Aksiz solig’i



Download 43,88 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi43,88 Kb.
#493603
Bog'liq
Aksiz solig


Aksiz solig’i.
Aksiz solig’I tamakimaxsulotlariga , alkagol maxsulotlariga’ neft va mobil aloqa xizmatlariga qo’llaniladi . 289-moddalarning 1-2-3-bandlarini diqqat bilan qarab chiqing.za
Raxbar, menejer, iqtisodchi, bugalter, kasblari, shuningdek nazorat organlarida mexnat faoliyatini olib borishni maqsad qilgan talabalar uchun qo’shimcha amaliy malumotlar:
Q.Q.S. xisoblanganda (120mln so’m) bugalteriya o’ykazmasi( ptovodkasi ) quyidagicha yoziladi: DT. 4010 120mln so’m. Q.T 6410 120mln so’m. BU yerda ,4010 schet – xaridordan olingan pul (120 mln so’m), 6410 - byujetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik(120 mln . so’m), 5110 – milliy vakolatdagi pul mablag’lari. Aksiz solig’I xisoblanganda Dt. 4010………so’m, Kt.6410………so’m, to’langanida Dt.6410…..Kt 5110 yozuvlari amalga oshiriladi. Aksiz xam bilvosita soliq
5-masg’ulot. Soliq Kodekisining 294-363-moddalari.
Foyda solig’i
Jami daromad va xarajatlar o’rtasidagi farq foyda QQS da ko’rib chiqqan misolimizda jami daromad 3060 mln so’m edi. Shu summadan barcha xarajatlarni (foydadan tashqari) yani,(2260+320+80+130) 2790 mlnni chegirib tashlasak (3060-2790) 270mln so’m foyda aniqlanadi. Bu haqda 295-moddada aniq malumotlar bor. Foyda oy,chorak, yarim yi, yil yakuni bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun oldin jami daromad aniqlab olinadi. Keyin xarajatlar aniqlanib daromaddan chegiriladi. Foydani aniqlashda bir qator o’ziga xosliklarni xisobga olishga tog’ri keladi. Masalan asosiy vositalrga amortizatsiya xisoblashda cheklangan normalarga rioya qilinadi(306-modda.) Foydani aniqlash tartibini kuzgi turp yetishtirish misolida ko’rib chiqamiz.
Dexqon avgust oyining boshida 10 sotix(0.1ga) tomorqasiga turp ekib parvarishladi. Sotishdan 3mln so’m daromad oldi. Xarajatlari; yerni chopish – 1kun, mardikor yollagan 100 ming bergan bo’lar edi. Yerni tekislab marza olish -50ming, urug’lik – 40ming, parvarishlashda sug’orish , o’g’itlash, zararkurandalarga qarshi kurashda - 600mimg so’m sarf bo’ladi. Yer solig’I avgust-noyabr – 4 oyga tegishli kesimda 80ming boladi. Turpni yulib, yuvib qoplashga 200ming sarfladi. Transportda bozorga olib borib tushirish 100ming , 4ta qop yirtilib ishdan chiqdi 40ming , o’zining 3 kun vaqti ketdi 300ming, 3 kunda 100 minglik tushlik qildi, 45 ming so’m joy haqi to’ladi, qorovulga 20ming berdi, uyga10minga qaytib keldi. Jami xarajatlar; 1645 ming bo’ldi, foyda 1355ming so’m tashkil etadi.
Siz sut, go’sht, kartoshka yoki sabzi, piyoz yetishtirish misolida foydani aniqlab ko’ring. Mebel ishlab chiqarish yoki tikuvchilik, avtomobil tamirlashni olsangiz ham bo’ladi. Muximi daromadlarni va xarajatlarni xammasini nazarda tuting. Foydani aniqlagach317-moddani o’qib chiqing. Aniqlagan foyda summangizni 337-moddada berilgan soliqstavkasiga ko’paytirib ko’ring. Men turi bo’yicha foydadan soliq xisoblab chiqarmayman, nega? Chunki, 337-moddaning 3-xatboshiga javob berib qo’yilgan.
Soliq Kodekisining 353-moddasida ham etibor bering. Unda norezidentlarga qo’llaniladigan soliq stavkalari keltirilgan.
Barcha savollaringizga 294-363-moddalarda aniq tushinarli javob berib qo’yilgan. Oliy malumotli mutaxasis bo’lmoqchi bo’lsangiz soliq kodekisini diqqat bilan o’rganing. To’g’ri xammasi(483ta) sizga kerak bo’lmaydi, lekin bitta tuman hokimi 600 dan ortiq masala bo’yicha masul bo’lishini ham yodda tuting.
YATT-yakka tartibdagi tadbirkor bir yilda 100 mlngacha daromad oladigan bo’lsa, har oyda qatiy belgilanadigan summada soliq va o’ziga ish staji hisblanib pensiya jamg’arilib borishi uchun ijtimoiy soliq to’laydi. Daromadi 100mlndan 1mlrd summagacha bo’lganda aylanmadan soliq to’lashga o’tkaziladi. daromad 1mlrd so’mdan ortgach yuridik shaxslarga o’xshab foyda va QQ.S. to’lashga o’tkazadilar. YATT o’z xoxishi bilan QQS va foyda solig’I to’lashga o’tishi ham mumkin. Qatiy belgilangan soliq stavkalari 383-moddada berilgan. YATT to’laydigan soliq 100 mln so’mdan ortiq daromad olganda ixtiyoriy tartibda , 1mlrd so’mdan ortgach majburiy tartibda foyda solig’I to’lashga o’tkazilishi sababli,foyda solig’I tarkibida keltirilyapti.
6-mashg’ulot. Soliq Kodekisining 364-409-moddalari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari. 368-moddada jami daromadlar keltirilgan. Jami daromadlarga kiritilmaydigan (soliqqa tortilmaaydigan) daromadlar 369-moddada berilgan. Daromadlardan-12%, dvident va foizlardan-5%, ijaradan olinadigan daromaddan-12% soliq to’lanadi.
Norezidentlar 382-modda bo’yicha daromad solig’I to’lashadi. Soliq imtiyozlarini 382-modda bo’yicha o’rganib oling. Bu o’rinlarda bazaviy xisoblash miqdori (270ming) , eng ka mish ish xaqi (822 ming) degan iboralarga e’tibor bering. Soliq stavkalari (12 va 5%) 381-moddada keltirilgan.
Misol O’qituvchining oylik maoshi 4mln undan 12 % (4mlnx 12/100) 480 ming daromad solig’iga ushlab qolinadi. O’sha o’qituvchi omonat daftarchasidagi jamg’armadan yil oxirida 400 ming daromad olgan taqdirda yil tugagach dekloratsiya to’ldirib foiz uchun 5% yoki 20ming daromad solig’ini to’laydi.
Talaba olgan stipendiyasi uchun daromad solig’I to’lmaydi. Pensiyoner ham olgan pensiyasidan soliq to’lamaydi. 26 yoshdan kichik talabaga talim kantrakti ish xaqi yoki boshqa soliq olinadigan daromaddan to’lanayotganda o’sha summa ham soliqdan ozod qilinadi.
O’qituvchiga davlat talim muasasasi 4mln maosh to’lash bilan birgalikda daromad solig’ini olib qolib o’sha summa (480ming daromaddan) xisoblangan (4mln) oylik maosh summasining-0.05% yoki 2mimgni byujetga o’tkaziladigan summadan chegirib qolib, INPC - shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya xisob varogiga o’tkazib beradi. Qolgan 478mingni byujet daromadiga o’tkaziladi. Maktab 4mln xisoblagan oylik maosh summasidan kelib chiqib , 25% ijtimoiy soliqni (1mlnni) pensiya jamg’armasiga o’tkazib beradi. Bujet o’qituvchiga 4mln so’m maosh va 1mln so’m ijtimoiy soliq, jami 5mln sarflaydi. Maktab xususiy bo’lgan taqdirda ijtimoiy soliq 12% miqdorida to’lanib, xususiy maktab egasi(4mln+480ming) 4,48mln sarflaydi.
Soliq Kodekisining 405-moddasida ijtimoiy soliq stavkalari belgilangan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Dt6710 Kt 6410 aks ettiriladi. Soliq to’langanda Dt6410 Kt5110. Bu yerda 6710-xisobvaroq , mexnat xaqi bo’yicha xodimlar bilan xisob kitoblar deb nomlanadi.
Ijtimoiy soliq xisoblanganda Dt. 2010, 2310, 2510, 9410, 9420, Kt 5110, 478ming provodkasi beriladi. Soliq pensiya jamgarmasiga o’tkazilganda esa Dt.6510 478ming Kt 5110 478ming provodkasi beriladi. Soliqlar bo’yicha savol tug’ilsa daftarga yozib qo’ying . Birga javob topamiz . Har bir mashg’ulot bo’yicha 4 soat mustaqil talim borligini yaxshi bilasiz
Masalan; savol: Respublika budjetidan pensiya jamg’armasiga qancha subsidiya ajratiladi? (2021).

7-mashg'ulot. Soliq Kodekisining 410-448-moddalari.


Mol-mulk solig’i. Yuridik Shaxslar. Soliq stavkasi- 2%, qurilish normativ muddatda to’lamagan obektlarga nisbatan soliq stavkasi- 4% . Umumiy foydalanishdagi temir yo’llar magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari va ularga bog’liq inshoatlar Xamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi qarori bilan konservatsiya qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish obektlari – 0,4%
Yuridik shaxslarga tegishli mol-mulk qiymati 2468mln . Mol-mulk solig’I bir yil uchun (2468x2/100) mol-mulk solig’I summasi 49,36 mln.
Yuridik shaxslarga tegishli qurilish narmativ muddatda tugallanmagan obektlar qiymati 357mln. Mol-mulk solig’I (357x4/100) 14,28mln.
Soliq xisoboti yilda bir marta 15-fevralda topshiriladi. Soliq oyma-oy xisoblangan summaning 12/1 qismi miqdorida to’lab beriladi. Oldindan va oyma-oy xam to’lash mumkin. Doimiy muassasiga ega bo’lmagan chet ellik soliq to’lovchilar,xisobot yilidan keying yil 25-fevralidan kechiktirmay to’laydilar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i. Mol-mulkdan soliqning bazasi eng kamida 42mln so’mdir. Aniq soliq bazasi kadastr hujjati bo’yicha aniqlanadi. Amevlarning mol-mulkining umumiy qiymati 386 mln. Soliq stavkasi (422-mddaga) 0,23%. Soliq summasi (386x0,23/100)7498. Soliq xisoblandiDt.9430 14,28 mln. Kt.6410 14,28mln.
Yer solig’I .Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i. Soliq bazasi: qishloq xojaligiga mo’ljallanmagan yerlar; qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning normativ qiymati.
Soliq stavkalari (429-modda) farg’ona 1gektar uchun 26,7 mln. So’m. viloyat xalq deputatlari Kengashi soliq stavkasini 0,5dan2 gacha oshirish yoki kamaytirish mumkin Viloyatdagi shaxar va tuman kesimida , noqishloq xo’jalik yerlari bo’yicha aniq soliq stavkasini belgilaydi. Masalan Qo’qon shaxrida 1,6 oshiruvchi kayfissent qo’llanganda 1 gektar yer solig’I 69,46mln sumni tashkil etadi. Yozyovon tumanida yer solig’I stavkasi 0,7 barobarga pasaytirilgan taqdirda 1 gektar uchun soliq stavkasi 22,89mln so’mni tashkil etadi. 27gektar qurilish tashkiloti 612,03mln yer solig’I to’laydi.
Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan foydalanishdagi yerlar uchun soliq stavkasi qishloq xo’jaligi ekinzor ekinining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
Yerlarning normativ qiymatini Qishloq Xo’jaligi ilmiy tadqiqot inistituti aniqlab beradi. Masalan bir gektar tut plantatsiyasida 1250ta tup tut o’sib turadi. Shun tutlar bargi bilan 6 quti ipak qurti boqib 330 kg pilla olinadi. 1 kg pilla 2021-yildagi xarid qiymati 22,4ming so’mga teng bo’lladi. Tut plantatsiyalari egallagan 1gektar yerning normative qiymati 7392ming bo’lib, yer solig’I 70,224ming somga teng bo’ladi. Shu tariqa qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 1 gektari uchun yillik soliq summasining 4dan bir qismi miqdorida to’lab boriladi. (9430, 6410 va 6410, 5110).
Jismoniy shazxlardan olinadigan yer solig’I. Imtiyozlar 436-moddada berilgan. Soliq xar bir kvadrat metr uchun summalarda bzaviy miqdorda berilgan. Fargona viloyatida 1kvmetr uchun bazaviy soliq stavkasi 245 so’m miqdorida belgilangan. Viloyatlarning Xalq Deputatlari Kengashlari bazaviy miqdor summasiga 0,5 dan 2 gacha oshiruvchi yoki tushiruvchi koyfissentlarni tuman va shaharlar kesimida , noqishloq xo’jalik yerlari uchun belgilab beriladi. Dexqon xo’jaliklari uchun berilgan yerlar uchun soliq stavkasi qishloq xo’jalik ekinzorlarining normativ qiymatiga 0,95% miqdorida belgilangan.
Tumanda uzum bog’larining 1 gektari uchun 86ming soliq belgilangan bo’lsa demak uzumzor uchun foydalanilayotgan 10 sotix tomorqa uchun 8,6ming so’m soliq xisoblab yoziladi. 437-moddaga qarang. Yer solig’I jismoniy shaxslar 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to’lashadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. (445-modda). Tadbirkor avtomobillarni yuvish uchun bir oyda 370 kub metr yerosti manbaidan olinadigan suvni sarfladi. Soliq summasi 756300 so’mni tshkil etadi. Xonadonda 1oyda 450 kub metr suv ishlatilgan taqdirda 18ming suv solig’I to’lashga to’g’ri keladi.
Yuridik shaxslar suv solig’ini xisoblaganda Dt 9430 ; Kt 6410 to’laganda Dt.6410…….so’m Kt.5110….so’m bugalteriya o’tkazmasida xisobga oladi.
Tadbirkorlar : Kirib kelayotgan yil uchun qabul qilinadigan O’zbekiston Respublikasi – 202..-yil uchun Davlat bujeti to’g’risidagi Qununlarini kuzatib boradi: Soliq Kodekisidagi o’zgarishlarni kuzatib boradilar.
8-mashg’ulot. Soliq Kodekisining 449-470-moddalari.
Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq. Yer qaridan foydali qazilmalarni qazib oluvchi, foydali komponentlarni ajratib oluvchi yer qaridan foydalanuvchilarr mazkur soliqni to’lovchilardir. Tosh,shag’al, neft, gaz, oltin…..
Qonunchilikda belgilanganqoidalarga rioya qilgan xolda oltin qidiruvchilar soliqdan ozod etiladilar.
Soliq stavkalari (452-modda); Tabiiy gaz-30%, neft-20%, oltin-10%, temir-5%, shaf’al-5%, qum-5%.........
Soliq bazasi yer qaridan foydalanuvchilar tomonidan o’rtacha bozor baxosi asosida aniqlanadi. Normativ yo’qotishlar xisobga olinadi. OKMK 6 oyda 10 tonna oltin ajratib oldi. O’rtacha bozor narxi 1 grami uchun taxminan 8.7 dollar bo’lib dollorning xisobot yilidagi o’rtacha bozor kursi 10679 so’m bo’lgan bo’lsa, OKMK 10%li stavkada qancha yer foydalanganlik uchun soliq to’laydi?
Yig’imlar. Avtotransport yig’imi(455-460-moddalar). O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi N 657-son Qonuniga 10-ilova.(www@.Lex.uz.) 2021-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat bujeti to’g’risida)
Bazaviy xisoblash miqdori 270 so’m. eng kam ish xaqi 822 ming .
Litsenziya yig’imi; Dt.9410…..so’m. Kt. 6990……so’m
To’langanda Debet 6990…so’m. Kredit 5110….so’m
Davlat ro’yxatidan o’tganlik uchun to’lov . xisoblandi Dt 9430…so’m Kt. 6990… so’m to’lanadi; Dt 6990…kt. 5110…
OV qilish xuquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun BHM ning 20 %i. Yakkaxon ijrochi konserti-1-reyting gruxi ijrochilari (o’z jamoasi bilan birga)- BHM ning 50 barobari. Ixtirolarni xuquqiy ximoya qilish uchun – BHM ning 1 barobari.
Aylanmadan olinadigan soliqlar (461-470-moddalar)

  1. Aylanmadan soliq jami daromadi bir milyard so’mdan oshmagan yuridik shaxslar aylanmadan soliq to’lashga o’tkaziladilar.

  2. Yillik daromadi yuz million so’mdan ortgan , lekin bir milyard so’mgacha bo’lgan YATT lar aylanmadan soliq to’lashga o’tkaziladilar. Ular aylanmadan soliq o’rniga belgilab qo’yilgan tartibda QQS va foyda solig’I to’lashga ham o’tishga haqlilar. Soliq to’lovchilarning yillik daromadi 1mlrd ortgach majburiy ravishda QQS va foyda solig’I to’lashga o’tkazadilar. Aylanmadan soliq to’lovchilar uchun soliq stavkalari 467-moddada keltirilgan.

Aylanmadan olinadigan soliq quidagi xo’jalik yurituvchilarga nisbatan tadbiq qilinmaydi:

  1. Bozorlarga va savdo komplekslariga.

  2. Alkagol maxsulotlarini chakanalab sotuvchi yuridik tashkilotlarga: pivo xam shunga kiradi:

  3. Importni amalga oshiruvchilarga:

  4. Aksiz to’lanadigan tavarlarni ishlab chiqaruvchilarga va foydali qazilmalarni qazib oluvchilarga;

  5. 50 gektardan ortiq sug’oriladigan yerga ega qishloq xo’jalik korxonalariga;

  6. Benzin dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qiluvchilarga;

  7. Latareyalarni tashkil etish bo’yicha faoliyat yurituvchilarga;

  8. Oodiy shirkat yuritish zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxslarga;

  9. Bo’sh turgan binolar, yashash uchun mo’ljallanmagan inshoatlar va qurilish tugallanmagan obektlarga egalik qiluvchilarga;

  10. Qurilishlarni bujet mablaglari xisobiga amalga oshiruvchilarga

Savol. YATT bir yilda 200mln so’mlik tavar aylanmasiga ega bo’ldi. Qaysi soliqlarni to’lashga o’tishi mumkin?
Savol. Yer maydoni 67 gektar bo’lganfermer aylanmadan soliq to’lashga o’ta oladimi?
Savol. Bozor qachon aylanmadan 4% soliq to’lashga o’tadi?
Savol. Oshxona va kafelar qachon 4%lik stavkada aylanmadan soliq to’lashadi?
9-mshg’ulot. Soliq Kodekisining 471-483-moddalar.

  1. To’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el invistitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning o’ziga xos xusiyatlari.

  2. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga qanday imtiyozlar berilishi mumkin?

  3. Maxsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari.

Maxsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo’lib bu shartnomaga muofiq O’zbekiston Respublikasi xaq olish asosida muayyan muddatga chet ellik investrga bitimda ko’rsatilgan yer qari uchastkasida konlarni aniqlash qidirishva foydali qazilmalarni kovlab olish uchun mutloq xuquqlar beradi. Bitimda quidagilar aniq ko’rsatiladi.:

  1. Xisob yuritish va xisobot berish tartibi;

  2. Soliq solish va boshqa to’lovlarni to’lash tartibi;

  3. O’z ulushini chet ellik investr olib chiqib ketishi tartibi;

Chet ellik investr amaldagi barcha soliq va to’lovlarni umum belgilangan tartiblarda to’laydi.

  1. Advakatlar xayatlari, firmalari, byurolari va advakatlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari. Yuridik shaxslarning (xayat firma va byurolar) xuquqiy yordam ko’rsatish bilan bog’liq tushum (daromad)dan soliqlar va yig’imlar to’lashdan ozod etiladilar. Lekin bojxona to’lovlari, ijtimoiy soliq, avtatransport yig’imi, , to’lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar( jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari) uchun belgilangan tartiblarda to’lanadi. Ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirganda soliqlar va yig’imlar uchun belgilangan tartiblarda to’lanadi. Advakatlar yuridik xizmat ko’rsatishdan olgan ganararlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’I va ijtimoiy soliq to’lanadi. Advakat yuridik xizmat ko’rsatishdan olgan daromadidan o’zining yuqori tashkilotini tasarruf qilish uchun (50%) xissa to’lagach qolgan summa ganararni 112 ga bo’lib, 12%ni ijtimoiy soliqqa va qolganini 100%ini ish xaqi qilib oladi.

  2. Xususiy amaliyot bilan shug’illanuvchi natariuslarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari: Ular QQSdan ozod qilinmaganlar. Mexnat xaqi tariqasidagi daromaddan ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslar daromadidan soliq to’lashadi. Ijara xaqi , isitish, yoritish,…………xarajatlari va ish xaqi tarzidagi o’z xarajatlari ( yordamchi va to’lov ); umumiy tushumdan chegirib tashlangach qolgan summa foyda deb xisoblanib, 15%lik stavkada soliqqa tortiladi. Ijtimoiy soliq stavkasi -12 %.

  3. O’zbekiston Respublikasining ayrim xududlarida soli solishning o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekiston Respublikasining aloxida (annlav) xududlari: Farg’ona viloyatining so’x tumani, Rishton tumanining Cho’ng’ara maxallasi, Farg’ona tumanining Shoximardon, Yordon mahallalari va Xomlot Maxallaasining Toshtepa-2 ko’chasi. Alohida xududlarda:

  1. Foyda solig’I – 1% stavka bo’yicha;

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i-1% stavka bo’yicha; Aloxida xududlarda tadbirkorlikdan qatiy belgilangan soliq xar chorakda 25 ming so’m miqdorida to’lanadi;

  3. Ijtimoiy soliq -1%. Ijtimoiy soliq YATT dan bir yilga bazaviy xisoblash miqdorining kamida bir barobari miqdorida;

  4. Aylanmadan olinadigan soliq – 1%

  5. Yer solig’I, mol-mulk solig’I, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 0.1 koyfissent qo’llangan xoldaundiriladi.

Savol
1.O’zbekiston Respublikasining aloxida xududlari qaysilar?
2.Soliq Kodekisining 481-482-moddalari nimalarni xisobga olib qabul qilingan?
3.Soliq Kodekisini o’rganish nima uchun muhim?
- Xulosangizni aytib bering.
- Takliflaringizni ayting.
Maruza , amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ta’limga ajratilgan soatlardan to’liq foydalana oldingizmi?
Shaxsiy xisoblab boriladigan pensiya xisob varog’I ( INPC) GA pul xisoblanganda Dt. 9430….so’m. Kt.6510 yoki 6520…..so’m. Pul o’tkazilganda Dt. 6510 yoki 6520 va Kt. 5110. 6510- mehnat xaqi bo’yicha Hodim bilan xisoblashlar. 6520 – maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar.
Download 43,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish