Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya bo


 Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish



Download 454,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana31.12.2021
Hajmi454,61 Kb.
#238843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
aminokislotalar biosintezi texnologiyasi.

2. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish 

Odatda  mikroorganizmlar  aminokislotalarning  hammasini  ma`lum  miqdorlarda 

sintezlash  qobiliyatiga  ega  bo`ladi  va  bu  aminokislotalardan  hayotiy  jarayonlardagi 

o`zlarining ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan maxsus oqsillarni sintezlaydi. Demak har 

bir  aminokislotani  biosintezlanish  tezligi  gen  darajasida  shu  aminokislotani  sintezi 

uchun  mas`ul  bo`lgan  ferment  (repressiya)  orqali,  shuningdek  bu  fermentlarning 

o`zlari darajasida, ya`ni hosil bo`lgan aminokislotalarning miqdori oshib ketsa uning 

faolligini o`zgarishi (retroingibirlanish) orqali nazorat qilinadi. 

Mikroorganizmlar 

tomonidan 

 

amalga 


oshiriladigan 

aminokislotalar 

biosintezining  shu  tamoyilda  nazorat  qilinishi  bu  aminokislotalarning  oshiqcha 

miqdorda  hosil  bo`lishiga  yo`l  qo`ymaydi.  Demak  aminokislotalarni  hujayradan 

ajratib  olish  darajasidagi  miqdorda  sintezlanishini  ta`minlash  uchun  tizimni  izdan 

chiqarib aminokislotani mikrob hujayrasida ko`p miqdorda yig`ilishiga erishish lozim 

bo`ladi.  Bu  xil  mikroblar  tabiiy  manbalardan  ajratib  olinadi.  Masalan,  yovvoyi  tip 

shtammlari orasida glutamin kislota, prolin yoki valinni to`playdigan xillari uchraydi. 

Lekin  aminokislota  produsentlarini  seleksiyalashning  asosiy  yo`li-auksotrof  va 

boshqaruvchi  mutantlarni  ajratib  olishdan  iboratdir.  Auksotrof  mutantlarni  bakterial 

suspenziya  aralashmasiga  fizik  (ultrabinafsha  va  rentgen  nurlari)  va  kimyoviy 

(etilenimin,  dietilsulfat,  nitroetilmochevina)  omillarni  ta`siridan  so`ng  selektiv 

muhitda  tanlab  ajratib  olinadi.  Bunday  mutantlarda  fermentni  determinatsiyalovchi 

defekt  gen  paydo  bo`ladi-ki,  usiz  muayyan  aminokislotani  biosintezi  amalga 

oshmaydi.  Aminokislotalarning  produsentlari-auksotrof  mutantlar  sifatida  faqat 

dastlabki  mahsulotning  bir  xilidan  eng  kamida  ikkita  aminokislotani  tarmoqli 

ravishda  biosintezini  amalga  oshiruvchi  mikroorganizmlardan  foydalanish  mumkin 

bo`ladi.  Aminokislotalarning  biosintezini  umumiy  sintetik  jarayonning  birinchi 

fermenti  faoliyati  darajasida  so`nggi  mahsulotning  hosil  bo`lishi  orqali 

retroingibirlash yo`li bilan nazorat qilinadi. Bu xil auksotrof mutantlarda muhitda bir 

xil  aminokislotalarning  ko`p  miqdorda  bo`lib,  ikkinchi  aminokislotaning  kamligi 

ferment  faolligini  to`sib  qo`ymaydi.  Mutagen  ta`sir  natijasida  biosintezi  to`sib 

qo`yilgan  aminokislota  muhitga  chegaralangan  miqdorda  qo`shilishi  mumkin. 

Boshqaruvchi  mutantlarni  tanlashda  ular  orasidan  ajratib  olinadigan  aminokislota 

analogiga  nisbatan  barqaror  bo`lgan  xilini  tanlab  olinadi.  Shu  maqsadda  tanlab 

olinadigan shtamm (ko`pincha auksotrof) tarkibida karbon manbayi, anorganik tuzlar 

va  maqsadli  aminokislotaning  analogi  bo`lgan  muhitga  ekiladi  (kiritiladi). 

Aminokislotani  analogi  tabiiy  aminokislotani  antogonisti  bo`lib,  mikrobli  muhitda 

shu aminokislotani oshiqcha miqdorini imitatsiyalaydi va hujayralarning boshqariluv 

tizimiga ta`sir etadi; natijada u analog oqsilning hosil bo`lishida ishtirok eta olmaydi 

va  demak  mikrobning  keyingi  o`sishi  to`xtaydi.  Bu  uslub  mutantlardan  maqsadli 

aminokislotani  hosil  qilishni  boshqaruvchi  tizimni  izdan  chiqaradi,  ulardan  ba`zilari 

esa  bu  aminokislotaning  sintezini  jadallashtirish  va  hujayradan  ajratish  qobiliyatiga 

ega  bo`lib  qoladi.  So`nggi  paytda  aminokislotalar  produsentlarini  seleksiyasida  gen 

muhandisligidan  foydalanish  yo`lga  qo`yilmoqda  va  bunda  plazmidalarda  klonlash 



ishini  amalga  oshirish  yo`li  bilan  aminokislotalar  biosintezi  genini  dozasi 

oshirilmoqda.  Hujayraning  gibrid  plazmidalarini  transformatsiyalab  genlarning 

dozasini  oshirishga  va  demak,  tegishli  aminokislotani  biosintezi  uchun  mas`ul 

bo`lgan ferment miqdorini oshirishga erishiladi. 




Download 454,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish