Aholi xonadonlarining shaxsiy dala tomorqalaridan yiliga 3 marta hosil olib foydalanish bo'yicha qo'llanma



Download 38,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.02.2022
Hajmi38,16 Kb.
#422344
Bog'liq
Печать



AHOLI XONADONLARINING ShAXSIY DALA TOMORQALARIDAN
YILIGA 3 MARTA HOSIL OLIB FOYDALANISh BO'YICHA
QO'LLANMA (Andijon tajribasi sifatida)
04.03.2017
1-variant
Birinchi hosil. Asosiy maydonga ekin ekish uchun ekin er maydonni kuzda 27-30 sm
chuqurlikda shudgorlab egat olib qo'yiladi. So'ng fevral oyining 2-chi o'n kunligidan
boshlab (ob-xavo sharoitidan kelib chiqqan holda) kartoshka ekini plyonka ostiga
ekiladi.
Kartoshka urug'i 1 sotixga 30 kg. ekiladi. Ekilgan kartoshka unib chiqqandan keyin
20 kun o'tkazib har sotik maydonga 32 kg.dan superfosfat, 5 kg. kaliy va 48 kg.dan
sulfat amoniy jami 85 kg mineral o'g'itlar o'simliklar yoniga solinib chopilib, engil
sug'oriladi. Sug'orilgandan so'ng 15 kun o'tkazib chopiq o'tkaziladi. 100 kg. mahalliy
o'g'it bilan sug'oriladi.
Kartoshka o'simliklarini zararkunanda va kasalliklardan kimyoviy va biologik
usullarda himoya qilish 3 marta qo'llaniladi. Sug'orilgan er etilgach 48 kg. sulfat
ammoniy mineral o'g'itni qator oralariga solinib xo'mlanadi.
O'simlik yana sug'oriladi va nami ketgach yana bir sug'oriladi jami 4 marotaba
sug'oriladi. Kartoshka iyun oyida yig'ishtirib olinadi. Hosil 220-250 ts/ga olinganda
sotixidan 220-250 kg.gacha kartoshka hosili olinadi.
Ikkinchi hosil. Oraliq ekin ekish uchun er maydoni shudgorlanib egat olinadi.
Ko'chatidan ekiladigan pomidori, shirin qalampir yoki baqlajon ekiladi. Pomidori,
baqlajon va shirin qalampirlarni etishtirishda ekish uchun tayyorlangan ertapishar
navlar ko'chatlarning bo'yi 16-20 sm gacha, 6-8 dona bargi bo'lgan ko'chatlar
ekiladi.
Ekish tugallanib ko'chatlar to'liq tutib olgach, oradan 10-12 kun o'tgandan keyin
ularga birinchi ishlov berilishi lozim. Chopiqni 75 kg superfosfat va 15 kg kaliy jami
90 kg mineral o'g'it solinib 12-14 sm chuqurlikda, ko'chatlar atroflari bilan engil
yumshatiladi. Birinchi ishlovdan 13-15 kun o'tgandan keyin o'simlik sug'oriladi.
Ikkinchi ishlov berish tadbiri er etilishi bilan 15-16 sm chuqurlikda o'simlik
atrofidagi begona o'tlardan yo'qotish uchun yaxshilab chopib chiqiladi. Tuproq
tarkibi, er osti suvi chuqurligiga ko'ra o'simliklar yoppasiga gullash davrida 9-10
kun oralatib, keyinchalik hosil tugish davrida 6-7 kun oralatib sug'oriladi. Pishish
davri 90-110 kunni tashkil etiladi.
Bunda avgust oyining 3-chi o'n kunligigacha terib olinadi. Hosildorlik 200-220 ts/ga
olinganda sotixidan 200-220 kg.gacha kartoshka hosili olinadi.
Uchinchi hosil. Sholg'om-turp, rediska, ko'katlar takroriy muddatda ekiladi. Hosil
45-50 kunda pishib etiladi.
Sholg'om va turp urug'i yozda 15-25 avgustda sepiladi. Har ikki usulda ham egat
orasi 70 sm qilinadi. Bir sotixga turp urug'i 0,04-0,05 kg, sholg'om urug'i 0,02-0,03 kg
sarf bo'ladi. Turp urug' 2 sm, sholg'om urug'i 1,5 sm chuqurlikda ekiladi.


 Urug' unib chiqqandan so'ng tezda o'tash va yaganalash kerak. Chunki yagana o'z
vaqtida qilinsa o'simliklar bir paytda pishib etiladi hamda tovarbop hosildorlik
yuqori bo'ladi.
Birinchi yagana urug' erdan unib chiqishi bilan, ikkinchisi 2-3 barg chiqarganda
o'tkaziladi. Bunda tup orasi 10-12 sm kenglikda qoldiriladi. Bundan so'nggi
parvarish ekinlarni vaqtida sug'orish, egat bag'rini yumshatish va zararli
hasharotlarga qarshi kurashdan iborat. Buz tuproq erlarda 1 sotix erga sof xolda
1,25 kg azot, 0,93 kg fosfor, 0,62 kg kaliy solish kerak.
2-variant
Birinchi To'qsonbosti usulida piyoz, sabzi, osh lavlagi va ko'kat sabzavotlar ekish
kuz oyining noyabr-dekabr oylariga to'g'ri keladi.
Piyozning Manas, Banko, Oq dur, Xaltsedon, Sibur, Eloy Spanch navlari:
Sabzining Nantskaya, Shantane, Osh lavlagining Bordo, Diyor, Detroid navlari
tanlab olinadi.
Ismaloq o'simligi sovuqqa chidamli sabzavotlar qatoriga kiradi. Urug'i 3 oS
haroratda ko'karib chiqadi. Yosh o'simliklari 6–8 oS gacha sovuqqa bardosh beradi.
Haroratning yuqori bo'lishi va havo namligini pasayib ketishi o'simlikka salbiy
ta'sir qiladi, barglari mayda bo'lib qoladi. Ismaloq hosili nihollar paydo bo'lgandan
25–40 kundan so'ng yig'ib olinadi. Ismaloqni faqat bitta – “Nafis” navi Davlat
reestriga kiritilgan. Ochiq maydonlarga orasi 50–60 sm va qatorlar orasini 15–20
sm. dan qilib ekiladi.
Har bir sotix erga 0,15–0,20 kg urug', 2–3 sm chuqurlikka ko'miladi. O'suv davrida
parvarish qilish ishlari ekinni sug'orish, qator oralarini yumshatish va begona
o'tlarni o'tashdan iborat. Ismaloq 5–6 ta barg chiqargandan boshlab kesilib yoki
yulinib hosili bir necha marta yig'ishtiriladi. Gulpoyalar chiqarganda hosili
terilmaydi. Ismaloqning hosildorligi sotixiga 100–150 kg olinadi. Ukrop bir yillik
o'simlik.
“Uzbekskiy–243” va “Orom” navlari ekiladi. Ko'kligida ishlatiladigan ukrop urug'i
egatlarga qalin qilib sepiladi. Bir sotix erga 0,20-0,25 kg urug' sarflanadi. Ukrop
urug'i sekin unib chiqadi, ekilgandan keyin
15-20 kunda ko'kara boshlaydi. Ukrop o'toq qilish, lentalar orasini yumshatish va
bostirib sug'orish yo'li bilan parvarish qilinadi. Ko'kligida ishlatiladigan ukrop aprel
oyidan boshlab, bo'yi 10–15 sm. ga etganda o'rib olinadi. Ukrop ko'kligida ishlatish
uchun ekilganda sotixidan 60–80 kg dan, tuzlash uchun o'stirilganda 100–120 kg.
dan hosil olish mumkin.
Kashnich ko'kat sabzavoti yil bo'yi iste'mol qilinadi. Uning “Orzu” va “Yantar”
navlari rayonlashtirilgan. Kashnich sovuqqa chidamli bir yillik o'tchil o'simlik.
Urug'ining o'sishi uchun 5–6 oS, ko'karib hosil yaratishi uchun 15–16 oS harorat
kerak. Kashnich vegetatsiya boshida sekin o'sadi, keyin tez rivojlanadi. Uning barra
barglarini 2–3 marta o'rib olish mumkin. Bunda 1–1,5 sm tanasi qoldiriladi, tegishli
sharoit yaratilganda bargi yana o'sib chiqaveradi.
Ikkinchi Bahorgi sabzi 10 - 25 martgacha 1,5-2 sm chuqurlikka ekiladi. Urug' sarfi
sotixiga 0,05-0,06 kg sarflanadi. Sabzini parvarishlashdagi eng muxim masalalardan


biri urug'ni erdan tekis undirib olishdir. Sabzi nihollari tuproq doim nam bo'lganda
5-7 kunda ko'rinadi va 10 kunda unib chiqadi. Sabzi unib chiqishi bilan darhol
begona o'tlarni o'tashga va yaganalashga kirishish kerak.
Sabzi 2 marta o'taladi. Dastlabki o'tash sabzi bitta chinbarg chiqarganda, keyingisi
esa 3-4 barg chiqarganda o'tkaziladi. Har o'toq davomida yagana ham qilib boriladi.
Begona o'tlarni yo'qotish uchun gerbitsidlardan foydalaniladi. Bir yillik o'tlarga
qarshi, ekishdan oldin Gezagard-50 yoki Prometrin gerbitsidlarini har sotixiga 0,02-
0,03 kg begona o'tlar urug'i erdan ungunga qadar yoki 1-2 chinbarg chiqarganda
Fyuzilad Super 12,5 foyizli preparatini sotixiga 0,01-0,02 kg xisobidan begona o'tlar
nihollari 2-4 ta barg chiqargan vaqtida purkaladi. Sabzidan sotixidan 250-300 kgdan
xosil olish uchun sof holda 1,5 kg azot, 0,8 kg fosfor, 0,45 kg kaliy solinadi.
Baxorda ekilgan sabzi aprelning ikkinchi yarmidan boshlab sug'oriladi. Dastlabki
paytlarda ekin har bir yarim-ikki haftada, mayning ikkinchi yarmidan e'tiboran,
ya'ni ildizmevalar jadal suratda kattalashayotganda esa har 7-8 kunda sug'oriladi.
Hosil etilib, yig'im-terim payti yaqinlashganda sug'orish to'xtatiladi. Sabzining
hosildorligi sotixiga 210–250 kggacha hosil olinadi.
Bodringning mahalliy Ranniy - 645, O'zbekskiy 740, Zilol, Navro'z navlari va chet
mamlakatlarni duragaylaridan Allians F1, Regal F1, Evelinlar ekishga tavsiya
etiladi. Ertagi bodring 20-25 aprelda, o'rtagi muddatda 5-15 may oyida ekiladi.
Bodring urug'i sotixiga 0,04 - 0,05 kg sarflanadi. Bodring 15-16 sm chuqurlikda
ishlov berib, o'simlik atrofini muntazam yumshatib turish, mineral oziq va suv
berib borish kerak. O'suv davri mobaynida har ikki-uch sug'orishdan keyin qator
oralarini 15-16 sm chuqurlikda chopiq orqali ishlov qilinadi. Mineral o'g'itlar bilan
Fosforli o'g'itlar ammofos, kaliy o'g'iti kaliy xlor ko'rinishida beriladi. Sotixiga sulfat
ammoniy - 5,7 kg yoki karbamid - 3,3 kg, ammofos - 2,2 kg, kaliy xlor-1,5 kg mineral
o'g'itlar bilan oziqlantiriladi.
Uchinchi Dukkakli ekin mosh ekinini takroriy ekin sifatida iyun oyining oxiri iyul
oyining boshlarida keng qatorlab ekiladi. Qator orasi 60 sm, ekish tizimi 60x20,
60x15 sxemada bo'ladi. Ekish me'yori sotixiga 2500-4000 ming dona talab qilinadi.
Ekish chuqurligi 3-4 sm. O'suv davri davomida tuproq iqlim sharoitlariga qarab 1-3
marta sug'oriladi.
Mosh o'simligini gullash va don tugish davrlarida suvga bo'lgan talabi yuqori
bo'ladi. Begona o'tlardan tozalash maqsadida o'toq qilinadi va qator oralari chopiq
qilinadi. Ekish oldidan sotixiga sof holda 0,04-0,06kg fosfolr va 0,02-0,04 kg kaliyli
o'g'itlar solinadi. Shonalash va gullash davrida 0,03-0,04 kg azot, 0,02-0,03 kg fosfor
va 0,01-0,02 kg kaliy o'g'itlar bilan oziqlantiriladi.
Moshning dukkaklari pishib etilgan vaqtda tanasi, barglari va boshqa qismlari
yashil holatda bo'lib, mosh hosilini yig'ishtirib olishda dukkaklarning 70-80 foizi
etilganda, ertalabki kezlarda qo'l kuchi bilan yig'ishtirilib olinib, yoyib qo'yiladi va
quritiladi, so'ngra yanchiladi. Moshdan 1 sotixidan 1,5-2,0 tsentiner hosil olinganda
bir sotixdan 15-20 kgdan hosil olinadi.
Tomorqadan 3 marta xosil olish uchun ekinlar ketma-ketligini to'g'ri tanlash
aloxida axamiyatga ega.
Ayniqsa o'tmishdosh ekinlar(avvalgi ekin)ni takror joylashtirmaslik kerak.
Sarimsoqpiyoz avgust oyining 2 o'n kunligida ekilsa, istemol xususiyatiga qarab
may oyida yig'ib olinadi. Bu erga o'rtaki muddatda bodring, poliz ekinlari, pomidor
va ozuqa ekinlari ekish mumkin bo'ladi. Ushbu ekinlar avgust oyining oxiri,


sentyabrning boshlarida yig'ib olinib, o'rniga rediska, ko'kat sabzavot, ozuqa
ekinlari ekiladi.
Axoli ko'p iste'mol qiladigan piyoz xosilini intensiv usulda etishtirish uchun
ko'chatidan ekib etishtirish mumkin. Bunda talab etiladigan piyoz ko'chatlari
aloxida qalin qilib sepiladi va kerakli muddatda mayning boshlarida asosiy dalaga
ekiladi. Bundan tashqari “no'sh piyoz” (luk sevok) ekish usuli bilan o'ta erta
muddatda aprel oyida piyoz xosili olish imkoniyati xam mavjud.
Bunda aloxida “luk sevok” navlarining piyozchalari sentyabr oyida unumdor erga
sotixiga 15-20 kg miqdorida 5x5x5 sm sxemada suqib chiqiladi. Yaxshilab
sug'oriladi, me'yor bo'yicha maxalliy va mineral o'g'itlar bilan kuzda oziqlantiriladi.
O'suv davrida ko'k piyoz sifatida barglari bemalol iste'mol qilinaveradi. Kassalik va
xashorotlarga o'ta chidamli. Aprel oyining 2 dekdasidan istemol va savdoga
chiqariladi. Gektaridan 50-70 tonna xosil olish mumkin.
Bundan tashqari fasolni bir joydan iiki marr xosili olish tajribasi xam mavjud.
Bunda birinchi ekilgan fasolni birinchi dukkaklari pishib etilganda tuplar
toralig'iga yana fasol ekib chiqiladi, birinchi xosil pishgunicha yangi nixollar
shakllanib oladi. Pishgan tuplar yig'ib olinib, keyingisiga sharoit yaratiladi. Shu
joyga (iyunda) yana boshqa ekish imkon yaratiladi.
Poliz ekinlari ekish uchun tayyorlangan pushtalar orasiga kengligiga qarab 3-4
qator ertaki kartoshka(zichlovchi ekin) ekish mumkin, bunda poliz ekiladigan
egatlar koldirib ketiladi. Poliz ekinlari o'sib palak otgunicha kartoshka kovlab
olinadi va palaklar tarab qo'yiladi. Polizdan so'ng uchinchi ekin sifatida boshqa
ekinlar ekiladi.
Limon etishtirish va mo'l hosil olish
Limon daraxti balandligi 3–7 m, shox-shabbasi yoyiq, novdalari tikanli, ba'zilari
tikansiz, bargi qalin, och yashil, cho'ziq-tuxumsimon, gullari ikki jinsli, oq, xushbo'y,
mevasi tuxumsimon, ba'zan dumaloq, o'rtacha og'irligi 120—400 gr.gacha boradi,
po'sti sariq, silliq yoki g'adir-budur, taxir bo'ladi.
Limon qalamchasidan va payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi, bog'da 2,5x4
sxemada ekiladi, ko'chati o'tkazilganidan keyin 3—4-yili xreil beradi, 1 tup daraxti
15–20 kg hosil qiladi. Ochiq bog'larda limon ko'klam, yoz va kuzda o'sadi, qishda
tinim davriga o'tadi.
Ko'klamda gullaydi, mevasi 150—170 kunda etiladi. Transheya sharoitida esa kuzda
harorati 3—5° ga tushganda o'sishdan to'xtab, ko'klamda harorat 10—12° ga
ko'tarilganda o'sishni davom ettiradi, barglari har 2—3 yilda yangilanadi.
Limon issiqsevar, yorug'sevar va namga talabchan o'simlik 1,5—2° da meva va
pishmagan novdalarini, 5—6° da tupini sovuq uradi. Havo harorati 17—18° da
bo'lganda normal rivojlanadi. Limon chirindiga boy, suvni yaxshi o'tkazadigan engil
tuproqlarda mo'l hosil beradi.
Limon O'zbekistonda transheyada o'stirila boshlangan, bugungi kunda limonning
Novogruzinskiy, Udarnik, Meer va boshqa navlari bor.
Meer navi transheya sharoitida ekiladi, daraxti past bo'yli kam tikanli, aprel—
mayda yoppasiga gullaydi, ko'chati o'tkazilgach, 2-yili xreilga kiradi, 4—5 yoshli
daraxti 50—70 dona, 9—10 yoshdagisi 120—150 dona mevasi oktyabr—noyabrda
pishadi.


Sitrus o'simliklari issiqsevar bo'lganligi bois, ular sovuqqa chidamsiz, mevasining
etilishi uchun juda ko'p foydali issiq harorat yig'indisini talab qiladi, o'suv davri
ancha uzoq. Shuning uchun respublikamizda tsitrus o'simliklari hosili issiqxona va
transheyalarda etishtiriladi.
Sitrus o'simliklari normal o'sib rivojlanishi va hosil tugishi uchun 4000°C dan ortiq
foydali harorat yig'indisini talab qiladi. Masalan, apelsin mevasi pishib etilishi
uchun 4500°C issiqlik zarur.
Ilmiy-tadqiqotlar va ilg'or xo'jaliklar tajribasi shuni ko'rsatdiki, sug'oriladigan
hududda limonning «Meer» navidan sifatli, mo'l va muntazam hosil olish imkonini
bermoqda.
Bu nav bo'yi nisbatan kichikligi va erta hosil bera boshlashi bilan boshqalardan
ajralib turadi. Ko'chati o'tqazilib 2 yildan so'ng hosilga kiradi. Mahalliy sharoitga
ko'proq moslashgan, biroq sovuqqa chidamli bo'lmaganligi bois issiq xonalarda
o'stirilmoqda. Yaxshi parvarish qilinganda har tupidan 400-500 tagacha limon
mevasini olish mumkin.
Issiqxonalarda sutkalik o'rtacha harorat 10°C dan yuqori bo'lganida limon novdasi
o'sa boshlaydi. Sutkalik o'rtacha harorat 16-18°C ga etganida limon qiyhos
g'unchalaydi, 18-22°C da esa gullaydi.
Limon o'z-o'zidan va chetdan changlanadigan o'simlik, chetdan changlanishi
asalarilar yordamida o'tadi, bu tugunchalarining ko'proq hosil bo'lishiga yordam
beradi. O'sish va shakllanish davrida (aprel-may) 20-25°C qulay harorat va
havoning nisbiy namligi 70-80% bo'lganida foydali gullashi 22-25% ga etadi. Xavo
quruqligi va haroratning keskin oshirish tugunlarning ko'plab to'kilib ketishiga olib
kelishi mumkin.
Limon o'sishi va rivojlanishi uchun tuproq sharoiti muhim ahamiyatga ega. Sizot
suvlar yaqin sho'r erlarda va strukturasi soz tuproqlarda o'sa olmaydi. Zichligi
o'rtacha qumoq tuproqli erlar va suv, havo o'tkazuvchanligi engil tuproqlarda
yaxshi o'sadi.
Issiqxonalar limon ko'chatlarini ekishdan oldin tuproq yaxshilab tekislanib,
gektariga 60-80 tonna chirigan go'ng, 600 kg superfosfat hamda 150 kg kaliy o'g'itlari
solinib, 50-60 sm chuqurlikda er haydaladi. Ko'chati 4x3 m sxemada ekiladi.
Ko'chatlarni ekish paytida har bir chuqurga 10-15 kg chirigan go'ng, 100-150 gr
superfosfat va 50 gr kaliyli o'g'itlar tuproq bilan aralashtirib solinadi.
Bir yoshli o'simliklarda 3-4 ta birinchi tartib pishgan novdalari va tanasining
yo'g'onligi 0,7-0,8 sm bo'lishi kerak. Ikki yoshli ko'chatda ikkinchi tartibdagi
novdalar, tanasining yo'g'onligi esa kamida 1 sm bo'lishi lozim. Kuzgi limon ko'chati
ildiziga yopishgan tuproqi bilan ekiladi. Aks holda o'simlikning bir qismi nobud
bo'ladi.
O'tkazishdan oldin bog' qaychi bilan oxirgi o'sish darajasining uchdan bir qismi,
shuningdek ortiqcha novdalari, ildizining singan qismi kesib tashlanadi. Ko'chat
o'tkazilganda ko'chatlarning ildiz bo'g'zi tuproq sathidan 2-3 sm yuqorida bo'lishi
kerak. Ko'chat o'tkazilgandan so'ng atrofidagi tuproq zichlanadi va bir chelakdan
suv quyiladi. So'ngra har bir qatorning ikkala tomonidan tuplar tanasidan 25-30 sm
masofada olingan egatlar bo'ylab sug'oriladi.
Ko'chatlar chuqurligi 15-20 sm li qilib olingan ariqlardan jildiratib tuproq 40-50 sm
chuqurligida namlangunicha sug'oriladi. Tuproq vegetatsiya davomida doimo nam


holatda bo'lishi kerak. Uchinchi yilda sug'orish egatlari o'simlik tanasidan 50 sm
gacha ko'chirilib, 30-40 sm gacha chuqurlashtiriladi. Sitrus o'simliklarni normal
o'sishi va yaxshi meva berishi uchun tuproqning optimal namligi 70-85% ni tashkil
etishi kerak. Sug'orishlar bo'lib-bo'lib (mavsumda 25 martagacha) o'tkaziladi.
Ularning miqdori ob-havo va o'simlik holatiga harab belgilanadi.
Qishda issiqxonalarda tuproqqa go'ng va superfosfat solinib 25-30 sm chuqurlikda
ishlov beriladi, tuproqqa ishlov berishda o'simlikning 15-35 sm chuqurlikkacha
etgan ildiz sistemasini shikastlamaslik uchun ehtiyotlik bilan ish ko'riladi. Begona
o'tlarni o'tash va ularni issiqxonadan chiqarib tashlash zarur, chunki ular
o'simlikni shira va boshqa zararkunandalardan zararlanishi uchun manba bo'lib
xizmat qilishi mumkin.
Limon tuplari birinchi marta qishda vegetatsiya boshlanguncha, ikkinchi marta
gullash oldidan va 3-4 marta tugunlar to'kilgandan so'ng va mevalar o'sishi davrida
20-25 kun oralatib sharbat bilan sug'oriladi. Sharbat sigir, qo'y—echkilarning va
parranda go'ngini (2x1x1) ariq suvida yaxshilab ezib, sug'orish egatlariga quyiladi.
Yozda sharbat kechqurun va ertalab beriladi, yuqori va mo'l hosil olish uchun
tuplarning faqat me'yorda oziqlanishi, o'sishi va rivojlanishi bilan kifoyalanib
bo'lmaydi. O'sib ketgan va shakllangan novdalarni daraxt yoshiga, munosib
ravishda siyraklash, chilpish va butash zarur. Bunda tupning o'sishi va meva
berishi yaxshilanadi.
Sitrus o'simliklari ko'pincha soxta qalqondor, o'simlik bitlari, kanalar bilan
zararlanadi. Qalqondorlarga qarshi 0,3% li Fazolon eritmasi 5-6 kun oralatib 2
marta purkaladi. Karate preparatini 0,3% li qilib sepsa ham bo'ladi. Bunda
o'simlikning hamma qismini, ayniqsa, barglarini pastki tarafidan qo'llash zarur.
O'simlik g'unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas, ishlov ertalab va
kechqurun yoki bulutli kunlarda o'tkaziladi.
Qora kuyasimon zamburug'lar barglar yuvilganda ketmaydi, barglar 1% li bordo
suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasi bilan qo'shimcha
purkalgandagina xolos etadi.
O'rgimchakkanaga qarshi 0,2% li Keltan yoki 1% li Danitol eritmasini purkash
yaxshi samara beradi, vaqti-vaqti bilan yuvib turish ham foydali.
O'simlik tanasi gommoz elim oqishi bilan kasallanganda, kasallikning ilk bosqichida
shikastlangan po'stloq qismi va yog'ochi sog'lom qatlamgacha kesib tashlanadi.
Bundan so'ng tozalangan joy 3% li mis kuporosi bilan dizenfektsiya qilinadi va bog'
qatroni bilan shuvaladi. Qatron tayyorlash uchun kanifol va asal ari mumiga (2:1)
oz miqdorda mol yog'i qo'shib eritiladi.
Gommoz bilan zararlangan va qurigan daraxt tanasi atrofi ildizi bilan qazib olinib
yondiriladi, tuprog'i esa 1% li formalin eritmasi bilan dizenfektsiya qilinadi.
Axoli tomorqasidan 3 marta xosil olish uchun ekinlarni joylashtirish ketma-ketligi.
1. Variant
a). Asosiy: Kartoshka
b). Oraliq: Dukkakli ekinlar (fasol, mosh)
v). Takroriy: Ko'katlar, turp, sholg'om, sabzi, kechki kartoshka


2. Variant
a). Ko'katlar, sabzi, rediska
b). Bodring, pomidor, baqlajon
v). Ismoloq, sarimsoqpiyoz, avgust piyozi, kechki kartoshka
3. Variant
a). Plyonka ostiga karam, ko'katlar, rediska,
b). O'rtaki sabzi, bodring, pomidor
v). Sabzi, fasol, mosh, turp, ozuqa va osh lavlagi
4. Variant
a). To'qsonbosdi karam, rediska, ko'katlar
b). Ko'chatdan piyoz, bodring, poliz
v). Kechki kartoshka, sabzi, turp, ko'katlar rediska
O'zbekiston Respublikasi Mehnat
vazirligi Matbuot xizmati
Foto: uza.uz

Download 38,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish