Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Mirziyoyev Sh.M.
Erkin va farovon demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –
T.: O‗zbekiston, 2016. –B.14.



1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‗naltirilgan 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya 
qilish. 
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish. 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish. 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish. 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni 
ta‘minlash, chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi 
siyosat yuritish. 
Harakatlar strategiyasini o‗z vaqtida va samarali amalga oshirish 
barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning 
mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor 
yo‗nalishi hisoblanadi. 
Harakatlar strategiyasi barcha ijtimoiy sohalar kabi tilshunoslikka doir 
tadqiqotlarning asosiy yo‗nalishlarni belgilab berdi. Tilshunoslikning 
o‗rganish obyekti bo‗lgan til barcha davrlarda jamiyat hayotida muhim 
o‗rin tutib kelgan. Til ijtimoiy taraqqiyot mahsuli bo‗lib, shakllanishi
boyib borishi va ayrim hollarda iste‘moldan chiqishi bilan tabiiylik 
xususiyatini namoyon etadi. Tilning asosiy ijtimoiy funksiyalaridan biri 
kommunikativlikdir. 
Tilning 
emotsional-ekspressiv, 
akkumulyativ 
funksiyalari kommunikativlik asosiga qurilgan. Shuni ham ta‘kidlash 
lozimki, tilning boshqa funksiyalari ham kommunikativlik bilan teng 
ahamiyat 
kasb 
etib 
bormoqda. 
Emotsional-ekspressiv 
funksiya 
insonlarning ruhiy-hissiy holatlarini ifoda etib, ma‘naviy ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qilsa, akkumulyativ funksiya ajdodlar merosini 
avlodlarga yetkazish, mental xususiyatlarni, xalq dunyoqarashi, urf-odat, 
an‘analari, turmush tarzi, madaniyat darajasini namoyon etishda o‗z 
ifodasini topmoqda. Til tafakkur bilan bog‗liq holda insonni barcha 
jonzotlardan ajratib turuvchi imkoniyat sifatida baholanadi. Tilsiz 
tafakkur, tafakkursiz til mavjud bo‗la olmaydi. Til borliqni anglash, 
voqelik haqida muayyan tasavvurga ega bo‗lish vositasidir. Tilning 
shakllanishi va rivojlanishi ong, tafakkur rivoji bilan bog‗liq. Kishilik 
jamiyatida tilning tafakkur omili sifatidagi ahamiyati katta. Til jamiyat 
taraqqiyotini ta‘minlash, o‗zaro munosabatlarni takomillashtirishda o‗ziga 
xos o‗rin tutadi. Til tafakkur mahsuli, o‗z navbatida til tafakkur tadrijiga 
xizmat qiladi. Til fikr manbayi ekan, u barcha sohalardagi yangiliklar, 
ixtirolar, kashfiyotlar zamini hamdir. Bugungi kunda tilning ijtimoiy 
funksiyalari yanada kengaymoqda. Til fanlararo, sohalararo munosabat 



asosi sifatida ham e‘tiborga molikdir. Aynan mana shu ehtiyoj tufayli 
kompyuter lingvistikasi fani paydo bo‗ldi. Kompyuter lingvistikasi 
kompyuter tizimi imkoniyatlarining tilshunoslik sohasiga tatbiq qilinishi 
natijasida yuzaga keldi. Kompyuter lingvistikasi umumtil asoslarini 
shakllantirishda, tillar o‗rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishda 
o‗ziga xos o‗rin tutadi. 
Tilning murakkab fiziologik, biologik, ijtimoiy hodisa sifatidagi 
ahamiyati ikki jihatda namoyon bo‗ladi. Dastavval, tilning ichki qonuniyat 
asosidagi taraqqiyotini, turli fonetik, leksik, semantik, grammatik 
jarayonlarni, 
mental 
xususiyatlarni 
mujassamlantirgan 
holdagi 
takomillashuvini ta‘kidlash joiz. Til insonni tafakkur jihatdan rivojlantirish 
omili bo‗lishi bilan bir qatorda tashqi jihatdan ta‘minlash, bilim berish, 
borliqni anglatish, ya‘ni axborot uzatish vositasi sifatida ham muhim 
qiymatga ega. Til insonni voqelik bilan muntazam ravishda tanishtirib 
boradi, davrga, ijtimoiy turmush tarziga mos ma‘lumotlar bilan 
ta‘minlaydi. Tilning tashqi taraqqiyot omili, axborot, ma‘lumot berish 
vositasi sifatidagi ahamiyati globallashuv davrida, ayniqsa, yaqqolroq 
namoyon bo‗lmoqda. 
XX asr o‗rtalaridan insoniyat tarixida tubdan burilish hosil qilgan 
globallashuv jarayoni boshlandi. ―Globallashuv‖ so‗zi lotincha ―glob‖ 
―kurra‖, ―shar‖ so‗zidan olingan bo‗lib, qit‘alaro manfaatning jadal 
sur‘atlarda yaqinlashuvi, birlashuvini anglatadi. Tez sur‘atlar bilan 
uyg‗unlashayotgan milliy iqtisod va milliy madaniyatlar uchun umumiy 
muloqot vositasiga ehtiyoj seziladi. Shunday vaziyatda milliy tillar 
iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy fikrning aniqroq, to‗laroq ifoda etilishiga 
xizmat qiladi. Globallashuv ta‘sirida bir tilning o‗zigina ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondira olmaydi.
1
Global taraqqiyotning muhim xususiyatlari sohalarga texnikaning 
kirib kelishi, kompyuter dasturlarining shakllanishi, integratsiya jarayoni 
bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda jahon miqyosida kechayotgan 
integratsiya jarayonida tabiiy til asosidagi axborot uslubini yaratish 
hayotiy zaruratga aylandi. Bugungi kunda o‗zbek tilining mavqeyini 
yuksaltirish, nufuzli tillar qatoriga olib chiqish muhim zaruratlardan biri 
hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasi mana shu zaruratni amalga oshirish 
uchun yaratilgan qulay imkoniyatlardan biridir. O‗zbek tilini jahon 
miqyosiga olib chiqish, dunyoviy tillar sirasiga kiritish va til o‗rganish va 
o‗rgatishda kompyuter lingvistikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi.
1

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish