Ahmad al farg'oniy haqida malumot reja: Ahmad Al Farg'oniy Hozirgi kunda al-Farg‘oniyning sakkiz asari


Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili



Download 246,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.01.2022
Hajmi246,76 Kb.
#393343
1   2   3   4
Bog'liq
Farg\'oniy

Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili

 

Guvohi bo‘lganimizdek, Ahmad al-Farg‘oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari juda 



ham boy.  Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug‘rofiya va geodeziya 

sohalarida edi. U ilmiy ishlar bilan bir qatorda, muhandislik, me‘morlik va 

irrigatsiya sohalarida ham katta tadbirga bosh bo‘ldi. U me‘mor, suv injeneri, 

to‘g‘on qurish mutaxasisi bo‘lmasada, uning boshchiligida qilingan ishlar o‘sha 

davr fanining eng ilg‘or g‘oyalariga asoslangan edi. O‘z tadqiqotlarining 

natijalarini arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakat olimlarining ilmiy 

xulosalari bilan solishtiradi. Farg‘oniy fikricha, osmon doiraga o‘xshashdir, negaki 

samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Yer ham doiradir. 

Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, 

inson hamisha osmonning teng yarmini ko‘radi. 

Aniqlanishicha, Ptolomeyda Quyosh va Oy bilan Yer orasidagi masofa haqida 

ma‘lumot berilganligi al-Farg‘oniyga ma‘lum edi. Al-Farg‘oniy sayyoralar va 

yulduzlar masofalarini ularga qo‘shdi. Oy va Quyosh tutilishlarini tatbiq qilib, 

voqealar vaqt oralig‘ini aniqlab berdi. Shundan so‘ng astronomiya fani kelgusida 

sodir bo‘ladigan voqealar ilmiga aylana boshladi. 



Hali geliotsentrizm sharpasi yo‘q zamonda al-Farg‘oniy, Yer eng kichik yulduzdan 

ham kichikdir, degan fikr bilan maydonga chiqdi va unga asos qilib, Yer radiusi 

Osmon radiuslaridan juda ozligini aytdi. Yer shari go‘yo bir nuqta bo‘lib, uning 

kata kichikligini bilish uchun yerning diametrini, binobarin, uning meridian 

uzunligini o‘lchash nihoyatda murakkab nazariy va amaliy masala ekanligi aniq 

edi. Al-Farg‘oniyning bu ishiga Beruniy ham yuqori baho bergan. 

Jumladan, u Dajla daryosiga tutashgan, tarixda Ja‘fariya nomi bilan atalgan 

kanalning qazilishida rahbarlik qilgan. Shuningdek, 861 yida Fustotda (Qohira 

shahrining qadimiy nomi) barpo etilgan nilometr (Nil daryosi sathini o‘lchash 

uchun mo‘ljallangan inshoot) ham o‘z davrida tengi yo‘q edi. Alloma bu qurilishga 

o‘zining shaxsiy mablag‘larini ham sarfladi. Vujudga kelgan inshoot Misrda 

dehqonchilik, soliq tizimi sohalarida islohotlarni amalgam oshirishga sharoit 

yaratdi. Hokimiyat nilometrdan dehqonlardan olinadigan soliq miqdorini 

belgilashda foydalandi. 

Ahmad al-Farg‘oniy va Xristofor Kolumb o‘rtasida o‘ziga xos sirtqi munosobat 

vujudga kelgan. Xristofor Kolumbning shaxsiy kutubxonasida Farg‘oniyning 

kitoblari va chizgan xaritalari ham mavjud bo‘lgan. Bunga sabab Kolumbning 

xotini Portugal sayyohlaridan birining qizi bo‘lgan. Portugallar azaldan arab 

xaritalaridan foydalanishgan. Umuman, Yevropa sayyohlari orasida al-Farg‘oniy 

tuzgan xaritalar o‘z mufassalligi va aniqligi bilan shuxrat qozongan hamda e‘tiborli 

manbalardan bo‘lgan. 

Al-Farg‘oniy Bag‘doddagi Ma‘mun akademiyasidagi faoliyati davomida 

rasadxonada ishlaydi. 1022 dan ortiq yulduz va sayyoralar ro‘yxatga olinib, ularga 

xarita tuziladi. Olim koinotni ilmiy o‘rganish va tahlil etishning yangi usullarini 

o‘ylab topadi, ularni amaliy qo‘llash bobida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 

Astronomik tadqiqotlar olib borishda olim o‘zidan avval o‘tgan barcha 

allomalarning mavjud asarlarini ilmiy tahlildan o‘tkazadi. Shu bilan birga qadimgi 



yunon olimlarining asarlarini mukammal egalladi, ularga tanqidiy yondashib, 

xatolarni asosli ravishda tuzatib chiqdi hamda mazkur fanlar rivojini yanada yuqori 

bosqichga ko‘tardi. Ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning ―Sintaksis Majesta‖ (―Ulug‘ 

tartibot‖) asari unga ko‘mak beradi. Olim mazkur kitobni ilmiy o‘rganib, tahlil 

etibgina qolmay, balki unga sharhlar ham yozadi. Ahmad al-Farg‘oniy qadimgi 

yunon olimlari amalga oshira olmagan ishni bajaradi, ya‘ni Yer va boshqa 

sayyoralar o‘rtasidagi masofani aniqlab beradi. 

Ma‘lum bo‘lishicha, samoviy jismlar harakatini Nyuton va Laplas massa 

harakatining  dinamikasi shaklida, Kepler geometrik yo‘sinda bayon etishgan 

bo‘lsa, al-Far‘oniy jadvallar shaklida izohlagan. Jadvalning fazilati – uning jonli 

mushohadalik tabiatidir. 

Stereografik proyeksiyalar nazariyasining kashfiyotchisi al-Farg‘oniydir. Quyosh, 

Oy, sayyoralar, yulduzlarning, binobarin, osmonning kelajak manzarasini bilish 

uchun geometrik – kinematik usul qabul qilib olinishida usturlob(astrolyabiya) 

asbobining ahamiyati katta bo‘lgan. Osmon gumbazida mavhum ravishda 

joylashtirilgan meridian, ekvator, ekliptika, azimut, koordinata o‘qlari va tizimlari, 

burchaklar, nuqtalarning doira asbobga proyeksiyalarini tushirish ancha 

qulayliktug‘dirdi. Bu asbob oldin ham bor edi, lekin uning nazariyasini faqat al-

Farg‘oniy kashf etadi. 

Shuningdek, Sinjor sahrosida al-Farg‘oniy va Movarounnahrlik boshqa qator 

olimlar ishtirokida olib borilgan o‘lchashlar natijasida hozirgi ilm nuqtai nazaridan 

katta aniqlikda bo‘lmasa ham, bu ish xalifa al-Ma‘mun davrida astronimiya va 

matematik geografiyaning barcha masalalari bo‘yicha muntazam ilmiy izlanishlar 

olib borilgan. Al-Fa‘rgoniy bu izlanishlar, o‘lchash va kuzatishlarning faol 

qatnashchisi bo‘lib, ularga maxsus asarlar bag‘ishlagan. 

Atoqli rus sharqshunosi I. YU. Krachkovskiy manbalarni sinchkovlik bilan tahlil 

qilib chiqargan xulosaga ko‘ra, al-Farg‘oniy ishtirokida Sinjor sahrosida Yer 



meridiani bir daraja uzunligi o‘lchash ishlari 827 yilga yaqin olib borilgan. Lekin 

bu haqda xabar bergan Beruniy va Ibn Yunus aniq sanani k‘orsatmaganlar. 

Beruniy Sanad ibn Ali topgan Yer radiusining son qiymatini keltirmagan. Lekin 

aniq matematik qoida bilan Yer radiusining topilishining o‘zi al-Ma‘mun davridagi 

olimlarning, jumladan, al-Farg‘oniyning katta yutug‘i edi. 

Misr mamlakati Nil havzasida joylashgan bo‘lib, uning dehqonchilikka qulay 

qismi daryoning quyilishidagi yunonlarning delta harfi, ya‘ni uchburchak 

shaklidagi kichik parchasini tashkil qiladi. Misrliklar juda qadim zamonlardan 

boshlab o‘z hayotini Nilning ―hulq-atvoriga‖ moslashtirganlar, ya‘ni daryoning suv 

rejimi bilan muvofiqlashishiga uringanlar. Buning uchun ular har doim daryoning 

suvi ko‘tarilish vaqtlarini bilishga harakat qilganlar. Bunday urinidhlar to Abbosiy 

xalifa al-Mutavakkil (847-861 yillar) davrigacha behuda ketavergan. Al-

Mutavakkil Misrliklarni Nilning suv rejimi haqida ogohlantiruvchi bir qurilma 

uskuna yasashni al-Farg‘oniyga topshiradi. Bag‘doddagi ―Bayt ul-Hikma‖ 

olimlarining eng ko‘zga ko‘ringani Ahmad al-Farg‘oniy edi. Shuning uchun xalifa 

Nil suvi sathini o‘lchovchi miqyosni barpo etish vazifasini unga yuklagan, lekin 

qurilma bitmasidan xalifa vafot etgan. 

Nil miqyosini al-Farg‘oniy al-Fustot shahridagi Ravzo orolida barpo etadi. 

Keyinchalik al-Fusto undan shimolroqda barpo etilgan Qohiraning tarkiby qismi 

bo‘lib qoladi. Miqyos silindr shaklidagi bino ichida joylashgan bo‘lib, uning tomi 

konus shaklidagi qubbadan iborat. 

Ahmad al-Farg‘oniy, shuningdek, o‘z tadqiqotlarida islom kalendarini sharhlab 

beradi. U o‘zining astronomiyaga bag‘ishlangan risolasining so‘ngida Yer 

kurrasining xaritasini beradi. Bu xaritaning o‘ziga xos tomoni shundaki, bir davrda, 

bir akademiya doirasida yashab, ijod etgan ikki olim, al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy 

tuzgan Yer suratlari tamoman bir-biridan farq qiladi, ya‘ni al-Farg‘oniy al-  




Xulosa

 

Xulosa qilib shuni aytish joizki, bitiruv-malakaviy ishimda Ahmad al-



Farg‘oniyning shaxsiyati, ijodi, tabiiy ilmiy qarashlari va ularning falsafiy tahlilini 

tadqiq etar ekanman, uning ulug‘ nomini xalqimizga yaqindan tanitish, amalga 

oshirgan ishlari, yutuqlari bilan faxrlanishimiz lozim. Al-Farg‘oniy kabi buyuk 

bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni 

anglashda, o‘zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo‘ladi. Bu esa, o‘z 

navbatida, xalqaro hamjamiyatda o‘zimizning munosib mavqeimizni 

egallashimizda muhim o‘rin tutadi. 

O‘ylaymanki, yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarning o‘ziyoq mashhur al-

Farg‘oniyning haqiqatdan ham fan va madaniyat tarixida chuqur iz qoldirgan 

buyuk olim ekanligini ko‘rsatadi. Ilk o‘rta asrlarda hali ko‘p mamlakatlar va 

xalqlar qoloqlik va g‘aflat uyqusida yotgan bir paytda, bu olimning  ilmlarning 

yuksak cho‘qqilariga va avvalo dunyo miqyosida ilm shuhratiga erisha olgani 

kishini hayratda qoldiradi. 

Ahmad al-Farg‘oniy birinchilar qatorida osmonning sfera shaklida ekanligi, undagi 

harakatlar aylanma ekanligini aniqlaganiga qoyil qolish mumkin, chunki o‘sha 

davrda hozirgidek texnika rivojlanmaganini hisobga olish lozim. 

Bitiruv-malakaviy ishimda Al-Farg‘oniyning misolida biz Vatanimizning o‘tmish 

tarixi va madaniyatiga, uning tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy jihatlari, 

hamda tabiatshunoslik falsafasiga qo‘shgan hissasi haqidagi qarashlariga nazar 

tashladim. Dunyoga al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy, Beruniy va Ulug‘beklarni 

bergan bu Vatan qadimgi boy va buyuk madaniyatga ega bo‘lganligiga yana bir 

bor guvoh bo‘ldim. 

 

 




Download 246,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish