Birinchidan, jamoaning texnik profili topshiriqning texnik profiliga mos kelishi. Ravshanki, professional shtatning tanlash konsalting firmaning o‘lchamlariga mos ravishda o‘zgaradi. Ba’zi bir yirik konsultativ firmalar salohiyatli maslaxatchilar va kompyuter dasturlari bilan ishlarini rivojlantirib boradi. Kichik firmalar esa cheklangan muhitda ish olib boradi, universal va qobiliyatli mutaxassislarni yollashlari zarur. Bu umumiy operatsion jarayondagi kichik bir muammolardan biri bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, shaxsiyat omili (faktori)ning mavjudligi. Mijozning muvofiqligi va konsultant shaxsi yaxshi va yomon topshiriqlar o‘rtasida ahamiyat kasb etishi mumkin. Mijozning muhimligidagi boshqaruvni yoqtirish va yoqtirmaslik jihatdan, odatlar, qiziqish va umumiy hayot tarzi, kontrakt tuzilgan konsultant tomonidan ta’minlangan bo‘lishi kerak .
Mijoz va konsultant o‘zining xoxishi bilan almashtirish kabi imtiyozlari ham mavjud. Biroq firma bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan odamlarni qo‘yishdan qochishlari zarur. Qandaydir darajada shuni kutish kerak, xar bir konsultant normal va o‘zgarib bo‘lmaydigan farqqa moslashadi.
Uchinchidan, jamoa rahbari va a’zolari bir-birini tushunishlari kerak. Konsultant xar doim xar bir savolga alahida e’tibor berishmaydi, xuddi qolganlarga o‘xshab.
Insoniy fazilatlar va guruhdagi muhit topshiriqqa, xuddi jamoa a’zolari va rahbardagi is’tedodga o‘xshagan holda ta’sir ko‘rsatadi. Professional firmalar konsultantlar topshiriqlari o‘rtasidagi kadrlashtirish topshiriqlarini tengsizlikka olib kelishiga qaramasdan, ogohlantirmaydigan va moslashuvchan bo‘lishlari shart. Jamoa rahbari, ishlariga ma’sul xodimlarni o‘z jamoalariga qo‘shishni afzal ko‘rishadi. Bajaruvchi konsultantlarni afzal ko‘rish rahbarlar tomonidan nazoratga olingan. Agarda barcha shaxsiy afzalliklarni va tanlovlarni jamoatchilik xurmat qilmasa ham, o‘quv va rejalashtirish kareralarida kerakli xulosalarni chiqarishlari zarur. Agar rahbarlarning topshiriqqa o‘zlari ixtiyoridagi qatnashuvchilarni tanlashsa xam, ba’zi bir konsultantlar boshqalarga qaraganda katta talabga ega bo‘ladi. Firma menedjerlari bunaqangi ichki boshqaruv tanlovlari bilan to‘qnash kelishlari kerak, ammo ba’zi bir xodimlar talabga javob berishlari uchun o‘z ustilarida ishlashga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pincha, jamoaning dastlabki taklifiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Odatda, bu mijoz tomonidan topshiriq topshirilishi va uning yakuniga yetish oralig‘i va yangi topshiriq berilish muddatlari orasidagi vaqt oralig‘i sabab bo‘lishi mumkin. Bunga o‘xshash turli holatlar rejani o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu kutish davrlaridan kechib bo‘lmasa, demak kutib turishlikka qaror qilish kerak bo‘ladi. Maslahatchi bu paytda bir necha mijozlar ichida qaysi biri bilan ishlash bo‘yicha tanlashiga va eng dolzarbini tanlay olishi kerak bo‘ladi(boshqa mijozlar bunga kunishi va kutib turishga rozi bo‘lishsa albatta). Yoki bunda rahbar tomonidan asosiy deb olingan mijoz ishi bir necha oy keyinga surilishi mumkin. Bu holatga mijoz rozi bo‘ladimi? Raxbarni boshqa ishchi guruxga o‘tkazish kerakmi? Ular kutishga majbur bo‘ladimi? Bu to‘g‘ri tanlangan yo‘lmi? Mijoz shuncha vaqt kuta oladimi?
Bu holat belgilangan topshiriqni rejada belgilangan muddatdan ortiqcha vaqt sarflanishi sababli sodir bo‘lishi mumkin hamda keyingi mijozga va’da qilingan ishni orqaga cho‘zilish havfini keltirib chiqarishi mumkin. Bu yakuniga yetib qolayotgan ishni tugatmasdan turib, yangi ishga kirishib ketishlik noqulay holat va bunda birinchi topshiriqni bajarib bo‘lgan xodimlar asta-sekin ikkinchi ishga kirishilari haqida ikkala mijoz bilan kelishib olishi kerak. Bunday holatlar ro‘y bermaslik uchun bunga e’tibor berish kerak va mijoz bilan shartnoma tuzayotganda bularga alohida e’tibor berish kerak. Albatta, bunda mijozlar o‘zlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun ikkala tomonga xam ziyon yetkazmagan holda ish olib borishlariga rozi bo‘ladi.
Va nihoyat, har qanday reja tuzishdan oldin oltinga teng bo‘lgan quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
hech qachon maslahatchilarni bo‘sh qoldirmang! Agarda topshiriqlar orasida kutishga to‘g‘ri kelsa, bo‘sh qolgan maslahatchini foydali ishlarga jalb qilish kerak. Bu holda konsalting firmasi maslahatchilarni o‘z ustilarida ishlashlariga va tajribalarini oshirishlariga zamin yaratishi kerak (o‘quv kurslarini tashkil etib yoki eski mijozlaridan suhbatlashib o‘z ishlaridagi kamchiliklarni o‘rganib chiqishlari zarur).
maslahatchi ham mijoz ham topshiriqning moliyaviy tomonidan xavotirlanadilar. Mijoz albatta vazifaning yaxshi bajarilayotganidan mamnun bo‘ladi, lekin maslahatchi uchun to‘layotgan mablag‘lari va sarf qilayotgan pullariga topshiriqning bajarilish sifati mos kelishini solishtirib ko‘radi.
Konsalting firmaning ham o‘zaga yarasha xavotiri bo‘ladi. Agar shartnomada topshiriq uchun to‘lov belgilab berilgan bo‘lsa, maslahatchi va ko‘zatuvchi ishni muvofaqiyatli bajarish uchun qo‘shimcha resurslardan foydalanish harajatlarni nazorat qilib borishlari kerak. Me’yorga amal qilmagan va e’tiborsizlik tufayli topshiriq bilan tanishuv va uni tahlil qilishga ko‘p vaqt sarflab qo‘ygan holatlarda bunga duch kelish mumkin, unda maslahatchi belgilangan muddatda va belgilangan harajatlar bilan topshiriqni oxirigacha bajara olmaydi.
Shunga qaramay maslahatchi mijozdan sifatli bajarilgan topshiriq uchun to‘lanadigan harajatlarni to‘liqligicha ya’ni qo‘shimcha harajatlari uchun ham to‘lashini talab qiladi. Lekin mijoz xar nima bo‘lganda xam bu to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘lsa, ular orasida tushunmovchilik va konflik(nizo) holati kelib chiqadi. Bunday muhitda mijoz tomonidan berilgan topshiriq to‘xtatilishi mumkin va shu bilan birga maslahatchi shu mijoz bilan kelajakda ishlash imkoniyatini yo‘qotishi mumkin.
Konsalting firmasi harajatlarni to‘g‘ri boshqarishi zarurligiga yana bir sabab mavjud. Ular xizmat turlari, topshiriq dizayneri, ishni tashkil etish harajatlari, shtat tuzilmasi boshqaruv personallari va maslahatchilarga to‘lanadigan harajatlarni qoplashlari uchun qaysi ish foydaliylik darajasi yuqoriligini bilishlari zarur. Shuning uchun xar bir konsalting firmasi topshiriqlardan olinadigan foydani va harajatlarni nazorat qilib borishlari zarur.