"aktsim" fakulteti



Download 191,36 Kb.
bet2/19
Sana10.09.2021
Hajmi191,36 Kb.
#170185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Sharopov Muxriddin





KIRISH


Rivojlangan Davlatlarda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va globallashuv yo’lidan borayotgan jarayonda yangicha faoliyat olib borish va yangicha fikrlash usullarini talab etmoqda. Bozor istisodiyoti hayotimizda tobora kеngroq ko‟lam olayotgan sharoitda tadbirkorlik sohasida ta'lim olayotgan mutaxassislar ko’p qirrali bilimga ega, chuqur mulohaza va mushohada asosida faoliyat olib borishga qodir, o’z ishini puxta egallagan mutaxassis bo’lishi shart. Ayniqsa,

biznеs va tadbirkorlik kabi juda murakkab va nozik sohada band bo’lgan amaliyotchilarga juda yuqori talablar qo’yiladi. Nеgaki mavjud xolatlardan maqbul darajada foydalanish, hamda mamlakatning iqtisodiy o’sishiga, biznеs faoliyati bilan shug‟ullanuvchi korxona va tashkilotlarning moliyaviy mablag‟larini ko‟payshtirish hamda ularni mablag’lar bilan ta'minlashda o’ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilishi, iqtisodiy jixatdan turli xulosalar chiqarish ularning to’g’ri va asosli ekanligini isbotlab bеra olishi kеrak.

Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur‟atlar bilan rivojlanib bormoqda.

Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo„lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.

“Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora – tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o„sishning barqaror sur‟atlari ta‟minlanmoqda. Ko’rilayotgan qat’iy tadbir va choralar, amalga oshirilayotgan isloxotlar natijalari mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o’sib borayotganligida o’z ifodasini topmoqda. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9.1 foizga, qishloq xo’jaligi – 7.2 foizga, chakana savdo aylanmasi – 15.3 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.

O’tgan yil yakunlariga ko’ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o’ylab yondashish natijasidir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ro’li va o’rni tobora mustahkamlanib borayotganining o„zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo’layotgan ijobiy o„zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o„tgan yilning o’zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko„rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi”.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “... aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste‟mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko„zda tutadigan eng muhim ustuvor maqsadlarimizga to’la mos keladi”.1

Xozirgi sharoitda korxona mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari miqdorini, shuningdek boshqa qo’shimcha va ustama haklarini respublika konun xujjatlari asosida mustaqil ravishda belgilaydi

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkib topayotgan erkin, demokratik jamiyatning milliy asoslarini takomillashtirish hamda jahon hamjamiyatida "O’zbek modeli" deb tan olingan iqtisodiy jarayonlarning ijobiy natijalari rivojlangan mamlakatlar tomonidan e‟tirof etilmoqda. Bunda xalqaro tajribalar va milliy rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish, ularni o’zaro umumlashtirish asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etib boriladi. Jahon tajribasiga ko’ra, mulkchilikning xilma-xil shakllariga asoslangan bozor munosabatlari tizimida xodimlarga ish haqi to’lash tizimi va uni takomillashtirish ishchilar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga, ish natijalarini yaxshilashga, xodimlarni ishidan qoniqish hosil qilishlari va provard natijada ish unumdorligini ortib borishiga imkon beradi.

Hozirgi vaziyatda erkin bozor iqtisodiyotiga o‟tish munosabati bilan iqtisodiyotning sir-asrorlarini, qonun-qoidalarini yaxshi bilish muxim iqtisodiy axamiyat kasb etmokda. Iqtisodiy qonun kategoriyalarini iqtisodiy strategiya o‟rgatadi. Nazariyani bilish nafakat amaliy faoliyat uchun, balki iqtisodiy ish bilan shug’ullanmaydigan kishilar uchun xam kerak, chunki ular xech bo’lmaganda iste’molchi bo‟lib maydonga chiqadilar va iqtisodiy munosabatlarni xech kim cheklab o’ta olmaydi.

Hozirgi vaqtda korxona va tashkilotni strategik kontseptsiyasi asosini o’zgartirish, uning asosiy yo’l-yo’riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo‟naltira ola bilishni tashkil etadi.




Download 191,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish