Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Bu dalillarni keltirishimizdan maqsad, Qur’oni karimni



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

Bu dalillarni keltirishimizdan maqsad, Qur’oni karimni 
koʻklarga koʻtarish va shu yoʻl bilan uning qadrini oshirish 
emas. Zero, u insonning bunday yordamiga muhtoj ham emas.
Balki aytmoqchimizki, barcha fanlar sohasidagi izlanishlar har 
qanday taxminu gipotezalardan mutloq xoli ekani ilm ahli tomonidan 
toʻla tan olingan mustahkam ilmiy asosga qurilsagina, tom ma’noda 
haq qaror topadi. Ilohiy Kalom shunday ishonchli manba boʻlgani 
108


uchun ham uning haqiqatidan ilhomlangan olimlar natijalar ketidan 
natijalarga erishdilar. Olamga, odamga munosabatda paydo boʻlgan 
sogʻlom ilmiy mezon tufayli to bugungacha ulkan kashfiyotlar davri 
davom etmoqda.
11-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus) 
Xullas, mana shu ilmiy mezonga koʻra sharh ilmining vujudga 
kelishi, 
shakllanishi, 
mustaqil 
ilm 
sifatida 
barqarorlashuvi 
hodisalarini Islomdan keyingi davr bazasida oʻrganish maqsad 
qilindi. 
Sh.Jabborov oʻzining “Germenevtika – tushuntirish ilmi”
58
kitobida aytadi: “XVIII-XIX asrlarda nemis olimlari tomonidan fan 
sifatida tafakkur maydoniga tashlangan falsafiy germenevtika boshqa 
koʻrinishda azaldan Sharqda ham mavjud boʻlgan bilish, tushunish, 
sharhlash va izohlash bilan bogʻliq ta’limotdir. Germenevtika metodi 
bilan Gʻarbda Injil matnlarini izohlaganlaridek, bizda ham Qur’oni 
karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladigan, hadisi sharif ma’nolarini 
izohlaydigan, mutafakkir ajdodlarimizning asarlarini sharhlaydigan 
58
Жабборов Ш. Герменевтика – тушунтириш илми. Т.

Akademiya

2010

- Б. -154. 
109


mufassirlar, muhaddislar, faqihlar ilmi azaldan shakllanib, rivojlanib 
kelgan”.
59
Haqiqatan ham sharh ilmining ildizlari qadim tafsirlarga borib 
taqaladi. “Tafsir” soʻzining lugʻaviy ma’nosi – 
izohlash, sharhlash, 
bayon va tafsil

سوماقلا
طيحملا
(“Qamrovchi qomus”) lugʻati muallifi 
Feruz Obodiyning aytishicha
tafsir
– soʻzdagi chigallikni 
yechishdan koʻzlangan maqsadni ochish. Abu Hibbon Naxviy 
tafsir
ning istilohiy ma’nosini shunday ta’riflaydi: “
Tafsir
Qur’on 
lafzlari, lafzlarning yolgʻiz va jumla tarkibidagi hukmlari va 
ma’nolari orqali nutqning kayfiyati haqida bahs yurituvchi ilmdir”.
60
Manbalarda tafsir soʻzining ma’nodoshi sifatida 
ta’vil
(ليوأت) 
soʻzi ham qoʻllangan. 
Ta’vil
soʻzining lugʻaviy ma’nosi – 
qaytish

istilohiy ma’nosi – gapni sharhlash, ma’nolarini bayon qilish. 
Muavvil – gapni ehtimol qilingan ma’nolardan biriga qaytaruvchi. 
Qur’oni karim arab tilida nozil boʻlgani uchun Paygʻambar 
alayhissalomning zamondosh izdoshlari – sahobalar oyatlarning 
umumiy jihatlari va hukmlarni toʻla anglar, ammo Qur’onning xos va 
nozik tomonlarini fahmlashda farqlanardilar. Chunki, soʻzlarning 
ma’nosi, oyatlarning nozil boʻlish sabablarini barcha sahobalar bir 
xil bilmas edi. Shuning uchun ham fahmlari yetmagan oʻrinlarda 
Paygʻambar alayhissalomga murojaat qilishar, Rasuli akram ularga 
bu oyatlarni tafsir qilib berardi. 
Muhammad alayhissalom vafotidan soʻng ayrim sahobalar Rasuli 
akramdan eshitganlariga muvofiq oyatlarni sharhladilar, hatto 
tafsirlari bilan tanildilar. Suyutiy oʻzining 
"
"ناقتلاا (“Mukammallik”) 
kitobida ulardan bir nechtasini sanaydi: Abu Bakr, Umar, Usmon, 
Aliy, Ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit, Abu Muso 
Ash’ariy, Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhum. 
Sahobalar davrida Qur’on uchta manba asosida tafsir qilindi:
1)
Qur’oni karim; 
2)
sunnati nabaviy; 
3)
sahobalar soʻzlari. 
Dastlabki tafsirlarda Qur’on Qur’on bilan sharhlandi. Ya’ni, 
Qur’onda bir oyatda qisqaroq ifodalangan mavzu boshqa oʻrinda 
kengroq izohlangan holatlar mavjud. Mufassirlar bir oyatda loʻnda 
59
Кўрсатилган манба. 4-бет. 
60
.ص طيحملا رحبلا
51
ىوحنلا نايح وبا
(
ت
417
)ىرجه
110


berilgan mavzu yoki hukmni boshqa oyatda kelgan ayni mavzu yoki 
hukmning kengroq tafsiloti orqali tafsir qilishgan. Mufassirlikda 
bunday tafsir yoʻlining qimmati baland sanalgan. 
Paygʻambar alayhissalom Qur’on oyatlarini lozim oʻrinlarda 
sahobalarga izohlab tushuntirgan. Bu holat ba’zan sahobalarning 
savollari, ba’zan Paygʻambarning ixtiyori bilan amalga oshgan. 
Qur’on mana shunday hadislar orqali ham tafsir qilingan va 
tafsirning bu turi – 
ريسفتلا
روثأملاب
– “Paygʻambar alayhissalomdan 
qolgan izlar, ya’ni hadislar bilan tafsir qilish” deb atalgan. 
Sahobalar ba’zi oyatlar tafsirini Qur’ondan ham, hadislardan ham 
topolmaganlarida oʻz ijtihodlari, qarashlaridan kelib chiqib tafsir 
qilishgan. Bunday qilishlariga sabab, ular Qur’onning nozil boʻlish 
sabablariga guvoh, shuningdek, arablarning odatlaridan, arab tilining 
nozik jihatlaridan xabardor boʻlishgan. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish