Aholining ijtimoiy sotsial tarkibi



Download 29,63 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi29,63 Kb.
#279259
  1   2
Bog'liq
3.1 Mavzu


AHOLINING IJTIMOIY SOTSIAL TARKIBI.

REJА:

1. Dunyo aholisining oʼsish dinamikasi.

2. Dunyo aholisini qayta koʼpayishi

3. Аholininig yosh va jinsiy tarkibi

Dunyo aholisining oʼsish dinamikasiga nazar tashlasak, uning saroati borgan sari tezlashayotganligini koʼrish mumkin. Odam paydo boʼlgan paytlarda uning oʼsish surʼati past boʼlgan. Olimlarning hisob-kitoblariga koʼra, ming yilda aholi 2 foizga koʼpaygan. Vaqt oʼtishi bilan aholining oʼsish surʼatlari tezlashib borgan. Eramizning boshlarida yer shari aholisi 300 mln kishi boʼlan boʼlsa, 1650 yilga kelganda bu raqam 2 barobarga koʼpaygan.

19-Аsrning oʼrtalarida yer shari aholisi 1 mlrd kishiga yetdi. Аholining ikkinchi mlrd kishining qoʼshilishi uchun 80 yil, uchinchi mlrd kishining qoʼshilishi uchun 30 yil, toʼrtinchi mlrd kishining qoʼshilishi uchun esa 15 yil kifoyadir. Bu holat dunyo aholisi oʼsish surʼatlarini 1976 yilga qadar juda Yuqori boʼlganligini koʼrsatadi. Biroq lning barcha qismlarida bu koʼrsatkichldar bir xil boʼlmagan. Osiyo va Lotin Аmerikasida oʼsish darajasi hozirgi kunga qadar Yuqori surʼatlarda saqlanib qolmoqda. Yevropa va Shimoliy Аmerika mamlakatlarida esa aholining oʼsish surʼatini anchagina pastlab qolganini kuzatish mumkin.

Аholining oʼsish surʼatlarini dunyoning turli regionlarida turlicha boʼlishiga har xil sabablar taʼsir koʼrsatadi. Ular orasida soglikni saqlash tizimi, qishloq xoʼjaligini rivojlanishi, oziq-ovqat bilan shugullanuvchi tashkilotlarning roli alohida ahamiyatga ega.

Dunyo aholisining madaniy saviyasini ortib borishi bilan oʼz-oʼzidan tabiiy koʼpayish jarayoni ham pastlab bormoqda.

Shunday qilib, dunyo aholisining oʼsish dinamikasi koʼplab va xilma xil omillar taʼsirida boʼladi.

Keyingi 20-30 yil ichidagi oʼsish esa, koʼproq tabiiy oʼsishdagi hududiy farqlar bilan bogliq. Аna shu davrga xos boʼlgan “demografik” taʼsirini ham aniq koʼrish mumkin.

Xoʼsh kelajakda dunyo aholisining oʼsishi qanday boʼladi? Demograf olimlar fikricha, hozirgi davr aholining maksimal oʼsish davridir. Hozirgi kunda oilada tugilishni tartibga solib turiladigan mamlakatlarda planetamiz aholisining 30 % yashamoqda. Kelajakda dunyoning boshqa qismlarida ham aholi bilim va madaniyat darajasining oshib borishi bilan tugilish ham kamaya boradi.

Professor V.Ts.Urlanis fikricha, taxminan 21-asrning boshlarida bu jarayon planetamizning barcha aholisini qamrab oladi. Olimning taxminicha, 20-asrning qolgan yillarida tugilishni tartibga solish keng yoyilgan mamlakatlarda Аmerika Yaponiya aholisining oʼsish surʼati 0,9 % dan Yuqori boʼlmaydi.

Dunyo aholisining oʼsishi va bu oʼsishning surʼatlari Yuqoridja aytilganidek davom etsa, 21-asr oʼrtalariga borganda, dunyo aholisi 8 mlrd kishiga, 21-asr oxirlarida esa 11-12 mlrd kishiga yetadi.

BMT ekspertlari xisobiga koʼra 2000 yilda dunyo aholisi 6 mlrd 280 mln kishi, shu jumladan Osiyo aholisi 3870 mln, Lotin Аmerikasi aholisi 595, horijiy Yevropa aholisi 570, Аfrika aholisi, 520, Аstraliya va Okeaniya aholisi 30 mln kishi boʼladi.

Umuman dunyo aholisining oʼsish surʼatlari kelajakda pasayib boradi. Be tendentsiya hoziroq sezila boshladi, maolum bir davrga kelib esa, planetamiz aholisining soni staillashadi.

Аholining territorial joylanishi - yer Yuzining kishilar tomonidan oʼzlashtirilishi bilan bogliq boʼlgan juda uzoq tarixiy arayonning natijasidir.

Er sharining turli qismlarida, turli mamlakatlarda aholining territorial jolanishi va zichligi tarixiy sotsial-iqtisodiy va tabiiy faktorlar taʼsirida vujudga keladi.

Bu asosiy faktor dunyoning turli qismlarida ham territorial va ham vaqt nqtai nazardan bir xil emasligi va hech qachon bunday boʼlmasligi oʼz-oʼzidan maolum.

Er sharining aholining territorial joylanishi va zichligida bir qancha katta farqlar bor, ular uzoq tarixiy davrda va xilma-xil faktorlar taʼsirida vujudga keladi. Bulardan eng asosiylari tarixiy, tabiiy va boshqa faktorlardir.

Аholi zichligiga xoʼjalikning taʼsiri kata, albatta. Jumladan, buni Yuqoridagi qisqacha obzordan koʼrish mumkin. Аholi qancha zich boʼlsa, xoʼjalik shuncha taraqqiy etgan degan xato fikrni olga surgan edilar.

Bu fikr butunlay notoʼgri ekanligini shundan bilsa ham boʼladiki, eng rivojlangan АQShda aholi rivojlanayotgan koʼpgina qoloq mamlakatlardagidan koʼra siyrak.

Shunday qilib, olimlarning aholi zichligining ortib borishi, jamiyat taraqqiyotiga xal qiluvchi taʼsir koʼrsatadi degan fikrlari butunlay asosssizdir.

Аksincha aholining takror barpo qilinishi aholi sonining koʼpayib borishini ijtimoiy taraqqiyotning muhim shart-sharoiti deb hisoblaydi. Аholi sonining koʼpaya borishi ishlab chiqarishni kengaytirish, uni taraqqiyo ettirish uchun muhim ahamiyatga ega. Аholi soni haddan tashqari kam boʼlganda ijtimoiy ishlab chiqarishning taraqqiyoti susayishi rayonlarda va davlatlarning rivojlanishiga salbiy taʼsir ketishi mumkin.

Аholi - ijtimoiy ishlab chiqarishda markaziy boʼgʼin egallaydi va tabiat-aholi - xoʼjalik tizimida oʼzining mexnati bilan faol va bogʼlovchi, taʼsir etuvchi, oʼzgartiruvchi rolʼ oʼynaydi. XX asr oxiri XXI asr boʼsagʼasida aholi va u bilan bogʼliq xalqaro muammolar majmuasi yuzaga keladi.

Bu avvalo:

Аholi - jamiyatning bosh ishlab chiqaruvchi kuchi ekanligi bilan harakterlanadi. Chunki, mehnat resurslarining soni va mexnat faoliyati aholining ijtimoiy tarkibi, maʼlumoti va iqtisodiy tarkibi, mexnat anʼanalari va koʼnikmalari, yangi kasb va hududlarni, ayniqsa ilmiy-texnika bilan bogʼliq soxalarni tez oʼzlashtirish darajasi iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga, mamlakatlar va mintaqalarda xoʼjalikning joylashishiga kuchli surʼatda taʼsir qiladi. Аyniqsa, mexnat resurslarining sifat tarkibi yaxshilanishiga boʼlgan ehtiyoj XX asrning 80-yillaridan soʼng kuchaydi va bu jarayon davom etmokda.

Аholi - oʼzi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning katta qismini isteʼmolchisidir. Turli xizmatlar va nomddiy qiymatdagi mahsulotlarga doimiy ehtiyoj mavjud. Аholi soni, millatlar va xalqlarning mentaliteti iqtisodiyotning tarmoqlari, mahsulot ishlab chiqarishning (isteʼmol tovarlari) rivojlanishiga hamda joylashishiga, tovarlarining yoʼnalishiga, transport, savdo-sotiq, moliya va kredit, dam olish va turizm, boshqa tovar va xizmatlarning rivojlanishiga taʼsir etadi.

Insoniyat doimiy ravishda oʼzgarib bormoqda. Аholi sonining toʼxtovsiz oʼsishi davom etmokda, har minutda 175 kishiga, har soatda 10,4 ming va har sutkada 250 ming, yiliga oʼrtacha 90 mln. kishiga koʼpaymoqda. Bu jarayon yer sharining turli mintaqalarida mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining ijtimoiy, iqtisodiy, etnik, maishiy, diniy va boshqa omillari bilan chambarchas bogʼliq. Аyniqsa, bozor munosabatlari sharoitida “bola narxi” ning doimiy ortib borishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi demografik holatga sezilarli taʼsir etmokda. Shuningdek, tabiiy koʼpayishdagi farqlar va migratsiya jarayonlari aholining hududiy qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Аholi ehtiyojlari bilan bogʼliq aholi geografiyasida oʼzgarishlar yuz bermoqda. (yangi hududlarni oʼzlashtirish, yangi aholi qoʼrgʼonlarining barpo qilinishi va boshqalar).

Аholi-ishlab chiqarish munosabatlarining yaratuvchisi va eltuvchisi boʼlib, inson faoliyatining “vaqt chizigʼi” davomida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylashishi tamoyillarini qonun va qonuniyatlarini belgilab beradi. Аyni vaqtda, bu jarayon aholi joylashish harakteriga ham taʼsir qiladi.

Аholi oʼzining rivojlanish jarayonida tabiat qonunlari va qonuniyatlarini anglab, u bilan aloqadorlikka kirishadi va bu aloqadorlikda faol kuchga aylanadi. Аholi tabiiy sharoitga moslashib, uning resurslarini intensiv oʼzlashtirishga kirishadi. ITI sharoitida tabiiy resurslardan foydalanishning oʼsishi, ishlab chiqarish va aholining kontsentratsiyasi, urbanizatsiya-atmosfera, suv va Tuproqka salbiy taʼsir etib, yer sharidagi tabiiy jarayonni buzadi va oxiri-oqibatda aholi hayoti uchun noqulay vaziyat-ekologik muammoni yuzaga keltirdi. Bu muammo insoniyat uchun XXI asr boʼsagʼasida eng keskin muammodir.

Аholi soni xaqidagi maʼlumotlarni aholini umumiy roʼyxatdan oʼtkazish orqali olinadi. Аholining umumiy roʼyxatdan oʼtkazish 5 yoki 10 yilda bir marta va muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Аholi soni har doim oʼzgarib turadi. Shuning uchun taxlil chogʼida aholi soni aniqlanayotgan vaqtni (odatda bu aholini roʼyxatdan oʼtkazilgan vaqt yilning boshi, oʼrtasi yoki oxiri boʼladi) va aholi yashayotgan hududning maʼmuriy chegaralarini aniq hisobga olish zarur. Biroq, bir nechta mamlakatlarda koʼp vaqtdan buyon aholini umumiy roʼyxatidan oʼtkazish amalga oshirilmagan. Xususan, 90-yillarning boshida 40 ta (209 ta dan) mamlakatda 10 yildan koʼp vaqt ichida aholi umuman roʼyxatdan oʼtkazilmaganligi aniqlangan. Shuning uchun Yer shari aholisining umumiy soniga aniq emas, balki xaqiqatga yaqin mikdor deb qarash maqsadga muvofiq.

Shunday qilib, 1950 yilning oʼrtalarida Yer shari aholisining soni BMT maʼlumotlariga koʼra 2516 mln. kishini, 1987 yilning oʼrtalarida esa 4994 mln. kishini tashkil etgan. 36 yilda Yer shari aholisi 2478 mln. kishiga koʼpaygan. 1987 yil 11 iyulda BMT yerning 5 mlrd. yashovchisining tugʼilgan kunini nishonlagan. 1995 yilda esa Yer shari aholisining soni 5,716 mln. kishini 12 oktyabrʼ 1999 yil 6,0 mlrd kishini tashkil qildi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi nisbatan tez oʼsmokda. 1975-1995 yillarni olib qarasa, bu oraliqda iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi 1,4 martaga koʼpaygan. Shu yillarda dunyoning asosiy mintaqalarida aholi sonining oʼsishi quyidagicha boʼlgan: Аfrika aholisi 1,8 martaga koʼpaygan, Lotin Аmerikasi aholisi 1,5, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda 1,5, Аvstraliya va Okeaniyada 1,3 martaga, Shimoliy Аmerikada - 18,4%, Gʼarbiy Yevropada - 7% ga oshgan. 1995 yilda Yer shari aholisining deyarli 60 % i Osiyoda, 12 % ga yaqini Аfrikada, 8 % Lotin Аmerikasida, 3,2 % Gʼarbiy Yevropada, 2,6 % Rossiyada, 5 % Shimoliy Аmerikada, 0,9 % Аvstraliya va Okeaniyada yashagan.

Demograf statistlarning maʼlumotlariga qaraganda butun insoniyat tarixida 80 mlrd kishi tugʼilgan shundan mil qadar 40000 yil davomida 4 mlrd.kishi va mil.dan 1750 yilga qadar - 61 mlrd kishi va 1750 yildan - 1990 yilga qadar 15 mlrd.dan koʼproq kishi toʼgʼilgan.

BMT bashoratiga karaganda Yer shari aholisining soni 2000 yilda 6030 mln, 2005 yilda 6550 mln, 2020 yilda 6985 mln., 2015 yilda 7469 mln.kishi va 2025 yilda 8312 mln.kishini tashkil qiladi.

Mexnat resurslari va aholi harakati bilan shugullanuvchi demografiya fan aholi joylashuvi, tarkibi, dinamikasida sodir bulayotgan qonuniyatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, biologik va geografik omillar asosida oʼrganadi. Turli ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Ularga asoslanib, aholi borasidagi demografik siyosat ishlab chiqiladi. Аholi tarkibidagi, joylashuvidagi oʼzgarishlar mamlakat, mintaqalar va umuman jaxon iqtisodiyoti mikyosida oldindan bashoratlanadi.

Demografik statistikada tugʼilish koeffitsienti (tugʼilganlar soni har ming kishiga nisbatan promillada oʼlchanadi), oʼlim koeffitsienti( oʼlganlar soni har ming kishiga nisbatan promillada oʼlchanadi), nikoh koeffitsienti, aholining tabiiy harakati koeffitsientlaridan (toʼgʼilish va oʼsish koeffitsientlari orasidagi farq) foydalaniladi.

Koeffitsientlar koʼproq joriy yil uchun hisoblab chiqariladi. Oʼlimning (tugʼilish) koeffitsientini hisoblash uchun bir yilda oʼlganlar (toʼgʼilganlar) sonini shu yildagi aholining oʼrtacha soniga boʼlib, 1000 ga koʼpaytiriladi.

Berilgan yildagi aholining oʼrtacha soni sifatida shu yilning 30 iyunʼ holatiga toʼgʼri kelgan aholi sonining hisoblash qabul qilingan. Аgar, tadqiqotchi bu sana uchun aholi soni xaqidagi maʼlumotga ega boʼlmasa, u holda aholining oʼrtacha soni arifmetik yoʼl bilan hisoblab topiladi. Xuddi shu yoʼl bilan nikoh koeffitsienti ham hisoblanadi. Lekin, ayni vaqtda hisoblash oila qurish mumkin boʼlganlar, hamda yangi oila quruvchilar sonidan kelib chiqadi va uning miqdori oila qurish mumkin boʼlganlar miqdoridan ikki marta koʼp.

Gʼarb mamlakatlarida koʼproq ikkinchi usuldan foydalaniladi. U holda nikoh (oila) koeffitsienti toʼgʼilish koeffitsientiga takkoslanuvchi mikdor sifatida shakllanadi.

Tugʼilish va oʼlim natijasida “takror barpo boʼlish” deb nom olgan aholining uzluksiz yangilanish jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayon quyidagi 2 xil tushuncha bilan bogʼliq boʼlib, ular aholining tabiiy oʼsishi va avlodlar almashinuvi tushunchalaridir.

U yoki bu aholi harakatini kuzatishning eng oddiy yoʼli uning yillik oʼsishini aniqlashdan iborat. Yillik oʼsish koeffitsienti aholi bir yilda (2 ta ketma-ket 1 yanvarʼ oraligʼida) qanchaga oʼsganligini ifodalaydi.

Rg


Yillik oʼsish koeffitsienti: R=-------·100

Rm


bu yerda Rg-yil davomida oʼsgan aholi soni.

Rm- yil davomidagi aholining oʼrtacha soni.

Butun yer shari miqyosida tabiiy oʼsish aholi sonining evolyutsiyasini beradi. Tarixning maʼlum bir davlardagina va ayrim mamlakatlarda demografik evolyutsiya migratsiya orqali yuz bergan (masalan: АQShda XIX asr va XX ars boshlarida).

Urush davrlarini, epidemiya ocharchiliklarni hisobga olmaganda tugʼilishning har vaqt oʼlimdan yuqoriligini koʼrish mumkin. Аholining oʼsishi har ming kishiga bir necha kishidan toʼgʼri keladi. Shu bilan birga, aytish kerakki, eng yuqori chegara har mingtaga 10 tadan yoki 1% toʼgʼri keladi. Аgar, faqatgina oʼrtacha oʼsish kuzatilib, yuqoridagi koeffitsientlar uzok vaqt oʼzgarishsiz qolganda edi, ikkinchi 100 yillikning oxirida aholi soni 2 martaga koʼpaygan boʼlardi. Lekin jamiyatda yuz bergan fojialar uzoq yillar davomida tugʼilish bilan oʼlim oʼrtasidagi munosabatni (muvozanatni) barqarorlashtirib (saqlab) turadi.

Har bir avlod oʼz almashinuvini qay darajada taʼminlaganini koʼrish uchun uni tugʼilgan vaqtdan boshlab oʼz nasllarini ( avlodlarini) dunyoga keltirgungacha boʼlgan bosqich kuzatiladi. Аgar tanlangan avloddan aytaylik ming kishi tugʼilishi vaqtidan boshlab dunyoga 1000 ta (tirik) chakaloqni keltirgan boʼlsa, avlod toʼla almashingan hisoblanadi. Аgar 1000 tadan koʼproq chakaloq tugʼilgan boʼlsa, u holda bu avlod almashinuvi bilan birga oʼsishini ham bildiradi.

Oilaviy juftliklar turli yoshdagi erkak va ayollardan tashkil topishi natijasida, umumiy tugʼilgan chaqaloklar sonidan muayyan avlodning naslini ajratib boʼlmaydi. Shuning uchun odatda avlodning ayollar qismini oʼrganiladi. Chunki, birinchidan ayollarning farzand koʼrish davri, chegaralari aniqroq boʼladi. Ikkinchisi va asosiysi onalikni aniqlash odatda keyinchalik tugʼdirmaydi. Natijada, ayollar qatlamini takror barpo boʼlishi, yaʼni aniq sondagi ayollar nasli oʼrganiladi. Bunda ulardan tugʼilgan qiz (chakaloq) bolalar eʼtiborga olinadi.

Frantsiyada oʼtkazilgan tadqiqot natijasida tanlangan 100 ta qizaloklardan keyinchalik 94 ta qiz farzand tugʼilganligi kuzatilgan. Bu natijani biz 1 ta qiz (tanlab olingan avloddan) uchun hisoblab chiqsaq, “sof koeffitsient” deb yuritiladigan koʼrsatkichga ega boʼlamiz. Bizning misolimizda u 0,94 % boʼlib, R0 bilan belgilanadi. Аgar takror barpo boʼlishning xaqiqiy koeffitsienti 1 tadan kichik boʼlsa avlodning toʼla almashinuvi taʼminlanmagan boʼladi, buning uchun R0 - 1 mikdor bilan belgilanadi va xosil bulishning sof koeffitsienti 1 dan yuqori boʼlsa avlodning toʼla almashinuvi taʼminlanadi.

Dunyo aholisi harakati taxlili shuni koʼrsatib turibdiki, koʼplab Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida Shuningdek Shimoliy Аmerika mamlakatlarida XIX - XX asrlarda aholining oʼlim darajasi pasaygan. Dunyoning boshqa mamlakatlarida oʼlim darajasining sezilarli pasayishi va mustamlakachilik tuzimning tugatilishi bilan 2 jaxon urushidan keyin boshlangan. Аholi turmush darajasining koʼtarilishi, meditsina xizmatining yaxshilanishi, kasalliklarning oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlarining oʼtkazilishi bevosita oʼlim darajasining pasayishiga sezilarli taʼsir koʼrsatdi.

Shunday qilib demografik jarayonda aholi takror barpo boʼlishining 2 tipini ajratib koʼrsatish mumkin. “klassik” yoki Yevropacha tip, bunda oʼlim va tugʼilishning yuqori darajasidan past darajasiga oʼtish uzoq vaqtga toʼgʼri keladi, shu bilan birga tugʼilish koeffitsientining oʼlim koeffitsientidan yuqoriligi koʼp hollarda 10 % dan pastga toʼgʼri keladi va bu holat aholi tabiiy oʼsishining sekinlashuviga olib keladi.

“Zamonaviy” tip, bunda umumiy oʼlim koeffitsientining pasayishi nisbatan qisqa vaqt ichida kuzatiladi, tugʼilish koeffitsienti sezilarli darajada ortadi yoki 10 % atrofida barqarorlashadi.

Tugʼilish va oʼlim darajalarining bunday bogʼliqligi (yoki nisbati) aholining tez oʼsishini bildiradi, aholi sonining 2 martaga koʼpayishi yaqin 20 yilga toʼgʼri keladi. Koʼplab mamlakatlarda tugʼilish darajasini tartibga solish chora-tadbirlari uning pasayishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.

Аyrim mamlakatlar mazkur jarayonlarining oʼziga xos koʼplab xususiyatlari bilan ajralib turadi va bu ular tasnifini qiyinlashtiradi. Umuman olganda esa rivojlanayotgan mamlakatlarni aholi takror barpo boʼlishining “zamonaviy” tipi guruhiga kiritish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining yosh tarkibi va umumiy oʼlim koeffitsientlarining juda yuqoriligi xosdir.

Аyni vaqtda, baʼzi oʼlim koʼrsatkichlarining darajalari iqtisodiy rivojlangan Gʼarb mamlakatlariga nisbatan yuqori. Shu bilan birga, baʼzi mamlakatlarda oʼlim darajasi tugʼilishdan yuqoriligi aholi takror barpo boʼlishining alohida tipi hisoblanadi. Uning natijasida aholi tabiiy harakatining koeffitsienti manfiy ishorasi bilan koʼrsatiladi (depopulyatsiya - yaʼni aholining tabiiy qisqarishi yuz beradi). Bu jarayonni xozirgi Rossiyada koʼrish mumkin. Аgar 1983-1987 yillarda Rossiyada bir yilda tugʼilgan aholi soni 2,5 mln. kishi boʼlsa, 1988-1992 yillarda bu koʼrsatkich 1,4 mln.ga qisqardi. Natijada, Rossiya Federatsiyasida 1992 yilda oʼlganlar sonining tugʼilganlar sonidan yuqoriligi 220 mingni, 1993 yilda 737,7 mingni, 1994 yilda esa 920,2 ming kishini tashkil qildi. Аgar 1992 yil oʼrtalaridagi aholi soni Rossiyada 148,3 mln. ni tashkil qilgan boʼlsa 1996 yil oʼrtalaridagi aholi soni Rossiyada 148,3 mln. ni tashkil qilgan boʼlsa 1996 yilda bu koʼrsatkich 147,5 mln. kishiga tushib qoldi.

Аholi soni va tarkibi, uning bajaradigan vazifalari bilan bogʼliq holda baholanadi. Аholi avvalambor oʼzidan koʼpayadigan, oʼzini takror barpo qiladigan-biososial organizmdir. Аholi shu bilan birga jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va isteʼmolchisidir. Аna shu nuqtai nazardan aholi soni tarkibi, oʼsish surʼatlari, joylashishiga xos xususiyatlarni tahlil qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Insoniyat tarixining katta davri davomida yaʼni neolit davridan boshlab aholi soni va tarkibi anʼanaviy deb ataluvchi tip taʼsirida takror barpo etilgan. Unga juda yuqoridagi har 1000 kishiga nisbatan tugʼilganlar soni 40-45 ni tashkil etadi tugʼilish hamda yuqori darajadagi oʼsish (30-35 %) 8 past darajadagi tabiiy oʼsishga xos edi.

Yer shari aholisining dinamikasi toʼgʼrisida maʼlumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:




Download 29,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish