Alisher Navoiy «Xamsa»



Download 28,25 Kb.
bet5/7
Sana28.01.2022
Hajmi28,25 Kb.
#414949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XAMSA

So‘zda tarix ixtilofi bor,
Aqli tarixning xilofi bor, —

deydi va tarixni o‘zicha o‘rganishga, Bahrom obrazini yangicha talqin etishga, shu asosda o‘z kontseptsiyasini belgilashga bel bog‘laydi. Doston oxirida shoh Bahrom Navoiyning tushiga kiradi va unga xitob qilib, uning xizmatlarini halol baholaydi:

Buki tariximiz bayon qilding,
Elga ahvolimiz ayon qilding…
O‘zgalar ham yo‘nub bu ishga qalam,
Ayladilar bu dostonni raqam…
Ne eshitganni aylabon tasdiq,
Qildilar nazm, aylamay tahqiq…
Qissa ko‘prak ekanni bilmadilar,
Yana istarga sa’y qilmadilar…
Sen bu ishning payig‘a chun bording,
Eski daftar base ko‘p axtarding…

Navoiy faqat shoir emas, ayni vaqtda bilimdon olim ham bo‘lgan. Ilmiy tadqiqot bilan she’riy ijod «Xamsa»ni yozish vaqtida chambarchas birlashib ketgan. Bu qol shoir asarlarining mazmuniga mazmun qo‘shgan, ahamiyatini oshirgan. «Saddi Iskandariy» dostoni misolida buni yanada ravshanroq ko‘rish mumkin.


«Shohnoma», «Ilohiy komediya», «Haft avrang», «Urush va tinchlik», «Faust» kabi buyuk asarlarning yozilishi jarayonini o‘rganar ekanmiz, bu jahonshumul asarlarning yuzaga chiqishida hal qiluvchi narsa yozuvchining mehnati, uning shaxsiy fidoyiligi, o‘ziga nisbatan talabchanligi, ijodiy pozitsiyasi ekanini qayd etishga va tan olishga to‘g‘ri keladi. Haqiqiy san’atkorlarga xos tarzda Navoiy ham ijodni ijodkorning o‘ziga ham katta bahra keltiruvchi mehnat deb tushungan va uni juda erta bo‘yniga olib, umr bo‘yi, ayniqsa, «Xamsa»ni yaratish chog‘ida shu tushunchaga amal qilgan. Bu davrda Navoiyning orzusi boshqa hamma ishlardan, shu jumladan, bosh vazirlik lavozimidan ham qutulib, faqat shu asarini yozush bilan shug‘ullanish edi. «Farhod va Shirin»da Navoiy yozadi:

Farog‘at kunjida bir go‘sha tutsam;
Meni el, men dag‘i elni unutsam.
Bori ashg‘oldin shoh tutsa ma’zur,
Ki bo‘lsam so‘z demak shug‘liha ma’mur.
Agar aytgan sharoiti yaratilsa, hech kim unga halal yetkizmasa, Navoiy yigirma to‘rt soat davomida kechayu-kunduz ishlashga tayyorligini asarlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini esa eng yuqori nuqtaga olib chiqishi mumkinligini aytgan:
Yigirma to‘rt soat kecha-kunduz
Yigirma to‘rt dam ursam nafas tuz,
Kim andin vaqtima yetsa huzure.
Birovdin topmasa ko‘nglim future, —
Raqam qilg‘on parishon nomalardin,
Yozilg‘on rabti yo‘q hangomalardin —
Hamono teztak aylab qalamni,
Ravonroq torta olg‘aymen raqamni.
Ham o‘lg‘ay bu raqamdin san’ati ko‘p,
Ham o‘lg‘ay san’atida diqqati ko‘p.

Navoiy bu masalada shohga ham murojaat qilgan, ammo natija chiqmagan. Oqibatda shoir davlat, jamoat ishlari bilan ijodiy ishlarini qo‘shib olib borishga majbur bo‘ladi. U ko‘proq kechalari yozar («Ki aylab tunlar uyqu harom»), uyqu hisobiga «ajabdin ajab» asarlarini shakllantirar, biri tugashi bilan ikkinchisi o‘zi qog‘ozga durru gavhar bo‘lib to‘kila boshlar, bundan mamnun shoir horib charchaganini bilmas edi.


«Xamsa» dostonlarini yaratishdagi yana bir muhim moment Navoiyning «Xamsa» yaratishdan juda katta maqsadlarni ko‘zda tutgani, o‘ziniig eng ulug‘ g‘oyalari («ulug‘ komlar»)ni shu epik shakldagina keng ifodalash imkoniga egaligini chuqur tushunib, o‘zining butun mehr-muhabbati bilan bu ishga qo‘l urgani, unda bu asarni yaratishga ishtiyoq asar oxirigacha zarracha bo‘lsa-da so‘nmaganidir. «Hayratul — abror»da jamiyat ahvoli va taraqqiyoti, kishilarning xulq-axloqi bilan bog‘liq barcha fikrlarini shoir o‘z nomidan aytgan, asar markazida o‘zi turgan bo‘lsa, «Farhod va Shirin»da o‘zining mehnat kishisi, haqiqiy pok inson tushunchasi bilan bog‘liq qarashlarini Farhod va Shirin obrazlari orqali gavdalantiradi. «Layli va Majnun»da Navoiy adolatsizlik asosiga qurilgan ijtimoiy tuzum sharoitidagi inson fojiasini tasvirlaydi. Ularga o‘zini qalban juda yaqin tutib, o‘zi benihoya ta’sirlanib, ba’zan esa o‘zini shu qahramonlari bilan bir jon bir tan his qilib yozadi. Doston oxirida shoir shu qissani «Yig‘lay-yig‘lay tugatdim oxir» deydiki, bunda juda katta ma’no bor. «Sab’ai sayyor»da shoh Bahrom obrazi orqali davrining podshosi Sulton Husaynni ko‘rsa, bu asardagi hikoyalarda o‘zbek xalq ma’naviy boyligini, uning orzu-umidlarini kuylaydi. «Saddi Iskandariy» dostonida ulug‘ shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, adolat, ma’rifat bilan bog‘liq tushunchalari o‘zining eng mukammal tasvirini topishi kerak edi. Navoiy butun hayoti davomida shunday qarash va g‘oyalar bilan yashagan edi. Uning uchun ushbu g‘oyalarni she’riy-badiiy gavdalantirish u qilish lozim bo‘lgan ishlarning eng muqimi va asosiysi edi. Shu sababli u o‘z ona tilida «Xamsa» yaratish bilan oliy muddaosiga yetajagini ifodalab, o‘ziga o‘zi:

Ki bu mulk aro qahramon bo‘lg‘asen.



Download 28,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish