Alijonova Durdona Farhodjon qizi



Download 21,1 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi21,1 Kb.
#89462
Bog'liq
Maqola. uz. Durdona Alijonova. (1)


Alijonova Durdona Farhodjon qizi

Namangan davlat universiteti 5A-120102 lingvistika(o`zbek tili) yo`nalishi 2-kurs magistranti

O`zbek tili marketing terminlarining semantik-struktur tahlili

Marketing juda xilma-xil sohalardan biridir. Uning negizida marketing - bu loyihani yoki xizmatni sotib olish yoki sotish bilan bog'liq kompaniyaning har qanday faoliyati. Marketing mutaxassislari katta yoki kompaniyalarda ichki marketing bo'yicha mutaxassislar sifatida ishlaydilar yoki butun mamlakat bo'ylab minglab marketing kompaniyalari uchun ishlashlari mumkin. Maqsad - shiorlarni, brend imidjini targ'ib qiluvchi mashhur dizaynlarni, mashhur tanlovlarni, ijtimoiy dasturlarni qiziqarli video va fotosuratlarni ishlatish va ommaviy axborot vositalarining ta'sirini qo'llash orqali maqsadli auditoriya e'tiborini jalb qilish muhim. Marketing lug'at barcha marketing mutaxassislari uchun zarurdir, chunki muvaffaqiyatli bo'lishni tushunishingiz kerak bo'lgan ko'plab marketing ta'riflari mavjud. Bundan tashqari, ko'pgina atamalar o'zgarishlarga ega va yangi so'zlar kundalik ravishda qo'shiladi, Marketing lug'ati marketing ma'lumoti bo'lib, chuqur ta'riflar, tushuntirishlardan iborat. 1


O`zbektilshunosligida sohalar terminologiyasini tartibga keltirish, ya`ni unifikatsiya qilish kunning dolzarb masalaridan biridir. Chunki sohalar terminologiyasining adabiy orfografik, lug`aviy-uslubiy me`yor talablariga mos tarzda bayon qilish lozim. Terminlarga munosabatda terminologik tizimni yangilash, o`zgartirish va takomillashtirishda tilning rivojlanish qonuniyatlariga, uning lug`aviy tizimini me`yorlashning o`ziga xos ob`ektiv talablariga, ilmiy o`lchov va tamoyillariga rioya etgan holda ish tutish muhim hisoblanadi. Filologiya fanlari doktori G`. Abdurahmonov fikricha: “Atamalarning aniqligi va qat`iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko`rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning turli sohalarida turlicha bo`lib, ma`lum fanning taraqqiyotiga bog`liq.” Sohaviy terminologiyaning rivojlanishi yangi fanning va yoki fan tarmog`ining poydevorini yaratadi. Natijada, soha vakillariga qulayliklar yaratiladi. Sohaviy terminlarning takomili haqida H. Jamolxonov: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo`llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalovchi nominative birliklardir.”

Marketing sohasi hozirda rivojlanib borayotgan istiqbolli sohalardan biridir. Marketing - inglizcha market(bozor) so`zidan kelib chiqqan “marketing kalka” so`zidir. Uning so`zma-so`z tarjimasi “bozorni tuzish” yoki “bozorni tashkil qilish” ma`nolarini bildiradi. i “Marketing” – so`zi keng tarqalgan bo`lsa-da, asosan, quyidagi uch jihatda namoyon bo`ladi: reklama, sotishni rag`batlantirish va xaridorga ta`sir ko`rsatishdir.ii O`zbek tilida marketing terminlarining tuzilishiga ko`ra sodda, qo`shma va so`z birikmali shakllari mavjud. Marketing terminlarining qariyb 50 foizi sodda terminlardan iborat. Ularning ayrimlari bilan tanishamiz:

  1. Bozor – iste`molchilarning bir guruhi va bir funksiyani bajarish uchun mo`ljallangan texnologiyalar majmuasining qamrab olinishi.

  2. Bonus – sotuvchi o`z mahsulotining narxini xaridor bilan kelishgan holda pasaytirishi(arzonlashtirishi).

  3. Bum – narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko`tarilib borishi.

  4. Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi.

Yuqoridagilardan shuni ko`rish muminki, marketing terminlari o`zlashma so`zlardan iborat.

Dagmar (ingl. dagmar) – marketingda va reklamani rejalashtirishda amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o`lchash uchun reklama maqsadlarini belgilash.

Shuningdek, demping, defitsit, diler, diling, ditribyutor, duopoliya kabi so`zlarda ham ana shu holatni ko`rishimiz mumkin.

Qo`shma so`z shaklidagi marketing terminlari esa asosan inglizcha so`zlardan iborat; imijmeyker, micromarketing, oligopsoniya, psixografika kabilar.

O`z qatlamga oid terminlar

O`zlashma qatlamga oid terminlar

Bozor

Bonus

Baho

Brutto

Ko`rgazma

Bum

Narx

dagmar

Mahsulot

demarketing

Talab

Demping

O`rov

Defitsit



Ushbu terminlar tarkibida o`zbekcha muqobili mavjud bo`lmagan terminlar ham mavjud bo`lib, ular baynalmilal leksika hisoblanadi. A. Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati”: “Baynalmilal leksikaiii - qardosh bo`lmagan tillarda bir xil ma`noda, shuningdek, aynan bir fonetik tarkibda yoki qisman o`zgarish bilan qo`llanadigan, ana shu tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar. Bunday so`zlar, asosan, fan-texnika, iqtisodiyot va boshqa sohalarga mansub terminlar.

So`z birikmasi shaklidagi marketing terminlari asosan, leksik kalka asosida hosil qilingan bo`lib, o`zbekcha-inglizcha yoki inglizcha-o`zbekcha va o`zbekcha-o`zbekcha tuzilishda. “Leksik kalkaiv - o`zga til lug`aviy birligidan qismma-qism nusxa olish yo`li bilan hosil qilingan so`z.

Ular quyidagilar:

Brend indentligi

Brend identity

Brend menejeri

Brand manager

Elektron marketing

Electronic marketing

Firma stili

House style

Konversion marketing

Conversion marketing

Pablisiti vositalari

Publicity tools

Marketing tahlil

Marketing analysis

Mahsulot nufuzi

Product image

Quyidagi terminlar esa uch tarkibli: alohida shaxslar marketing(celebrity marketing), bozorda brend ulushi(brand-share), bozorni segmentlash strategiyasi, chakana savdo strategiyasi, differensial narx tayinlash(differential pricing), internet kimoshdi savdosi kabilar. Ushbu birliklar leksik kalka asosida o`zbekchalashtirilgan. Demak, marketing terminlarining bugungi kundagi tadqiqi, asosan, terminlarni g`alizlikka yo`l qo`ymagan holda til imkoniyatlaridan kelib chiqib o`zbekchalashtirish muhim hisoblanadi. Marketing terminlari eng o`zgaruvchan leksika hisoblanib, uni chuqur o`rganish va sohaga oid tushunchalarni jamlash va lug`at shakllantirish bugungi bozor iqtisodiyotida muhim masalalardan hisoblanadi.

1

i Mo`minov N., Azimova F., Shmigun O. Marketing asoslari. _ Toshkent: “Sharq” nashr. 2007. –B. 5.

ii Ergashxodjayeva Sh. Dj. Strategik marketing. _ Toshkent:”O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2014. –B. 5.

iii Хожиев А. Тилшуноослик тэрминларининг изохли лугати. Т. 2002. 20-б.

iv Ўша китоб.

Download 21,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish