan ismlarning qo‘yilishi ham bu fikrni dalillaydi. Shuningdek, malla —
yetuklik, oq-poklik, tozalik, yashil—yoshlik kabi ma’nolarni anglatgan.
Yuqorida aytilgan fikrlarning hammasi jamlangan holda mifik dunyoqarash belgilari hisoblanadi. Bu belgilarning shakllanish davri, paydo bo‘lish muddati shu qadar qadimiyki, ularni yillar, o‘n yillar, yuz yillar bilan emas, balki ming yillar bilan o‘lchash mumkindir. Uzoq qadim zamonlarda odamlarni hayratga soladigan
savollar juda ko‘p bo‘lgan. Xususan, inson va tabiat qanday paydo bo‘ldi, tabiatdagi o‘zgarishlar nimalar oqibatida ro‘y beradi, nima uchun yomg‘ir yog‘adi, yer qimirlaydi kabi muammolar ajdodlarimizni o‘ylashga, o‘zlaricha izohlar
topishga majbur qilgan. Bu paytlarda ham hali yozuvlar, quyosh, yer, osmon tushunchalari haqidagi ilmiy sharhlar bo‘lmagan. Natijada, o‘tmish ajdodlarimiz butun dunyoni qandaydir ilohiy kuchlar yaratgan bo‘lishi mumkinligini
o‘ylab topadilar. Ularning tasavvurlarida bu ilohiy kuchlar asosan ikki toifaga bo‘lingan edi. Birinchi toifani odamlarga yordam beradigan xudolar, ikkinchi toifani zarar keltiruvchi xudolar deb tasavvur qilganlar. Shunday qilib, dunyoning,
insoniyatning, tabiatning, odamlarning paydo bo‘lishi haqidagi eng qadimgi sodda hikoyalarni miflar deb atash qabul qilingan. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida «sav» so‘zining ma’nosini beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z ota-bobolarimizning aytgan birinchi gaplaridan iboratdir. «Savlashmoq» esa otalar so‘zini eslab suhbatlashishni anglatadi. Ma’lum bo‘ladi-
ki, «sav» so‘zini ham mif ma’nosiga yaqinligi bor. Shu ningdek, o‘tgan asrlarda yaratilgan ilmiy adabiyotlarda arab tilidan kirib kelgan asotir so‘zini ham eslash mumkin. Chunki bu so‘z ham o‘z ma’nosi jihatidan mif atamasiga
yaqin turadi. Ammo hozirgi zamondagi ilmiy adabiyotlarda va folklorshunoslikka oid tadqiqotlarda mif so‘zini qo‘llash qabul qilingan. Shuning uchun «sav» (turkiy), «asotir» (arab), so‘zlari o‘rnida «mif»ni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. O‘zbek ensiklopediyasida «mif» yunoncha «mifhos»dan olingan bo‘lib rivoyat, afsona tushunchalarini anglatishi qayd etiladi Ayni paytda «mif... — koinot va ha-
yotning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalarin ing badiiy ifodasi» — deb belgilab qo‘yilgan. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoya-
larni tushun ish mumkin. O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarnnig dastlabki namunalari «Avesto» kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jam-
shid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo‘lgan.
Mitra. Odamlar tasavvurida nur taratuvchi, insoniyatga yaxshilik keltiruvchi xudo sifatida paydo bo‘lgan Mitrani hech qanday yovuz kuch yenga olmas edi, chunki u qilich kesmaydigan, nayza o‘tmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hatto o‘tda yonmaydigan fazilatlarga ham ega edi. Shuning uchun urushga otlanishda, ovga chiqishda, dehqonchilik va chorvachilikda odamlar Mitrani o‘z qatorlarida turgan
kuch-quvvat sifatida his qilishga odatlanishadi. Nisbatan keyin paydo bo‘lgan va turkiy xalqlar o‘rtasida ko‘p shuhrat qozongan «O‘g‘uznoma», «Kitobi Dadam Qo‘rqut»larda ham o‘tmish ota-bobolarimiz o‘zlariga homiy, mehnat jarayonlariga yordam beruvchi tayanch qahramonlarni tasavvur qilganlar. Mifni o‘rganuvchi fan mifologiya deb ataladi. Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi.

Download 59,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish