Al bukhari university asadbek Axmedov



Download 2,12 Mb.
bet12/13
Sana25.06.2022
Hajmi2,12 Mb.
#704538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Asadbek Axmedov1

ILMIY MUAMMONI HAL QILISHIlm-fanda kreativ fikrlash turlicha aks etishi mumkin: ilmning ilgʻorlashishiga hissa qoʻshadigan yangi gʻoyalarni taklif etish; taxminlarni
isbotlash uchun eksperimentlarni shakllantirish; amaliy manfaat boʻl- gan muayyan sohalarga tatbiq etiladigan ilmiy gʻoya yoki ixtirolarni ishlab chiqish yoki ilmiy/muhandislik faoliyatini yangicha rejalashtirish (Moravcsik, 1981 [111]). O‘quvchilar kreativ fikrlashni ilmiy tadqiqot mobaynida materiallar bilan istagancha sinab ko‘rish, oʻrganish va tahlil etish orqali namoyon qilishlari mumkin (Hoover, 1994 [112]).
Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot malakasiga juda yaqin, lekin ushbu testning bir qator xususiyatlari uni matematika va ilm-fan sohasidagi testlardan butkul ajratib turadi. Birinchidan, ushbu test avval oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, yangi gʻoyalarni yaratishga urgʻu beradi. Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va yechimlarining oʻziga xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa). Uchinchi farq yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan foydalanishdan iborat. Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda kreativ fikrlash jarayonlariga – yaʼni «toʻgʻri» yoki «eng maʼqul» yechimni topish qobiliyatiga emas, ochiq muammolar yechimiga qay tarzda yondashishiga e’tiborni qaratadi.
Ilmiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar turli ilmiy
kontekstdagi kreativ fikrlashning farqli jihatlarini qamrab oladi. Umuman olganda, oʻquvchilardan quyidagilar soʻraladi: ilmiy kontekstda ochiq shakldagi muammoni yechish; taqdim etilgan ssenariyga asoslangan holda, ilmiy mohiyatga ega muammolarga yechim yoki gipoteza (farazlar, taxminlar) gʻoyasini berish; avvaldan berilgan tayyor yechimni yanada takomillashtirish haqida taklif berish. Ehtimoliy vazifalarda ilmiy fenomen borasida kuzatuvlar taqdim etilib, oʻquvchidan farqli tadqiqot predmeti yoki muammoni ifodalab berish uchun gipoteza soʻralishi; laboratoriya muhitida turli jihozlar orqali biror narsani kashf etish ham soʻralishi mumkin. Ko‘proq matematik yo‘nalishga ega bo‘lgan topshiriqlar guruhi o‘quvchilardan ma’lumotlar yoki geometrik shakllarning berilgan xu- susiyatlarini namoyish qilish uchun turli usullarni ishlab chiqishlarini talab qilishi yoki ma’lumotlarning berilgan to‘plamidan iloji boricha ko‘proq xulosa chiqarishlarini so‘rashi mumkin. Shuningdek, ushbu topshiriqlar guruhida innovativ yechimni talab etadigan ochiq muhandislik muammo yoki takomillashtirilishi lozim boʻlgan tizim ham taqdim etilishi mumkin.
Interaktiv simulatsiya va oʻyinlar ilmiy muammoni hal qilishdagi kreativ fikrlashni baholashda ayniqsa qoʻl keladi, chunki bunday muhitda oʻquvchiga uning tanlovi va harakatlari borasida darhol aks bog‘lanish yuz beradi; oʻquvchilar ushbu aks bog‘lanishga qanday munosabat bildirishini kuzatish ilmiy innovatsiyaning ajralmas qismi boʻlgan magʻlubiyat va kashfiyot bilan oʻquvchilarning munosabati borasida munosib maʼlumot beradi.
Mazmun sohasiga tayyorgarlikning muhimligi bu – shubhasiz shu sohada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan aksar topshiriqlarni yechishda muqarrar paydo bo‘ladigan muammodir. Validliksiz originallik qiymatga ega emas, validlik esa, o‘z navbatida, hech bo‘lmaganda, asosiy bilimlarning ba’zi darajalarini yoki asosiy ilmiy tamoyillarni anglashni taqozo etadi.

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish